@tdyu_yuridik_klinikasi · Post #2826 · 2025/02/01 13:33
❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ⚖️ Yuridik klinika talabalari uchun yangi imkoniyat ! 🔥 “Smartlex” platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi ‼️ 2025-yilning 29-yanvar kuni Yuridik klinika talabalari ishtirokida “Smartlex” platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir “Smartlex” platformasi asoschilari tomonidan tashkil etilib, unda ishtirokchilar quyidagi masalalar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishdi: ⏺“Smartlex” platformasining umumiy tavsifi; ⏺Platforma imkoniyatlari va ularning huquqiy amaliyotda qo‘llanilishi; ⏺Platformadan samarali foydalanish usullari; ⏺Platformaning yuridik xizmat ko‘rsatishdagi qulayliklari; ⏺Undan foydalanishda yo‘l qo‘ymaslik lozim bo‘lgan xatolar. Shuningdek, tadbir davomida “Smartlex” platformasi yuridik xizmatlar ko‘rsatish jarayonida, xususan, huquqshunoslar va Yuridik klinika talabalari uchun samarali vosita ekanligi ta’kidlandi. Ushbu platforma fuqarolarga tezkor va samarali huquqiy maslahatlar berishda, shuningdek, ularning huquqiy hujjatlarini tayyorlash jarayonida muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Tadbir yakunida taqdimotchilar Yuridik klinika talabalari uchun platformadan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etishdi. 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥 📥 Murojaat uchun: @TDYU_Yuridik_klinika_bot 🖥 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 💬Telegram🌐Instagram🌐YouTube🌐TikTok🌐Facebook #YuridikKlinika#Smartlex#HuquqiyInnovatsiya#LegalTech