TGINSIGHT CHAT
Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi
@AndEko
EducationAndijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi https://t.me/AndEko Taklif va shikoyatlar uchun (eko nazorat tizimi) https://t.me/and_eko_bot
Postimet e fundit
Faqja 4 nga 84 · 1,008 postime
Publikuar 15 maj
1⃣5⃣may Xalqaro iqlim kuni. ✔️Ushbu kunda butun dunyo iqlim o‘zgarishi, global isish va atrof-muhit muammolariga yana bir bor e’tibor qaratmoqda. ➡️So‘nggi yillarda Yer harorati tobora oshib bormoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyoda keyingi 30 yil ichida harorat 1,5 darajaga ko‘tarildi. ➡️Bu esa muzliklarning erishi, suv tanqisligi, qurg‘oqchilik va tabiiy ofatlar xavfini kuchaytirmoqda. ➡️Mutaxassislarning ta’kidlashicha, so‘nggi 50–60 yil ichida mintaqadagi muzliklarning qariyb 30 foizi qisqargan. ➡️O‘zbekiston ham ekologiyani asrash, yashil hududlarni kengaytirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishda qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. ➡️Bugungi sana bizga bir haqiqatni eslatadi: Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir.
Publikuar 15 maj
♻️ ANDIJON SHAHRIDA EKOLOGIK NAZORAT KUCHAYTIRILDI! Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Andijon shahar davlat inspektorlari tomonidan shahar hududida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, atrof-muhitni ifloslantirish holatlariga qarshi qat’iy nazorat ishlari olib borilmoqda. 😇 Tabiatga bepisand munosabat bildirgan, chiqindilarni duch kelgan joyga tashlagan fuqarolarga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida keskin choralar ko‘rilib, ayovsiz jarimalar qo‘llanmoqda. 🌏 Toza hudud — sog‘lom hayot garovi! Har bir fuqaro ekologik madaniyatga amal qilishi, shahar tozaligini saqlashga mas’ul ekanligini unutmasligi lozim. 🚯 Chiqindini belgilanmagan joyga tashlamang! ♻️Atrof-muhitni asrang! 🐈⬛ Tabiat — kelajak avlodga omonat! #Ekologiya#Andijon#TozaHudud#ChiqindiNazorat#TabiatniAsraylik#EkologikNazorat Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Publikuar 15 maj
🐟 Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tomonidan Baliqchi tumanida tabiiy suv havzalaridagi baliq resurslarini muhofaza qilish va qayta ko‘paytirish choralari kuchaytirilgan. Jumladan, tabiatga befarq bo‘lmagan “Xur o‘lka” MCHJ tomonidan Qoradaryo daryosiga 200 kilogrammdan ortiq baliq chavoqlari qo‘yib yuborildi. 📌 Mazkur tadbirlar baliqlarning urchish davrida ularni asrash, noqonuniy baliq ovlash holatlarining oldini olish hamda suv bioresurslarini saqlab qolishga xizmat qiladi.
Publikuar 14 maj
💬Eco Expo Central Asia 2026, GEFning VIII Assambleyasi, "Green University": Ekologiya qo‘mitasining matbuot anjumani o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida (“Green University”) "Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ekologik ko‘rgazmasi, Global ekologik jamg‘armaning (GEF) VIII Assambleyasi, shuningdek, "Green University" va “yashil” texnikumlar faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi. https://gov.uz/oz/eco/news/view/165598 💬Eco Expo Central Asia 2026, VIII Ассамблея ГЭФ и Green University: Состоялась пресс-конференция Комитета по экологии В Центрально-Азиатском университете изучения окружающей среды и изменения климата («Green University») при Национальном комитете по экологии и изменению климата Республики Узбекистан состоялась пресс-конференция, посвящённая международной экологической выставке Eco Expo Central Asia 2026, VIII Ассамблее Глобального экологического фонда (ГЭФ), а также деятельности Green University и «зелёных» техникумов. https://gov.uz/ru/eco/news/view/165598 💬Eco Expo Central Asia 2026, the 8th GEF Assembly and Green University: Press Conference Held by the Committee on Ecology A press conference dedicated to Eco Expo Central Asia 2026, the Eighth Assembly of the Global Environment Facility (GEF), as well as the activities of Green University and the newly established “green” technical colleges, was held at the Central Asian University of Environmental and Climate Change Studies (“Green University”) under the National Committee on Ecology and Climate Change of the Republic of Uzbekistan. https://gov.uz/en/eco/news/view/165598 📱Instagram| 📱Telegram|📱Facebook| X| 📱Linkedin
Publikuar 14 maj
ANDIJON AXBOROTI | YOSHLAR KUNI TADBIRI. EKLOGIYA BOSHQARMASI Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram 🌐Instagram ✅Facebook
Publikuar 14 maj
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ “Yoshlar kuni” munosabati bilan Jalaquduq tumanidagi “GREEN WORLD LANDSHAFT” MCHJ hududida ekologiya sohasida faoliyat olib borayotgan yosh inspektorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i A. Nazarov yoshlar bilan samimiy suhbat olib borib, ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xizmat faoliyati davomida uchrayotgan muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdi. 🚛Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, murojaatchilar bilan to‘g‘ri va madaniyatli muloqot qilish, xizmat faoliyatida mas’uliyat va intizomga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ⚖️ Shuningdek, davlatimiz rahbariyati tomonidan ekologiya sohasida qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish hamda ularni amaliyotda samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi. 🟢 Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yosh inspektorlarning bilim va tajribasini oshirish, ularning ekologiya sohasiga bo‘lgan qiziqishi va mas’uliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Publikuar 14 maj
“Yoshlar kuni” munosabati bilan innovatsion g‘oyalar qo‘llab-quvvatlanmoqda Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i A. Nazarov tomonidan Jalaquduq tumani 28-maktab 10 sinf o‘quvchisi Qobiljonov Komiljon tomonidan ishlab chiqqan atmosfera havosiga zararli tashlamalarning oldini olishga qaratilgan startap loyiha taqdimoti bilan tanishildi. 📌 Taqdimot davomida Qobiljonov Komiljon tomonidan ekologik muammolarni kamaytirish, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda zamonaviy innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilgari surilgan tashabbuslar ko‘rib chiqildi. 💡 Yoshlarning ekologiya sohasidagi bilim va qiziqishi, innovatsion fikrlashi hamda atrof-muhitga befarq emasligi alohida e’tirof etildi. 🍀Bunday tashabbuslar yoshlarning ilm-fan va ekologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Publikuar 14 maj
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 25-mart kuni imzolangan PQ–110-son qarorga muvofiq, “Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab respublikamizning har bir viloyatida bittadan “yashil” texnikum faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan. ♻️ Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi mas’ul xodimlari — Zarina Abdullayeva, Dilnoza Yuvashova hamda Qo‘mitaning Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i Alisher Nazarov Izboskan tumani 3-son texnikumida bo‘lishdi. 🏫 “Yashil” texnikum sifatida qayta tashkil etilishi rejalashtirilgan ta’lim muassasasining tashqi va ichki infratuzilmasi, o‘quv-amaliyot xonalari hamda mavjud sharoitlari atroflicha o‘rganildi. 🔍 Shuningdek, texnikumni zamonaviy ekologik ta’lim maskaniga aylantirish, qurilish-ta’mirlash ishlarini qisqa muddatlarda boshlash hamda jarayonlarni jadallashtirish yuzasidan mas’ullar bilan tegishli kelishuvlarga erishildi. 🌱 “Yashil” texnikumlar loyihasi yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish, amaliy ekologik ta’limni rivojlantirish va “yashil” kasblarni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Publikuar 14 maj
🐠Tabiiy suv havzalarida baliq ovlashning yangi qoidalari amalda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 80-son qarori bilan tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari tasdiqlandi. 📌Yangi qoidalarga ko‘ra: 🟢Brakonyerlik va noqonuniy baliq ovlashga qarshi nazorat kuchaytiriladi; 🟢 Elektr toki, portlovchi va kimyoviy vositalar bilan baliq ovlash taqiqlanadi; 🟢 Sanoat usulida foydalaniladigan to‘rlar maxsus tamg‘alanadi va elektron ro‘yxatga olinadi; 🟢 Baliqlarning urchish davrida baliq ovlashga cheklovlar joriy etiladi; 🟢 Tabiiy suv havzalaridagi baliq resurslarini muhofaza qilish va qayta ko‘paytirish choralari kuchaytiriladi. 🧑⚖️Qonun talablariga rioya qilish — tabiatni asrash va kelajak avlod uchun baliq zaxiralarini saqlab qolishning muhim kafolatidir. 🌱 Tabiatni asraylik!
Publikuar 13 maj
🔤🔤🔤🔤 “Ekopatrul” reydlari davom etmoqda❗️ Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi “Ekopatrul”tezkor guruhi tomonidan hududlarda ekologik nazorat reydlari izchil olib borilmoqda. 🔎Reyd tadbirlari davomida atmosfera havosini ifloslantirish bilan bog‘liq holat aniqlandi hamda huquqbuzarga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 88-moddasi asosida tegishli choralar ko‘rildi. 🍀 Atrof-muhitni asrash — barchamizning umumiy burchimiz!
Publikuar 13 maj
#Bilasizmi#ЗнаетеЛиВы ⚡️Agentlikning “1205” ishonch raqamiga eng ko‘p yo‘llanadigan murojaat yuzasidan — “Xonadonda 2 kishi yashaymiz, lekin chiqindi qarzdorligi bo‘yicha SMS-xabarnoma orqali ogohlantirish keldi. xato hisoblagan sizlar, buni qanday qilib to‘g‘irlasa bo‘ladi?” — Abonentlar qarzdorlik uchun elektr tarmog‘idan uzilmaydi. SMS xabarnoma bilan ogohlantirish kelgach, qarzdorlikni bartaraf etishga 5 kun imkon beriladi va to‘lanmagan taqdirda elektr energiyasi to‘loviga cheklov o‘rnatiladi. Muhim jihati qarzdorlik bartaraf etilishi bilanoq cheklov darhol bekor qilandi. Bundan tashqari, yagona billing tizimi orqali xonadoningizda doimiy va vaqtincha ro‘yxatda turgan shaxslar ro‘yxatini haqiqatdagi holat bilan solishtiring va bunda yashamaydigan shaxslarni IIB bazasi orqali ro‘yxatdan chiqartirishni unutmang. Shundagina ortiqcha qarzdorliklar qayd etilishining oldini olasiz. ♻️Mazkur kontent sun’iy intellekt asosida Chiqindilarni boshqarish agentligi Axborot xizmati tomonidan yaratildi. 💬 ⚡️По одному из самых частых обращений, поступающих на «1205» — телефон доверия Агентства — «В доме проживают 2 человека, однако через SMS-предупреждение пришло уведомление о задолженности за вывоз отходов. Вы неправильно рассчитали. Как можно это исправить?» — Абоненты не отключаются от электросети сразу из-за задолженности. После получения SMS-предупреждения предоставляется 5 дней на погашение долга, и только в случае неоплаты вводится ограничение на оплату электроэнергии. Важно отметить, что сразу после погашения задолженности ограничение оперативно снимается. Кроме того, через единую биллинговую систему рекомендуется сверить список лиц, имеющих постоянную и временную регистрацию в вашем доме, с фактическим количеством проживающих. Не забудьте снять с регистрации через базу МВД лиц, которые фактически не проживают по данному адресу. Это поможет предотвратить образование необоснованной задолженности. ♻️Данный контент создан Информационной службой Агентства по управлению отходами с использованием искусственного интеллекта. Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Hashtags
Publikuar 12 maj
#korrupsiyaga_qarshi_kurash#Andijon#Ekologiya Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi barcha fuqarolar va tadbirkorlarni korrupsiyaga qarshi kurashishga chorlaydi. Agarda siz ekologiya sohasida korrupsiyaviy holatlarga guvoh boʼlsangiz yoki xodimlarning korrupsiyaviy holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlari (harakatsizliklari) ga duch kelsangiz, bosh boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha xodimining mobil raqami 📞93 345 20 20 va, rasmiy telegram boti😎@and_eko_bot ga murojaat qiling! МUROJAATLAR TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI 📌 Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan. (https://lex.uz/docs/3088008) 🍀Andijon viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati Kanalga qo‘shiling⏬⏬⏬ ✈️Telegram🌐Instagram✅Facebook