#huquq
Ayrim xotin-qizlarga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov shart emas
Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta'lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Ta'lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi
oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
@sirojiddintaxirjonov
Бугунги бировнинг мулки (тандири) билан қилинган иш мамлакат учун мулк ҳуқуқи қанчалик муҳимлигини кўп ходимлар ҳали англамаётганини кўрсатади.
Эсимда, янги конституцияга таклифлар йиғилганда, ман айнан шу мулк ва интеллектуал мулк ҳақидаги таклифларимни жўнатган эдим. Муҳими, янги конституцияда ҳақиқатдан ҳам мулк ҳуқуқи мустаҳкамланган. Ундан кейин снослар камайган, вазият яхшиланган, баъзи ҳолатларни айтмаса жараён суд орқали ўтмоқда.
Бугунги ҳол ҳам ўша баъзи ҳолларга киради.
Аслида, мулк ҳуқуқи — иқтисодиётнинг кўринмас "пойдевори" ҳисобланади. Унинг мамлакат учун аҳамиятини тушунган одам бу ҳуқуққа дахл қилмасликка ҳаракат қилади.
Тасаввур қилинг: сиз йиллаб меҳнат қилиб, ҳашаматли боғ яратдингиз. Лекин кўнглингизда бир қўрқув бор: "Эртага кимдир келиб, бу боғни тортиб олиши мумкин". Бундай шароитда сиз яна дарахт эккан, меҳнат қилган бўлармидингиз? Йўқ. Сиз бор пулингизни яшириб, "қора кун"га сақлаб турардингиз.
Мулк ҳуқуқининг дахлсизлиги — айнан шу қўрқувни йўқ қиладиган ягона кучдир.
Бу фақат завод қурадиган бойлар учун эмас, ҳар биримиз учун муҳим. Сизнинг уйингиз, машинангиз ёки телефонингиз — ҳеч ким (ҳатто давлат ҳам) асоссиз тортиб ололмайдиган, қатъий ҳимояланган мулкингиз бўлиши шарт.
Агар мамлакатда "Бу менинг мулким ва у қонун ҳимоясида" деган 100% ишонч бўлмаса:
- Тадбиркор катта пул тикиб, бизнесини кенгайтирмайди.
- Чет эллик инвесторлар унақа жойдан қочишади.
- Пуллар "ёстиқ тагида" ётади ёки чет элга оқиб кетади.
- Узоқ муддатли режа ва лойиҳалар қилинмайди, бугун билан яшалади. Бугун уриб қол, эртага нима бўлади деган менталитет шаклланади.
Натижада иш ўринлари яратилмайди, иқтисодиёт ўсмайди, қиймат яратилмайди. Дунё тарихи исботлаган ҳақиқат шу: қаерда мулк муқаддас ва дахлсиз бўлса, ўша ерда бойлик ва ривожланиш бўлади, одамлар узоқ муддатга каттароқ режа қилиб, каттароқ ишларни амалга оширишади. Акси бўлса, тадбиркор ҳам 5-10 йилдан кейин фойда олиб келадиган бизнесга пул тикмасдан, қишда шакар арзон бўлганда сотиб олиб, ёзда мураббо сезонда қиммат сотишни маъқул кўради. Бундан бўлса мамлакат ҳам, жамият ҳам ютқазади.
Хусусий мулкка тажовуз қилиш — бу мамлакат келажагига болта уриш билан баробар. Шуни ҳокимлар, кучишлатар тизимлари, умуман катта ва кичик амалдорлар, судлар тушуниб етишлари жуда зарур.
#iqtisodiyot#mulk#huquq
2️⃣2️⃣2️⃣🤝🌏👨🏫👩🏫
📢Joriy yilning 4-mart kuni, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida "Jinoyat ishlarini tergov qilishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🎤 Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Dildora Bazarova ishtirok etdi.
📌 Dildora Bazarova tomonidan zamonaviy texnologiyalarning tergov jarayoniga ta’siri, ularning samaradorligini oshirish imkoniyatlari va xalqaro tajriba bo'yicha fikrlar bildirildi.
🔍 Ilmiy-amaliy muloqot jinoyat ishlarini tergov qilishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha muhim fikr va takliflar bilan boyitildi.
#TDYU#Huquq#JinoyatProtsessi#AxborotTexnologiyalari
@TSUL_CPL
🤔Rotatsiya nima?
✅Ushbu vedioni tomosha qilish orqali davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi haqida ma'lumotga ega bo‘lasiz.
🎞Ushbu vediorolik Dilafruz Vahobova hamda Toshkent davlat yuridik unversiteti ko‘ngilli talabasi Doniyor Ashurov tomonidan tayyorlandi.
#rotation #law #new #huquq
2️⃣2️⃣2️⃣🤝🌏👨🏫👩🏫⚖️👮♀️
📢 Mahorat darsi o'tkazildi!
⚖️ Joriy yilning 12-mart kuni Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor D. Bazarova tashabbusi bilan Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professori, yu.f.d. I.Astanov ishtirokida "Surishtiruv va dastlabki tergov organlari, shuningdek, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning qonunlarning ijro etishi ustidan nazorat" mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
⚖️ Dars davomida surishtiruv va tergov jarayonlarida qonuniylikni ta’minlash, nazorat mexanizmlari hamda huquqiy jihatlar batafsil muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
@TSUL_CPL
#TDYU#MahoratDarsi#Huquq#JinoyatProtsessi#Tergov
📢SMARTLEX - Kelajakning Yuridik AI Yordamchisi❗️
🙂Talabalar uchun maxsus imkoniyat:
⭕️Bepul demo-versiya
⭕️Sun'iy intellekt qo'llab-quvvatlashi
⭕️24/7 huquqiy maslahatlar
🚀SMARTLEX bilan:
⭕️Kurs ishlaringiz uchun sud amaliyotini 10 soniyada toping
⭕️Professional darajadagi hujjatlarni 2 daqiqada yarating
⭕️Murakkab qonunlarni oddiy tilda tushuning
🎓TDYU talabalari allaqachon tanlagan:
⭕️100+ talaba faol foydalanmoqda
⭕️O'rtacha baho: 4.9/5
⭕️Vaqtni 80% gacha tejash
⚡️Hoziroq sinab ko'ring: smartlex.uz
🎯Izoh: Hayotingizni osonlashtiradigan qaroringiz - bir marta bosish masofasida!
🔽Telefon: +99877-002 88 80
🌐Veb-sahifa:www.smartlex.uz
#TDYU#Huquq#AI#Talaba#Smartlex
🏛Xalqaro ommaviy huquq fanidan OLIMPIADA (PILTS – Public International Law Testing System)
Hurmatli talabalar va huquqshunoslikka qiziquvchilar!
Sizni Xalqaro ommaviy huquq fanidan o‘tkaziladigan PILTS Olimpiadasiga taklif qilamiz!
Olimpiada 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich — Test sinovi
2-bosqich — Savollarga yozma javob berish
3-bosqich — Keysga yechim taqdim etish
Har bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar umumiy ballari bo‘yicha baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi.
🏆 G‘oliblar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi!
📅 O‘tkazilish vaqti va joyi:
Sana: 2026-yil, 20-aprel (dushanba)
Vaqt: Soat 17:30
Joy: Yuridik fakulteti, 412-xona
👥 Ishtirokchilar: Professor-o‘qituvchilardan tashqari barcha qiziquvchilar (talabalar, magistrlar va boshqalar) ishtirok etishi mumkin!
Xalqaro ommaviy huquqni chuqurroq o‘rganish, bilimlaringizni sinab ko‘rish va sovg‘alar yutib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ⚖️
#XalqaroOmmaviyHuquq#PILTS#Olimpiada#YuridikFakulteti#Huquq
🕊Telegram | 📱Instagram
📱Facebook | 📺You tube
🌸8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi!🌸
6-mart kuni "Professor Dilbar Suyunovaning ilmiy maktabi" doirasida yetuk olima, muvaffaqiyatli huquqshunos, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, Jinoyat ishlari bo‘yicha sudya Dilbarxon Choriyeva bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
👩🎓Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar.
🌷Tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildiramiz!
@TSUL_CPL
#8Mart#XalqaroXotinQizlarKuni#Huquq#TDYU#DavraSuhbati#IlmiyMaktab👩⚖️🌟
O‘zbekistonda pedofiliya uchun sudlangan erkak koloniyadan qochib, Ohangaronda uchinchi sinf o‘quvchisiga tajovuz qilganidan so‘ng jazoni ijro etish tizimi xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ijtimoiy himoya agentligi vaziyatni nazoratga oldi.
https://yep.uz/uz/2025/10/iiv-xodimlari-harakatlari-tergov-qilinmoqda-pedofil-qochishi-ohangaron/
#O‘zbekiston #Ohangaron#ToshkentViloyati#IIV#Tergov#IjtimoiyHimoya#Huquq
🌍XALQARO MAQOLA YOZISH TRAINING 🌍
🎓 Trener: Abdurasulova Sabrina Sanjarovna
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti
Advokatura faoliyati yo‘nalishi magistratura talabasi,
ko‘plab huquqiy maqolalar muallifi.
📅 Sana: 8-oktyabr, 2025-yil
🕣 Vaqt: 8:30
📍 Joy:Termiz Davlat Universiteti Asosiy bino Yoshlar Markazi 1 - qavat
💻 Format: OFFLINE
💡 Barcha talabalar uchun noyob imkoniyat!
Xalqaro miqyosda maqolalarni 0 dan yozish sirlarini o‘rganing, ilmiy fikrlashni rivojlantiring va o‘z maqolangizni nufuzli jurnallarda chop etish yo‘lini bilib oling!
✨ Ilmga qadam qo‘ying — natija o‘zingizni ajratib turadi!
🔗 Murojaat uchun:@Mohishtoxirovna
#Training#MaqolaYozish#TalabalarUchun#Huquq#TermizUniversity#IlmYo‘lida #OltinQanot#Offline