TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Find Blog👁发现博客

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @FindBlog · Post #643 · 3月1日

Flare Stack Blog ——基于 Cloudflare Workers 的现代化全栈博客 CMS ## 核心功能 • 文章管理 — 富文本编辑器,支持代码高亮、图片上传、草稿/发布流程 • 标签系统 — 灵活的文章分类 • 评论系统 — 支持嵌套回复、邮件通知、审核机制 • 友情链接 — 用户申请、管理员审核、邮件通知 • 全文搜索 — 基于 Orama 的高性能搜索 • 媒体库 — R2 对象存储,图片管理与优化 • 用户认证 — GitHub OAuth 登录,权限控制 • 数据统计 — Umami 集成,访问分析与热门文章 • AI 辅助 — Cloudflare Workers AI 集成 • 主题系统 — 可扩展的主题模板,支持完整替换所有页面和布局 • 导入导出 — 支持Markdown导入导出,保留图片以及Frontmatter Flare Stack Blog 的所有面向用户的页面与布局均通过 主题契约(Theme Contract) 与业务逻辑解耦。你可以在不修改任何路由或数据逻辑的前提下,完整替换博客的视觉表现层。 项目地址:https://github.com/du2333/flare-stack-blog #Platform#Cloudflare 频道:@FindBlog 群组:@FindBlog_Group

Results

找到 102 条相似帖子

搜索 #robot

当前筛选 #robot清除筛选
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14756 · 2026/01/26 15:59

🤖 Insoniy robotlar hali odamdan ancha ortda 🇨🇳 Dunyodagi eng yirik odamga o‘xshash robotlar ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan Xitoyning UBTech kompaniyasi robotlar zavodlarda hozircha odamlardan 2–3 baravarsamarasiz ishlayotganini tan oldi. ℹ️ Kompaniya rahbariyatiga ko‘ra, hatto eng ilg‘or modellarning samaradorligi ham insonnikidan 50–70% past bo‘lib, ular hozircha faqat oddiy vazifalar — buyumlarni ko‘chirish va sifat nazorati uchun mos. ✅ Shunga qaramay, UBTech Zeekr, BYD, Geely va Foxconn (iPhone’larni yig‘uvchi) kabi yirik kompaniyalardan buyurtmalar olishda davom etmoqda. Yaqinda esa Airbus bilan ham shartnoma imzolandi. 📈 UBTech 2025-yilda 10 000 ta robot ishlab chiqarishni, 80% samaradorlikka esa faqat 2027-yilda erishishni rejalashtirmoqda. ➡️#robot | Birinchi IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14674 · 2026/01/05 14:42

🤖 GITAI nomli, kentaavrga o‘xshash robot Oy yuzasining qumli va toshli relyefiga moslashish uchun ishlab chiqilgan. 🌘 Odamlar uni bazadan turib masofadan boshqarishi mumkin. U texnika yig‘ish, uskunalarni montaj qilish kabi vazifalarni bajaradi va shu orqali uzoq vaqt kosmik muhitda ishlash bilan bog‘liq xavflarning oldi olinadi. ℹ️ Insonlar hali to‘liq kiberorganizmlarga aylana olmagan bir paytda, inson qiyofasidagi robotlar kosmik operatsiyalar uchun eng maqbul ijrochilar hisoblanadi. ➡️#robot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14631 · 2025/12/18 06:53

🇨🇳 Xitoyning Noextix robototexnika startapi haqiqiy ish muhitlari uchun mo‘ljallangan yangi gumanod servis robotini taqdim etdi. 🤖Hobbs W1 nomli bu robot jamoat oldida xizmat ko‘rsatish vazifalariga moslashtirilgan bo‘lib, “ayol uslubidagi” realistik bionik bosh, interaktiv displey, 6 erkinlik darajasiga ega qo‘llar va 5DoF robot kaftlariga ega. ℹ️ Robot to‘liq avtonom harakatlanadi, shu bois odamlar orasida bemalol yurib, kutib olish, yo‘naltirish kabi vazifalarni bajarishi mumkin. 🤖Noetix’ning aytishicha, Hobbs W1 emotsiyalarni taniy oladi, tabiiy muloqot qiladi, real vaqt rejimida ma’lumotlarni sinxronlashtiradi va turli professional sharoitlarda muammosiz xizmat ko‘rsatadi. ➡️#robot | Birinchi IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14564 · 2025/11/27 09:17

🤖 GigaAI o‘zining birinchi g‘ildirakli gumanoid robotini — Maker H01ni taqdim etdi ℹ️ Video robotning uy sharoitida ishlash imkoniyatlarini ko‘rsatsa-da, 88 kg vaznga ega ushbu robot sanoat ishlab chiqarishi, omborlarda ishlash va turli tijoriy xizmatlarda undan ham tezroq qo‘llanilishi mumkin. Masalan, Huawei uskunalari ishlab chiqarish zavodlarida, Huawei avtomobil ekotizimi kompaniyalarida va Huawei iste’mol elektronikasi do‘konlarida. ⚙️Robotning texnik imkoniyatlari: • Ishlash balandligi: 0–2 metr • Akkumulyatorda ishlash vaqti: 4 soat • Tezligi: 1.5 m/s • Bir qo‘l bilan ko‘tara oladigan maksimal yuk: 5 kg ➡️#robot | Birinchi IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14553 · 2025/11/22 09:28

🦾 Figure BMW zavodida qo‘llanilgan gumanoyid robotlar bo‘yicha katta muvaffaqiyatlarni ma’lum qildi — ular bor-yo‘g‘i 11 oyda anchagina ish bajargan: ✅ 30 mingta avtomobil yig‘ilish jarayoniga hissa qo‘shgan ✅ 90 mingdan ortiq detallarni yuklagan ✅ Dushanbadan jumagacha 10 soatlik smenalarda ishlagan ✅ Umumiy hisobda 300 km ga yaqin masofa bosib o‘tgan ✅ Figure 02 roboti zavodda 6 oy davomida uzluksiz ishlagan ✅ Detallarni yuklashda aniqlik darajasi — ~99% ➡️#robot | Birinchi IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #14239 · 2025/08/18 07:05

🤖 Birinchi Jahon robot o‘yinlarida kulgili voqea yuz berdi: yuguruvchi Unitree roboti yugurish paytida bir odamni urib yiqitdi! 🏆 Biroq bu hodisa mashinaga g‘alaba qozonishga halaqit qilmadi — kiber-yuguruvchi 1,5 km masofani atigi 6 daqiqa34 soniyada bosib o‘tdi. ➡️#robot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13882 · 2025/04/05 11:56

🇯🇵 Kawasaki kompaniyasining yapon muhandislari Corleo nomli robot-ot konseptini taqdim etishdi ℹ️ Sun’iy intellekt va vodorod dvigateliga ega ushbu robot-ot muvozanatni saqlay oladi, to‘siqlardan sakraydi va tog‘li hududlarda harakatlanadi. 🐴 Yapon mutaxassislarning ta’kidlashicha, Corleo kelajakda kvadrotsikl, baggi va boshqa yo‘ltanlamas mashinalarni to‘liq almashtiradi. 👉#robot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13697 · 2025/02/18 03:27

🇰🇷 Koreyalik muhandis StarCraft o‘yinidagi ajoyib zirhli kostyumni ishlab chiqdi 💸 Endi uni 71 million so'mdan qimmatroqqa sotmoqda. Olmaysizmi?) ➡️#robot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13535 · 2024/12/28 15:19

🤖 AgiBot Tesla’dan oldin ommaviy robot ishlab chiqarishni boshladi 🏭 Xitoylik startap AgiBot gumonoid robotlar ishlab chiqarish sohasida Tesla’dan o‘zib ketmoqchi. Kompaniya Huawei'da ishlagan Chjihuey Tszyunema boshchiligida 2024-yil oxirigacha 1000 ta robot ishlab chiqarishni rejalashtirgan; hozirgi kunda 960 ga yaqin robot ishlab chiqilgan. ℹ️ Model turlari: • AgiBot A2-W — buyumlarni ko‘tarish va tashishga xizmat qiladi • AgiBot A2 — supermarketyu va savdo markazlarida mijozlarni kutib olish va xizmat ko‘rsatish bilan shug'ullanadi • AgiBot RAISE A1 — “aqlli” robot 💰 Hozircha narxlar e’lon qilinmadi. Tesla Optimus robotlari esa ishlab chiqarilishi 2026-yilda boshlanib, 20-30 ming dollar atrofida turishi kutilmoqda. ➡️#robot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal

@HashtagUz · Post #13135 · 2024/09/16 04:51

🇨🇳 Pekin markaziy konservatoriyasida robot-dirijor butun orkestrni boshqardi 🎶 Eng qizigʻi, chalingan musiqalarni barchasi sun’iy intellekt orqali bastalangan. ➡️#robot | Birinchi raqamli IT-Blog

Hashtags

IT Masters

@ITmastersuz · Post #12661 · 2026/01/09 10:56

Hyundai’ga qarashli Boston Dynamics o‘zining eng so‘nggi Atlas humanoid robotini ilk bor jamoatchilik oldida namoyish qildi. Google DeepMind bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ilg‘or sun’iy intellekt asosida ishlovchi Atlas o‘zining silliq harakatlari va insonnikiga o‘xshash xatti-harakatlari bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. 📱Bizning barcha loyihalar | #robot

Hashtags

123•••89
上一页第 1/9 页下一页