TGINSIGHT CHAT
Zarafshon IIB Rasmiy kanal
@ZarafshonIIB
News and mediaNavoiy viloyati Zarafshon shahar Ichki ishlar bo'limining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🏢Zarafshon sh., Sanoat hududi 7 uy 🌐@ZarafshonIIB 📞102 ☎️ 79-573-52-11, 79-573-52-10,
Ostatnie posty
Strona 4 z 84 · 1,005 postów
Opublikowano 21 maj
🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 🌌🌌🌌🌌🌌 🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌🌌 🗓Muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Payshanba — yoshlar kuni" deb eʼlon qilingan edi. ⚡️Bugun Zarafshon shahridagi "Oltin vodiy" madaniyat saroyida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi. ➡️Unda Zarafshon shahar hokimi, Xalq deputatlari Zarafshon shahar kengashi deputati Nazirbek Rahmanov, shahar prokurori Shavkat Shernazarov, shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari, oʻqituvchilar, masʼullar va oʻquvchi yoshlar ishtirok etishdi. 🛡Uchrashuvda shahrimiz hokimi hukumatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, olib borilayotgan islohotlar haqida soʻz yuritdi. Shuningdek, ta'lim va sport yo'nalishlarida muvaffaqiyatlarga erishgan o'quvchilar e'tirof etildi. ✔️Shundan so‘ng, muddatidan oldin talabalikka sazovor bo'lgan yoshlarga shahar hokimligining tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. 🎁 Uchrashuvning ikkinchi qismida Navoiy viloyat teatri tomonidan zararli illatlarning oqibatlari ta'sirli tarzda koʻrsatib o'tilgan "Zaharli tomchilar" spektakli namoyish etildi. 📣Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati ✉️Telegram | 🗳Facebook | 🌐Veb Sayt | 📹Youtube |
Opublikowano 21 maj
❗️❗️❗️ "Сўнгги қўнғироқ" тадбирлари муносабати билан ЙҲХХнинг ўқувчи ва ота-оналарга мурожаати Ҳар йили 25 май санаси яқинлашиши билан йўлларда ҳайдовчилик ҳуқуқига эга бўлмаган ўқувчиларнинг транспорт воситаларини бошқаришлари билан боғлиқ ҳолатлар аниқланади. 🔑 Ота-оналардан, фарзандларига автомобиль калитини ишониб топширмасликларини; ❗️Ўқувчи ёшлардан, ҳайдовчилик ҳуқуқига эга бўлмасдан автомобиль бошқариб ўзи бошқаларнинг ҳаётини хавф остида қолдирмасликларини сўраймиз. Каналга уланиш
Opublikowano 21 maj
“Hokim Olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi yakunlandi Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida voleybol bo‘yicha o'g'il bolalar o'rtasida “Navoiy viloyati hokimi Olimpiadasi” bellashuvlari yuqori saviyada tashkil etildi. Viloyatimizning tuman va shaharlaridan kelgan jamoalar o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda maydonga tushib, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga intilish borasida munosib ishtirok etdilar. Yakunda o‘g‘il bolalar o‘rtasida: 1-o‘rin — NOPSTTM jamoasi 2-o‘rin — Konimex tuman sport maktabi jamoasi 3-o‘rin — Zarafshon shahar sport maktabi jamoasi G‘olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar. @ZarafshonIIB
Opublikowano 21 maj
NAVOIYDA “MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRI KUBOGI” MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI Navoiy viloyatida pedagog ayol-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🥇1-o‘rin — Navoiy shahridagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi; 🥈 2-o‘rin — Zarafshon shahridagi 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi; 🥉 3-o‘rin — Navbahor tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi egalladi G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. @ZarafshonIIB
Opublikowano 21 maj
Ҳаёт гўзаллигини ҳеч ҳис қилганмисиз? Тонгда отган қуёшни, кеч кирганда ботишини, юлдузларни, ойларни..? Бу чинакам мўъжиза! Нафас оляпмизм, тилимиз сўзлаяпти, қулоғимиз тинглаяпти, ақлимиз фикрлаяпти... демак тирикмиз! Мана шунинг ўзи мўъжиза эмасми!? Ҳаёт неъматларидан баҳраманд бўлинг.... ✍O‘tkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" @ZarafshonIIB
Opublikowano 20 maj
Zarafshon shahar IIB rahbariyati tomonidan Respublika hududida keng kamrovli "QORADORI 2026" 1- bosqich tezkor profilaktik tadbiri davomida nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib tadbirning mazmun-mohiyati tushuntirilib rasman ogohlantirildi. ———— Зарафшон шаҳар ИИБ раҳбарияти томонидан Республика ҳудудида кенг камровли "ҚОРАДОРИ 2026" 1- босқич тезкор профилактик тадбири давомида назорат остидаги шахслар билан профилактик суҳбат ўтказилиб тадбирнинг мазмун-моҳияти тушунтирилиб расман огоҳлантирилди. @ZarafshonIIB
Opublikowano 20 maj
🛡#Диққат#стоп_фейк_кибержиноятлар 🚨 ОГОҲ БЎЛИНГ: ФЕЙК! Жуда паст фоиздаги ёки умуман фоизсиз кредит олинг, пуллар олинг деган қопқонли хабарларга ишониб қолманг! Бу фирибгарларнинг навбатдаги алдов усули. Диққат! Фирибгарларнинг алдовли хабарларига ишониб қолманг. "Текин пишлоқ фақат қопқонда бўлади!" Telegram| Youtube| Instagram
Hashtags
Opublikowano 19 maj
#ijtimoiy_rolik Sizlarni biz alishmagaymiz, Osmondagi yulduzlarga ham. Xizmatimiz mazmuni sizlar, Axir sizlar butun bir olam. Ona qizim omon bo'l doim... She’r muallifi: mayor Farruh Yakubov, Navoiy viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i Navoiy viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati @ypx_navoiy👈 obuna bo‘lish
Hashtags
Opublikowano 19 maj
Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazish bilan shugʻullanayotgan uyushgan jinoiy guruh qoʻlga olindi ——— Навоий вилоятида ноқонуний олтин қазиш билан шуғулланаётган уюшган жиноий гуруҳ қўлга олинди Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
Opublikowano 19 maj
🎭 Hurmatli Zarafshonlik teatr ixlosmandlari! Sizlarni 21-may Payshanba "Yoshlar kuni" munosabati bilan Zarafshon shahri “Oltin vodiy” san’at saroyida bo‘lib o‘tadigan, tomoshabin qalbidan chuqur joy olgan Tohir Malik asari asosida sahnalashtirilgan “Zaharli tomchilar” spektakliga taklif etamiz! 🕚 Namoyish vaqtlari: • 11:00 • 15:00 📍 Manzil: Zarafshon shahri “Oltin vodiy” san’at saroyi ✨ Sizni unutilmas teatr olami kutmoqda! ⚡Shoshiling! O‘rinlar soni cheklangan! 🚀Telegram📹YouTube📝Facebook💻Instagram
Opublikowano 19 maj
Zarafshon shahar IIB boshlig‘i tomonidan 2012–2013-yillarda tug‘ilgan o‘quvchi qizlar orasida o‘tkazilgan Prezident olimpiadasining Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘quvchi qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Ishtirokchilarga kelgusi bahslarda omad tilanib, ularga yuksak natijalarga erishish, shahrimiz sharafini munosib himoya qilish hamda sportda yangi yutuqlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha samimiy tilaklar bildirildi. Uchrashuv davomida o‘quvchi qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mashg‘ulotlar va musobaqalarga tayyorgarlik jarayonida mavjud ehtiyoj hamda kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglanib, zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha takliflar o‘rganildi. @ZarafshonIIB
Opublikowano 19 maj
“Yurt qayg‘usida 365 kun” Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil davomidagi serqirra faoliyati, davlat boshqaruvi, xalqaro diplomatiya, iqtisodiy islohotlar, ekologik barqarorlik, ijtimoiy himoya, ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalarida amalga oshirgan ishlarini hujjatli manbalar, tahliliy sharhlar va fotolavhalar asosida jamlagan keng qamrovli to‘plam — “Yurt qayg‘usida 365 kun” kitobi nashr qilindi. Nashr yil davomida yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni muayyan xronologik ketma-ketlik asosida yoritadi. Kitob oylar kesimida tartiblangan bo‘lib, har bir oy avvalida Prezident faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qisqacha jamlangan. Shundan so‘ng muhim voqealar, tashriflar, uchrashuvlar, videoselektor yig‘ilishlari, xalqaro muzokaralar, imzolangan hujjatlar, tashabbus va loyihalar alohida bo‘limlar kesimida batafsil sharhlangan. 📣Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati ✉️Telegram | 🗳Facebook | 🌐Veb Sayt | 📹Youtube |