TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi avatar

TGINSIGHT CHAT

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz

Elimu

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🗣@gsbeuz Chat-BOX 💠@gsbeuz_bot 🌐www.gsbe.uz 🔵fb.com/gsbe.uz 🔴http://instagram.com/gsbe.uz 📞 +998 71 239 03 03

Wanachama4,990Wanachama wa sasa
Machapisho1,005Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni32,470Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Tagi: #study · machapisho 55

当前筛选 #study清除筛选

Imechapishwa 30 Jan

Elektron tijorat sohasida qisqa muddatli o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Surxondaryo viloyati hududiy filiali hamda Wildberries kompaniyasi hamkorligida Qiziriq tumanida joylashgan 1-son kasb-hunar maktabi binosida “Elektron tijorat sohasida biznesni boshlash va yuritish. Wildberries platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi. 🎓 Shuningdek, Termiz davlat universiteti talabalari uchun “Marketpleys menejeri” kasbiga yo‘naltirilgan amaliy seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchilik orasida elektron tijorat sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, marketpleys platformalarida savdo qilish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat bo‘ldi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilarga elektron tijoratni yo‘lga qo‘yish, onlayn savdo jarayonlarini boshqarish, Wildberries platformasida mahsulot joylashtirish, buyurtmalarni qabul qilish hamda savdoni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy bilimlar berildi. 📚 Mazkur o‘quv kursi va seminar-treninglarda jami 63 nafar ishtirokchi qatnashdi. Tadbir ishtirokchilarga elektron savdo sohasida mustaqil faoliyat boshlash va zamonaviy kasb-hunar egallash uchun muhim imkoniyat yaratdi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Ecommerce#Study#Regionalbranches 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

3,200 views

Imechapishwa 28 Jan

Elektron tijorat bo‘yicha navbatdagi qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan Qarshi shahar korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikasi binosida “Elektron tijorat sohasida biznesni boshlash va yuritish. Wildberries platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi hamda Qarshi davlat universitetining Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun “Marketpleys menejeri” kasbiga o‘qitish bo‘yicha amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. O‘quv kursda 75 nafar ishtirokchi qatnashdi. Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi - hududiy tadbirkorlarning elektron tijorat sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga chiqarishga ko‘maklashish hamda zamonaviy raqamli savdo imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga sharoit yaratishdan iborat. Mazkur o‘quv kurslari hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolar, talabalar hamda elektron tijorat sohasiga qiziqayotgan tinglovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda zamonaviy elektron savdo yo‘nalishlari, marketpleyslarda ishlash mexanizmlari, mahsulotlarni joylashtirish, buyurtmalarni boshqarish, logistika va to‘lov jarayonlari bo‘yicha amaliy bilimlar berildi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida Wildberries xalqaro elektron savdo platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish, sotuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish, shaxsiy kabinet bilan ishlash, mahsulot kartochkalarini yaratish va savdo hajmini oshirish masalalari batafsil tushuntirildi. Kelgusida ham Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan hududlarda elektron tijorat va marketpleyslar yo‘nalishida shunday amaliy o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Ecommerce#Study#Regionalbranches 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,640 views

Imechapishwa 23 Des

Elektron tijorat bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursi 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyati hududiy filiallari tomonidan “Elektron tijorat sohasida biznesni boshlash va yuritish. Wildberries platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi. O‘quv kursining asosiy maqsadi tinglovchilarga xalqaro elektron platformalardan foydalanish imkoniyatlari, elektron savdo ishtirokchilari — sotuvchilar, xaridorlar va marketpleyslar faoliyati bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berish, shuningdek, Wildberries platformasida savdoni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulotlar davomida elektron tijoratni boshlash bosqichlari, marketpleyslarda ro‘yxatdan o‘tish, mahsulot joylashtirish, buyurtmalarni boshqarish, logistika va to‘lov jarayonlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, aholi va tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar taqdim etildi. Har bir hududda o‘tkazilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarida 20 nafardan 30 nafargacha tadbirkorlik subyektlari va elektron tijoratga qiziquvchi tinglovchilar ishtirok etishdi. Tadbir hududlarda elektron tijoratni rivojlantirish, tadbirkorlarning bilim va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Ecommerce#Study#Regionalbranches 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,920 views

Imechapishwa 22 Des

4️⃣4️⃣4️⃣Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallari tomonidan hududlarda “Elektron tijorat sohasida biznesni boshlash va yuritish. Wildberries platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kurslari bo‘lib o‘tadi. O‘quv kursi xalqaro elektron platformalardan foydalanish, elektron savdo ishtirokchilari (sotuvchilar, xaridorlar, marketpleyslar) faoliyatini o‘rganish, hamda Wildberries platformasida savdoni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. O‘quv kursida quyidagi yo‘nalishlariga e’tibor beriladi: • elektron tijorat va marketpleyslar ekotizimi bilan tanishish; • Wildberries platformasida ro‘yxatdan o‘tish va ish boshlash; • mahsulot kartasini ishlab chiqish va strategik narxlash; • buyurtmalar va mijozlar bilan ishlash; • raqamli marketing va savdoni oshirish usullari. Dasturimiz mehmon maruzachisi Elektron tijorat va Wildberries platformasi bo‘yicha tajribali mutaxassis Kamoljon Pazliyev. Hududlarda o‘tkaziladigan o‘quv kursi sanasi, o‘tkazish joyi va mas'ul xodimlarning aloqa ma'lumotlari ilovada keltirilgan.Ilova Sana: 2025-yil 22-26 dekabr Vaqti: 10:00-13:00 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallari Telefon: +998 71 239-03-27 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Ecommerce#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,380 views

Imechapishwa 15 Des

Soliq stavkalari va yangi tashkil etilgan korxonalarga soliq rejimini tanlash bo‘yicha seminar-trening 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida MBA magistratura mutaxassisliklari (Moliyа, Global menejment va Raqamli iqtisodiyot) tinglovchilari uchun “Soliq stavkalari va yangi tashkil etilgan korxonalarda soliq rejimini tanlash va qo‘llash bo‘yicha takliflar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori B.I. Quvondiqov, Yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori F.M. Boboyev hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Loyiha boshqaruvi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari B.B. Alimov va T.B. Imomkulov ma’ruzachi sifatida ishtirok etishdi. 🇺🇿Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Taxrates#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,900 views

Imechapishwa 11 Des

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! Sizlarni “Soliq stavkalari va yangi tashkil etilgan korxonalarga soliq rejimini tanlash hamda qo‘llash bo‘yicha takliflar” mavzusidagi seminar-treningga taklif etamiz. Bizning mehmon ma’ruzachiiarimiz — QuvondiqovBaxtiyor Ibodullayevich, Boboyev Farhod Mansur oʻgʻli. Seminar-treningda ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: - Soliq stavkalari va amaliy tavsiyalar bilan tanishish; - Yangi tashkil etilgan korxonalarda soliq rejimini tanlash va qo‘llash bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish; - Moliyaviy va raqamli iqtisodiyot kontekstida soliq strategiyalarini tahlil qilish; - Korxona moliyasini optimallashtirish va soliq yukini samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar olish; - Ekspert maslahatlari orqali amaliy tajriba orttirish. Baxtiyor Quvondiqov (Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash xizmat ko‘rsatish bo‘limi) va Farhod Boboyev (Yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi) — Davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektorlari. Yangi va yirik korxonalar uchun soliq rejimi, moliyaviy strategiya va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha amaliy bilimlarga ega. Sana: 12-dekabr, 2025-yil Vaqt: 10:30 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy. (5-qavat, 4-auditoriya) Telefon: +998 71 239 03 05 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Taxrates#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,300 views

Imechapishwa 27 Nov

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “O‘zbekistonda zamonaviy elektron tijoratning rivojlanayotgan yo‘nalishlari, marketpleyslarda ishlash, birja savdolari va davlat xaridlarida ishtirok etish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi bo‘lib o‘tadi. Kurs dasturi elektron tijorat sohasida samarali faoliyat yuritishning zamonaviy vositalari va amaliy jihatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. O‘quv kursida quyidagi yo‘nalishlariga e’tibor beriladi: - elektron savdo platformalari ekotizimi va uning ishlash tamoyillari; - raqamli platformalardagi jarayonlarni boshqarish; - elektron tijoratda marketingning o‘rni va ahamiyati; - tranzaksiyalar tuzilmasi va elektron to‘lov tizimlari; - davlat elektron xarid tizimlari va ular bilan samarali ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar. Dasturimiz mehmon maruzachisi Kamoljon Pazliyev. Elektron tijorat hamda Wildberries platformasi bo‘yicha katta tajribaga ega mutaxassis. Sana: 2025-yil 9-12 dekabr Vaqti: 10:00-16:00 Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko ‘chasi, 25-uy) Telefon: +998 71 239-23-07 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Ecommerce#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,560 views

Imechapishwa 24 Nov

Navbatdagi amaliy tashrif «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» kompaniyasiga 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» zavodiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Coca-Cola kompaniyasi vakillari kompaniya tarixi, korxonaning hozirgi faoliyati, yangi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish liniyalari va quvvatlarning ishga tushirilishi hamda yaqin kelajakda chiqarilishi rejalashtirilayotgan yangi mahsulot turlari haqida ma’lumot berdilar. Tinglovchilar zavoddagi texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish menejmenti, barcha liniyalardagi boshqaruv tizimi, inson resurslarini boshqarish va kompaniya strategiyasi bilan amaliy tanishdilar. Mazkur tashrif mazmunli ruhda o‘tdi, tinglovchilar barcha qiziqtirgan savollariga javob oldilar. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#CCIU#Experience#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,420 views

Imechapishwa 20 Nov

✅“Safia Cafe & Bakery” zamonaviy qandolat ishlab chiqarish korxonasiga tashrif 🎓 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari mamlakatimizda qandolat mahsulotlari bozorida o‘zining innovatsion yondashuvi va keng assortimentdagi mahsulotlari bilan ajralib turadigan “Safia Cafe & Bakery” MChJ korxonasiga tashrif buyurishdi. 📊 Tashrif davomida tinglovchilar korxonaning ishlab chiqarish liniyalari, texnologik jarayonlari, xomashyo tanlash tartibi va sifat nazorati tizimi bilan tanishdilar. Korxona mutaxassislari mahsulot tayyorlashdan tortib, mijozlarga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlari to‘g‘risida batafsil tushuntirish berishdi. 🎲 Tinglovchilar korxonaning mahsulot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari, brend boshqaruvi, marketing strategiyalari va mijozlar ehtiyojiga moslashtirilgan xizmat standartlari haqida chuqurroq ma’lumot olishdi. 🔰 Bunday tashriflar nazariy bilimlarni real biznes jarayonlari bilan mustahkamlash, xususiy sektorning ilg‘or tajribasini o‘rganish hamda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Safia#Experience#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

3,550 views

Imechapishwa 19 Nov

🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida “Strategik va operatsion menejment” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (OKMK) o‘rtasidagi hamkorlik doirasida MBA - Global menejment magistratura mutaxassisligi tinglovchilari uchun uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari, OKMKning yetakchi vakillari, jumladan “Strategiya va operatsion samaradorlikni oshirish” bo‘limi boshlig‘i B. Siddiqjonov va “Barqaror rivojlanish (ESG)” bo‘limi boshlig‘i R. Axmedov ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida konlardan rudani qazib olishni boshlashdan metallni qayta ishlash jarayonlarini o‘z ichiga olgan uzluksiz texnologik jarayonlari, ishlab chiqarish quvvatlari, eksport ko‘rsatkichlari va jahon bozoridagi o‘rniga oid batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, kombinatning yirik sanoat korxonalari bilan xalqaro hamkorlik loyihalari, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tashabbuslari, yangi konlarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish strategiyalari, ekologik barqarorlik va korporativ ijtimoiy mas’uliyat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari haqida ma’lumot berildi. Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va tinglovchilarning amaliy bilimlarini oshirishga xizmat qildi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Miningmetallurg#Complex#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,900 views

Imechapishwa 17 Nov

🇺🇿Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilarining “Texnopark” sanoat majmuasiga amaliy tashrifi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari o‘quv jarayonining amaliy bosqichi doirasida “Texnopark” sanoat majmuasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ishtirokchilar majmuaning ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik yechimlar va innovatsion ishlab chiqarish tizimlari bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, tinglovchilar maishiy texnika va turar-joy hamda jamoat obyektlari uchun mo‘ljallangan muhandislik tizimlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi. Tashrifning maqsadi — real ishlab chiqarish muhiti orqali texnologik jarayonlarni chuqurroq o‘rganish, innovatsion yondashuvlar bilan tanishish hamda tinglovchilarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Bunday tashriflar tinglovchilarga nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash, innovatsion yondashuvlarni o‘rganish va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#Texnopark#Electronics#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,200 views

Imechapishwa 11 Nov

⚙️“Texnopark” ga amaliy tashrif 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari o‘quv jarayonining amaliy bosqichi doirasida “Texnopark” sanoat majmuasiga tashrif buyurishdi. ⚡️ Tashrifning maqsadi — zamonaviy texnologiyalar va innovatsion ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda tinglovchilarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. 🔵 Bunday tashriflar tinglovchilar uchun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va boshqaruv ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. 🇷🇺Подробнее 🇬🇧More #GSBE#GraduateSchool#Texnopark#Electronics#Study 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

2,500 views