TGINSIGHT CHAT
Jinoyat protsessi
@TSUL_CPL
Право🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7
Последние посты
Стр. 7 из 85 · 1,017 постов
Опубликован 16 янв.
⚖️ ⚖️ ⚖️Jinoyat ishini qoʻzgʻatish sabablari: ✅ Shaxslarning arizalari; ✅ Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar bergan xabarlar; ✅ Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar; ✅ Jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning bevosita oʻzi aniqlashi; ✅ Aybini boʻyniga olish haqidagi arz sabab boʻladi; @Hazratali_uz
Опубликован 16 янв.
📢 E’LON Professor Dilbar Suyunovaning ilmiy maktabi doirasida Davra suhbati bo‘lib o‘tadi. 📆 2026-yil 16-yanvar ⏰ Vaqt: 11:00 📖 Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston xalqiga va Oliy Majlisiga yo‘llagan Murojaatnomasidagi sud huquq islohotlari yuzasidan 👮♂️ Ma’ruzachi: Ne’matjon Akbarov — “Huquq birligi” advokatlik byurosi advokati, uzoq yillar O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi, Toshkent shahar ma'muriy sudi raisi lavozimida faoliyat yuritgan 👩💻👩💻👩💻Barcha qiziquvchilar taklif etiladi! 💻https://us05web.zoom.us/j/83747043950?pwd=5t8CNE0iEcX8pu6odG23Ea3LcwQVEv.1 Идентификатор конференции: 837 4704 3950 Код доступа: 3jQd0P @TSUL_CPL
Опубликован 12 янв.
⚡️⚡️⚡️O'zbekiston Republikasi Prezidentining 2025-yil 14-iyuldagi PF-113-sonli Farmonida islohotlarni аmаlgа oshirishda keng jamoatchilikning ishtirokini yanada qo'llab-quwatlash maqsadida har yili "Kelajak uchun" istiqbolli tashabbuslar forumini o'tkazib borish belgilangan. ⚡️⚡️⚡️Forum mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy o‘sishini ta’minlash jarayonida fuqarolar, yoshlar va vatandoshlarning turli sohalardagi istiqbolli tashabbuslarni tanlab olish va amaliyotga tatbiq etish va qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini rag‘batlantirish va keng targ‘ib qilishga qaratilgan. 📝📝📝Yo‘nalishingizni belgilab, kuchli g‘oyalaringizni taqdim eting — jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shing. 💻💻💻 G'oyalarnihttps://kelajakuchun.gov.uz/ platformasi orqali yuborishingiz mumkin. @TSUL_CPL
Опубликован 8 янв.
📝📝📝2026-yil 8-yanvar kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Dalillar va isbotlash" moduli yuzasidan Yakuniy nazorat bo'yicha konsultatsiya o'tkaziladi. ⏰ 20:00 📱📱📱 Konsultatsiya@Milliy_huquq_maktabitelegram kanalida bo'lib o'tadi. @Hazratali_uz
🗣💬👍 • Gulchehra To‘laganova, Toshkent davlat yuridik universiteti professor “Sud ostonasiga kelgan fuqaro adolatni his qilishi kerak”, — deydi Prezidentimiz. Yurtimizdagi barcha islohotlar, amalga oshirilayotgan barcha harakatlar inson qadri uchundir. Chunki inson qadri — oliy maqsad. 🗣💬👍 • Гулчехра Тулаганова, профессор Ташкентского государственного юридического университета «Гражданин, переступивший порог суда, должен ощущать справедливость», — отмечает Президент. Все реформы и предпринимаемые в нашей стране меры направлены на обеспечение достоинства человека, поскольку человеческое достоинство является высшей ценностью. 🏆👩💻👨💻@tsulofficial#iqtibos#цитата#quote
Опубликован 7 янв.
Protsessual chiqimlar turlari. @Hazratali_uz
Опубликован 6 янв.
Protsessual majburlov choralari turlari: ✅ Ushlab turish; ✅ Ehtiyot choralari; ✅ Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini toʻxtatib turish; ✅ Lavozimdan chetlashtirish; ✅ Respublikadan chiqish huquqini vaqtincha cheklash; ✅ Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish; ✅ Majburiy keltirish. @Hazratali_uz
Опубликован 5 янв.
4⃣4⃣4⃣ • “Ilmga chaqiriq” — TDYU rektori tavsiya etadi Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, professor Baxshillo Xodjayev yoshlarning qishki ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida yapon ma’rifatchisi Yukichi Fukuzavaning “Ilmga chaqiriq” asarini mutolaa uchun tavsiya etadi. Yukichi Fukuzavaning “Ilmga chaqiriq” asari Yaponiyada ma’rifatparvarlik g‘oyalarini yoyishda muhim o‘rin tutgan falsafiy-ijtimoiy asarlardan biridir. Asarda muallif jamiyat taraqqiyotining asosiy omili sifatida ilm-fan, ta’lim va aql-zakovatni ilgari suradi. Muallif inson va xalqning erkinligi, mustaqilligi hamda farovonligi bilim bilan chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidlaydi. Fukuzava ilmni faqat nazariy bilim sifatida emas, balki amaliy hayotda qo‘llaniladigan kuch deb baholaydi. Asar yoshlarni mustaqil fikrlashga, o‘z ustida ishlashga va jamiyat oldidagi mas’uliyatini chuqur anglashga chorlaydi. “Ilmga chaqiriq” bugungi kunda ham ma’rifat, taraqqiyot va shaxs kamoloti haqidagi dolzarb g‘oyalari bilan ahamiyatini yo‘qotmagan asardir. 4⃣4⃣4⃣4⃣ • «Призыв к науке» — рекомендует ректор ТГЮУ Ректор Ташкентского государственного юридического университета, профессор Бахшилло Ходжаев в целях организации содержательного досуга молодежи в период зимних каникул, а также повышения культуры чтения рекомендует к прочтению произведение японского просветителя Юкити Фукудзавы «Призыв к науке». Произведение Юкити Фукудзавы «Призыв к науке» является одним из философско-социальных трудов, сыгравших важную роль в распространении идей просвещения в Японии. В книге автор выдвигает науку, образование и разум в качестве основных факторов развития общества. Он подчеркивает, что свобода, независимость и благополучие человека и народа неразрывно связаны со знанием. Фукудзава рассматривает науку не только как теоретическое знание, но и как силу, применимую в практической жизни. Произведение призывает молодежь к самостоятельному мышлению, работе над собой и глубокому осознанию своей ответственности перед обществом. «Призыв к науке» и сегодня не утратил своей актуальности благодаря идеям просвещения, развития и формирования личности. 🏆👩💻👨💻@tsulofficial#elon#объявление#announcement
Hashtags
Опубликован 26 дек.
1️⃣ 2️⃣ 3️⃣ 4️⃣ 5️⃣ Elektron ma’lumotlarelektron qurilmalardan va axborot tizimlaridan, shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda yaratiladigan, ishlov beriladigan hamda saqlanadigan ma’lumotlardir. @Hazratali_uz
Опубликован 23 дек.
Опубликован 20 дек.
Ichki turizm doirasida Samarqandga sayohat 🏛Universitet kasaba uyushmasi ko‘magida Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi jamoasi tomonidan ichki turizm dasturi doirasida Samarqand shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat amalga oshirildi. 🌎Safar davomida kafedra jamoasi yurtimizning boy tarixiy-meros obidalari bilan yaqindan tanishib, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda maroqli hordiq chiqarish imkoniga ega bo‘ldi. ✅Bunday tashabbuslar jamoada ijobiy muhitni shakllantirish, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishga xizmat qiladi. 🏛 Kafedra jamoasi ushbu sayohatni tashkil qilishda amaliy yordam bergan universitet Kasaba uyushmasiga o'z minnatdorchiligini bildiradi. @TSUL_CPL