TGINSIGHT CHAT
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI
@jdpu_yi
Uburezi🏢 O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich tashkilotining rasmiy sahifasi Aloqa uchun: @madinaxushvaqtova +998930360585
Ubutumwa bw'ubu
Uk. 82 kuri 85 · ubutumwa 1,012
#seminartrening ⚡️Jizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar Ittifoqi "Talaba qizlar" koordinatori tomonidan tashkil etilgan "Psixologik hamda motivator trening". Universitetimiz psixologi B.Bosimov bilan birgalikda talabalar o'rtasida suhbat olib borildi,ularning ijtimoiy holati o'rganildi. 🌐Bizning sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
Hashtags
Yoherejwe 4 Mat.
TTJ da ko‘ngil ochar tadbir. Yoshlar ittifoqi tomonidan fakultet koordinatorlari tashabbusi bilan 1-sonli talabalar turar joyida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Musiqiy tanaffus"tadbiri tashkil qilindi.
#shaxmat_musobaqalari_ Jizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan "Shaxmat" musobaqasida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tomonidan fakultet bosqichi o‘tkazildi. Ishtirokchilar aql gimnastikasida o‘z mahoratlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi. Yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qatnashchilar keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi. Telegram | Instagram Facebook | Twitter YouTube
Hashtags
#Qalqon#reyd ⚡️Jizzax davlat pedagogika universitetida faoliyat olib borayotgan "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari tungi reyd tadbirlarida ishtirok etishdi. Shuningdek amalga oshiriladigan targ‘ibot ishlarini yanada faollashtirish bo'yicha "Qalqon"jamoatchilikguruhi vakillariga ko’rsatmalar berildi. 🌐Bizning sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
#Yashilmakon ⚡️Bugun Sharof Rashidov tumani hududida yoshlar tomonidan "Yoshlar bog‘i" tashkil etildi. 🌱 "Yashil makon umummilliy loyihasi" doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va “Qalqon jamoatchilik guruhi ham ishtirok etishdi. 🌐Bizning sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
Hashtags
Yoherejwe 26 Wer.
JDPUda sumalak bazmi o‘zgacha bo‘ldi... Navro‘z milliy ma’naviyatimiz rivojidagi eng muhim shodiyonadir. Bu kunda yurtimizning har bir go‘shasida bahoriy taomlar-u, turli milliy o‘yinlarga alohida urg‘u beriladi. Xususan, milliy taomlarimizdan sumalak, halim, ko‘ksomsa, ko‘k chuchvara kabilar bayram dasturxonining ko‘rkiga aylanadi. Ayniqsa, sumalak bazmlarining o‘zgacha gashti bor. batafsil
Yoherejwe 24 Wer.
⚡️Jizzax davlat pedagogika universitetidagi "Media akademiya" guruhiga qo'shiling! Media akademiyaguruhiga qo'shilmoqchi bo'lgan talabalar JDPU Yoshlar ittifoqi Intellektual loyihalar yo'nalishi koordinatoridan ma'lumot olishlari mumkin. 🇺🇿 Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi 🌐Bizning sahifamiz: @jizzaxyoshlari_yi
🌱Hashar-elga yarashar! 📹#JDPU#Hashar#jarayon 💐Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan joriy yilning 16-18-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab "Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" shiori ostida o’tkazilayotgan umumxalq hasharida, bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlari, Yoshlar Kengashi a’zolari hamda "Qalqon" jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan universitet hududi, ochiq maydonlar, ariq va ko‘chalarini tozalash, daraxtlarni oqlash, qordan tozalash kabi obodonlashtirish ishlari olib borildi.
UNIVERSITETDA HASHAR DAVOM ETMOQDA 🇺🇿Jizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi Kengashi va “Qalqon” jamoatchilik Kengashi a’zolari universitet hududini obodonlashtirish va qordan tozalash ishlarida faollik ko’rsatmoqda. #hashar#Yoshlar_Kengashi#Qalqon
Hashtags
Yoherejwe 8 Wer.
Aziz onajonlar, qadrli opa-singillar! 💐Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi nomidan Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Siz va oila a’zolaringizga mustahkam sog‘lik, tuganmas baxt va omad tilab qolamiz! 🌹 Ayolni e’zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga koʻtarilgan fazilat! 🎉 Yurtimiz ravnaqi, jamiyatimiz rivoji, ulugʻ va ezgu maqsadlaringiz yoʻlida hech qachon tolmang. Bayramingiz muborak boʻlsin! 🇺🇿 Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi 🌐Bizning sahifamiz: @jizzaxyoshlari_yi
Yoherejwe 6 Wer.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-213-sonli qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tab, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan, o‘qish davrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatida faol ishtirok etayotgan talablarni kontrakt summasining 35 foizini to‘lov tariqasida moddiy yordam ko‘rsatish belgilangan edi. ⚡️Jizzax davlat pedagogika universitetida 2023-2024 o‘quv yili uchun tavsiyaga talabgor talabalar o‘rtasida test sinovlari o’tkazildi. Test jarayonlari 1 smenada tashkil etildi. Test sinovlarini adolatli va shaffof o’tishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi bo’limi nazorat olib bordi. 🌐Bizning sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook
Yoherejwe 3 Wer.
BugunJizzax davlat pedagogika universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti “Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar” koordinatori Madina Xushvaqtovaning tug’ilgan kuni. Madina Xushvaqtovaga oʻqish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🥳Ayyom muborak boʻlsin! 🌐Bizning sahifalarimiz: Telegram I Instagram I Facebook