TGTGInsightubwenge bwa telegramLIVE / telegram public index
Subira ku nzira
JDPU YOSHLAR ITTIFOQI avatar

TGINSIGHT CHAT

JDPU YOSHLAR ITTIFOQI

@jdpu_yi

Uburezi

🏢 O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Jizzax davlat pedagogika universiteti boshlang’ich tashkilotining rasmiy sahifasi Aloqa uchun: @madinaxushvaqtova +998930360585

Abiyandikishije673Abiyandikishije bari mu nzira
Ubutumwa1,012Ubutumwa bwahuguriwe
Icyagezweho2,582Ibireba ubutumwa bw'ubu
Ubutumwa bw'ubu

Ubutumwa bw'ubu

Uk. 7 kuri 85 · ubutumwa 1,012

Yoherejwe 10 Mat.

📢Ilmiy tadqiqot loyihalari tanlovi eʼlon qilindi! 🔬 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan vazifalarni bajarish uchun “Ilmiy taraqqiyot” amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi boshlandi. 📅Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 7-may, soat 23:55 gacha 📍 Platforma: loyiha.ilmiy.uz 📚 Tanlov yoʻnalishlari: Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik Huquq fanlari Texnika fanlari 📌 Asosiy shartlar: 1. Tanlovda ilmiy-tadqiqot salohiyatiga ega tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. 2. Har bir loyiha rahbari faqat bitta loyiha taqdim etadi. 3. Loyiha yakunida muhim ilmiy natija (yangi mahsulot, texnologiya, ishlanma) asoslanishi shart. 4. Amalga oshirish muddati – 2 yilgacha. 5. Ilmiy jamoa oʻrtacha yoshi 45 yoshdan oshmasligi kerak. 6. Vazirlik yoki idora tomonidan qoʻllab-quvvatlash xati boʻlishi zarur. Batafsil maʼlumot uchun:https://loyiha.ilmiy.uz/tanlov/224 📢 Bizni kuzating: t.me/djizakinnovation

214 views

Yoherejwe 10 Mat.

📢 “Milliy tadqiqot” amaliy tadqiqot loyihalari tanlovi eʼlon qilindi! 🗓 Loyihalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 20-martdan 20-aprelgacha 📍 Platforma: loyiha.ilmiy.uz 🔑 Asosiy shartlar: Ilmiy jamoa oʻrtacha yoshi: 45 yoshdan oshmasligi kerak. Vazirlik va idoralarning qoʻllab-quvvatlash xati talab etiladi. 📌 Tanlov mavzulari orasida: Seysmik hududlarda bino va inshootlarni loyihalash normativlarini Yevropa standartlari bilan integratsiyalash; Orolboʻyi hududidagi ekologik muammolarni sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari asosida baholash; Temuriylar davri manbalari elektron platformasini yaratish; Sunʼiy yoʻldoshlar uchun innovatsion ADCS tizimini ishlab chiqish va boshqa dolzarb ilmiy yoʻnalishlar mavjud. 🆔 Loyiha taqdim etish uchun ScienceID zarur. Roʻyxatdan oʻtish: id.ilmiy.uz ℹ️ Qoʻshimcha maʼlumot uchun:https://gov.uz/oz/innovation/contest/view/145424 📢 Bizni kuzating: t.me/djizakinnovation

199 views

Yoherejwe 10 Mat.

🚀 "BO‘LAJAK OLIM" TANLOVI: STARTAP LOYIHALAR UCHUN IMKONIYAT! Sizda sun’iy intellekt asosida suv va elektr energiyasini tejaydigan raqamli yechim bormi? Unda bu tanlov aynan siz uchun! 🌟 Tanlov yo‘nalishi: Tabiiy resurslardan foydalanishni takomillashtirish (suv va elektr sarfini onlayn hisobga olish, masofadan monitoring va AI asosida boshqarish). 💰 Moliyalashtirish miqdori: 3 000 BHM gacha (taxminan 1,2 mlrd so‘mgacha). ⏳ Loyiha muddati: 12 oygacha. ✅ Ishtirokchilar uchun talablar: 40 yoshdan oshmagan Loyiha ilmiy yangilik va innovatsion elementga ega bo‘lishi shart; 1 nafar ishtirokchi — 1 ta loyiha. 📅 Muddat: Arizalar 2026-yil 30-aprel soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi. ⏰ Shoshiling: Tanlov yakunlanishiga 25 kun qoldi! 📥 Arizalar quyidagi havola orqali topshiriladi: startup.ilmiy.uz 📢 Bizni kuzating: t.me/djizakinnovation

199 views

Yoherejwe 9 Mat.

"Yandex Uzbekistan" yozgi maktabi uchun arizalar qabul qilinmoqda Dastur doirasida ishtirokchilar backend va mobil dasturlash yo‘nalishlarida bilimlarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Eng muvaffaqiyatli nomzodlar Moskvada tashkil etiladigan xalqaro yozgi maktabda qatnashadilar. Afzalliklari: “Yandex Uzbekistan”da amaliyot uchun soddalashtirilgan saralash Xalqaro dastur xarajatlarining to‘liq qoplanishi Amaliy bilim va professional tarmoq 📍 Format: offlayn 👤 Yosh: 18+ 📅 Ariza topshirish muddati: 3-may https://edugrants.uz/scholarships/yandex-uzbekistan-dan-yozgi-maktab @NoFee_Grants

276 views

Yoherejwe 9 Mat.

153 views

Yoherejwe 9 Mat.

Xo‘sh, azizlar! Sizlarga yana bir foydali va ilhom baxsh etuvchi tadbir haqida mamnuniyat bilan xabar beramiz 🙏 Jizzax viloyatimiz faxri, Yoshlar fronti ofisi Jizzax viloyati mentori, o‘zining yuqori tashabbuskorligi, fidoyiligi hamda faoliyati orqali viloyatimizdagi ayol-qizlarning har tomonlama rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Baxtiyorova Sevinch Doniyor qizi @sevinch_doniyorovna tomonidan bugun maxsus ovozli chat tashkil etiladi. 📌 Mavzu: “Maqola yozish tartibi va uning afzalliklari” 🗓 Sana: 09.04.2026 ⏰ Vaqt: 21:00 Mazkur ovozli chat davomida siz maqola yozishning to‘g‘ri usullari, uning bosqichlari, samarali yozish sir-asrorlari hamda bu ko‘nikmaning shaxsiy va professional rivojlanishdagi o‘rni haqida muhim bilimlarga ega bo‘lasiz. Barcha qizlarimizni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz! Bu imkoniyatni boy bermang — o‘z ustingizda ishlash sari yana bir qadam tashlang ✨ Hurmat bilan, Jizzax volontyorlari jamoasi 💙 Ovozli chat manzili: https://t.me/baxtiyorovasevinchdoniyorqizi

176 views

Yoherejwe 9 Mat.

🔥Media Cup yakuniga 7 kun qoldi! 🎯Hali ham ulgurasiz 📌 Qanday qatnashasiz? — Ustoz AI’da kurslarni o‘rganasiz — Sertifikat olasiz — Va avtomatik tarzda Media Cup’ga qo‘shilasiz 🏆 Sovrinlar: 💻 5 ta noutbuk 📱 5 ta smartfon ⌚️ 5 ta smartwatch ❗️Ko‘pchilik allaqachon davogar Endi navbat — sizda 🚀 Oxirgi 7 kun — imkoniyatni qo‘ldan boy bermang 👇 Batafsil: https://ustozaimediacup.vercel.app/ 🤩Mobil Ilova | 😎Telegram | 💙LinkedIn

184 views

Yoherejwe 8 Mat.

🚀Global Tech Weekend ilk bor O‘zbekistonga kelmoqda Bu may oyida Toshkent dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan texnologik harakatlardan biri xaritasiga qo‘shiladi. 15–17 may kunlari shahar jonli innovatsiya markaziga aylanadi. Toshkent bo‘ylab bir vaqtning o‘zida 40 dan ortiq tadbirlar o‘tkaziladi. 120 nafar mahalliy va xalqaro spikerlar sahnaga chiqadi, minglab startapchilar, investorlar, muhandislar va yangi g‘oyalar ortidan borayotganlar bir joyga jam bo‘ladi. Global Tech Weekend bu shunchaki konferensiya emas. Bu uch kun davomida universitetlar, akseleratorlar, innovatsion markazlar va madaniy maskanlarni qamrab oladigan, g‘oyalar, foydali aloqalar va yangi imkoniyatlarni birlashtiradigan keng ko‘lamli shahar formati. IT Park Uzbekistan hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu Global Tech Weekend mintaqa uchun muhim bosqich bo‘lib, Markaziy Osiyoning global texnologik maydondagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini namoyon etadi. 🎤 120 spiker. 40+ tadbir. 3 kun. 1 shahar. ⏰ Ro‘yxatdan o‘tish 14-maygacha ochiq — shoshiling. 📌 Ro‘yxatdan o‘tish tez orada ochiladi. 🖥Batafsil saytimizda o‘qing LinkedIn | Facebook| Instagram| Website

186 views

Yoherejwe 8 Mat.

📍 Jizzaxga yo‘l olmoqdamiz! School 21 jamoasi Jizzax shahridagi universitetlarga tashrif buyuradi — u yerda siz bilan tanishamiz, maktabimiz haqida so‘zlab beramiz va hujjatlarni qabul qilamiz. Agar siz ancha vaqtdan beri hayotingizni IT bilan bog‘lashni rejalashtirgan bo‘lsangiz — bu hoziroq ilk qadamni tashlash uchun ajoyib imkoniyat! 9 va 10-aprel kunlari School 21’da bepul ta’lim qanday tashkil etilgani, «hovuz»ga qanday kirish va sizni kelajakda nimalar kutayotgani haqida batafsil ma’lumot beramiz. 📍 Manzillar va aniq vaqtni rasmlarda ko‘ring. __________ 📍 Едем в Джиззах Команда School 21 выезжает в университеты Джиззаха — знакомиться, рассказывать о школе и принимать документы. Если ты давно думал связать свою жизнь с IT — это шанс сделать первый шаг прямо сейчас. 9 и 10 апреля расскажем, как устроено бесплатное обучение в School 21, как попасть на «бассейн» и что тебя ждёт дальше. 📍 Адреса и точное время — смотри на картинках. #events 🔹Telegram🔹Instagram🔹Facebook🔹YouTube🔹LinkedIn

183 views

Hashtags

Yoherejwe 8 Mat.

#Tavsiya “O‘rgimchak Zinaning hikoyalari” orqali bolajonlar tabiatni asrash, atrof-muhitga mehr bilan qarashni oson va qiziqarli tarzda o‘rganadi. Har bir hikoya — kichkina saboq, katta tarbiya! 💚 🎬 Bolalar bilan birga tomosha qiling — foydali va maroqli! @yashiltashabbus

217 views

Hashtags

Yoherejwe 6 Mat.

2026-yil APREL oyida respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar (KONFERENSIYALAR) RO‘YXATI 👉@Yangirenessansyoshlari

256 views

Yoherejwe 6 Mat.

​📢 MUHIM XABAR: Safarimizni birozga suramiz! 🙂🌧️ ​Assalomu alaykum, aziz talabalar va tabiatsevar ko‘ngillilar! 🙋‍♂️🙋‍♀️ ​Avvalambor, "Piknik madaniyati" loyihasiga ko‘rsatgan qiziqishingiz va befarq bo‘lmaganingiz uchun barchangizga rahmat! Sizdek faol yoshlar borligi bizni quvontiradi. 😊✨ ​Afsuski, bugun (6-aprel) kutilayotgan noqulay ob-havo va kuchli yomg‘ir ehtimoli barcha rejalarimizga biroz "oʻzgartirish" kiritdi. ⛈️ Barchamizning xavfsizligimiz va sog‘lig‘imizni o‘ylagan holda, Amir Temur g‘origa rejalashtirilgan plogging-sayohatimizni noma’lum muddatga qoldirishga qaror qildik. 🗓️⚠️ ​🧐 Nega bunday qarorga keldik? –​Xavfsizlik birinchi o‘rinda: Tog‘li hududlarda yomg‘ir paytida yo‘llar sirpanchiq va xavfli bo‘lishi mumkin. 🏔️💦 — ​Sifatli natija: Plogging (chiqindi yig‘ish) va chiroyli video-roliklar olish uchun bizga baribir quyoshli va ochiq osmon kerak. ☀️📸 ​Salomatlik – boylik: Hech birimizning shamollab qolishingizni xohlamaymiz! ​Xavotir olmang! 😌 Quyoshli kunlar qaytishi bilan biz albatta bu ezgu ishni birlikda amalga oshiramiz! Yangi sana va vaqt haqida ushbu kanalda birinchilardan bo‘lib xabar beramiz.🌿 Tushunganingiz uchun rahmat! Bugungi yomg‘irli kunni issiq choy ustida, kitob mutolaasi bilan o‘tkazishingizni tilab qolamiz. O‘zingizni asrang! 🤗☕📖

339 views
12•••5678910•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485