TGTGInsightakili ya telegramLIVE / telegram public index
Rudi kwenye chaneli
UZ Combinator avatar

TGINSIGHT CHAT

UZ Combinator

@uzcombinator

Biashara na startup

Nega biz? - Kremniy Vodiysi tajribasi - Demo Day $1 mln dollar jamg’arma - Top Mentor va Trackerlar - Barcha sharoitlar: $1K stipendiya, 3 mahal ovqat va startap muhiti uchun tayyor ofis! Bunaqasi bo’lmagan!

Wanachama7,590Wanachama wa sasa
Machapisho282Machapisho yaliyoorodheshwa
Ufikiaji wa hivi karibuni49,430Mionekano ya machapisho ya hivi karibuni
Machapisho ya hivi karibuni

Machapisho ya hivi karibuni

Uk. 10 kati ya 24 · machapisho 282

Imechapishwa 19 Feb

Ikki kun davomida Uzcombinatorda Otabek Suvonov mentorlik sessiyasi bo'lib o'tdi Founder led sales. Nega asoschilar boshlang'ich davrda o'zlari sotishi kerak? Bu davrda faqat sotuvlar muhim emas, balki mijozingizni chuqur tushunish, mahsulotingizni yaxshilash va takroriy sotuv jarayonini yaratish kerak bo'ladi. "Early stage" startaplarda mahsulotni, bozorni va og'riqni founderdan yaxshi tushunadigan inson bo'lmaydi. Bundan tashqari sizdagi shijoat va jo'shqinlik mijozlarga ishonch beradi. Siz eng yaxshi sotuvchi bo’lmasligingiz mumkin, lekin ko’p masalalarni (narx, deadline, qo’shimcha fichalar) joyida hal qila olsiz va bu davrda bu narsa juda muhim. • Ideal mijozingizni (Ideal Customer Profile) aniqlab birinchi navbatda shu insonlar bilan suhbatlashishni boshlashingiz kerak va ularga sotishingiz kerak. • Mijozingizning og'rig'ini chuqur o'rganing va mahusltoingizni imkoniyatlarini "pitch" qilishga shoshmang. • Aniq qiymatli taklif bering (Value Proposition). Bu jarayonda oddiy va mijoz uchun tushunarli so'zlardan foydalaning, jargon va modadagi/buzzwords (AI, Cloud, Blockchain va hokazo) so’zlardan emas. • Undan keyin potentsial mijozlar ro'yxatini tuzing va ularga aloqaga chiqish yo'llarini qidiring. Bu Linkedin, Email, tanish-bilish, tadbirlar, sovuq telefon qo'ng'iroqlari (cold calls) yoki eshikma-eshik taqillatib yurish bo'lishi mumkin. • MIjozlar bilan o'zingiz bevosita gaplashing va suhbat davomida sizning yechimingiz haqida emas balki ularning muammosi haqida ko'roq gaplashing. Demo qilishga yoki produktingizni "ficha'lari haqida gapirishga shoshilmang. Sizning mijozingiz ekanligiga amin bo'lganingizdan keyin "demo" qilishingiz mumkin. ✔️Erta sotuvlar=erta feedback. Siz uchun bu mahsulotingizni yaxshilash va sotuvlarni/marketingni yo'lga qo'yishga juda yordam beradi. ➡️Birinchi 30-50 ta sotuvni yopganingizdan keyin bu jarayonni "playbook" sifatida hujjatlashtiring: - Ideal Customer Profile - Mijozga aloqaga chiqish va ularni o'rganish va sotuv scriptlari - Demo formati - Narx va onboarding • Qayta va qayta (repeatable) sotish jarayonini topganingizdan keyingina birinchi sotuvchini ishga oishingiz mumkin yoki sotuv bo'limini tuzish haqida o'ylasangiz bo'ladi. “Founders don’t just sell. They discover, shape, and validate a market.” @founderdotio

5,780 views

Imechapishwa 18 Feb

3,900 views

Imechapishwa 17 Feb

Oʻzbekistonda ilk bor Game Development Liderlari Davra Suhbati Ishtirok etadi: Studiyalar · Jamoalar · Mutaxassislar · Investorlar Muhokama qilinadi: Inkubatsiya dasturlari · Funding imkoniyatlari · Publishing hamkorliklari · Global bozorga chiqish strategiyalari Soha kelajagini birgalikda belgilaymiz. 📅 20 - Fevral 2026 - yil. Soat 19:30 📍 Founders Cafe Alisher Navoiy koʻchasi, 11A Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/8pwh74Z4jFTTtztq5

5,290 views

Imechapishwa 14 Feb

🚀 Birinchi o’zbek yigiti Y Combinatorga qabul qilindi twolabs.ai asoschisi Sardor Y Combinator(x26)ga qabul qilindi. 🇺🇿 Bu nafaqat O’zbekiston balki Markaziy Osiyo uchun ham juda katta yutuq. @uzcombinator

7,360 views

Imechapishwa 13 Feb

Live stream finished (58 minutes)

views

Imechapishwa 13 Feb

Live stream started

views

Imechapishwa 13 Feb

5,640 views

Imechapishwa 13 Feb

⚡️Prezidentimiz tadbirkorlik va startap ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha yana bir muhim Qarorga imzo chekdilar! Qarorga muvofiq startap g‘oyani shakllantirish, loyihani ishlab chiqish, ishga tushirish hamda masshtablashtirishni o‘z ichiga olgan 4 bosqichli startap ekotizimi joriy etiladi: 1. Venchur sarmoyalar hajmi 2 mlrd dollarga yetkaziladi; 2. 500 ta startap 1 mln, 100 tasi 10 mln va 25 tasi 100 mln dollarlik yirik kompaniyalarga aylantiriladi; 3. Yoshlarning 2 mingta g‘oyasi tijoratlashtirilib, 400 ta loyiha xalqaro bozorlarga olib chiqiladi; 4. Startap loyihalar ishga tushishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi; 5. 2026-yildan boshlab har yili “Yosh tadbirkorlar” chempionati o‘tkaziladi; 6. Eng yaxshi 100 ta loyihaning har biriga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi; 7. Chempionat g‘oliblari davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlariga tavsiya etiladi; 8. Loyihani brendga aylantirish uchun ekspertlarga 41 mln so‘mgacha xizmat haqi to‘lab beriladi; 9. Startap studiya va markazlarni tashkil etish uchun 20 ta loyihaga 5 yil muddatga 5 mlrd so‘mgacha foizsiz qarz ajratiladi; 10. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari badal to‘lovlari uchun 41 mln so‘mgacha grant beriladi; 11. O‘quvchilar o‘rtasidagi “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi va g‘oliblariga 10 mln so‘mgacha mukofot beriladi; 12.“Eng innovatsion g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi va mukofot jamg‘armasi 10 mlrd so‘m etib belgilanadi; 13. Talaba va ilmiy xodimlarning loyihalariga 20 ming dollargacha sarmoya kiritiladi; 14.Ideaton va xakaton g‘oliblariga inkubatsiya yoki akseleratsiya sharti bilan 20 ming dollargacha konvertatsiyalanadigan qarz ajratiladi; 15. “Raqamli startaplar” dasturi doirasida IT loyihalarga 10 ming dollargacha grant beriladi; 16. Yiliga 10 tagacha loyihaga MVP yaratish xarajatlarini qoplash uchun 50 ming dollargacha “R&D” vaucher taqdim etiladi; 17. Startapchilarning nufuzli akseleratsiya va o‘quv kurslarida qatnashish xarajatlarining 50 foizi (20 ming dollargacha) qoplab beriladi; 18. Startaplarni patentlash va intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari qoplab beriladi; 19. 2026-yil 1-apreldan hududlarda hokimlar rahbarligida “Startaplar klubi” tashkil etilib, startapchilar bilan har oy uchrashuvlar yo‘lga qo‘yiladi va hududlardagi yirik tadbirkorlik subyektlari startap loyihalariga biriktiriladi. 20. 2026-yildan boshlab har yili “Startap ekspo” ko‘rgazmasi tashkil etiladi va unda loyihalar investorlar, venchur jamg‘armalar hamda yirik korxonalarga taqdimot qilinadi; 21. Muvaffaqiyatli startaplar bilan davlat xaridlari shartnomalarida oldindan to‘lov 500 mln so‘mgacha bo‘lsa 50 foiz, undan yuqori bo‘lsa 30 foiz etib belgilanadi; 22. Startap ekotizimini rivojlantirishga 2026–2027-yillarda jami 160 mln dollar va 130 mlrd so‘m yo‘naltiriladi; 23. Texnologik startaplar uchun Jahon bankidan 100 mln dollar mablag‘ jalb qilinadi; 24. “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalariga 50 mln dollar ajratiladi; 25. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi va “Yoshlar ventures” jamg‘armasiga 10 mln dollar beriladi; 26.“UzVC” milliy venchur fondiga byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi. Manba: PQ-59 (11.02.2026) @alisher_sadullaev

3,220 views

Imechapishwa 12 Feb

Startap qurayotganingiz uchun Akmal Paiziyev sizga barbecue qilib bersa-ya? 🍖 Bugun asoschilarimiz uchun networking va bilimlarga boy kun bo‘ldi. Albatta, o‘yin-kulgini ham esdan chiqarmadik. 😉 @uzcombinator

4,100 views

Imechapishwa 12 Feb

Domino Ventures rahbaridan workshop — sizga qiziqmi? UzCombinator, Domino Ventures va Yoshlar Ventures hamkorlikda UzCombinator startaplari uchun workshop tashkil etmoqda. Bundan tashqari workshopni online UzCombinator telegram kanalida kuzatishingiz mumkin. Workshopdan nimalarni olasiz? ✔️ Investor ko‘zi bilan startaplarni tushunish ✔️ Qachon va qanday investitsiya olish to‘g‘ri qaror bo‘lishini bilish ✔️ Amaliy keyslar va real tajribalar Sana: 13-fevral Vaqt: 17:00 Workshop UzCombinator Telegram kanalida bo‘lib o‘tadi. @uzcombinator

4,120 views

Imechapishwa 12 Feb

Bugungi kunni Ozodbek Ulmasov dan masterklass bilan boshlab oldik.⚡️ Umuman olganda, MyTaxi qanday qurilgani haqida asoschisining o‘zidan eshitish juda maroqli bo‘lyapti. 😉 @uzcombinator

4,300 views

Imechapishwa 10 Feb

Ba’zan rasmlar o‘zi haqida gapiradi. 😉 Bugun UzCombinatorga Akmal Paiziyev tashrif buyurib, asoschilarimiz bilan suhbat qurdilar. @uzcombinator

5,720 views
12•••89101112•••20•••2324