TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
К списку каналов
BASTION avatar

TGINSIGHT CHAT

BASTION

@bastiongr

Политика

Биз ҳақиқат ва адолатни ҳимоя қўрғонимиз! Расмий саҳифаларимиз:- https://bastion11.taplink.ws Мурожаатлар учун:- @Bastion_Murojaat_bot

Подписчики5.2万Текущее число подписчиков
Постов1,007Проиндексировано постов
Охват189,400Просмотры последних постов
Последние посты

Последние посты

Стр. 2 из 84 · 1,007 постов

Опубликован 16 апр.

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Mana bizning axvolimiz, mana nima uchun Lola uzsak kirsak jarima qilishining sababi, mana nimaga bunday qonunlar chiqishining sababi, nimaiki jazolovchi qonun chiqayotgan bo'lsa, hammasi o'z fe'limizga yarasha qilgan ishimizga yarasha bo'lmoqda. Tabiat ham chang tutun zaxarli moddalar bilan to'lgan bo'lsa u ham bizning aybimiz va tabiat biz qilgan ishlarimiz uchun qasos oladi va olyapti. Odam bo'lib tug'ilib odam ishini qilmay qo'ydik. Rasmiy munosabat va jazo choralarini kutib qolamiz kamida 15 sutka va kattagina jarima qilish kerak biz shuni so'rab qolamiz.“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

15,900 views

Опубликован 16 апр.

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Fargʻona shahar Qirguli mavzesi Quruvchilar koʻchasi 9 - uy va 20- umumtaʼlim maktab orasida oʻtgan yoʻlak oʻzboshimchalik bilan toʻsilgan va eshik qoʻyilgan.“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

15,400 views

Опубликован 16 апр.

Генераллар озод қилинди Давлат манфаатларига 186 миллиард сўмдан ортиқ зарар келтирган Ички ишлар вазирининг собиқ ўринбосари Бекмурод Абдуллаев, Жазони ижро этиш Бош бошқармаси собиқ раҳбари Рустам Турсунов дохил 7 нафар мулозим кеча, 15 апрелькуни кечқурун озодликка чиқарилди. Зарарни қоплагани муносабати билан озод қилинган раҳбарларга қўлланилган эҳтиёи чораси 60 дан ортиқ бошқа айбланувчиларда ҳақли норозиликка сабаб бўлмоқда. Воқеалар ривожини кузатамиз ва расмийлардан икки энлик изоҳ кутамиз. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

16,700 views

Опубликован 16 апр.

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Ассалому алейкум хурматли админ Хурматли юртбошимиз Ш.М.Мирзиаев хурматли Саида Мирзиаева мен Экология ва иклим узгариши ходимлари номидан мурожат йуллаяпман. Биз 2025 йил Декабр ойидан бошлаб кушимча питания пулларимизни ололмадик Вахоланки Апрел ойини яримига келдик ДЕКАБР ЯНВАР ФЕВРВЛ МАРТ ойлари устама пулларимиз берилме келмокда. Вазиримиз А.Бдухокимов уз лавозимига бефарклик килган холда ходимларни устама пулларини берме келмокда, бу устама пуллари Самарканд вилоятида булиб утадигон форумга ишлатилмокдами шунча ходимни хаккини олиб туришга нима хакки бор. Хурматли юртбошимизга Илтимос килган холда шу устама пулларимизни олишга амалий йордам сураб коламиз“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

16,000 views

Опубликован 16 апр.

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Babayanni olib kelib Andijon halqini va viloyat hokimini aldashgan ma’sullar jazolanishi shart! Samvel Babayanning "Andijon"ni tark etganini, aniqrog‘i haydalganini eshitib juda xursand bo‘ldik. Viloyat hokimi Babayanni ishdan haydavorib to‘g‘ri ish qilganini butun O‘zbekiston aytmoqda. Yil boshida viloyat hokimi tomonidan "Andijon" futboliga katta e’tibor berilgani, jamoani sovrinli o‘rinlar uchun kurashadigan darajaga olib kelishini aytgani hamma andijonliklarni xursand qilgandi. Lekin, Samvel Babayanning "Andijon"ga bosh murabbiy bo‘lib kelishini eshitganimizdan keyin viloyat hokimining shuncha sa’y-harakati bir tiyin bo‘lishini taxmin qilish qiyin emasdi. Aslida Babayanni olib kelish viloyat futbol federatsiyasidagi Begzoddan chiqqan fikr bo‘lgan. Buni fan-klub rahbari N.To‘ychiyev qo‘llab-quvvatlagan va viloyat hokimligidagi futbolga ma’sul xodimlarga Begzod Babayan bilan chempion bo‘lishiga ishontirgan. Viloyat hokimimiz atrofidagi yigitlarning gapiga ishongani uchun Babayanni kelishiga rozi bo‘lgandi, lekin aslida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov aldanayotganini bilmagandi. Bu bilan nima demoqchimiz, yilni boshidagi orzularimiz armonga aylandi, chempion bo‘lish uyoqda tursin, endi sovrinli o‘rinlar uchun ham kurashish imkoniyati deyarli yo‘qoldi. Viloyat hokimimizning shuncha qilgan e’tibori, ajratgan mablag‘lari osmonga uchdi. Bu bilan Babayanni olib kelganlar jazosiz qolmasligi kerak, chunki aynan ularning tashabbusi bilan kelgan Babayan andijonlik millionlab muxlislarning orzusini armonga aylantirishdan tashqari, respublikada sharmanda qildi. Hurmatli Shuhratbek Qo‘shaqboyevich, Siz Andijon halqini rozi qilish uchun joningizni ayamasligingizni bir necha marta guvohi bo‘lganmiz. Halqni rozi qilish va prezidentimiz topshiriqlarini so‘zsiz birinchi navbatda sifatli qilib bajarish bo‘yicha Respublikada yetakchi o‘rinlarda yurishingiz bizni xursand qiladi. Hurmatli Shuhratbek Qo‘shaqboyevich, yil boshida sizning tashabbusingiz bilan ajratilgan millardlab mablag‘ni ko‘kka sovurilishiga sababchi bo‘lgan va Sizni aldab Samvel Babayanni "Andijon" jamoasiga bosh murabbiylikka olib kelgan ma’sullarni (futbol federatsiyasidagi Begzod va uning atrofidagilarni) va ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlaganlarni (fan-klub dunyoni zabt etadi deb sizni aldab nom qozonayotgan N.To‘yichev va u bilan klubga salbiy ta’sir o‘tkazayotganlarni) jazolashingizni so‘rab qolamiz. Shuhratbek Qo‘shaqboyevich, bular nafaqat Sizni ochiqchasiga aldashdi, balki halqning hissiyotini ham jilovlanishiga sabab bo‘lishdi. Boshqa viloyatdagi futbol muxlislarining ayni paytda bizning ustimizdan kulishayotganini hazm qila olmayapmiz. Hurmat bilan, "Andijon" klubining minglab haqiqiy muxlislari!“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

16,900 views

Опубликован 16 апр.

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Assalomu alekum hurmatli admin sizlarga yoritib berish uchun murojat yollamoqdaman murojatim Transport vazirligiga hamda andijon viloyati transport boshqarmasi boshligiga Мen andijon viloyatida yaratilyotgan qulayliklardan hursandman lekin avftobuslarda yurganimda haydovchilar yolovchilardan naqt pul olib transport boshqarmasi hodimlari ya’ni nazoratchi inspektrlari oldida naqt pul olme faqat karta orqali tolelar deb bizi jarima tortishiga sabab bolyapti lekin hech qaysi avftobusda karta orqali tolelar degan reklamalar yoq bekatlarda ham reklamalar yoq haydovchilarga ham bu holat yuzasidan chora korishami yo faqat yolovchi kambagallar jabir korami Нaydovchi esa pulni olib olib ketishyapti holos shu yuzasidan tegishli idoralar nazorat qilishsin deb qolamiz inspektorlar kochada litsenziyasiz yurgam avto mashinalar bilan shugullansin Аgar damasga beradigon pulimiz bolganda avtobuzda yurmasdik“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

14,900 views

Опубликован 16 апр.

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Assalom alaykum, meni murojatim Andijon Viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi Yo'l Patrul Xavfsizlik xizmati bo'shlig'i va quyidagi muammo bo'yicha tegishli davlat tashkilot muasassa boshliqlariga. Andijon-Asaka magistral yo'li Asaka tuman Ergashabod MFY da joylashgan 9-maktabgacha ta'lim muassasi oldi piyodalar o'tish joyida ko'p marotaba baxtsiz hodisalar bo'lmoqda. Ayniqsa Bog'cha boshlanish va tugash vaqtlarda odamlar, bolalar ham Piyodalar o'tish joyidan o'ta olmaydi. Shu yerga nazorat kamerasi va svetofor qo'yilishida amaliy yordam bersangiz.“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

14,700 views

Опубликован 16 апр.

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Assalomu alleykum Bastion jamoasi. Mening murojaatim avto avariya boʻyicha. 2025 yil 3 apreldan 4 aprelga oʻtar kechasi Lasetti( Gentra) rusumli transport vositamda Andijon shaxar Farobiy MFY dan oʻtgan Oʻzbekiston koʻchasi Xalq tilida Piyozpoya boʻylab Boburshox koʻchasi boʻylab 40 50 km s tezlika xarakatlanib ketayotganimda, orqamdan Xujjatlarsiz boshqargan Captiva rusumli transport vositasi 60 km soat tezlik belgilangan boʻlishiga qaramasdan Ekspertiza xulosasiga koʻra 112 km s tezlikda xarakatlanib yoʻl qoidasini qoʻpol ravishda buzib meni transportimni orqa tarafiga kelib urildi. JQ 266 boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib ushbu ishni Andijon, Toshkent xamda Fargona viloyatini Avto texnik ekspertizasi koʻrib chiqdi 2 martalab Tergov organi Qaror qildi. Ekspertiza Xulosasiga koʻra Agar Captiva Belgilangan 60 tezlikda xarakatlanganda toʻxtatib qolish imkoniyati bor edi avariya boʻlmas edi deb Captivani ayibdor qilib xulosa berdi. Xozirda Andijon Shaxar sudi tomonidan Lasetti mashinasini xam aybi bor mashinani jarimga maydonga qoʻydiraman deb bosim oʻtkazmoqda. Ps. Captivani ishga aralashmagan odami qolmadi. Eshitishimcha yaqin qarindoshi viloyat gaida ishlab pensiyaga chiqgan ekan.“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

14,500 views

Опубликован 16 апр.

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Men — Abdullayeva Sayyora Abduvohidovna. 2024-yil 16-avgust kuni yo‘l-transport hodisasi oqibatida 24 yoshli yagona o‘g‘lim — Nurullayev Javoxirdan ayrildim. U 2 oy davomida shifoxonada og‘ir ahvolda hayot uchun kurashdi, ammo vafot etdi. Uni “Range Rover” rusumli avtomobil boshqaruvida bo‘lgan Berdiyeva Nilufar Izzatilla qizi urib yuborgan. Hodisa vaqtida avtomobilda uning turmush o‘rtog‘i Berdiyev Najmiddin Komolitdinovich ham bo‘lgan. Eng og‘riqli jihati — o‘g‘lim yo‘l chetida og‘ir ahvolda yotgan paytda unga amaliy yordam ko‘rsatilmagan, shifoxonaga yetkazish chorasi ko‘rilmagan. O‘g‘lim 2 oy shifoxonada yotgan davrda ham ular biror marta xabar olish uchun kelishmadi. Bu na qonunga, na insoniylikka to‘g‘ri keladi. Bir yil avval turmush o‘rtog‘imdan ayrilgan edim. O‘g‘lim mening hayotdagi so‘nggi tayanchim edi. Mazkur ish bo‘yicha sud aybdorga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. Inson o‘limi bilan yakunlangan hodisa uchun bunday jazo qanchalik adolatli ekanini tushunish men uchun juda og‘ir. 24 yoshli yigitning hayotiga nuqta qo‘yilgan bo‘lsa, uning evaziga faqat uyida erkinligini cheklab qo‘yish adolat mezoniga qanchalik mos keladi? Bugun u o‘z oilasi davrasida, farzandlari bilan birga yashab turibdi. Men esa yagona o‘g‘limni qabrga qo‘yib, uyimda yolg‘iz qoldim. Shu holatning o‘zi jazoning adolatli yoki adolatsiz ekanini ko‘rsatmaydimi? Shuningdek, sud mening foydamga 200 million so‘m ma’naviy zarar undirishni belgilagan. Ammo oradan oylar o‘tsa-da, bu hamon to‘lanmagan. Bundan ham og‘iri — hukm ijrosi ustidan nazorat deyarli sezilmayapti. Mahkum ko‘chada bemalol yuribdi. Nazorat qiluvchi organ Probatsiya N.Berdiyevaning uyda bo'lishi belgilangan vaqtda ko'p marotaba uyda emasligi aniqlanganligi sabab dalolatnomalar rasmiylashtirib jazoni og'irlashtirish uchun sudga bir necha marotaba kiritilgan taqdimnomalar rad etildi. Tergov va sud jarayonlari davomida mavjud bo‘lgan qimmatbaho “Range Rover” avtomobili keyinchalik go‘yoki boshqa shaxslarga tegishli bo‘lib chiqqani haqidagi holatlar ham meni jiddiy o‘ylantiradi. Majburiy ijro tomonidan real undiruv choralari ko‘rilayotgani sezilmayapti. Bir ona uchun bu mablag‘ o‘g‘limning o‘rnini bosa olmaydi. Ammo bu — sud tomonidan tan olingan adolat mezoni. Agar sud qarori ijro etilmasa, u qog‘ozda qolib ketadi. Bugun mening murojaatim shaxsiy alam emas. Bu — inson o‘limi bilan bog‘liq ishda tayinlangan jazo, hukm ijrosi ustidan nazorat va sud hujjatining amalda bajarilmayotgani haqida jamoatchilikka murojaatdir. Adolat faqat hukm chiqarish bilan emas, uni amalda ijro etish bilan qaror topadi. “ - дейилмоқда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

14,500 views

Опубликован 16 апр.

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Assalamu alekum. Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlarga berilgan keng imkoniyatlar sababidan mahallamizda ham zamonaviy ko'rkam ko'p qavatli uy joylar barpo qilinmoqda qurilish obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Andijon shahar Qalandarxona MFY ham Buxoro ko'chasiga kirishda yo'lning ikki tomonida yangi ko'p qavatli uylar bunga misol bo'la oladi Bunday inshootlar bo'lgani yaxshi bundan faqat va faqat hursand bo'lamiz lekin bu davlat mablag'lari hisobiga ta'mirdan chiqarilgan yo'lni yaroqsiz holatga keltirish piyodalar uchun ajratilgan trutuarni qurilish chiqindilari bilan to'ldirib obodonlashtirilgan joylarni himoya lentalari bilan to'sib qo'yib aholini avtomobillar qatnov qismidan yurishga majbur qilishga ruxsat beriladi degani emas. Ko'cha 2 yil muqaddam Al-Xorazmiy nomidagi maxsus maktabga muhtaram Prezidentimiz tashrifi munosabati bilan yangidan asfaltlangan. Bundan barchamizni xabarimiz bor. Yo'lning aynan qurilish ishlari olib borilgan maydon atrofidagi qismi jiddiy zarar ko'rgan (bunga sabab qurilish ishlarini amalga oshirish uchun maxsus texnikalarni o'sha hududda ko'p marta va uzoq muddat harakatlanishi) va yo'ldan aholi shaxsiy ehtiyoji uchun suv va kanalizatsiya o'tkazish maqsadida kovlangan hududlarida ham zarar yetgan qismlar mavjud. 2026 yil 1 aprel kuni Qalandarxona MFY telegram kanalida "Vaziyatga jamoatchilik nazoratini o'rnatib faollar bilan bartaraf qilish choralarini ko'rmasak davlat mablag'lari sarfi behuda ketgan bo'ladi mahalla aholisi esa abgor va chang loy ko'chalardan yurishga majbur bo'ladi" degan mazmunda murojaat joylangan edi afsuski MFY ma'sullari tomonidan e'tiborga olinmadi. Hurmatli Andijon shahar rahbariyati va tegishli tashkilotlar ma'sullari yuqoridagilarni inobatga olib vakolatingiz doirasida yo'lga zarar yetkazgan tadbirkorlar va aholi bilan birgalikda tegishli chora tadbirlarni amalga oshirishingizni so'rab qolaman. BASTION jamoasi sizlarga rahmat xalqni ichidagi muammolarni yoritib ma'sullar tomonidan bartaraf qilinishiga sababchi bo'lyapsizlar. Ishlarga muvaffaqiyat charchamanglar.“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

15,500 views

Опубликован 15 апр.

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Assalomu alaykum Bastion kanali zaxmatkashlari. Bizning murojatimiz shundan iboratki. Biz Andijon Tumani Nayman qishlog'ida istiqomat qilamiz. Bu yerda axoli ko'proq terak bilan shug'illanganligi sababli terak daraxtlari juda ko'p. Shuning uchun bu terak gullari qishloq istiqomatchilariga noqulaylik tug'dirmoqda. Bu gul yong'in kelib chiqishiga va inson sog'ligiga jiddiy ta'sir ko'rsatyapti. Mutasaddi xodimlar qo'lida qarori bilan kelsa xam natija bo'lmayapti. Shu masalani xal qilishda ijobiy yordam qilib berishingizlarni iltimos qilamiz.“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

17,500 views

Опубликован 15 апр.

#обуначиларимиздан#таҳрирсиз “Ассалому алайкум Бастион канали админлари. Намангандан бу мурожаатимизни чиқариб беринглар тегишли мутасаддиларга етиб бориб ижобий ечим бўлса хурсанд бўлардик. Бизни мурожаатимиз йўлларда катта тоннали юк машиналари бўйича. Наманган вилояти Чуст Тўрақўрғон туманларида керак бўлса шаҳар ичида бошқа ҳудудларда хам бу юк машиналари катта тоннали юклари билан йўлларимизни расво қилиб ташлашяпти. Давлат йўлларинику айтмаса ҳам бўлаверади асфалт қилишади оғир юки билан юриб чўктириб ташлайди. Энди улар ички маҳалла йўлларимиздан ҳам юришяпти айниқса Чустда Тўрақўрғонда янги Опен бюджетда ютиб асфалт қилинган йўлларимизда юриб дабдала қилишмоқда. Буларни тартибга солиб назорат қиладиган ташкилотлар борми Наманганда ҳам. Тошкентда йўлларда махсус машиналар, ГАИлар рейд қилиб ишлаётганини кўряпмиз лекин Наманганда бирор жойда тарози қўйиб назорат қилаётган ходимларни кўрмаяпмиз. Расмдаги машинадан вилоятларга ҳам жўнатиб керагидан ортиқча юк юклаган юк машиналарни тартибга солишса яхши бўларди. Иложи бўлса зўрға Опен бюджетда ютган кўчаларимизга киришмасин бу йўл бизга ҳали кўп йиллар керак. Биз хеч кимга зиён етишини хохламаймиз юкни белгиланган тоннада юклашсин тамом. Ортиқча юклаганларни эса қонуний чора кўришсин шунда тартибга тушади. Буни назорат қиладиган ходимлар бўлса астойдил ишлашса хурсанд бўламиз. Иложи бўлса рейд қилиш учун Наманганга ҳам махсус машиналарини жўнатишсин. Йўлларимиз ҳали бизга узоқ йиллар керак.“ - дейилмоқда хабарда. "BASTION" каналига аъзо бўлинг ва дўстларингизга улашинг!👇 @bastiongr

16,900 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384