TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT CHAT

MIGRATSIYA QASHQADARYO

@qashmigration

Sheria

Migratsiya agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali. ☎️: (55) 403 12 82, (71) 202-33-55 (907) 🏠: Qarshi shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 70a uy (Mo‘ljal: Oydin Bozor ro‘parasi, FVV viloyat boshqarmasi yonida)

Wanachama1.0万Wanachama wa sasa
Machapisho1,022Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni65,910Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 18 kati ya 86 · machapisho 1,022

Imechapishwa 25 Feb

📃Qarshi shahri Kasbiy ko'nikmalar markazining "Payvandlovchiʻ' yo'nalishi tinglovchilarida imtihon topshirish jarayonlaridan lavhalar. Eslatib o’tamiz, ushbu davlat namunasidagi sertifikat kasb-hunar kolleji diplomi bilan tenglashtirilgan. Kasbiy ko'nikmalar markazida kasblarga oʼqib, mutaxassis boʼlish niyatida boʼlgan barcha fuqarolarimizni o‘quv markaziga o'qishga taklif etami z. 📞Aloqa uchun: 55-401-61-70 97-719-97-73 📍Manzil: Qarshi shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 70a-uy 🌍Qarshi shahri Kasbiy ko'nikmalar markazi axborot xizmati Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram |📺Youtube | 📱Facebook | 📍Bizning manzil

5,970 views

Imechapishwa 24 Feb

🇺🇿 Кун қаҳрамони, ижтимоий тармоқларни ларзага солган қашқадарёлик — Ҳайрулло! 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration

4,550 views

Imechapishwa 24 Feb

Xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara berdi. Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshdi. Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 mingta instruktor paydo bo‘ldi. Yaratilgan sharoitlar hisobiga xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi. Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar O‘quv markazlari uyushmasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi. Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi. Facebook|Instagram|X

5,820 views

Imechapishwa 24 Feb

Мамлакатимизда ҳар ҳафтaнинг пайшанба куни вазирлик, идора ва ҳокимликларда “Ёшлар куни” бўлиши белгиланди. Шу куни соҳага масъул раҳбарлар маҳалла, мактаб ва техникумларга бориб, ёшларни эшитади ва уларнинг муаммоларини ҳал қилади. Ҳокимлар ёшларбоп савдо-сервис лойиҳаларини амалга оширади, ёшларнинг таълим олиши, спорт билан шуғулланиши, касб ва тил ўрганиб, ишга кириши ёки тадбиркорлик билан шуғулланишига кўмаклашади, стартапчилар билан учрашувлар ўтказиб, алоҳида маблағ ва грантлар ажратади. Энг яхши томорқачи, фермер, саноатчи, стартапчи, ижодкор, маънавият ва бошқа соҳалардаги ёшлар учун қизиқарли мавзуларда танловлар ва ярмаркалар ҳам ташкил этилади. 📝Каналга обуна бўлиш 🐶@qashmigration

4,550 views

Imechapishwa 24 Feb

Бугун Кўксарой қароргоҳида Президент Шавкат Мирзиёевнинг ёшлар билан очиқ мулоқоти бошланди. Давлатимиз раҳбари таъкидлаганидек, юртимиздаги 22 миллиондан зиёд ёшлар — бу улкан иқтисодий ва интеллектуал куч. Ёшларга шароит яратиш — бу шунчаки вазифа эмас, бу масъулият. Ҳар бир ҳудудда: — тил ўрганиш — касб-ҳунар эгаллаш — спорт ва соғлом турмуш — стартап ва лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш — иш ва даромад масаласи энг устувор вазифа сифатида белгиланди. Бугунги чақириқ аниқ: ⚡️ Бирорта ёш эътиборсиз қолмаслиги керак. Имконият бор. Қўллаш керак. Фаол бўлиш — ҳар бир ёшнинг ўз қўлида. 📝Каналга обуна бўлиш 🐶@qashmigration

4,180 views

Imechapishwa 23 Feb

#Қаҳрамонлик Санкт-Петербург шаҳрида юртдошимиз ҳақиқий мардлик намунасини кўрсатди. 🫶 Ўзбекистонлик Хайрулло ИбодуллаевСанкт-Петербург шаҳри Петрозаводская кўчасида 7-қаватдан йиқилиб тушаётган болани муқаррар ҳалокатдан сақлаб қолди. 🚑 Ҳодиса оқибатида бола шифохонага олиб кетилган, аҳволи барқарор. 💪 Қутқарувчининг ўзи ҳам жароҳат олганига қарамай, юксак инсонпарварлик ва жасорат соҳиби эканини намоён этди. Юрт номи — инсонлари билан улуғ. 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration

4,250 views

Imechapishwa 21 Feb

❗️Расмий эълон 2023–2024 йилларда Ташқи меҳнат миграцияси агентлигига ҳамда 2025 йилда Миграция агентлигига хорижга ишга юбориш хизматлари учун тўлов амалга оширган, бироқ хорижий иш берувчи томонида юзага келган айрим ташкилий ёки бошқа ҳолатлар туфайли ишга жўнаб кетмаган фуқаролар манфаатларини таъминлаш мақсадида тўланган маблағлар қайтарилади. 🗓Мурожаат муддати: 2026 йил 20 мартгача (1 ой ичида) 💻Электрон ариза юбориш: 🔗https://xorijdaish.uz/#services?key=refund-money ✔️ Ариза қолдириш қадамларини видеода кўринг. 📌 Мурожаатлар белгиланган тартибда кўриб чиқилади ва тақдим этилган ҳужжатлар асосида қарор қабул қилинади. 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration

5,680 views

Imechapishwa 20 Feb

APAL LOYIHASI: GERMANIYADA AUSBILDUNG VA ISH Migratsiya agentligi va Germaniya Bandlik federal agentligi hamkorlogida 2026-yil kuz oyida boshlanadigan AUSBILDUNG uchun qabul ochildi! Kimlar ishtirok etishi mumkin? ▪️ Nemis tilidan kamida B1 (Goethe, ECL, Telc, ÖSD, TestDAF) darajada sertifikati bor, 18–25 yoshdagi yigit va qizlar; ▪️Ta'lim darajasi: o'rta maktab ta'limi, kollej, litsey, texnikum bitiruvchilari; 🎓 Yo‘nalishlar: •Yoʻl qurilishi • kanal qurilishi • quvurlar yotqizish • maxsus qurilish ishlari 💶Stipendiyalar: 1-kurs: 822 yevro (netto ) 2-kurs: 1057 yevro (netto) 📌 2 yillik kasb ta'limi muvaffaqiyatli yakunlanganidan so'ng doimiy ishlash imkoniyatiga ega bo'lasiz. 💶 Oylik maosh: 2400 yevro (netto) 🎁Imtiyozlar: ✔️Germaniyaga borishingiz bilan 300 yevro welcome money beriladi ✔️ Bepul ta’lim ✔️ Aviabilet va viza xarajatlari ✔️ Arzonlashtirilgan turar joy (250 yevro atrofida, birinchi oy bepul) ✔️ 3 mahal bepul ovqatlanish ✔️ B2 sertifikati uchun Toshkentdagi Goethe Institutda 2 oylik bepul kurs ❗️Ro'yxatdan o'tish👉https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1352 🗓Muddat: 2026-yil 2-martgacha 📞 Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (502) 🔗 Batafsil ma'lumotni Germaniya Bandlik federal agentligi ➡️veb saaytida o'zbek tilida o'qishingiz mumkun. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

5,110 views

Imechapishwa 20 Feb

Uzoq masofaga chiqishga avtotransportingiz shaymi? Fuqarolarimizning xalqaro magistral yo‘llarida xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyatidagi “Navoiy” hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Daut-ota” chegara blok postida Transport nazorati inspeksiyasi va Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan nazorat va profilaktik ishlar olib borilmoqda. ⚠️ Tadbirlar davomida xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan avtobuslar va miniven avtomobillarining texnik holati, qishki shinasi, isitish tizimi, shuningdek, haydovchilar soni, haydovchilarni dam olish tartibi, yo‘lovchi tashish xavfsizligi kabi qator talablarga rioya qilinayotgani nazoratdan o‘tkazilmoqda. Inspeksiya xodimlari haydovchilar va yo‘lovchilarga sovuq ob-havo sharoitida harakatlanishda yo‘l harakati qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berishmoqda. ❗️Reydlar davomida maxsus ruxsatnomasiz, litsenziyasi va boshqa talabalarga zid ravishda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda. Nazorat va profilaktik tadbirlar muntazam davom etmoqda. Готов ли ваш автотранспорт к поездке на дальние расстояния? В целях обеспечения безопасности наших граждан на международных автомагистралях на пограничных блокпостах "Навои" в Ташкентской области и "Даут-ата" в Республике Каракалпакстан сотрудниками Инспекции по надзору в сфере транспорта и Службы безопасности дорожного движения проводятся контрольно-профилактические работы. ⚠️ В ходе мероприятий проверяется техническое состояние автобусов и минивэнов, осуществляющих пассажирские перевозки по международным маршрутам, наличие зимних шин, исправность системы отопления, а также соблюдение ряда требований, таких как количество водителей, режим их отдыха и обеспечение безопасности пассажирских перевозок. Сотрудники инспекции проводят разъяснительную работу с водителями и пассажирами о соблюдении правил дорожного движения при движении в холодных погодных условиях. ❗️В ходе рейдов принимаются меры, предусмотренные законодательством, в отношении лиц, осуществляющих перевозку пассажиров без специального разрешения, лицензии и в нарушение других требований. Контрольно-профилактические мероприятия проводятся на регулярной основе.

5,080 views

Imechapishwa 20 Feb

Davlatimiz rahbari Tinchlik kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi. — Глава нашего государства выступил на заседании Совета мира. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

5,110 views

Imechapishwa 16 Feb

🇯🇵ORION YAPON TILI MARKAZI – OCHIQ MULOQOT KUNLARI🇯🇵 Qarshi shahri Kasbiy ko’nikmalar markazida faoliyatini boshlayotgan ORION YAPON TILI MARKAZI tomonidan Yaponiyada ta’lim olish va mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ochiq uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Uchrashuv sanalari: 🗓26–27–28-fevral kunlari Qarshi shahri Kasbiy ko’nikmalar markazida bo’lib o’tadi 💬Tadbir davomida ishtirokchilarga: ✅Yapon tilini o‘rganish bosqichlari ✅Yaponiyada o‘qish imkoniyatlari ✅Qonuniy mehnat faoliyati tartibi ✅Kerakli hujjatlar va talablar ✅Ish beruvchilar bilan hamkorlik jarayoni bo‘yicha batafsil tushuntirish beriladi. 🎓Kursni muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikat olgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi orqali Yaponiyaga qonuniy ishga yuborilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ☎️Qo’shimcha ma’lumot uchun: +998 77 479 47 74 Yapon tilini o‘rganishga qiziqishi bor barcha yoshlarni markazimizda kutib qolamiz. 🌍Qarshi shahri Kasbiy ko'nikmalar markazi axborot xizmati 📅Bizning sahifalarimiz: 📱Telegram | 📱Instagram |📱Youtube | 📱Facebook | 📍Bizning manzil

8,000 views

Imechapishwa 14 Feb

Муротжон Азимов Қашқадарёда юқори иқтисодий ўсиш суръатларини таъминлаш бўйича Президентимизга маълумот берди Кеча Президентимиз раислигида ўтказилган тармоқ ва ҳудудларда юқори иқтисодий ўсиш суръатларини таъминлаш бўйича асосий вазифалар муҳокамасига бағишланган видеоселектор йиғилишида вилоятимиз ҳокими Муротжон Азимов ҳам сўзга чиқиб, давлатимиз раҳбари томонидан белгилаб берилган вазифа ҳамда топшириқлар ижроси бўйича вилоятимизда амалга оширилаётган ишлар ҳақида маълумот берди. ——————————— Murotjon Azimov Qashqadaryoda yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha Prezidentimizga ma'lumot berdi Kecha Prezidentimiz raisligida o'tkazilgan tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida viloyatimiz hokimi Murotjon Azimov ham so'zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifa hamda topshiriqlar ijrosi bo'yicha viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Gov.uz|Telegram|YouTube|FB|Instagram|X

7,610 views
12•••5•••10•••151617181920•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8586