TGINSIGHT CHAT
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI
@jdpu_yi
Uburezi🏢 O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich tashkilotining rasmiy sahifasi Aloqa uchun: @madinaxushvaqtova +998930360585
Ubutumwa bw'ubu
Uk. 9 kuri 85 · ubutumwa 1,012
Yoherejwe 28 Wer.
📢 XALQARO TA’LIM DASTURI 🎓 “Zamonaviy dunyoda davlat suvereniteti va integratsion jarayonlar” (Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi akademiya dasturi) 🌍 MDH davlatlari uchun maxsus ishlab chiqilgan ushbu dastur davlat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasini oshirishga qaratilgan. 📅 Muddat: 2026-yil (aprel–dekabr) 📍 Format: 3 ta oflayn modul + onlayn mashg‘ulotlar 💡 Dastur haqida: • Davlat boshqaruvi va strategik fikrlashni rivojlantirish • Milliy suverenitet va xalqaro integratsiya muvozanatini o‘rganish • Zamonaviy global jarayonlarni tahlil qilish • Davlatlararo samarali hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish 👥 Kimlar uchun? ✔️ Davlat va munitsipal xizmatchilar ✔️ Davlat muassasalari vakillari ✔️ O‘rta va yuqori bo‘g‘in rahbar kadrlar 💰 Moliyalashtirish: ✔️ Ta’lim — BEPUL (MDH davlatlari uchun) ✔️ Yo‘l va yashash xarajatlari — ishtirokchi tomonidan 📜 Natija: 🎓 Prezident akademiyasining professional qayta tayyorlash diplomi 📌 Tanlov asosida ishtirok! Ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlar topshirish talab etiladi. 📞 Aloqa: 📧 [email protected] 📱 +7 995 099 60 89
Yoherejwe 28 Wer.
🔊Mentor qidirilmoqda 🏤Tashkilot: "ASIA SCHOOL" xususiy maktabi ☝🏻Talablar: 🔸30 yoshdan yuqori 🔸Rus tilini so’zlashuv darajasida bilish (ustunlik beradi) 🔸Pedagogik sohada ish tajribasiga egalik (ustunlik beradi) 🔸Qoidalarga rioya qilish 🔸Vazifalarni o'z vaqtida bajarish 🔸O'quvchilarni nazorat qilish 🏳️Afzalliklar: 🔹5/2 ish kuni 🔹08:30-17:30 ish grafigi 🔹bepul tushlik 🔹Ajoyib jamoa 🔹Korporativ raqam 🔹Turli xil korporativ tadbirlar 🔹Oylik maosh kelishilgan holda 🔹21 kun mehnat ta'tili 🔹Rasmiy ish staji 💼Quyidagi havola orqali ariza qoldirishingiz mumkin https://www.asiaschool.uz/vakansiya ☎️Murojaat uchun tel: +998993551152
Yoherejwe 27 Wer.
"Aksilkorrupsiya xakatoni - 2026"ga start berildi 24-25-26 aprel kunlari "Sarbon" universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni - 2026" bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniga ega bo'ladi. Ma'lumot uchun: Bu yilgi xakaton "Sarbon" universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, "Oʻzmetkombinat" AJ, IT Park hamkorligida tashkil qilinmoqda. Yo‘nalishlar: - davlat xaridlari, sog'liqni saqlash, sport, qurilish, ta'lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish; - korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish; - ochiq ma'lumotlar orqali korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa yondashuvlar. Xakatonda 18-35 yoshdagi turli soha vakillari (2 yoki 3 kishilik)jamoaviy holda ishtirok etishi mumkin. Xakaton qoidalari bilan batafsil ushbu havolada tanishing. Tayyorlov vebinari: 10-aprel Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadarushbu havola orqali ro'yxatdan o'tish lozim. G’olib jamoalar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi. Ma'lumot o'rnida: O‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — “Uzinfocom” kompaniyasining yosh dasturchilari jamoasi Gonkong da o‘tkazilgan nufuzli “Coding4Integrity” Osiyo xakatoni da ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va mazkur tanlovda munosib ishtirok etdi. ——— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Yoherejwe 27 Wer.
Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi start oldi! Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari ham ushbu sport bayramida faol ishtirok etadi. Filial bosqichi 1–15-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar: basketbol, futbol, voleybol, stol tennisi va yengil atletika. Iqtidoringizni namoyon etmoqchimisiz? Shoshiling! Ro‘yxatdan o‘tish 1-aprelgacha davom etadi. Arizani rasmiy erp.sport.uz sayti orqali topshiring. Jizzax davlat pedagogika universiteti sharafini birgalikda himoya qilaylik!
Yoherejwe 27 Wer.
🇺🇿Markaziy Osiyo Modeli — OSCE (EXHT) konferensiyasi 2026 da ishtirok etish imkoniyati! 🧭Manzil: Toshkent, O‘zbekiston 🗓️Muddat: 27-aprel — 1-may 👥Kimlar uchun: Markaziy Osiyodan 18–25 yoshdagi talabalar va yosh mutaxassislar ✔️Ushbu dastur — OSCE (Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti) modeli asosida tashkil etilgan bo‘lib, yoshlar uchun diplomatiya, xalqaro munosabatlar va muzokara jarayonlarini amaliy o‘rganish imkonini beradi. 💰Moliyaviy imtiyozlar: - Aviachipta xarajatlari to‘liq qoplanadi; - Turar joy bilan ta’minlanadi; - Ovqatlanish xarajatlari qoplanadi; - Xalqaro networking va tajriba imkoniyati; 🌐Ishchi til: Ingliz tili ✔️Talablar: - CV (PDF formatda) - Pasport nusxasi (O‘zbekiston fuqarolari uchun oddiy pasport yetarli) ⏰️Ariza topshirish muddati: 31-mart, 2026-yil 🔗Ro‘yxatdan o‘tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSejDe4edAzXdMdn0TDLz-qm4bP_gTsQvMcM8-VoNUMxocdPWw/viewform?pli=1 ✅Postlarimni copy qilmang, manba bilan ulashing: t.me/jurakulova_blog
Yoherejwe 27 Wer.
Bugun Jizzax viloyatidagi IT-parkda soat 15:00 da “Startup day” bo’lib o’tadi bunga univeristemizdagi barcha startuperlarni taklif etamiz. Ro’yxatdan o’tish uchun: @rchuzb ga murojaat qiling. Telegram kanal | Telegram guruh
Yoherejwe 26 Wer.
🤩“Qizlar akademiyasi” jamoasiga qo‘shilishni xohlaysizmi? 📎“Qizlar akademiyasi” jamosiga qo‘shilish uchun ajoyib imkoniyat! Biz volontyorlarni qabul qilishni boshladik. 🤩 Siz “Qizlar akademiyasi” loyihasida volontyor bo‘lish orqali: 1️⃣Netvorking 2️⃣Loyiha boshqarish va tashkilotchilik ko‘nikmalari 3️⃣Sertifikat va tavsiyanomalar 4️⃣Unutilmas xotiralar va yangi do‘stlar orttirish — kabi qimmatli imkoniyatlarga ega bo‘lishingiz mumkin! 🩷 Jamoaga qo‘shilish uchun ushbu bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va jamoaga qo‘shiling: @Volontyorqizlar_bot @Volontyorqizlar_bot @Volontyorqizlar_bot
Yoherejwe 26 Wer.
📣E’LON Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlarni Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan “Sumalak sayli” ga taklif etadi. 📅Sana: 2026-yil 27-mart 🕔Vaqt: soat 17:00 📍Manzil: universitet professorlar bog‘i Mazkur tadbirda milliy an’analarimizni aks ettiruvchi sumalak tayyorlash jarayoni, madaniy chiqishlar hamda bayramona dasturlar tashkil etiladi. Barchangizni ushbu ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbirida kutib qolamiz!
Yoherejwe 26 Wer.
DIQQAT, E’LON! ZOMIN SEMINARI BOSHLANMOQDA! Yosh ijodkorlarning an’anaviy Zomin seminari hududiy bosqichlariga start beriladi. Respublikamizning turli joylarida ijod qilayotgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlarni seminarning hududiy bosqichida ishtirok etishga chorlaymiz! Seminar 7 ta: 📜 Nazm; 📖 Nasr; 🎭 Dramaturgiya; 📑 Badiiy publitsistika; 🌐 Badiiy tarjima; 👫 Bolalar adabiyoti; 📝 Adabiy tanqid yo‘nalishida o‘tkaziladi. Seminarda qatnashish istagida bo‘lgan viloyatimiz yoshlari (doimiy yashash joyi Jizzax viloyati bo'lgan yoshlar) O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo'limiga hujjatlarini fayl papka holatida hamda elektron tarzda yuborishlari so‘raladi. 🧾HUJJATLAR: 1. Pasport nusxasi 2. Tarjimai hol 3. Ma’lumotnoma 4. Rasm 3/4-4 ta, 6/9 rasm-2ta 5. Ijodiy ishlardan namunalar 10- 15 ta Ijodiy ishlar 2026-yil 10-aprelgacha qabul qilinadi. Manzil: Jizzax davlat pedagogika universiteti ARM 108-xona Tel: +998955954969 Farrux Amirov
#ZiyoChashmasi ✍️ Qadrli ijodkorlar! Maqolalar qabuli davom etmoqda! ✋Sizda o'z qalamingizga mansub ijtimoiy, dolzarb, tanqidiy va zamonaviy mavzularga xos maqola bormi? Yoki yangi ijodiy ish ustida ishlayapsizmi? “Ziyo chashmasi” gazetasi sizning ijodiy ishlaringizni chop etishga tayyor! 📰 Eng sara maqolalar bepul tarzda gazetamizda chop etiladi. Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 📲 Telegram orqali bog’laning: @abror_hayit0v@khusanov_2120 🌟Sizni “Ziyo chashmasi” gazetasining yangi sonida kutib qolamiz! 💫 Ijodga intiling, so'zlar kuchini his eting! ❕Sahifamizni kuzatibboring!
Hashtags
#tavallud_ayyom Bugun Aniq fanlar fakulteti yoshlar yetakchisi Tohirov Jo’shqin Akmalovichning tavallud ayyomi. Jo’shqin Akmalovichga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz🥳🎉
Hashtags
Yoherejwe 24 Wer.
⚡️Mahalla yoshlari diqqatiga! 🖐Mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yildagi ilk loyihalariga start berilmoqda. Xususan, 24–28-mart kunlari yigit-qizlarimiz o‘rtasida shaxmat, shashka hamda “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha musobaqalarning dastlabki — mahalla bosqichi bo‘lib o‘tadi. Har bir hudud kesimidagi musobaqalarning aniq manzili, vaqti hamda qo‘shimcha ma’lumotlar bilan quyida ilova qilingan maxsus fayl orqali tanishishingiz mumkin. 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi; 2. Andijon viloyati; 3. Buxoro viloyati; 4. Jizzax viloyati; 5. Qashqadaryo viloyati; 6. Navoiy viloyati; 7. Namangan viloyati; 8. Samarqand viloyati; 9. Surxondaryo viloyati; 10. Sirdaryo viloyati; 11. Toshkent viloyati; 12. Farg‘ona viloyati; 13. Xorazm viloyati; 14. Toshkent shahri; O‘z iqtidoringizni namoyish eting va g‘oliblik sari ilk qadamni tashlang! 🕊Telegram📱Instagram📺YouTube🔹Linkedin🌍Veb sayt