TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 15 条相似帖子

搜索 #moliyaviysavodxonlik

当前筛选 #moliyaviysavodxonlik清除筛选
UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd · Post #3986 · 2026/04/11 06:02

❔Nima uchun kompaniyalar hisobot berishi shart? 🗣Fond bozorining asosiy qoidasi — shaffoflik. Aksiyadorlik jamiyatlari muhim ma’lumotlarni barcha uchun bir vaqtda e’lon qilishi kerak. ⏺Muhim faktlar: Rahbar almashishi, yirik bitimlar yoki sud jarayonlari haqidagi xabarlar. ⏺Nega bu muhim? Agar ma’lumot faqat "tor doira"da qolsa, bu adolatsiz ustunlik (insayd) hisoblanadi. ⏺Qayerdan bilish mumkin? Barcha muhim faktlar va choraklik hisobotlar Yagona axborot portalida (openinfo.uz) va kompaniya saytlarida e’lon qilinadi. ✅ Aqlli investor qaror qabul qilishdan oldin kompaniyaning oxirgi hisobotini ko‘zdan kechiradi. #MoliyaviySavodxonlik 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd · Post #3973 · 2026/04/04 06:03

❔Aksiya yoki obligatsiya: Qaysi birini tanlash kerak? 🗣 Kompaniyaga pul tikishning ikki xil yo‘li bor: ⏺Aksiya — bu kompaniya biznesiga sherik bo‘lish. Siz foydaga (divident) va boshqaruvga sheriksiz. Xavf yuqori, ammo daromad cheklanmagan. ⏺Obligatsiya — bu kompaniyaga qarz berish. Siz sherik emassiz, shunchaki ma’lum muddatga pulingizni ijaraga berasiz. Kompaniya sizga belgilangan foiz (kupon) to‘laydi. ✅ Portfelingizda ham aksiya, ham obligatsiya bo‘lishi — moliyaviy barqarorlik belgisidir. #MoliyaviySavodxonlik 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd · Post #3957 · 2026/03/28 05:04

❔Sizning aksiyalaringiz qayerda saqlanadi? 🗣 Aksiyalar endi qog‘oz ko‘rinishida emas, balki elektron yozuvlar shaklida saqlanadi. Buning uchun maxsus depozitar hisobvaraqlar (shaxsiy hisobvaraqlar) mavjud. ⏺Markaziy depozitariy roli: Bu tizimning "yuragi" bo‘lib, barcha qimmatli qog‘ozlarning yagona hisobini yuritadi. ⏺Xavfsizlik: Sizning aksiyalaringiz investitsiya vositachisi (broker) aktivlaridan alohida saqlanadi. Agar broker faoliyatini to‘xtatsa ham, sizning mulkingiz Markaziy depozitariy bazasida xavfsiz qoladi. ⏺Nazorat: Istalgan vaqtda o‘z hisobvarag‘ingizdan ko‘chirma olib, mulkingizni tekshirishingiz mumkin. ✅Sizning aksiyalaringiz — bu raqamli aktiv, uning daxlsizligi davlat darajasida kafolatlanadi. #MoliyaviySavodxonlik 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd · Post #3948 · 2026/03/23 09:05

❔Aksiyadorlar reestri nima? 🗣 Tasavvur qiling, kompaniya — bu katta bir kitob, unda har bir egasining ismi yozilgan. Mana shu "kitob" Aksiyadorlar reestri deyiladi. ⏺U yerda nimalar yoziladi? Aksiyadorning ismi-sharifi, qancha aksiyasi borligi va ularning turi. ⏺ Kim yuritadi? O‘zbekistonda bu vazifani Markaziy depozitariy yuritadi. ⏺Nima uchun muhim? Faqat reestrda bor bo‘lgan shaxslargina divident olish va umumiy yig‘ilishda ovoz berish huquqiga ega. ❕ Reestrdagi ma’lumotlaringiz (pasport, telefon raqami) eskirgan bo‘lsa, ularni yangilab qo‘yishni unutmang! #MoliyaviySavodxonlik 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd · Post #3906 · 2026/02/21 05:59

❔Oddiy aksiya nima? 🗣Oddiy aksiya egasi jamiyat boshqaruvida ovoz berish huquqiga ega. Shuningdek, foyda bo‘lsa, dividend oladi. Dividend miqdori jamiyatning moliyaviy natijalariga bog‘liq. 💻Oddiy aksiya — ovoz va dividend huquqini beruvchi aksiya. #MoliyaviySavodxonlik Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd · Post #3895 · 2026/02/18 05:23

❔Ustav kapitali nima? 🗣Ustav kapitali - jamiyat faoliyatini boshlash uchun tuzilgan umumiy mablag‘. U aksiyalar chiqarish orqali shakllantiriladi. Har bir aksiya ustav kapitalidagi muayyan ulushni anglatadi. 💻Ustav kapitali — jamiyatning moliyaviy poydevori. #MoliyaviySavodxonlik Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd · Post #3890 · 2026/02/14 06:01

❔Aksiyadorlik jamiyati (AJ) nima? Ko‘p joyda AJ qo‘shimchasini ko‘ramiz, lekin uning mohiyati nimada? Keling, qisqacha tushunib olamiz: 🗣Aksiyadorlik jamiyati — bu ustav kapitali ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo‘lingan korxonadir. Bu yerda biznesga egalik qilish huquqi aynan shu aksiyalar orqali taqsimlanadi. 🗣 AJ faoliyati O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi. 🗣 Jamiyat yil yakuni bo‘yicha foyda ko‘rsa, ushbu mablag‘ aksiyadorlar o‘rtasida ularning ulushiga qarab dividend sifatida taqsimlanishi mumkin. 📊 Bugungi kunda mamlakatimizda 694 ta aksiyadorlik jamiyati ro‘yxatdan o‘tgan. ⏺ Moliya va investitsiya dunyosiga oid foydali ma’lumotlarni kuzatib boring! #MoliyaviySavodxonlik Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd · Post #3828 · 2026/01/13 06:49

#MoliyaviySavodxonlik ❔Aksiyador kim? 🗣Aksiyador — aksiyaga egalik qiluvchi shaxs. Aksiyador jamiyat foyda qilsa, dividend olish huquqiga ega. Shuningdek, aksiyador jamiyat faoliyatiga oid muhim qarorlar qabul qilishda ishtirok etadi. ⏺Aksiyador — bu jamiyatning ham egasi, ham manfaatdor shaxsi. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd · Post #3823 · 2026/01/10 06:59

#MoliyaviySavodxonlik ❔Aksiya nima? 🗣Aksiya - bu aksiyadorlik jamiyati chiqaradigan qimmatli qog‘oz. Aksiya sotib olgan shaxs jamiyatning aksiyadoriga aylanadi. Aksiya aksiyadorga dividend olish, ovoz berish va axborot olish huquqini beradi. ⏺Aksiya - bu jamiyatdagi ulushingiz va huquqingiz. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

UzCSD | Markaziy depozitariy

@uzcsd · Post #3813 · 2026/01/05 10:36

#MoliyaviySavodxonlik ❔Qimmatli qog‘oz nima? 🗣Qimmatli qog‘oz - bu egasiga muayyan moliyaviy huquqlarni beruvchi hujjat yoki elektron yozuvdir. Masalan, aksiya qimmatli qog‘oz hisoblanadi va u egasiga jamiyatda ulushga egalik qilish huquqini beradi. O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar qonun bilan tartibga solinadi va davlat tomonidan himoya qilinadi. ⏺Qisqacha aytganda, qimmatli qog‘oz - bu moliyaviy huquqingizni tasdiqlovchi hujjatdir. Рус🇷🇺 📱Web📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱Youtube📱Linkedin

MILLIONER KUTUBXONASI

@Biglibrary_uz · Post #9440 · 2026/03/18 05:29

💰 Pul haqida fact: Ko‘pchilik boylar pulni tejash orqali emas, uni to‘g‘ri ko‘paytirish orqali boy bo‘lgan. 📊 Statistikaga ko‘ra, daromadning kamida 20% ini investitsiya qilgan odamlar uzoq muddatda 3–5 barobar ko‘proq boylik yig‘adi. ➡️ Savol: Siz pulni faqat sarflayapsizmi yoki ishlatayapsiz? #moliyaviysavodxonlik#boylik#investitsiya 🛫@Milliarderlarim

Тuronbank matbuot kotibi

@turonbankmatbuotkotib · Post #2876 · 2024/11/11 06:13

🏦"Turonbank" ATB tomonidan moliyaviy savodxonlik tadbirlari davom etmoqda 😎"Butunjahon jamg'arish kuni" ("World saving day") xalqaro ta'lim tadbiri doirasida "Turonbank" Bosh bank Ma'naviy-marifiy ishlarni tashkil qilish bo'limi boshlig'i Islam Salamov hamda Bosh buxgalter o'rinbosari, boshqarma boshlig'i Bozorboy Atamurodov Toshkent shahrida joylashgan yetakchi oliy ta'lim dargohlarida moliyaviy savodxonlikni oshirishga bag'ishlangan seminar tashkil etdi. ✍️ Ushbu seminar Toshkent davlat iqtisodioyot universiteti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalarining moliyaviy savodxonliklarini oshirish, ularning bu boradagi ko'nikmalarini tashkil etish haqida so'z bordi. ✅ Shu bilan birga talaba-yoshlarga Turonbank tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli takliflar hamda yangiliklar aytib o'tildi. 🌀 Loyihaning asosiy maqsadi – yoshlarga moliyaviy bilimlarni yetkazish, ularni kelajakda barqaror va mustaqil moliyaviy hayotga tayyorlashdir. Bu jarayonda yoshlarga moliyaviy savodxonlikning bugungi kundagi ahamiyati va dolzarbligi tushuntirildi. #TuronBank#MoliyaviySavodxonlik#WorldSavingDay#YoshlarKelajagi 👇 Sahifamizga obuna boʻling👇 @turonbankmatbuotkotib

12
上一页第 1/2 页下一页