TGINSIGHT CHAT
Jinoyat protsessi
@TSUL_CPL
Право🇺🇿 TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho'basining rasmiy kanali 🇷🇺 Официальный канал сектора Уголовно-процессуального права ТГЮУ 🇬🇧 Official channel of the sector of Criminal procedure law 🗯For info: @Hazratali_Qudratillayev @Hazratali_uz @nodir7
Последние посты
Стр. 8 из 85 · 1,017 постов
Опубликован 18 дек.
🟦🟦🟦🟦 ❌❌❌Мазмунан кўриб чиқиш учун судга юборилган жиноят иши доирасида процесс иштирокчиларини суриштирув ва дастлабки тергов органлари ходимлари томонидан ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларга чақириш ва (ёки) сўроқ қилиш тақиқланади. ✅✅✅Бундан улар билан боғлиқ бўлган алоҳида иш юритувга ажратилган жиноят иши ёки суднинг ёзма топшириғи мавжуд бўлган ҳоллар мустасно. Жиноят-процессуал кодекси 88-модда @Hazratali_uz
Опубликован 18 дек.
Jinoyat protsessi pinned «❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙📝📝📝2025-yil 19-dekabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Dalillar va isbotlash" hamda "Jinoyat-protsessual huquqi" modullari yuzasidan Yakuniy nazorat bo'yicha konsultatsiya o'tkaziladi. ⏰ 20:00…»
Опубликован 18 дек.
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙 📝📝📝2025-yil 19-dekabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Dalillar va isbotlash" hamda "Jinoyat-protsessual huquqi" modullari yuzasidan Yakuniy nazorat bo'yicha konsultatsiya o'tkaziladi. ⏰ 20:00 Jinoyat-protsessual huquqi ⏰ 21:00 Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash 📱📱📱 Konsultatsiya@Hazratali_uztelegram kanalida bo'lib o'tadi. @Hazratali_uz
#Tugilgan_kun 📣Bugun Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Lutfullayeva Madinabonu Jamshid qizining tavallud topgan kunlari. 🎉Shu munosabat bilan ustozga sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, hayot yo'llarida muvaffaqiyat tilab qolamiz. Yuzingizdan samimiylik hech qachon tark etmasin!
Hashtags
Опубликован 15 дек.
📚 Yangi kitob — professional bilimlarning yangi manbai 🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquq kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Dilbar Suyunova Axborot-resurs markazi fondiga qimmatli o‘quv nashrini sovg‘a qildi. 📘 “Jinoyat protsessida sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish” nomli o‘quv qo‘llanma (rus tilida) jinoyat-protsessual huquqning dolzarb masalalarini yoritib, katta ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. 📚 Mazkur yangi kitob talabalar, tadqiqotchilar hamda huquq sohasi mutaxassislari uchun professional bilimlarni boyitishga xizmat qiladi. 📌 Yangiliklarimizni kuzatib boring: 👉@tsullibrary
#Tabrik Bugun Toshkent davlat yuridik universiteti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, yuridik fanlari doktori, professor Rustambekov Islambek Rustambekovich oʻzlarining tavallud ayyomlarini nishonlamoqdalar. Universitet jamoasi Islambek Rustambekovichni ishning koʻzini biladigan ajoyib tashkilotchi, adolatparvar rahbar, shogirdlariga toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi, maslahatlarini ayamaydigan sevimli ustoz, maslakdosh, samimiy va oqkoʻngil inson sifatida biladi. Islambek Rustambekovich koʻp yillardan beri yosh huquqshunoslarni tayyorlash bilan birga, yuridik fan va taʼlimni takomillashtirish, davlat va jamiyat rivojiga, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishga oʻzlarining salmoqli hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi Islambek Rustambekovichni samimiy muborakbod etib, uzoq umr, sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatlariga kuch-gʻayrat tilab qolamiz. @hrtsul
Hashtags
Опубликован 12 дек.
Jinoyat protsessi pinned «❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙📝📝📝Tez kunda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Dalillar va isbotlash" hamda "Jinoyat-protsessual huquqi" modullari yuzasidan Yakuniy nazorat bo'yicha konsultatsiya o'tkaziladi. 🚀🚀🚀Konsultatsiya muddati…»
Опубликован 12 дек.
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙 📝📝📝Tez kunda Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan "Dalillar va isbotlash" hamda "Jinoyat-protsessual huquqi" modullari yuzasidan Yakuniy nazorat bo'yicha konsultatsiya o'tkaziladi. 🚀🚀🚀Konsultatsiya muddati va joyi haqida quyidagi kanalda e'lon beriladi. @Hazratali_uz
Опубликован 10 дек.
Bugun — 10-dekabr, O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. 1992-yilning shu muborak kunida mustaqil O'zbekistonning eng muhim davlat ramzlaridan biri — Davlat madhiyasi rasman e'lon qilindi. Davlat madhiyasi — bu faqat musiqiy asar emas, balki xalqimizning o'tmishi, buguni va kelajagiga bo'lgan ishonchining ramzidir. Abdulla Oripovning she'riy qatori va Mutal Burhonov ijro etgan kuyning har bir nag'masi bizning milliy g'urur va mustaqillik ruhimizni aks ettiradi. Davlat madhiyasi — bu konstitutsiyaviy-huquqiy ahamiyatga ega bo'lgan davlat ramzi bo'lib, u milliy uyg'unlikni mustahkamlaydi, fuqarolik mas'uliyatini oshiradi va yangi avlodlarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantiradi. Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi sifatida biz yoshlarimizga nafaqat huquqiy bilim, balki davlat ramzlariga hurmat va ulug'lashni ham o'rgatish zimmasidamiz. Chunki haqiqiy huquqshunos — bu, avvalo, o'z Vataniga sodiq va uning ramzlarini qadrlagan fuqarodir. O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun muborak bo'lsin!
#tanlov 📣Konstitutsiya — milliy taraqqiyotimiz poydevori! ✅2025-yil 4-dekabr kuni TDYU huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litseyda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Suyunova Dilbar Joldasbayevna boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan "Конституционные звёзды лицея" nomli ta'lim tili rus bo'lgan guruhlar o'rtasida tanlov bo‘lib o‘tdi. @TSUL_CPL ✨📚Tanlovda 2-bosqich 8-guruh, 9-guruh va 10-guruh o‘quvchilari faol ishtirok etib, Konstitutsiyaga oid bilimlarini mustahkamlashdi hamda turli qiziqarli shartlarni bajardilar. 🏆 Tanlov yakuniga ko‘ra, 2-bosqich 10-guruh jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, 1-darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🎖 2-bosqich 8-guruh va 2-bosqich 9-guruh jamoalari ham o‘z yo‘nalishlarida munosib o‘rinlarni egallab, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Hashtags
Опубликован 5 дек.
📚“Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusidagi davra suhbati 🔹2025-yil 4-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. ✅ Ushbu tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori v.b., yuridik fanlari doktori Qodirova Mohigul Xamidovna ma’ruza bilan ishtirok etdi. 🔹 Ma’ruzada Konstitutsiyaning ustuvor tamoyillari, sud-huquq tizimida adolatni ta’minlashning huquqiy asoslari va zamonaviy islohotlar yoritib berildi. 👨🏻🎓 Tadbir talabalarda konstitutsiyaviy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash, shuningdek, adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalariga sadoqat ruhini kuchaytirishga xizmat qildi. 😎Telegram😎Instagram
Опубликован 5 дек.
1️⃣ 2️⃣ 4️⃣ 4️⃣ 5️⃣ 6️⃣ 📖📖📖Sizlarga jinoyat ishlarini barcha instansiya sudlarida ko'rish bo'yicha qonunchilik to'plami yuborilmoqda. 📝 📝 📝To'plamdan imtihonlarda foydalanish ham mumkin! @Hazratali_uz