المنشورات الأخيرة
صفحة 29 من 86 · 1,024 منشور
نُشر 5 يونيو
Eid ul Adha yani Qurbon Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin! Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Har bir qavmning o'z bayrami bor, bizning bayramimiz Hayitdir!
نُشر 4 يونيو
Zulhijjaning to‘qqizinchi kuni, ya’ni Arafa kuni ro‘za tutish ulkan savoblarga sabab bo‘ladi. U sababli bir yil oldingi va bir yil keyingi gunohlar kechiriladi. Oisha rodiyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi ming kunning ro‘zasi kabidir”, dedilar». Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi ikki yilga kafforatdir: undan oldingi va undan keyingi yilga”, dedilar. 1. Arafa kuni ro‘zasi ikki yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi; 2. Bu kunda tutilgan ro‘za ming kunlik ro‘za savobiga tengdir. Arafa kuni ro‘zasining bor fazilati shundan iborat emas. Buning biz bilgan va bilmagan boshqa manfaatlari ham bor. Ixlos bilan Allohdan savob umidida ro‘za tutgan banda, juda ko‘p ajr-savob va foydalarga erishadi.
نُشر 3 يونيو
Qalb toza bo'lsa, ko'z ham yomonlikni ko'rmaydi. Jaloliddin Rumiy
نُشر 2 يونيو
😮💨😮💨
نُشر 2 يونيو
Angren, Lashkerak.. Safar bizdan, zafar Allohdan..
نُشر 1 يونيو
نُشر 30 مايو
Behuda narsa bilan band bo'lgan odam xor bo'lgan odamdir. Alloh xor qilgan odam shu odamdir! Hasanxon Yaxyo Abdulmajid
نُشر 30 مايو
Ishq bu - bir biriga termulishda emas, bir yo’lga tushib, haqiqiy ilohiy Ishqqa yetishmoqdir. Bir yo’l, Haq yo’ldir. Haq yo’lga tushing, Ishqqa erishing. Ishqsiz umr - zavoldur..
نُشر 29 مايو
🥹
نُشر 29 مايو
Alloh taolo bir kishiga ikki qalb qilgan emaski, birini Rohmanga berib, ikkinchisini nafsu shaytonga bersa! Yo‘q, qalb bitta bo‘ladi va u bir narsa uchun bo‘ladi.
نُشر 29 مايو
Seni sevganlar oldida tabassum qil-ki, sening ham muhabbating sezilsin! Dushmaning qarshisida ham tabassumli bo‘l-ki, u o‘zining zaif va nochor ekanidan ezilsin! Seni tashlab ketganning ortidan ham tabassum qil-ki, nadomat cheksin! Tabassum qil va butun olamni tabassum ila fath et! Tabassumni ibodat sanagan Robbimga hamd bo‘lsin! Abror Muxtor Aliy
نُشر 28 مايو
Zulhijja oyida yaxshiliklar ko‘paytirib beriladi. - Bu kunlarda yaxshiliklar ko‘paytirib beriladi. - Bu kunlarda duolar ijobat bo‘ladi. - Bu kunlarda ilohiy fayz-futuh bo‘ladi. - Bu kunlarda halokatga olib boruvchi gunohlardan ozod qilinadi. - Bu kunlar oliy himmat egalari uchun foydani qo‘lga kiritish mavsumidir. - Mazkur kunda “Subhanalloh”, “Alhamdulillah”, “Allohu akbar”, “Laa ilaaha illalloh”, “Astag‘firullohal a'zim va atubu ilayh”ni ko‘p aytib, gunoh va yomonliklardan batamom to‘xtab, tavba qilishni yo‘lga qo‘yish lozim. Azizlar, umr – g‘aflat va shahvatga berilish bilan o‘tib ketmasin. Afsus va nadomat foyda bermaydigan kunda pushaymon bo‘lib qolmaylik!