المنشورات الأخيرة
صفحة 31 من 86 · 1,024 منشور
نُشر 20 مايو
Oshiq ma'shuqiga erishgan paytda ishqning o'ndan to'qqizi yo'qoladi. Johiz
نُشر 20 مايو
Sevgan insoningni kutish bilan o‘tgan ikki daqiqa uning uyi tomon yurishga ketgan bir soatdan ko‘proqdir. Ayman Yog‘iy
نُشر 19 مايو
Kimlargadir uy moshina yetishmayapti, yana kimlargadir esa ikki og’iz shirin so’z…
نُشر 19 مايو
Hayol surish, ko'rishmoqlikning bir turi..
نُشر 18 مايو
Sog'inch.. Parchagina bulut, Cheksiz osmon, Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l. Barcha tashvishlarni unutib, shodon, Qaytgim kelayotir qoshingga butkul. Qismat mayin ichdim - achchiq va taxir, Tuydim ehtirosning samoviy kuchin. Dunyoda odamzod yashamas, axir, Faqat irodasin sinamoq uchun. Parchagina bulut, Cheksiz osmon, Adir ortidagi yolg'iz oyoq yo'l. Barcha tashvishlarni unutib, shodon, Qayta olsam edi qoshingga butkul... Abdulla Oripov
نُشر 17 مايو
Siz endi ham o'zingizni oshiqman deyapsizmi?
نُشر 17 مايو
Alloh taolo Dovud alayhissalomga shunday buyurdi: Bandalarimga aytginki, kim Mening muhabbatimni da'vo qilsa-yu, kechasi Men bilan suhbatlashmay uxlasa, u yolg'onchi oshiqdir.
نُشر 17 مايو
Buyuklik Allohga xos. Agar buyuklikni egallamoqchi bo‘lsangiz, demak, Alloh bilan tortishmoqdasiz. Natijada xor bo‘lasiz. Namrudni eslang. U buyuklikni peshvo qilmoqchi bo'ld. Jangda mardlarcha o‘lsa ham bo‘lardi, lekin Alloh uni oddiygina bir pashsha orqali o‘ldirdi. Xor bo‘lib o‘ldi. Fir’avnni eslang. Bu ham azizlikni istadi, lekin xor bo‘ldi. Muso alayhissalom bilan jangda mardlarcha o‘lmadi, suvda cho‘kib o‘ldi. Xor bo‘ldi.
نُشر 16 مايو
Gumon yaxshi narsamas lekn men ishonamanki Anu biror blogda anonim savol javob bulsa rossa erkin bulib ketishadiku qarshi tarafdagilar, kegn no urin savol u bu berishgan bulsa fikr bildirishga darrov kimdur yozadi "ehh qizla hayoyimizi saqlaylik bunaqa savol berib hurmatimizi tushuryapsizlar" yoki agar ugil bola bulsa "eeh bolla taqvo qilmeysizlarmi qiz bolaga shaxsiy chegarasida savol bermeylar" deb yozadikuu huddi shu terran fikrni bildirgan odamni uzzi usha anonim savolni yuborgan buladi uzini dono kursatib etiborni tortish uchun esa komment qoldiradi
نُشر 16 مايو
Luqma tanaga quvvat beradi. Zikr va taqvo qalbga quvvat bag'ishlaydi.
نُشر 15 مايو
Sham Agar sham yonmasa, u ham uzoq muddat yashashi mumkin. Lekin bu uzoq hayot oʻzining va oʻzgalarning butun umr zulmatda yashashlari evaziga boʻladi. Shu sababli, baribir bir kuni yoʻqlikka mahkum boʻlishini bilgan sham oʻz hayotini tikib boʻlsa-da, yonib, atrofga nur va ziyo ulashib yashashni tanlaydi. Biroq bir masala bor. Shamning yonishi uning qoʻynidagi ipga bogʻliq. Oʻz ipiga. Uzoq yashashni istagan ip zulmatni tanlaydi va shamni oʻchirishga harakat qiladi. Zulmat qancha uzoq boʻlsa, ip ham shuncha uzoq yashaydi. Oʻzini oʻylagan ipni esa na oʻzining, na shamning va na oʻzganing zulmat hayoti qiziqtiradi. Anglamaydiki, sham yonsa ham, yonmasa ham ip-da bir kun hechlikka yoʻgʻriladi. Shunda uning oʻtkazgan hayoti haqida soʻralishi bor. Modomiki, qadar uni bir shamning bagʻriga joylagan ekan, unda ipning vazifasi ham shamni yoqishdir, oʻchirish emas. Oʻz hayotini oʻylab, xalq hayotini zulmatda qoldirishga tayyor iplarga Robbim insof bersin. Xalqning ham koʻzlarini ochsinki, sham umrini koʻrlarning hayotini yoritish uchun sarf etmasin.
نُشر 14 مايو
Qalbingiz dengiz kabi bo'lsin. Kirgan ko'milsin. Suzishni bilgan qutulsin. Bilmagan bo'g'ilsin..