المنشورات الأخيرة
صفحة 33 من 86 · 1,024 منشور
نُشر 4 مايو
Zomin.. Safar bizdan, zafar Allohdan.
نُشر 3 مايو
Bir kampirdan sevgi va uning tub ma’nosi haqida so‘rashdi: Kampir shunday javob berdi: «Bu so‘zni ilk eshitganimda kichkina qizcha edim. Otam meni o‘pib turib, «Men seni sevaman» degan edi. Shunda men sevgi degani mehribonlik, omonlik va iliq quchoq ekan da, deganman. Ulg‘ayib, bo‘yim yetgan bir paytda uyim eshigi oldida bir maktub topib oldim. Qo‘shni yigit yuboribdi. Unda «Men seni sevaman», deb yozilgan ekan. Shunda men sevgi degani bir jur’at, jinnilik ekan da, dedim. Qo‘shnimizdan sovchi chiqib, yigit bilan birinchi tanishganimda uning menga birinchi aytgan gapi «Men seni sevaman» bo‘ldi. Shunda men sevgi degani orzu umid, maqsad va iroda ekan da, dedim. Turmush qurganimning ikkinchi kuni erim peshonamdan bo‘sa olar ekan, «Men seni sevaman», dedi. Shunda men sevgi degani shavq, ishq va muhabbat ekan da, dedim. Birinchi farzandimni ko‘rganimda to‘shakda bemajol yotar ekanman, erim qo‘limdan tutib: «Men seni sevaman», dedi. Shunda men sevgi degani tashakkur, taqdirlov, rahmdillik ekan da, dedim. Yillar o‘tib, farzandlarni uylantirib, joylaganimizda erim sochimga tushgan oqqa qarab, tabassum qilaroq: «Meni seni sevaman», dedi. Shunda men sevgi degani mehru shafqat ekan da, dedim. Umr o‘tib, qarilik yoshiga yetdik. Har safar erim «Men seni sevaman», deganda sevgi mehru muruvvat, sodiqlik, vafodorlik ekan, deyman». Husaynxon Buxoriy
نُشر 1 مايو
Dunyodagi eng sekin harakatlanadigan narsa ovoz bo'ladi. Onangning 16 yoshingda aytgan gapi senga 40 yoshda ekaningda yetib boradi. Mubashshir Ahmad
نُشر 1 مايو
- Alloh bor bo'lsa, mojiza ko'rsatsin! - degan kishiga bir shayx: - Dunyoda mo'jiza bo'lmagan narsani sen ko'rsat! - Deb javob beribdilar.
نُشر 30 أبريل
Qish: “Bahor mening qalbimda”, desa, kim ham ishonardi?
نُشر 29 أبريل
Payg'ambarimiz sollallohu a'layhi vasallam: "Kimni Alloh va Uning Rosuli yaxshi ko'rishni xursand qilsa, Mushafni o'qisini!" - dedilar. Abu Nu'aym rivoyati
نُشر 29 أبريل
Gullardan bahramand bo’l, bolni ranjitma, ko’ngil, Birgina meva uchun shoxni ranjitma, ko’ngil... Ramazon Demir
نُشر 28 أبريل
Tabassum muhabbat bilan zo'r gazak bo'ladi. Dunyoni poklaydi. Dunyoni bezaydi. Dunyoning kamini berkitadi muhabbat. Qalblardan joy egallaydi..
نُشر 28 أبريل
Qalbni poklovchi amal Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh
نُشر 27 أبريل
Яхшиямки ичимиздаги овозларни бировлар эшитмайди..
نُشر 27 أبريل
نُشر 26 أبريل
Гўзал манзарага қараб қаҳва ичишни ёқтираман. Шунинг учун доим ойнага термулиб ичаман..