TGINSIGHT CHAT
MIGRATSIYA QASHQADARYO
@qashmigration
SheriaMigratsiya agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali. ☎️: (55) 403 12 82, (71) 202-33-55 (907) 🏠: Qarshi shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 70a uy (Mo‘ljal: Oydin Bozor ro‘parasi, FVV viloyat boshqarmasi yonida)
Machapisho ya hivi karibuni
Uk. 19 kati ya 86 · machapisho 1,022
Imechapishwa 14 Feb
#bir_ish_beruvchi_bir_hudud 💻 Rossiya Federatsiyasining yirik ish beruvchilari o'zlaridagi bo'sh ish o'rinlari uchun Qarshishahrida tanlovini o'tkazishni rejalashtirmoqda. 🏫Tanlov manzili Qarshi sharidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi binosi yig‘ilishlar zali ( 🌆geolokatsiya) Tanlov kuni: 18-fevral kuni soat 10:00 ish o'rinlari bo'yicha👉batafsil Xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashish bu: 📝 muammosiz patent olish; ⚖️ qonuniy ishlash; ⚖️ huquqiy himoya; 🏠 turar joy; 🧮 xarajatlarsiz ish boshlash. 📞 Murojaat uchun: 55-403-12-82 Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan MIGRATSIYA QASHQADARYO kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Hashtags
Imechapishwa 14 Feb
#bir_ish_beruvchi_bir_hudud 💻 Rossiya Federatsiyasining yirik ish beruvchilari o'zlaridagi bo'sh ish o'rinlari uchun Respublikamiz bo'ylabxodimlar tanlovini o'tkazishni rejalashtirmoqda. 🏫 Tanlov o‘tadigan manzillar, sanalar, ish taklif qilayotgan korxonalar, mas’ullar bilan bog‘lanish va telefon raqamlarni ko‘rish uchun hududingiz nomini tanlang! Jizzax viloyati Samarqand viloyati Buxoro viloyati Navoiy viloyati Qashqadaryo viloyati Namangan viloyati Farg'ona viloyati Andijon viloyati Xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashish bu: 📝 muammosiz patent olish; ⚖️ qonuniy ishlash; ⚖️ huquqiy himoya; 🏠 turar joy; 🧮 xarajatlarsiz ish boshlash. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Hashtags
Imechapishwa 13 Feb
Иш қидириб сарсон бўлиш даври тугади 🌎 Ҳалигача хориждан иш топиш қийин деб ўйлайсизми? 🤔 Балким сиз тўғри йўлдан бормаётгандирсиз. 🧑💻 Қаердан бошлашни билмайсизми? 👣3 та қадам етарли. 🎬 Видеони кўринг ва XORIJDAISH.UZ платформасидан унумли фойдаланинг! 🔥 Эҳтимол сиз кутаётган иш таклифи аллақачон бордир. 📌 Бугуннинг ўзида ҳаракатни бошланг! 📝Kanalga obuna bo'lish 🐶@qashmigration
Imechapishwa 13 Feb
🇺🇿🇰🇷 Diqqat! Joriy yil APREL oyida E-9 vizasi uchun EPS-TOPIK imtihonlari bo‘lib o‘tadi! Janubiy Koreyada E-9 vizasi asosida ishlashni rejalashtirayotganlar uchun Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi tomonidan EPS-TOPIK testlari o'tkaziladi. 🌀MUHIM MA’LUMOT Test topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish sanasi va tartibi tez orada ushbu kanalda rasman e'lon qilinadi. ✍️ISHTIROK ETISHNI REJALASHTIRAYPSIZMI? ⌛️IMTIHONGAIKKI OY QOLDI. VAQTDAN UNUMLI FOYDALANING! ✊ SIZDANILTIMOS–JIDDIY YONDASHING, ASTOYDIL TAYYORGARLIK KO’RING. 💪TIL KO’NIKMALARINGIZNI KUCHAYTIRSANGIZ TEST JARAYONLARIDAN ALBATTA MUVAFFAQIYATLI O’TASIZ! 📚ISH JOYIDAGI XAVFSIZLIK ATAMALARINI O’RGANING. 📌🔥 Koreya manbasiga ko'ra, E-9 vizasi uchun koreys tilini bilish talablari yanada kuchaytirilmoqda. Bunga — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar ko'proq xorijiy ishchilar bilan sodir bo'layotgani hamda ish beruvchilarning til tayyorgarligi bilan bog‘liq e'tirozlari sabab bo'lgan. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan MIGRATSIYA QASHQADARYO kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Imechapishwa 13 Feb
🚫 Битта боғлам… ва бир неча йиллик қамоқ?! ⚠️ Россия Федерациясида исириқ (ҳар қандай номдаги ва кўринишдаги турлари)расман наркотик моддалар қаторига киритилган. ❗️Ҳатто чемодандаги битта боғлам ҳам контрабанда сифатида баҳоланиши мумкин. ⚖️ “Оддий ўсимлик” деб қараш — оғир оқибатларга сабаб бўлиб қолмасин. ➡️Ушбу маълумотни яқинларингизга ҳам юборинг. 🐶@qashmigration
Imechapishwa 11 Feb
Giyohvandlik: yoʻqotilgan bolalik, sindirilgan orzular, kechikkan pushaymonlik 📝Kanalga obuna bo'lish 🐶@qashmigration
Imechapishwa 11 Feb
🇮🇹 ITALIYADA ISHLASHNI XOHLAYSIZMI? 🩺Oliy ma'lumotli o'rta tibbiyot xodimisiz va sohangizda yangi marralarni zabt etishni xohlaysizmi? Unda Italiyada ishlash imkoniyatidan foydalaning! 📌 Migratsiya agentligi Italiyaning yetakchi klinikalari bilan hamkorlikda "OLIY HAMSHIRALIK ISHI" yo'nalishi bitiruvchilarini bepul Italyan tili kurslariga taklif qiladi! 🇮🇹 Nima uchun aynan ushbu dastur? 🧑💻 tibbiyot terminologiyasiga asoslanganonlayn va aynan sizni grafigingizga moslashtirilgan italyan tili kursidabepul o'qiysiz 🏥 kurslar tamom bo'lgandan so'ng, ish beruvchi suhbatidan muvaffaqiyatli o'tsangiz Italiyaning Milan shahrida 1800 yevro oylik maoshli ish bilan ta'minlanasiz. 👩⚕️🧑⚕️Dastur allaqachon yo‘lga qo‘yilgan va dastlabki 10 nafar yurtdoshimiz Milanda italyan tibbiyoti standartlarini o'rganishga muvaffaq bo'lishdi. Endi navbat sizda! Taklif ma'qul kelgan bo'lsa hoziroq ariza qoldiring👇 https://forms.gle/XiemPf4pX88cANkS6 Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Imechapishwa 9 Feb
#Muhim_sana ✏️Bugun, 9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan muazzam sana.
Hashtags
Imechapishwa 9 Feb
🇩🇪 Siz haydovchisiz va nemis tilini ham muloqot darajasida bilasizmi? Unda Germaniyada ish bor, tilni bilmasangiz o'zimiz o'rgatamiz! Migratsiya agentligi va Germaniyaning "Askania Future GmbH" rekrut kompaniyasi yuk mashinasi haydovchilarini ishga taklif etadi! Ish o‘rini: 100 ta Tanlov shakli: ish beruvchi tashkilot tomonidan onlayn suhbat asosida 📍Ish joyi manzili: Zur Agora 1, 06774 Muldestausee OT Pouch, Germany 💰 Ish haqi: soliqdan keyin taxminan 2,100 AQSH dollari; ❓Tanlovda kimlar qatnasha oladi: 21-50 yosh oralig’idagi, o’rta maxsus diplomga ega, CE kategoriyada kamida 1 yillik tajribasi bor erkaklar. Ish beruvchi tanlovidan o'tgan nomzodlar til o'rganishga yo'naltiriladi. 📃 Tajribasi bor, Kod95ga ega nomzodlarga til bilishi talab etilmaydi. Asosiy vazifalar: 🚛 Germaniya va Yevropa ittifoqi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda yuk mashinasini boshqarish; 🚛 Belgilangan marshrutlar bo‘yicha yuklarni xavfsiz va o‘z vaqtida yetkazib berish; ✅ Yukning to‘g‘ri yuklanganini va mahkamlanganini, transport vositasining texnik holatini tekshirish; 📃 Transport hujjatlarini rasmiylashtirish, tekshirish va topshirish. 🕒 Ish vaqti: haftada 5 kun 8 soat 🩺 Ish beruvchi tibbiy sug‘urtani rasmiylashtiradi, harajati to'langan soliqlardan qoplanadi. 🧮Nomzodning xarajatlari: 📄 Ishchi vizasi xarajatlari (100 AQSH dollari atrofida); 🛫 Aviabilet (500 AQSH dollari atrofida); 🍲 Ovqatlanish (o‘rtacha 350 AQSH dollari atrofida); 🏠 Turar joy ijarasi (230 AQSH dollari atrofida). 🎁Ishga joylashgan taqdiringizda, Migratsiya agentligi tomonidan ishchi viza va aviabiletxarajatlari qolpab beriladi: 📌 Ishlash uchun ariza qoldirish: 🔗https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1301 Nemis tilini o'rganishuchun ariza qoldirish: 🔗https://forms.gle/ruj4ztmxtVvJTetN8 ☎️Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (ichki raqam 133 ish kunlarida) Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Imechapishwa 9 Feb
📢 DIQQAT! ❗️”Ulsan shahriga malakali kadrlar tayyorlash markazi” ga 2026-yil 1-bosqich uchun saralash kunlari ma'lum bo'ldi SPAS elektron bazada turgan va “Hyundai” kemasozlik kompaniyasi bilan hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash uchun maxsus o‘quv kurslarida o'qish uchun Migratsiya agentligining hududiy filiallariga hujjatlarini topshirgan fuqarolar diqqatiga!!! Keyingi bosqich — ro‘yxatdagi nomzodlar uchun ish beruvchilar vakillari ishtirokida imtihon va suhbat asosidagi saralash tanlovlari joriy yilning 09-13- fevral kunlari 3 ta hududda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Saralash kunlari: 🔹E-7 vizasi bo‘yicha: 9 -fevralkuni 8:00 da Toshkent shahar Kasbiy ko’nikmalar markazida Manzil: Toshkent shahri Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi 331 📍Lokatsiya 👉Ro'yxatniko'rish👈 📝 Quyidagi hujjatlar bilan kelish zarur: ▪️Diplom va ilovasi; ▪️Anketa; ▪️Til bilish sertifikati (agar mavjud bo‘lsa); ▪️Xorijga chiqish pasporti. 🔹E-9 vizasi bo‘yicha: 📅10-fevral kuni Qarshi shahar Kasbiy ko’nikmalar markazida ⏰ 08:00 — Qashqadaryo viloyati fuqarolari uchun ⏰ 12:00 — Surxondaryo va Buxoro viloyatlari fuqarolari uchun Manzil: Qarshi shahri, A.Navoiy ko‘chasi 70a-uy (Oydin bozor ro‘parasi) 📍Lokatsiya 📅11-fevralkuni Qarshi shahar Kasbiy ko’nikmalar markazida ⏰ 08:00 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax, Xorazm, Navoiy viloyatlari fuqarolari uchun ⏰ 12:00 — Samarqand va Sirdaryo viloyatlari fuqarolari uchun Manzil: Qarshi shahri, A.Navoiy ko‘chasi 70a-uy (Oydin bozor ro‘parasi) 📍Lokatsiya 📅 12-fevral kuni Farg‘ona shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA) da ⏰ 12:00 — Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahri fuqarolari uchun Manzil: Farg‘ona shahri, al-Farg‘oniy ko‘chasi, 112-“v” uy. 📍 Lokatsiya 📅13-fevralkuni Farg‘ona shahridagi ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA) da ⏰ 08:00 — Andijon va Namangan viloyati fuqarolari uchun Manzil: Farg‘ona shahri, al-Farg‘oniy ko‘chasi, 112-“v” uy. 📍 Lokatsiya 👉Ro'yxatniko'rish 👈 ❗️ Muhim eslatma: Nomzodlar belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin yetib kelishlari lozim . ⛔️Belgilangan vaqtga kech qolgan nomzodlar imtihonga kiritilmaydi! 📌 Saralash bosqichining talablari: 1. Koreya elchixonasiga hujjat topshirib vizasi rad etilmagan bo'lishi lozim. 2. Koreya Respublikasida bo'lgan vaqtda Koreya Respublikasi qonunchiligini buzmagan bo'lishli (jarima qo'llanmagan bo'lishi) kerak. 📞Murojaat uchun: (+998) 71 202-33-55 (ichki raqamlar: 241, 243) 📌Migratsiya agentligi imtihon jarayonlarida barcha nomzodlarga omad tilab qoladi! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
Imechapishwa 7 Feb
Маркетологлар нима деяпти? Бугун диплом бор. Эртага эса… иш йўқ бўлиши мумкин. 🤖Сунъий интелект тезлик билан бозорни ўзгартиряпти: айрим касблар тарихга айланяпти, айримлари эса ҳақиқий олтинга💰 🌍 Дунё меҳнат бозори кимларни кутяпти? 🔥 Қандай соҳалар доим трендда? 📍Қайси давлатларда ишчи кучи етишмаяпти? 🚀 Бу саволларга жавоб олиш ва келажак меҳнат бозорида талабгир кадр бўлишни истасангиз видеони ўтказиб юборманг! 📌Каналларимизни кузатишда давом этинг — ривожланган давлатлардаги айнан сизга мос бўш иш ўринлари ва тайёрлов курсларини тақдим қилиб борамиз. 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration
Imechapishwa 6 Feb
🎥 Qarshi shahrida “Xorijda ish” mehnat yarmarkasi Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun yetakchi xususiy bandlik agentliklari tomonidan Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etildi. 📝Kanalga obuna bo'lish 🐶@qashmigration