@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80997 · 2026/03/03 10:21
#Chilonzor #Ramazon #MehrMuruvvat #InsonQadri #Vaqf 🌙 Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida og‘ir jarrohlik amaliyotiga muhtoj fuqarolarga vaucherlar topshirilmoqda. Ushbu xayrli tashabbus yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va saxovat tamoyillarini amalda namoyon etish yo‘lidagi ezgu ishlarning uzviy davomidir. Jumladan, Chilonzor tumani “Gavhar” mahallasida istiqomat qiluvchi Z. Matyakubovaning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq xarajatlari Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan qoplab beriladigan bo‘ldi. Har bir topshirilayotgan vaucher ortida bir insonning sog‘ayish orzusi, bir oilaning quvonchi va kelajakka bo‘lgan ishonchi mujassam. Jarayonlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida tashkil etilib, haqiqatan ham tibbiy yordamga muhtoj fuqarolar qamrab olinmoqda. Ramazon oyida mehr va e’tibor ustuvor bo‘lgan jamiyatda inson qadri yanada yuksaladi. Bu ezgu amallar xalqimiz birdamligi va hamjihatligini mustahkamlab, muborak oyning fayzu barakasini har bir xonadonga olib kirishi, shubhasiz. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi