TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
返回频道列表
Dasturlash hayoti️️ ️ avatar

TGINSIGHT CHAT

Dasturlash hayoti️️ ️

@dasturlash_hayoti

科技

✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha! • Reklama uchun: 👉t.me/techno_ads/243

Subscribers1.2万频道当前订阅规模
Tracked posts1,006频道帖子计数
Recent reach12,250最近帖子视图总和
Recent posts

最近帖子

标签筛选 #leetcode · 共 3 条

当前筛选 #leetcode清除筛选

发布 9月30日

Doimiy o‘z ustingizda ishlash uchun eng mashhur saytlar Men doimiy ravishda mantiqiy fikrlash va algoritmik masalalar ustida ishlashga harakat qilaman. Quyida men foydalanadigan va sizga ham tavsiya qiladigan platformalar ro‘yxatini keltiraman. 1.HackerRank — algoritm, data structure va dasturlash tillari bo‘yicha bosqichma-bosqich mashqlar. 2.RoboContest.uz — o‘zbek tilidagi masalalar platformasi, yangi boshlovchilar uchun juda qulay. 3.LeetCode — intervyu savollari va amaliy algoritmik masalalar uchun eng mashhur manba. 4. Project Euler — matematik mantiqqa asoslangan murakkab va qiziqarli masalalar. 5.Codeforces — tezkor musobaqalar (contests) va turli darajadagi masalalar. Competitve programming’ni haqiqiy sharoitida mashq qilishni xohlasangiz — ideal. 6.AtCoder — Yapon platformasi, tartibli va yaxshi tuzilgan musobaqalar. Ayniqsa algoritmik masalalarni tanaffussiz yechish uchun foydali. 7.SPOJ — klassik masalalar arxivi, resurslarni tejab ishlashni ham o‘rgatadi. 8. CodeSignal — intervyu uslubidagi masalalar va baholash tizimi. Ishga kirish yoki intervyuga tayyorlanayotganlar uchun qulay. 9. Exercism — tilga yo‘naltirilgan mashqlar (Python, JS, Ruby…). Kod yozish amaliyoti va mentor fikrini olish imkoni bor — yangi til yoki stil o‘rganish uchun ayni muddao. 10.TopCoder — an’anaviy competitive programming platformasi, marafonlar va Single Round Match’lar (SRM). Qiyin masalalarga duch kelishni istaganlarga. 11.Brilliant — mantiq, matematik fikrlash va algoritmlarni vizual hamda interaktiv tarzda o‘rgatadi. Tez tushunish va konseptual bilimlarni mustahkamlash uchun ajoyib. 12. CodinGame — o‘yin shaklida kod yozib yechiladigan masalalar. Algoritmni vizualizatsiya qilmoqchi bo‘lsangiz yoki dam olish bilan o‘rganmoqchi bo‘lsangiz — super. 13. AoPS (Art of Problem Solving) — (AoPS ayniqsa) matematika mantiqi va olimpiyadalar uchun. Raqamli mantiq va kombinatorika qobiliyatini oshirishga yordam beradi. 14.InterviewBit — intervyu savollari va o‘quv yo‘li. LeetCode bilan parallel intervyu tayyorgarligi uchun foydali. 15. Kaggle — agar ma’lumotlar tahlili va mashinani o‘rganish sohasiga qiziqsangiz, real dataset’lar va mashqlar orqali fikrlashni chuqurlashtiradi. 16.Coderbyte — intervyu uslubidagi mashqlar to‘plami. Mening kichik maslahatlarim — Kuniga kamida 1–2 ta masala yechishga odatlaning. — Har xil platformalarni aralashtirib ishlang (masalan, bir kuni LeetCode, keyingi kuni Codeforces). — O‘z yechimlaringizni GitHub’da saqlang — bu sizga tajriba to‘plash va portfolioga qo‘shish imkonini beradi. Agar bu ro‘yxat sizga foydali bo‘lsa, do‘stlaringiz bilan ham ulashing. #programming#algorithms#coding#leetcode#hackerrank#robocontest#projecteuler#codeforces#atcoder#spoj#dasturlash @jonibek_turapov

2,690 views

发布 8月28日

#tekin#LeetCode#Dasturlash#DasturlashHayoti 🚀LeetCode masalalarining video darslari endi botda! @texnologiyait_bot ga kiring → Dasturlash tugmasi → LeetCode masalalari bo‘limi 💡 O‘rganing, yeching va do‘stlaringiz bilan ulashing! 👉Bot:@texnologiyait_bot 💻@dasturlash_hayoti — kichik sirlar, katta foyda!😉

3,810 views

发布 7月17日

#leetcode#sodda Oxirgi so'zning uzunligi ❔ So'z va bo'sh joylardan iborat s qator berilgan. Satrdagi oxirgi so'zning uzunligini qaytarib beruvchi dastur tuzing. Misol uchun: Input: s = "Hello World" Output: 5 Izoh: Oxirgi so'z uzunligi 5 bo'lgan "World". 💬 Dastur kodini skrinshot holatda yoki nusxalagan holatda izohlarda qoldirishingiz mumkin. Keyingi postda dastur natijasini joylayman. ⚠️Misolni siz xohlagan dasturlash tilida bajarishingiz mumkin. 💻@jonibek_turapov — bilan yuqori kelajak sari

5,750 views