TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Zarafshon IIB Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Zarafshon IIB Rasmiy kanal

@ZarafshonIIB

News and media

Navoiy viloyati Zarafshon shahar Ichki ishlar bo'limining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! 🏢Zarafshon sh., Sanoat hududi 7 uy 🌐@ZarafshonIIB 📞102 ☎️ 79-573-52-11, 79-573-52-10,

Subskrybenci4,260Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty1,005Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg3,610Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 3 z 84 · 1,005 postów

Opublikowano 22 maj

“Bugungi uchrashuvimizda taniqli shoir, adib va san’atkorlarimiz ham ishtirok etyapti. Ular maydonda jasorat va matonat ko‘rsatgan futbolchilarimiz haqida yangi she’r va asarlar yozmoqda, qo‘shiq va madhiyalar yaratmoqda. Tadbirkorlarimizni aytmaysizmi. Ular ham allaqachon harakatni boshlab yuborgan. Biznes vakillari sizlar orqali milliy brendini dunyoga tanityapti, yangi bozorlarga chiqyapti. Aziz farzandlarim, ko‘ryapsizlarmi? Sizlar nafaqat sport rivojiga hissa qo‘shyapsiz, balki tadbirkorlarimizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib, adabiyot va san’at ahliga yangi ilhom, yangi ruh va qanot beryapsiz. Yoshlarimizga haqiqiy o‘rnak bo‘ldingiz. “Men ham mashhur futbolchi bo‘laman” degan bolajonlarimiz safi ko‘payib bormoqda. Xalqimiz sizlar bilan doim faxrlanadi!” – dedi Prezident. Facebook|Instagram|X

201 views

Opublikowano 22 maj

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari katta futbol bayrami – AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘ladigan jahon chempionati oldidan barchani qutladi. “Biz bu kunlarni butun xalqimiz, futbol ishqibozlari bilan 34 yil kutdik. Shu ma’noda, futbolchilarimizni O‘zbekiston tarixida yangi sahifa ochgan zamonamiz qahramonlari deb aytsak arziydi. Chunki ular har bir o‘yinga yuqori tayyorgarlik ko‘rib, yuksak mas’uliyat, vatanparvarlik ruhi bilan faqat g‘alaba uchun maydonga tushdi. Xalqimizga olam-olam quvonch bag‘ishladi. To‘g‘risini aytsam, mundial yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgan kuni ko‘zimga uyqu kelmadi. Barcha yurtdoshlarimiz kabi men ham ich-ichimdan quvondim, bayram qildim. Fursatdan foydalanib, maydonda jasorat va mahorat ko‘rsatgan futbolchilarimizga, ularni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalari, ustoz va murabbiylariga tashakkur izhor etaman”, – dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

181 views

Opublikowano 22 maj

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 ⚡️Bugun shahar hokimligi majlislar zalida Voyaga yetmaganlar boʻyicha komissiyaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. ➡️Yigʻilishga Zarafshon shahri hokimi o'rinbosari, Voyaga yetmaganlar boʻyicha komissiya raisi o'rinbosari Laylo Tursunova raislik qildi. 📌Unda shahar umumta'lim maktablarida voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, voyaga yetmaganlarni uzluksiz ta'limga jalb qilish jarayonlari, shuningdek, Bolalar masalalari bo'yicha shahar komissiyasi ish rejasining bandlari ijrosini sifatli ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatma va topshriqlar berildi. 📣Zarafshon shahar hokimligi Axborot xizmati ✉️Telegram | 🗳Facebook | 🌐Veb Sayt | 📹Youtube |

257 views

Opublikowano 22 maj

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvi sifatini oshirishda o‘rnak ko‘rsatgan idora va xodimlarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi. — Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии награждения ведомств и сотрудников, отличившихся в повышении качества государственного управления. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

310 views

Opublikowano 22 maj

Ichki ishlar vazirligi davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi ijobiy natijalari uchun eng namunali deb tan olindi Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturining gʻoliblarini mukofotlash hamda Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimlarida ishtirok etgan tadbirda Ichki ishlar vazirligi davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi ijobiy natijalari uchun “Eng namunali vazirlik” deb topildi. Bugungi kunda vazirlik 60 ga yaqin xizmat turini koʻrsatayotgan boʻlsa, ularning 95 foizi toʻliq raqamli shaklda taqdim etilayotgani diqqatga sazovor. Ilgari tarqoq boʻlgan 72 ta maʼlumotlar bazasi yagona “Xavfsiz shahar” tizimiga birlashtirilib,unga 14 ta boshqaruv markazi va 20 dan ziyod vazirlik ulangan. Oʻtgan yili 148 mingdan ortiq maʼmuriy ish masofaviy tarzda koʻrib chiqildi va odamlarning idorama-idora sarson boʻlishiga yoʻl qoʻyilmadi. Vazirlik zamonaviy davlat xizmatlarini inson uchun yaratilgan qulaylik bilan oʻlchanishini amalda koʻrsatmoqda. ——— Ички ишлар вазирлиги давлат хизматларини кўрсатишдаги ижобий натижалари учун энг намунали деб тан олинди Президент Шавкат Мирзиёев «Сифатли давлат бошқаруви» дастурининг ғолибларини мукофотлаш ҳамда Миллий китобхонлик ҳаракатига старт бериш маросимларида иштирок этган тадбирда Ички ишлар вазирлиги давлат хизматларини кўрсатишдаги ижобий натижалари учун «Энг намунали вазирлик» деб топилди. Бугунги кунда вазирлик 60 га яқин хизмат турини кўрсатаётган бўлса, уларнинг 95 фоизи тўлиқ рақамли шаклда тақдим этилаётгани диққатга сазовор. Илгари тарқоқ бўлган 72 та маълумотлар базаси ягона «Хавфсиз шаҳар» тизимига бирлаштирилиб,унга 14 та бошқарув маркази ва 20 дан зиёд вазирлик уланган. Ўтган йили 148 мингдан ортиқ маъмурий иш масофавий тарзда кўриб чиқилди ва одамларнинг идорама-идора сарсон бўлишига йўл қўйилмади. Вазирлик замонавий давлат хизматларини инсон учун яратилган қулайлик билан ўлчанишини амалда кўрсатмоқда. Министерство внутренних дел признано самым образцовым за положительные результаты в сфере оказания государственных услуг ——— На церемонии награждения победителей программы «Качественное государственное управление» и запуска Общенационального движения по популяризации чтения, в которой принял участие Президент Шавкат Мирзиёев, Министерство внутренних дел было признано «Самым образцовым министерством» за положительные результаты в сфере оказания государственных услуг. Примечательно, что на сегодняшний день министерство оказывает около 60 видов услуг, 95 процентов из которых предоставляются в полностью цифровом формате. Ранее разрозненные 72 базы данных были объединены в единую систему "Безопасный город", к которой подключены 14 центров управления и более 20 министерств. В прошлом году свыше 148 тысяч административных дел были рассмотрены в дистанционном порядке, что избавило граждан от хождения по инстанциям. Министерство на практике демонстрирует, что качество современных государственных услуг измеряется удобством и комфортом, созданными для человека. Телеграм канал

270 views

Opublikowano 22 maj

Zarafshon shahar IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatiga yangidan qabul qilingan yosh xodimlarni xizmatga moslashtirish maqsadida Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ Markaziy kon boshqarmasining O‘quv markaziga qarashli “Muzey”ga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida muzeyda saqlanayotgan Zarafshon vohasi hududidan topilgan qadimiy eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, muzeyda konchilik sohasi rivojlanishining ilk bosqichlari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatining tarixiy jarayonlari, ishlab chiqarishda foydalanilgan eski texnikalar, hujjatlar va fotosuratlar bilan ham tanishildi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlarning tarixiy bilimlarini boyitish va yurtimiz taraqqiyotiga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. @ZarafshonIIB

388 views

Opublikowano 22 maj

“Қўриқлаш фаолияти такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритиш тўғрисида”ги 2026 йил 19 майдаги ЎРҚ–1146-сон Қонуни қабул қилинди. Қонунга кўра Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги Кодекс, Ички ишлар органлари тўғрисидаги Қонун, Лицензиялаш, рухсат бериш ва хабардор қилиш тартиб-таомиллари тўғрисидаги Қонун ва Қўриқлаш фаолияти тўғрисидаги Қонунга ўзгариш ва қўшимчалар киритилди. Қонун матни билан ушбу ҳавола орқали тўлиқ танишишингиз мумкин. — — — — 🌐Website ‖ ✅Facebook ‖ 🌐Instagram ‖ ✅Telegram ‖ 📹YouTube

328 views

Opublikowano 22 maj

Joriy yilning 21-may kuni Ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatov hamda Fransiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Valid Fuk oʻrtasida rasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtdi ▶️ Batafsil ——— Жорий йилнинг 21 май куни Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Азиз Ташпулатов ҳамда Франциянинг Ўзбекистондаги Фавқулодда ва мухтор элчиси жаноб Валид Фук ўртасида расмий учрашуви бўлиб ўтди ▶️Батафсил ——— 21 мая текущего года состоялась официальная встреча министра внутренних дел генерал-лейтенанта Азиза Ташпулатова с Чрезвычайным и Полномочным Послом Франции в Узбекистане господином Уалидом Фуком ▶️Подробно ——— On May 21 of the current year, an official meeting was held between the Minister of Internal Affairs, Lieutenant General Aziz Tashpulatov, and the Extraordinary and Plenipotentiary Ambassador of France to Uzbekistan, Mr. Walid Fouque ▶️Read more Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

318 views

Opublikowano 22 maj

"Ким ўқишдан (илм олишдан) тўхтаса қарийди, - хоҳ у 20 ёки 80 ёш бўлсин, - ким мунтазам ўқишни (илм олишни) давом eттирса ёш-навқирон бўлиб қолавeради. Ҳаётда энг асосийси - мияни ёш-навқирон ҳолатда сақлашдир. ✍️Гeнри Форд. @ZarafshonIIB

388 views

Opublikowano 21 maj

Navoiy viloyatida kuzatilgan sel-suv oqimlari toʻgʻrisida maʼlumot Bugun, 21-may kuni soat 13:45 dan 15:40 ga qadar Navoiy viloyatining Xatirchi, Karmana va Nurota tumanlarining togʻli va togʻ oldi hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida sel-suv oqimlari yuzaga kelgan. Xususan, Xatirchi tumanida avtomobil yo‘lining bir qismi xarsang toshlar bilan toʻsilib qolishi natijasida 4 ta "Nexia-1", "Cobalt", "Nexia-3" va "Uaz-469" rusumli avtomobillar va bir nechta uy-joylar sel oqimlaridan zarar koʻrgan. Aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida Angidon, Langar, Kattasoy va Maydon soylari yaqinida yashovchi fuqarolar vaqtinchalik xavfsiz hududga koʻchirilgan. Karmana tumanida sel suvlari 7 ta aholi xonadonining tomorqa maydoni va qo‘shimcha qurilmalariga kirgan. Nurota tumanining ayrim hududlarida ham sel oqimlari qayd etilgan. Sel suvlari sel yoʻllaridan zararsiz oʻqib oʻtgan. Vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida jami 37 ta maxsus texnika va 173 nafar shaxsiy tarkib jalb etilgan. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, aholi xonadonlari, ijtimoiy infratuzilma obyektlari va kommunikatsiya tarmoqlariga jiddiy zarar yetmagan. Tan jarohati olgan fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmagan. Hozirda Navoiy viloyati FVB hamda FVDT xizmatlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, vaziyat oqibatlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, hududlarda monitoring ishlari davom ettirilmoqda. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook |📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com

348 views

Opublikowano 21 maj

298 views

Opublikowano 21 maj

323 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384