TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
Dasturlash hayoti️️ ️ avatar

TGINSIGHT CHAT

Dasturlash hayoti️️ ️

@dasturlash_hayoti

科技

✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha! • Reklama uchun: 👉t.me/techno_ads/243

Subscribers1.2万频道当前订阅规模
Tracked posts1,006频道帖子计数
Recent reach5,450最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

标签筛选 #coding · 共 2 条

当前筛选 #coding清除筛选

发布 3月19日

#frontend#figma#antigravity#webdev#dasturlash#uiux#coding#webdesign#itnews Antigravity’da yana bir foydali imkoniyat Endi AntigravityIDE ichiga FigmaMCP integratsiyasi qo‘shildi. Bu esa dizayndan kodga o‘tish jarayonini ancha soddalashtiradi. Figma’dagi layoutlarni endi yanada toza va aniq ko‘rinishda kodga aylantirish mumkin — ortiqcha vaqt sarflashga hojat yo‘q. 💡Eslatma: Antigravity — bu GoogleDeepMind tomonidan yaratilgan zamonaviy agent-first IDE bo‘lib, dasturchining ishini maksimal darajada avtomatlashtirishga qaratilgan. Frontend bilan shug‘ullanadiganlar uchun ayniqsa foydali yangilik 💻@dasturlash_hayoti— dasturchilar hayoti va IT memlari aralash kanal😉

2,760 views

发布 9月30日

Doimiy o‘z ustingizda ishlash uchun eng mashhur saytlar Men doimiy ravishda mantiqiy fikrlash va algoritmik masalalar ustida ishlashga harakat qilaman. Quyida men foydalanadigan va sizga ham tavsiya qiladigan platformalar ro‘yxatini keltiraman. 1.HackerRank — algoritm, data structure va dasturlash tillari bo‘yicha bosqichma-bosqich mashqlar. 2.RoboContest.uz — o‘zbek tilidagi masalalar platformasi, yangi boshlovchilar uchun juda qulay. 3.LeetCode — intervyu savollari va amaliy algoritmik masalalar uchun eng mashhur manba. 4. Project Euler — matematik mantiqqa asoslangan murakkab va qiziqarli masalalar. 5.Codeforces — tezkor musobaqalar (contests) va turli darajadagi masalalar. Competitve programming’ni haqiqiy sharoitida mashq qilishni xohlasangiz — ideal. 6.AtCoder — Yapon platformasi, tartibli va yaxshi tuzilgan musobaqalar. Ayniqsa algoritmik masalalarni tanaffussiz yechish uchun foydali. 7.SPOJ — klassik masalalar arxivi, resurslarni tejab ishlashni ham o‘rgatadi. 8. CodeSignal — intervyu uslubidagi masalalar va baholash tizimi. Ishga kirish yoki intervyuga tayyorlanayotganlar uchun qulay. 9. Exercism — tilga yo‘naltirilgan mashqlar (Python, JS, Ruby…). Kod yozish amaliyoti va mentor fikrini olish imkoni bor — yangi til yoki stil o‘rganish uchun ayni muddao. 10.TopCoder — an’anaviy competitive programming platformasi, marafonlar va Single Round Match’lar (SRM). Qiyin masalalarga duch kelishni istaganlarga. 11.Brilliant — mantiq, matematik fikrlash va algoritmlarni vizual hamda interaktiv tarzda o‘rgatadi. Tez tushunish va konseptual bilimlarni mustahkamlash uchun ajoyib. 12. CodinGame — o‘yin shaklida kod yozib yechiladigan masalalar. Algoritmni vizualizatsiya qilmoqchi bo‘lsangiz yoki dam olish bilan o‘rganmoqchi bo‘lsangiz — super. 13. AoPS (Art of Problem Solving) — (AoPS ayniqsa) matematika mantiqi va olimpiyadalar uchun. Raqamli mantiq va kombinatorika qobiliyatini oshirishga yordam beradi. 14.InterviewBit — intervyu savollari va o‘quv yo‘li. LeetCode bilan parallel intervyu tayyorgarligi uchun foydali. 15. Kaggle — agar ma’lumotlar tahlili va mashinani o‘rganish sohasiga qiziqsangiz, real dataset’lar va mashqlar orqali fikrlashni chuqurlashtiradi. 16.Coderbyte — intervyu uslubidagi mashqlar to‘plami. Mening kichik maslahatlarim — Kuniga kamida 1–2 ta masala yechishga odatlaning. — Har xil platformalarni aralashtirib ishlang (masalan, bir kuni LeetCode, keyingi kuni Codeforces). — O‘z yechimlaringizni GitHub’da saqlang — bu sizga tajriba to‘plash va portfolioga qo‘shish imkonini beradi. Agar bu ro‘yxat sizga foydali bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan ham ulashing. #programming#algorithms#coding#leetcode#hackerrank#robocontest#projecteuler#codeforces#atcoder#spoj#dasturlash @jonibek_turapov

2,690 views