TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
Subira ku nzira
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI avatar

TGINSIGHT CHAT

JDPU YOSHLAR ITTIFOQI

@jdpu_yi

Uburezi

🏢 O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich tashkilotining rasmiy sahifasi Aloqa uchun: @madinaxushvaqtova +998930360585

Abiyandikishije673Abiyandikishije bari mu nzira
Ubutumwa1,012Ubutumwa bwahuguriwe
Icyagezweho3,853Ibireba ubutumwa bw'ubu
Ubutumwa bw'ubu

Ubutumwa bw'ubu

Uk. 3 kuri 85 · ubutumwa 1,012

Yoherejwe 6 Gic.

⚡️“Kitobxon qizlar hamjamiyati ” loyihasining 3-mavsumiga qabul ochildi! 1, 2-mavsumlar juda ham foydali bo'ldi. Endi esa yangi mavsumda yanada puxtaroq, va faol modellar bilan qaytyapmiz. ✒️Bu mavsumda: ❤️Yanada chuqurroq muhokamalar va saralangan kitoblar; ❤️Yanada jips va faol hamjamiyat; va albatta, o‘z ustimizda jiddiy ishlash; ❤️ Agar siz ham kitob orqali o‘sishni, fikrlashni kengaytirishni va rivojlanayotgan qizlar davrasida bo‘lishni istasangiz — aynan bu loyiha siz uchun. ❤️Ro'yxatdan o'tish shu yerda! ❤️3-mavsumga Tayyormisiz?Ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz izohda "+" qoldiring 👩‍🎓Qizlar_ovozi_official

224 views

Yoherejwe 6 Gic.

225 views

Yoherejwe 5 Gic.

#bepul_konferensiya 🔹 Konferensiya nomi: Giyohvandlikka qarshi kurash: profilaktika, rehabilitasiya va ijtimoiy hamkorlik 🌐 Maqomi: Respublika 🗺 Manzil: Jizzax 📎 Soha: 1. Sotsiologiya fanlari 2. Pedagogika fanlari 3. Tibbiyot fanlari 4. Texnika fanlari 5. Psixologiya fanlari 6. Filologiya fanlari 📌Talablar: 1. Til: o'zbek, rus, ingliz 2. Kamida 4 sahifa 3. Times New Roman 4. 14 shrift, 1.5 interval ⏰ Nashr muddati: 29.05.2026 💵 Narx: bepul 💻 Murojaat uchun: @sevinch_doniyorovna 📞 Aloqa uchun: +998931297481 Axborot xati: https://t.me/yfojizzax/327

160 views

Yoherejwe 4 Gic.

📢 Diqqat tanlov! 🌍 Choʻlga aylanayotgan hududlarda va degradatsiyaga uchragan yaylovlarda chang va qum koʻtarilishining oldini olish bo‘yicha amaliy tadqiqot va innovatsion loyihalar tanlovi start oldi. 🗓 Qabul muddati: 31-may 2026-yil 📍 Platforma: loyiha.ilmiy.uz (faqat elektron shaklda) 🔑 Asosiy shartlar: Tanlovda ilmiy-tadqiqot salohiyatiga ega tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. Har bir loyiha rahbari faqat bitta loyiha taqdim etadi. Loyiha qiymati 2000 BHM dan oshmasligi kerak. Ilmiy jamoa oʻrtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi lozim. Vazirlik va idoralarning qoʻllab-quvvatlash xati talab etiladi. Yakunda muayyan ilmiy natija yoki mahsulot taqdim etilishi shart. 📚 Yoʻnalishlar: Biologiya va biotexnologiya fanlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi Oʻrmon xoʻjaligi, tuproqshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish fanlari Qishloq xoʻjaligi fanlari Texnika fanlari Yer toʻgʻrisidagi fanlar Boshqa Bizni kuzating: t.me/djizakinnovation

206 views

Yoherejwe 3 Gic.

Assalomu alaykum hurmatli ilm ahli!!!!🗣🗣🗣🗣🗣🗣🗣🗣🗣🗣🗣 Ushbu telegram guruhi orqali endilikda ilmiy maqola yozish ularni nashr qilish va xalqaro jurnallar sahifalarida chop etish bo'yicha o'zingizni qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishingiz mumkin....BIZ HAMKORLIKKA TAYYORMIZ.🤝🤝🤝🤝🤝🤝 Murojaat uchun ushbu telegram guruhga a'zo bo'ling https://t.me/ResearchPublicationCenter

269 views

Yoherejwe 2 Gic.

Yosh ijodkorlar seminari g‘olibi Filologiya fakulteti, O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Sottiyeva Gulshan Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari mintaqaviy bosqichida ishtirok etib, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.

1,080 views

Yoherejwe 1 Gic.

🫥“Sezilmaydigan” obunalar — bu budjetdagi kichik teshiklar. Pul birdaniga katta summa bo‘lib chiqib ketmaydi, lekin har oy avtomatik yechiladigan to‘lovlar nazorat qilinmasa, yil oxirida sezilarli xarajatga aylanadi. Bunday xarajatlarni kamaytirish uchun oyda bir marta bank ilovasidagi avtomatik yechimlarni ko‘rib chiqing, foydalanmayotgan xizmatlarni bekor qiling va har bir obuna uchun “bu menga hozir ham kerakmi?” degan savolni bering. Bepul sinov muddatlariga esa alohida e’tibor bering: eslatma qo‘yilmasa, “free trial” tezda pullik obunaga aylanib qolishi mumkin. Yechim oddiy: obunalaringiz ro‘yxatini tuzing, ularni “kerakli”, “kam ishlatiladigan” va “bekor qilinadigan” toifalarga ajrating. Shundan keyin faqat haqiqatdan foydalanayotgan xizmatlaringizni qoldiring va obunalar uchun oylik limit belgilang. Moliyaviy tartib katta cheklovlardan emas, aynan shunday mayda nazorat odatlaridan boshlanadi.

209 views

Yoherejwe 1 Gic.

📣 Talaba-qizlar va professor-o‘qituvchilar diqqatiga! UNESCO tomonidan “Qizlar va ayollar ta’limiga qo‘shgan hissasi uchun xalqaro mukofot” tanlovi e’lon qilindi. 🏆 Mukofot qizlar va ayollar ta’limini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan ilg‘or va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. 📌 Ariza topshirish: 👉https://www.unesco.org/en/prizes/girls-womens-education 🗓 Muddat: 2026-yil 12-may (24:00, GMT+2) 📍 Batafsil: universitet ilmiy bo‘limi Faol ishtirok etishga chorlaymiz!

132 views

Yoherejwe 1 Gic.

179 views

Yoherejwe 1 Gic.

178 views

Yoherejwe 30 Mat.

E’LON Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Yoshlar front ofisi hamkorligida “Giyohvandlikka qarshi kurash: profilaktika, reabilitatsiya va ijtimoiy hamkorlik” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. 🗓Sana: 2026-yil 29-may Soat: 10:00 📍Manzil: Jizzax shahri, Jizzax davlat pedagogika universiteti Konferensiyada olimlar, mutaxassislar, pedagoglar va yoshlar ishtirok etishi rejalashtirilgan. Maqola berish uchun: @sevinch_doniyorovna Konferensiyada ishtirok etish mutlaqo bepul! Barchangizni taklif etamiz!

850 views

Yoherejwe 29 Mat.

“Translanguaging and Language Pedagogy: Breaking Down Barriers in Multilingual Education” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari tantanali ravishda kutib olinmoqda

141 views
12345•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485