TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
MIGRATSIYA QASHQADARYO avatar

TGINSIGHT CHAT

MIGRATSIYA QASHQADARYO

@qashmigration

Sheria

Migratsiya agentligi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali. ☎️: (55) 403 12 82, (71) 202-33-55 (907) 🏠: Qarshi shahar, A.Navoiy ko‘chasi, 70a uy (Mo‘ljal: Oydin Bozor ro‘parasi, FVV viloyat boshqarmasi yonida)

Wanachama1.0万Wanachama wa sasa
Machapisho1,022Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni81,520Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 21 kati ya 86 · machapisho 1,022

Imechapishwa 30 Jan

🇯🇵ORION YAPON TILI MARKAZI BILAN OCHIQ UCHRASHUVLAR🇯🇵 Qarshi shahri Kasbiy Ko‘nikmalar Markazida faoliyat yuritayotgan ORION Yapon Tili Markazi tomonidan yapon tili hamda Yaponiyada o‘qish va ishlash masalalari bo‘yicha ochiq uchrashuvlar tashkil etiladi. 📍Uchrashuv joyi: Qarshi shahri, Kasbiy Ko‘nikmalar Markazi 📅Uchrashuv kunlari: 🗓 3–4–5-fevral 🗓 26–27–28-fevral 💼Uchrashuvlar davomida quyidagi masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi: ✅ Yaponiyada qonuniy ishlash tartibi ✅ Ish va o‘qish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar ✅ Hujjatlar va talablar ✅ Ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar Til kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan fuqarolar Yaponiyaga Migratsiya agentligi orqali qonuniy ishga yuboriladi. 📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: ☎️+998 77 479 47 74 +998 93 603 72 73 ⭐️Barcha qiziquvchilarni uchrashuvlarga taklif etamiz. 🌍Qarshi shahri Kasbiy ko'nikmalar markazi axborot xizmati 🔹Bizning sahifalarimiz: Telegram | Instagram |Youtube | Facebook

6,120 views

Imechapishwa 30 Jan

Anqaraga tashrif bugun O‘zbekiston-Turkiya do‘stligi o‘zaro ishonch va hurmat, uzoq muddatli hamjihatlik ruhida jadal o‘sib borayotganini yana bir bor tasdiqladi. — Визит в Анкару вновь подтвердил, что сегодня узбекско-турецкая дружба динамично развивается в духе взаимного доверия, уважения и долгосрочного партнёрства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

5,070 views

Imechapishwa 30 Jan

🇸🇦 INGLIZ TILINI BILADIGAN AYOLLARGA "AIR ARABIA"DA ISHLASH IMKONIYATI! Ish o'rnini taklif qilayotganXususiy bandlik agentligi: "Turon World Cooperation XBA" MCHJ Litsenziya raqami: №0076 Berilgan sana: 25.10.2020 Ish turi: bort kuzatuvchisi Ish beruvchi to‘g‘risida ma’lumot: 📍Ish joyi manzili: Saudiya Arabistoni, Dammam shahri 📄Mehnat shartnomasi davomiyligi: boshlanishiga 1 yil KPIga qarab keyinchalik 10 yilgacha 💼Ish o'rni: 100 ta 💰 Maosh va to'lovlar: Batafsil ma'lumot ✅ Talablarva imtiyozlar: • Bepul yotoqxona va ovqat • Aviachipta • Ish joyigacha bepul transport • Ish formasi (uniforma) • Tibbiy sug‘urta 📝Talablar: • Faqat ayollar • Yosh: 20–29 yosh (tajribali nomzodlar uchun 33 yoshgacha) • Bo‘y: kamida 160 sm • Ingliz tilida og‘zaki va yozma ravishda erkin muloqot qila olish • Tananing ko‘rinadigan joylarida tatuirovka va dog‘lar bo‘lmasligi • Jismoniy va tibbiy jihatdan sog‘lom • Suzishni bilish (qutqaruv vositasi bilan) 🎓Malaka: • O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumot • Turizm / aviatsiya yo‘nalishi — afzallik • Yangi bitiruvchilar ham murojaat qilishi mumkin • Aviatsiya yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi tajriba — ustunlik 🗓🤝Shoshiling, ish beruvchi bilan Face to face intervyu: 2026-yil 10-Fevral, Toshkent shahrida bo'lib o'tadi. To'liq manzil onlayn tanlovdan o'tgan nomzodlarning shaxsiy profiliga jo'natiladi. Oson va tez ro‘yxatdan o‘tish: ⛓Anketa to'ldirish uchun bosing Murojaat uchun: +998-78-777-00-30 📩 Telegram: @turonworld 🌐 Sayt: www.turonworld.uz 📍 Manzil: Toshkent sh., Abay ko'chasi, 13A (Mo‘ljal: Korzinka Abay) Yaqinlaringizga ham ulashing, balki bu imkoniyat ular uchundir! 📢 Eslatma: Mehnat shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchi bilan tuziladi. Hech qanday holatda «Turon World» kompaniyasi mehnat shartnomasi bo‘yicha ish beruvchi sifatida ishtirok etmaydi. Ishga joylashtirish mutlaqo ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. ❗️Ma’lumotlarning to‘g‘ri va aniqligiga «Turon World» Xususiy bandlik agentligi ma’muriyati shaxsan javobgar hisoblanadi. Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

4,690 views

Imechapishwa 29 Jan

🇺🇿🇹🇷Туркияда қатор муҳим қарорлар: ўзбекистонликлар учун иш, ҳимоя ва қонунийлик Миграция агентлиги раҳбариБеҳзод Мусаев ва Туркия Республикасининг Меҳнат ва ижтимоий таъминот вазири Ведат Ишикхан ўртасида қонуний ва ҳимояланган меҳнат миграциясини янги босқичга олиб чиқишга қаратилган стратегик аҳамиятга эга учрашув бўлиб ўтди. 🤝 Муҳим келишувлар: ⚖️ Туркияда ноқонуний мақомда бўлган ўзбекистонликларни депортациясиз легаллаштиришамалиёти давом эттириш; 🛡Туркияда 3 йил доимий асосда яшаб келган ўзбекистонликларга шу йил 1 мартдан бошлаб, илк бор ишлаш хуқуқини берувчи рухсатнома бериш; 📃 Меҳнат вазирлиги ҳузуридаги İŞKUR ташкилоти томонидан талаб юқори бўлган касбларни марказлаштириб, Миграция агентлигига талабнома тақдим қилиш каби масалалар бўйича Битим имзолашга келишиб олинди. 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration

6,630 views

Imechapishwa 28 Jan

❗️ ОГОҲ БЎЛИНГ! НОРАСМИЙ ИШ ТАКЛИФЛАРИГА АЛДАНМАНГ ❌ «Европага иш», «кафолатли иш», «осон ҳужжатлар» каби жозибали таклифлар ортида кўпинча қонунбузарлик ва фирибгарлик бўлиши мумкин. 📌 Миграция агентлиги ноқонуний миграцияни ташкил этаётган ва бундай рекламаларни тарқатаётган шахсларга қарши қатъий чоралар кўрмоқда. 🛡 Ўрганишлар давомида “Euro Brand Consulting” МЧЖ томонидан юритилган “Visaconsult UZ” Telegram канали орқали турли давлатларга ишга жойлаштириш бўйича лицензиясиз реклама тарқатилгани аниқланди. Батафсил видеода кўринг ⚠️ ЭСЛАТМА! Хорижда ишлаш билан боғлиқ барча жараёнлар: ✔️ Давлат томонидан — Миграция агентлиги, хусусий секторда — фақат лицензияга эга Хусусий бандлик агентликлари орқали амалга оширилиши шарт. 🔎 Хорижда иш таклифи олдингизми? Ишонч ҳосил қилиш учун ташкилотнинг лицензияси мавжудлигини бу ҳаволадан ёки 12-82 қисқа рақами орқали текширинг. 📣 Хабарни улашинг! 👉 Ҳеч ким алданиб қолмасин. 🐶@qashmigration

7,020 views

Imechapishwa 27 Jan

🇺🇿🤝🇩🇪2030 йилгача узайтирилган ҳамкорлик: янги имкониятлар, янги натижалар Миграция агентлиги, Германиянинг “SBH WEST GmbH” ҳамда “Ватанпарвар” ташкилоти ўртасида 2025 йил 17 январда имзоланган уч томонлама келишув самарали натижа берди ва амал қилиш муддати 2030 йил 31 декабргача узайтирилди. 🚍🚚 Лойиҳа доирасида Германия меҳнат бозори учун автобус ва юк машиналари ҳайдовчилари тайёрланмоқда. 📚Номзодлар бепул немис тили курсларида ўқитилиб, B1 сертификатини олганлар D ва CE тоифалари бўйича Германия стандартларида тайёрланади. 🎯 Имтиҳондан муваффақиятли ўтганларГерманияда ишлаш имкониятига эга бўлади. 📊 Натижалар: – 2025 йилда 80+ нафар ҳайдовчи Германияда юқори маошли иш билан таъминланди. – 2026 йилда 200 нафар номзод тайёрланади. 📌 Германияда ишлашнинг асосий шарти — немис тили сертификати. Миграция агентлиги томонидан ташкил қилинган бепул тил курсларида 1300 га яқин ҳамюртимиз таълим олмоқда. 👉 Сиз ҳам Германияда ишлашни режалаштиряпсизми? Бугун ариза қолдириб, келажагингиз сари қадам қўйинг! Ариза қолдириш Агар немис тилидан В2сертификатингиз бўлса XORIJDA ISH каналимизни кузатиб боринг лойиҳада иштирок этиш учун эълон берамиз. 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration

6,920 views

Imechapishwa 26 Jan

"B" HAMDA "B-C" TOIFADAGI HAYDOVCHILIK GUVOHNOMANGIZ BORMI? Migratsiya agentligi va Yaponiyaning "Proud Partners" kompaniyasi YAPONIYADA HAYDOVCHILIK sohasida ishga taklif qiladi! 📚Asosiy talab — joriy yil 16-fevralda Toshkent viloyati Angren shahrida boshlanadigan 6-8 oylik bepul o'quv kurslarida ishtirok etishga tayyor bo'lish! (yotoqxona bilan ta'minlanadi) Ish o'rinlari: 100 ta (Yetkazib beruvchi haydovchi) Tanlov o'tkazuvchi tashkilot: "Proud Partners" kompaniyasi (28-30-yanvar kunlari onlayn suhbat asosida) Ish joyi manzili: Yaponiya bo'ylab Kimlar tanlovda qatnasha oladi: 🚗🚛B yokiBC toifadagi haydovchilik guvohnomasi bor, 21-35 yosh oralig'idagi, xavfsizlikka e’tiborli, intizomli haydovchilar. Yapon yoki ingliz tilini bilganlarga ustunlik beriladi 💰Oylik maosh: 2000 AQSh dollaridan boshlanadi; Qo‘shimcha ish (overtime): belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlarda yanada yuqori daromad olish imkoniyati mavjud; 🎁Bonus: ish unumdorligiga qarab yiliga 2 marta moddiy rag’batlantirish; 📈Maosh oshishi: yiliga 1 marta; 🕒Ish jadvali: Haftada 5 kun, 8 soatdan; 🏠Turar joy: ish beruvchi tomonidan beriladi va xodim o'z hisobidan oyiga 200 AQSh dollari to‘laydi, qolganini kompaniya qoplab beradi. ✅ Imtiyozlar: Aviabilet xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi (harajat kompensatsiya qilinadi), tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi; 🧮Nomzod hisobidan xarajatlar: ovqatlanishga oyiga 300 AQSh dollari atrofida sarflanadi. ❗️Har bir nomzod Migratsiya agentligining XORIJDA ISH platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. 🔗Ro'yxatdan otish uchun havola https://xorijdaish.uz/vacancy?vacancy_id=1239 ☎️Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (ichki raqam 535, 545) Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!

14,100 views

Imechapishwa 26 Jan

O‘QUV KURSLARIGA HUJJAT QABUL QILISH MUDDATI UZAYTIRILDI! 🇰🇷 "Hyundai" kemasozlik kompaniyasi bilan hamkorlikda Farg'ona viloyatida tashkil etilayotgan o‘quv kurslariga hujjat qabul qilish ko'pchilik nomzodlarning talab va istaklariga ko'ra 30-yanvargacha davom etadi! Nomzodlarga qo'yilgan talablar: ▪️EPS-TOPIK (ishlab chiqarish sohasida) imtihonlarida 80 baldan yuqori natija ko'rsatgan yoki o'tish ballari 80 dan kam bo'lgan taqdirda TOPIK, "Qirol Sejong" sertifikatlariga ega 20-35 yoshdagi fuqarolar; ▪️2024-yilda EPS-TOPIK imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan SPAS bazasida 2026-yil noyabr oyigacha amal qilish muddati bor bo'lgan fuqarolar ariza topshirishi mumkin.  Hujjatlarni qabul qilish joyi: Migratsiya agentligining hududiy filiallari Yaqinlaringizga tarqating! So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turin

4,500 views

Imechapishwa 24 Jan

Ягона орзу йўлида бирлашган мамлакат. Ўзбекистон футбол ассоциацияси томонидан дунёнинг энг етакчи телеканалларидан бири "BBC" учун махсус видеоролик тақдим этилди. 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар: @qashmigration

5,930 views

Imechapishwa 22 Jan

🚨 Кореяга киришда қаттиқ назорат! Багажингизга эътибор беринг! 🇰🇷✈️ Корея Республикасига киришда карантин талаблари кучайтирилди. Айниқса, E-9 визаси билан бораётган ишчиларнинг юк ва багажи қатъий текширилади. ⚠️ОГОҲЛАНТИРИШ: Қоидалар бузилса, 10 миллион вонгача (тахминан 6 441 доллар) жарима солиниши мумкин. 📌Олиб кириш мумкин бўлмаган маҳсулотлар билан видеода танишиб чиқинг! 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration

7,200 views

Imechapishwa 22 Jan

Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan Syurix shahriga keldi. — Глава нашего государства прибыл с рабочим визитом в город Цюрих. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

6,910 views

Imechapishwa 21 Jan

🇺🇿Миграция агентлиги мурожаати! Ижтимоий тармоқларда хорижда бўлиб турган вақтида вафот этган ватандошларимизнинг жасадларини юртимизга олиб келиш учун ижтимоий тармоқ фаоллари турли пластик карта рақамларига пул йиғиш акцияларини ўтказаётгани кузатилмоқда. ❗️ Эътибор беринг: Айрим ҳолатларда эски ёки нотўғри маълумотлар асосида одамларнинг ҳис-туйғуларидан фойдаланиб, фирибгарлик қилувчи шахслар кўпаймоқда. 🔔Бу каби хабарларни кўрсангиз, ҳеч қандай пул ўтказманг. Қонуний ва ишончли йўл — Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлигига мурожаат қилишдир. ❗️ Эслатиб ўтамиз: Агар Ўзбекистон фуқароси хорижда вафот этган бўлса, Миграция жамғармаси маблағлари ҳисобига юртга олиб келинади. 📞 Мурожаат учун расмий алоқалар: (71) 202 33 55, қисқа рақам: 1282 Телеграм бот: @huquqiy_yordam_uzbot 📢 Хабарни тарқатинг! 👉 Сўнгги янгиликлар учун — @uzmigration

6,430 views
12•••5•••10•••15•••1920212223•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8586