المنشورات الأخيرة
صفحة 28 من 86 · 1,024 منشور
نُشر 16 يونيو
Murshidsiz ishq yolg'ondir.
نُشر 16 يونيو
Menga ketmoq, senga qolmoq yarashadi. Bizga eng ko'p ayriliq yarashadi. Shams Tabriziy
نُشر 16 يونيو
Eng zo'r ibodat - ko'ngil olishdir. Siz uchun tirishayotgan kishining qanotlarini sindirmang... Hazrati Umar roziyallohu anhu
نُشر 14 يونيو
Biroz kamtar, biroz tantiqman, Ozroq qaysar, ozroq injiqman. Yozilganda tunning pardasi, Sening suhbatingga intiqman... Abdurahmon Meshayan
نُشر 13 يونيو
Men seni o‘tgandan so‘radim, Kelgandan, ketgandan so‘radim. Men senga intildim, men senga chopdim, Men seni izladim, nihoyat topdim. Bizlarga o‘tganlar qaradi, Kelganlar, ketganlar qaradi. Men esa yoningdan indamay o‘tdim, Bir so‘z ham, bir so‘z ham aytolmay ketdim. Muhammad Solih
نُشر 12 يونيو
Riyo qilsang shunday qil, riyokorlar tan bersin. 😅
نُشر 11 يونيو
نُشر 11 يونيو
Bilardim, har neni kuzatar Alloh, Farishtalar kotib, har yon qo’riqchi. Odamlar ham tanqid qilardi goh, Hatto ta’qibimda qancha ayg’oqchi. Ammo tuzalmadim, o’zgarmadim, oh, Asl qilmishlarim bo’lmadi kanda. Men faqat o’zgardim va topdim isloh O’zimga o’zimni soqchi qo’yganda. Husaynxon Buxoriy
نُشر 10 يونيو
Qadriga yeting, qadrga yetilasiz..
نُشر 8 يونيو
Daragi eshitilgan yaxshi kitob – sogʻinch! Uni qoʻlga kiritish – quvonch! Oʻqib chiqish – bayram! Bu qizgʻin mutolaadan soʻng yurakning yana-da hassos tortganini his qilish lazzatini aytmaysizmi?! Usmon Azim
نُشر 8 يونيو
Duo - ? Bu mo'minning eng katta va kerakli quroli demakdir. Har bir qilingan duo Robbimizni mamnun qiladigon amallardandir. Biror insondan katta-kichik narsalarni qayta-qayta so'rasangiz alal oqibat malollanishi tabiiy. Lekin, biz Allohdan qancha so'raganimiz sayin Robbimiz yanada mamnun bo'ladi. Rosululloh sollallohu alayhi vasalalam shunday deganlar: "Kim Alloh taolodan so'ramasa, U Zot unga g'azab qiladi". Suyukli Habibimiz butun bashariyatga ta'kidlab aytganlar. Yaratgan Zot turganda, yaratilganlardan so'rab, Allohni g'azabini keltirib qilingan ishlarda xoyr bormi? Alloh taolodan so'ramasdan qilingan biror ish oxiriga yetmaydi. Duo har pok yerda qilinadigon ibodatlar sirasiga kiradi. Xoh yurganda, xoh o'tirganda. Inson ko'p duolari orqali Alloh bilan munosabatini yaqinlashtirib olishga egadir. Qancha ko'p duo, shuncha Alloh bilan munosabat mustahkamlanadi. Duo qildingiz, qabuliyati kechiksa har xil shubhaga bormaslik kerak. Shu kechikishida ham albatta xoyr bordir. Sababi bordir-ki kechikyapti. Chin dildan qilingan duo albatta mutajob bo'ladi. Alloh taolo G'ofir surasida shunday va'da qiladi: Robbingiz: "Menga duo qiling, sizlarga ijobat qilaman. Mening ibodatimdan kibr qilganlar esa jahannamga xoru zor hollarida kirurlar" dedi. Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rosululloh sollallohu alayhi vasalalam: Sizlardan biringiz Robbidan o'zining barcha hojatini so'rasin. Hatto kovushining uzilgan tasmasini ham" , dedilar. Shunday ekan, ishning avvali duodir.
نُشر 5 يونيو