TGINSIGHT CHAT
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI
@jdpu_yi
Uburezi🏢 O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich tashkilotining rasmiy sahifasi Aloqa uchun: @madinaxushvaqtova +998930360585
Ubutumwa bw'ubu
Uk. 5 kuri 85 · ubutumwa 1,012
Yoherejwe 23 Mat.
⚡️“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining yirik taqdimoti boshlandi. Jonli efirni “Yoshlar” telekanali va YouTube sahifasi orqali kuzatish mumkin. 📹https://www.youtube.com/watch?v=0flVFF_cigs
Yoherejwe 23 Mat.
🇺🇿"Янги Ўзбекистон ёшлари - 2030" стратегиясини тасдиқлаш ҳамда ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш чора-тадбирлари тўғрисида" Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2026 йил 20 апрелдаги ПФ-66-сон Фармони ➡️@Murodbek_Rahmonberdiyev
#QalbDiplomatiyasi#YoshlarIttifoqi#YouthConference 👋“Qalb diplomatiyasi” xalqaro konferensiyasi tashkil etiladi 🙋 Hurmatli yoshlar, 27–29-aprel kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Baskervill instituti hamkorligida “Qalb diplomatiyasi” xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi. 🔎 Mazkur nufuzli anjumanda dunyoning yetakchi akademiklari, siyosat arboblari va istiqbolli yosh yetakchilar ishtirok etadi. 📌Konferensiya doirasida: ➡️ Xalqaro diplomatiyani rivojlantirish; ➡️ Adabiyot va til orqali madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash; ➡️ Global tinchlik yo‘lida yangi strategik yondashuvlarni muhokama qilish rejalashtirilgan. 📌Ishtirok etish talablari: ➡️ Toshkent shahrida istiqomat qilishi; ➡️ Ingliz tilini C1 darajada bilishi. 👥 Barcha qiziquvchi yoshlarni ushbu xalqaro muloqot maydonida faol ishtirok etishga taklif etamiz. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://bit.ly/QalbDiplomatiyasi Bizning sahifalarimiz: 1️⃣Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺You tube
#XalqaroYoshlarSammiti_ #NarkotahdidgaQarshiKurash_ Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbuslari xalqaro maydonda. Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakulteti yoshlar yetakchisi narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro yoshlar sammitida ishtirok etdi. Tadbir davomida “Z” avlod vakillarining giyohvand moddalarning noqonuniy savdosining oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlari va tashabbuslari muhokama qilindi. 🔹JDPU axborot xizmati.
Yoherejwe 20 Mat.
⚡️Bugun Prezidentimiz tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qabul qilingan yangi Farmon va Qarordagi eng muhim tashabbuslar bilan tanishing: 1. 20 ming nafar yosh tadbirkor xorijning Garvard, Stenford, London biznes maktabi kabi nufuzli ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitiladi; 2. 1 000 nafar tadbirkorga 500 million so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi (6 oylik imtiyozli davr bilan); 3. Xorijiy tildan C1 darajadagi sertifikati bor yoshlar uchun tadbirkorlikni tashkil etishdagi davlat xizmatlari to‘lovlari 50 foizga arzonlashadi; 4. Xorijiy tildan kamida B2 sertifikati bor yoshlar uchun chet elga chiqish pasportini olish boji 50 foizga kamaytiriladi; 5. Har yili kamida 10 mingta yosh oilaimtiyozli ipoteka asosida uy-joy bilan ta’minlanadi; 6. Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotadigan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha imtiyozli ssuda ajratiladi; 7. Chekka hududlarda til markazi ochgan va uni kengaytirmoqchi bo‘lgan yoshlarga 300 million so‘mgacha (730 BHM) foizsiz ssuda beriladi; 8.“Yilning eng faol yosh xodimi” tanlovi g‘oliblari bo‘lgan 100 nafar yosh xodim har yili alohida mukofotlanadi; 9. Yoshlarning volontyorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi; 10.“TOP-100 kitobxon” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar 10 million so‘m (25 BHM) miqdorida rag‘batlantiriladi; 11. Nodavlat ta’lim markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuboriladi; 12.“Yoshlar bilan bir kun” aksiyasi orqali har yili 10 ming nafar yosh davlat rahbarlari va mutasaddilari bilan bevosita tajriba almashadi; 13. Olis hududlardagi xususiy ta’lim markazlari uchun ijtimoiy soliq va daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi (2031-yilgacha); 14. Har yili sentabr oyida “Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori ostida umummilliy yoshlar festivali o‘tkaziladi; 15. Xususiy ta’lim markazlariga o‘zlari ishlab chiqqan dasturlar asosida ta’lim berishga ruxsat etiladi; 16. Ijtimoiy faol yoshlar uchun davlat tashkilotlarida haq to‘lanadigan stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi; 17. Har bir hududda kamida bittadan turizm, gastronomik va kitobxonlikka ixtisoslashgan “Yoshlar sayilgohi” ko‘chalari tashkil etiladi; 18. Davlat organlarida 3 yillik stajga ega yosh mutaxassislarning lavozimda ko‘tarilish ulushi 30 foizga oshiriladi; 19. Eng yaxshi yosh yozuvchi va shoirlar uchun “Ilg‘or ijodkor” Prezident mukofoti beriladi; 20. Mahalla va tuman darajasida yoshlar infratuzilmasi (kutubxona, sport obyekti, kinoteatr) bo‘yicha majburiy minimal standartlar joriy etiladi; 21. Tibbiy, ekologik, ta’lim va sport kabi yo‘nalishlarda kasbiy volontyorlik ixtisosliklari joriy etiladi; 22. Yosh tadbirkorlar uchun tijorat banklari orqali bepul biznes-rejalar tayyorlab beriladi; 23.Yosh oilalar uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan maxsus hududiy forumlar tashkil etiladi; 24. Zamonaviy kasblarni o‘qib sertifikat olgan yoshlarning o‘qish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi; 25. Xalqaro va xorijda tan olinadigan kasbiy imtihon (sertifikat) tizimlarini joriy etish qo‘llab-quvvatlanadi; 26. Xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda 100 ming nafar yosh kelajak va zamonaviy kasblarga o‘qitiladi; 27. Mahallalarda yoshlar tashabbusi bilan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalar soni 2 mingtaga yetkaziladi; 28. Milliy kibersport musobaqalari o‘tkazilib, unga 50 ming nafar yosh qamrab olinadi; 29. Yoshlarning ruhiy salomatligini himoya qilish uchun respublika bo‘ylab 24/7 ishlovchi bepul koll-markazlar tashkil etiladi; 30. Maktablarda eng quyi sinflardan boshlab kasbga yo‘naltiruvchi maxsus “Kasblar olami” dasturlari joriy etiladi; 31. Har ikki yilda 12-avgust – Xalqaro yoshlar kunida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi o‘tkaziladi; 32. Elektron platformalar orqali har yili 600 ming nafar yoshning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi. @alisher_sadullaev
Yoherejwe 20 Mat.
🤩Uzoq kutilgan yangilik: ilovamizning yangi versiyasi chiqdi! Yangi versiyada: 🤍 Ro‘yxatdan o‘tish va login sahifalari 🤍 Asosiy sahifa 🤍 Kurslar sahifalari 🤍 Video player sahifalari 🤍 Test sahifalari 🤍 Profil va profil ko‘rinishi sahifalari 🤍 Foydalanuvchi kurslari 🤍 Bildirishnomalar 🤍 Peshqadamlar sahifasi 🤍 Vakansiyalar sahifalari 🤍 Sertifikat sahifalari 🤍 Biz haqimizda va boshqa yordamchi sahifalar yangilanib, yanada jozibadorroq, qulayroq va qiziqarliroq holatga keltirildi! 💖Hoziroq “Qizlar akademiyasi”ni Play Market yoki App Storedan yangilab oling va yangiliklardan bahramand bo‘ling! 🤩Qizlar akademiyasi ilovasini yuklab olish uchun: Google Play | App Store
#Muloqot#BuyukBritaniya#Taʼlim 🎓 Masterclass: Ta’limdan startaplarga — Buyuk Britaniyada imkoniyatlar 🙋 Buyuk Britaniyada o‘qishni rejalayapsizmi yoki talaba bo‘lib startap boshlamoqchimisiz? Unda bu masterclass siz uchun! 👤 Spiker: Shukrullokhon Olimov (Fly High hammuassisi) 📌Sessiyada siz bilib olasiz: ➡️ Qanday qilib to‘g‘ri UK universitetini tanlash ➡️ Grant va moliyalashtirish imkoniyatlari ➡️ UK’da talabalik hayoti qanday? ➡️ Talaba bo‘lib startap boshlash yo‘llari ➡️ Real tajribalar va foydali lifehacklar 🗓 21-aprel, 20:00 (UZB) / 16:00 (UK) 🆔 Ro‘yxatdan o‘tish: Zoom LINK Bizning sahifalarimiz: 1️⃣Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺You tube
Hashtags
Yoherejwe 20 Mat.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Munozara” respublika turniriga START BERILADI! Universitetimizda talabalar o‘rtasida intellektual salohiyatni rivojlantirish, erkin fikrlash va nutq madaniyatini oshirish maqsadida “Munozara” respublika turniri tashkil etilmoqda. 💬Tanlov bosqichlari: 📅 21–22–23-aprel — Fakultet bosqichi 📅 24-aprel — Fakultetlardan saralangan jamoalar o‘rtasida qura tashlash va mavzularni taqsimlash 📅 27–28–29-aprel — Universitet bosqichi 🔹JDPU axborot xizmati.
#Insho#ServiceScape 🖋 ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling! 🎓 Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2026-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin. ➡️ Insho mavzusi: How does writing impact today's world? ➡️ Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi. ➡️ Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi. 🗓 Insholar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi. 🔗Batafsil Bizning sahifalarimiz: 1️⃣Telegram2️⃣Instagram 3️⃣Facebook📺You tube
Hashtags
Yoherejwe 20 Mat.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Munozara” respublika turniriga START BERILADI! Universitetimizda talabalar o‘rtasida intellektual salohiyatni rivojlantirish, erkin fikrlash va nutq madaniyatini oshirish maqsadida “Munozara” respublika turniri tashkil etilmoqda. 💬Tanlov bosqichlari: 📅 21–22–23-aprel — Fakultet bosqichi 📅 24-aprel — Fakultetlardan saralangan jamoalar o‘rtasida qura tashlash va mavzularni taqsimlash 📅 27–28–29-aprel — Universitet bosqichi 🎯 Ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar: Fakultetingizdagi yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari yoki fakultet yetakchilariga murojaat qilishingiz so‘raladi. 💡O‘z fikringizni erkin bayon qiling, bahs qiling va g‘olib bo‘ling!
Yoherejwe 19 Mat.
FINANCOPEDIYA OROMGOHI 2026 ENDI SIZDA YANADA KOPROQ IMKONIYAT MAVJUD 👉 Oromgoh Yoshlar ishlari agentligi va Financopediya loyihasihamkorligida Toshkent viloyati “Yoshlar” oromgohida bo‘lib o‘tadi. 📌 O‘zbekistonning barcha hududlaridan moliya, tadbirkorlik va iqtisod sohasiga qiziquvchi yoshlar, bu e’lon aynan siz uchun. 🔗Qanday ishtirok etish mumkin? Qabul reyting tizimi asosida amalga oshiriladi: 1️⃣Veb-saytimizda ro‘yxatdan o‘ting 2️⃣ Har hafta yoshlar markazlarida bo‘lib o‘tadigan Business Case’larda ishtirok eting 3️⃣Reyting tizimida ball to‘plang ➡️ Eng faol va liderlik qobiliyatiga ega yoshlar oromgohga saralab olinadi. 🔎Oromgohda sizni nimalar kutmoqda? 5 kun davomida: • Tajribali ekspertlar bilan uchrashuvlar • Business Case mashg‘ulotlari • Liderlik va jamoaviy ishlash bo‘yicha interaktiv treninglar • Samarali networking Ro‘yxatdan o‘ting, ballarni to‘plang — oromgohda ko‘rishguncha! 🚀 📱Telegram 📱Instagram📱Linkedin🌟Website
Yoherejwe 17 Mat.
🌿DIQQAT, TANLOV! 🌿 Aziz talabalar! Sizlarni “Yashil sayyora uchun” mavzusidagi rasmlar tanloviga taklif etamiz. O‘z ijodingiz orqali tabiatni asrash va unga bo‘lgan munosabatingizni ifoda eting. 🏛Manzil: Universitet asosiy binosi 🕚 Vaqt: 18-aprel, soat 11:00 🏆 Eng yaxshi ishlar rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi! Tanlovda ishtirok etish uchun: @Barno_Abdiyevaa