TGINSIGHT CHAT
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal
@HashtagUz
Technologies⚡️ IT yangiliklarini bitta #hashtag orqali belgilaymiz. 📸instagram.com/hashtaguz 🤪tiktok.com/@hashtaguz 🎬youtube.com/@Jaloliddin 👥 Rasmiy guruh: @hashtagchilar 📈 Reklama uchun: @nuqtabot 💟 Biz bilan birga ekanligingizdan xursandmiz!
Recent posts
Tag: #huawei · 26 posts
Posted Apr 20
🍏Tim Kuk pensiyaga chiqdi — uning o‘rnini Jon Ternus egallaydi ℹ️ Tim 15 yil davomida bosh direktor bo‘lib ishlagan — u lavozimni 2011-yil 24-avgustdaStiv Jobs iste’fosidan so‘ng qabul qilgan. ➡️#huawei | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Apr 20
✋Huawei yangi flagmanlari Pura 90 Pro va Pura 90 Pro Max’ni taqdim etdi: tekis metall ramka, uchburchak kamera bloki, gradient ranglar (to‘q sariq qaytdi) va IP68/IP69 himoya. 📱OLED LTPO FHD+ ekranlar — 6,6 va 6,9 dyuym, Kunlun Glass bilan himoyalangan. 📸 Kameralar XMAGE: — Pro: 50 MP (f/1,4–f/4,0, OIS) + 50 MP 4× telefoto — Pro Max: 50 MP LOFIC + 200 MP periskop ⚙️Kirin 9030S, HarmonyOS 6.1 🔋 Zaryadlash: 100/80/18 W ➡️#huawei | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Mar 17
🌐 Dunyoning 207 davlatidan 105 mingdan ortiq tashrif buyuruvchi, 2900 ta kompaniya va 1700+ spiker — bularning barchasi MWC 2026 ko‘rgazmasida jam bo‘ldi. 🇪🇸 Barselona yana bir bor IT va telekom markaziga aylandi. Bu yil tadbir o‘zining 20 yilligini nishonladi va 200 ming m² dan ortiq hududda eng so‘nggi texnologiyalar namoyish etildi. ✋ Ko‘rgazmadagi eng yirik stendlardan biri — Huawei (1200 m²). Bu yerda AI asosidagi tarmoqlar, 5G-Advanced va 6G yechimlari, hamda SuperPoD serverlari taqdim etildi. 🧑💻 Bu yil ilk bor O‘zbekiston pavilioni ham tashkil etilib, mahalliy startaplar xalqaro maydonga chiqdi. Shuningdek, Ucell xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi. 📶 Mutaxassislar fikricha, 5G-Advanced allaqachon 6G uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda va yaqin yillarda yangi avlod aloqa texnologiyalari hayotimizga kirib keladi. ✅ Barselonadan, MWC 2026 ko‘rgazmasidan "Biz TV" uchun maxsus reportajni quyidagi havola orqali tomosha qiling. 😎https://youtu.be/3xv8yXtQ5ak ➡️#huawei | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Mar 17
🔋Huawei keng ekranli buklanadigan smartfon — Pura X2 uchun batareyani sezilarli darajada yangilashni rejalamoqda: birinchi avlod Pura X dagi 4610 mAh o‘rniga, insayder ma’lumotlariga ko‘ra, yangi model 6000 mAh batareya bilan jihozlanishi mumkin. ℹ️ Shuningdek, SuperDimensional ma’lum qilishicha, kelajakda Enjoy seriyasi kabi byudjet modellari 8000 mAh, flagman smartfonlar esa 7000 mAs batareyaga o‘tadi. Huawei 7000 mAh batareyali smartfonlarni joriy yilning ikkinchi yarmida chiqarishni rejalashtirmoqda. ➡️#huawei | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Mar 12
✋ Huawei Nova 15 savdosi 2 milliondan oshdi 📈 2026-yilning 9-haftasida sotuvlar 2 million donadan o‘tdi va yaqin vaqt ichida yetkazib berish hajmi yana oshishi kutilmoqda. 📱 Hozirda ushbu model liniyasi savdosi oyiga 3,03% ga o‘smoqda, umumiy sotuvlar prognozi esa 10 million donadan oshishi mumkin. 📅Nova seriyasi 2025-yilda yangi dizayn va yaxshilangan kamera imkoniyatlari bilan yangilangan edi. Huawei Nova 15 esa 2025-yil dekabr oxirida taqdim etilgan. ➡️#huawei | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Mar 11
🇪🇸 Ispaniyaning Barselona shahridagi MWC 2026 ko'rgazmasida Huawei bu safar ham AI texnologiyalari bilan hayratlantira oldi. 💸 Bitta rasmga tushish orqali bir necha daqiqa ichida esdalik magnitlarni chop etib olish apparatini o'zimizdagi savdo markazlariga ham o'rnatilsa, ko'pchilikning qiziqishiga sabab bo'lib, yaxshi daromad qilish mumkin, nazarimda. ➡️#huawei | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Mar 7
🚀Dunyoda allaqachon 70 milliondan ortiq odam 5G’ning yangi bosqichi — 5G-A’dan foydalanmoqda. 📡Huawei Barselonada o‘tayotgan Mobile World Congress 2026 ko‘rgazmasida undanda yangi texnologiyalarini ko‘rsatdi. Eng muhim yangilik — 5G-A’ni yanada kuchaytiradigan U6 GHz texnologiyasi, bu esa kelajakdagi 6G internetiga o‘tish uchun poydevor bo‘ladi. 🤖 Kompaniya yana AI-Centric Network degan tizimni taqdim etdi. Oddiy qilib aytganda, kelajak tarmoqlari sun’iy intellekt yordamida o‘zini-o‘zi boshqaradigan va tezroq ishlaydigan bo‘ladi. 💻 Huawei ko‘rgazmada ilk bor Xitoydan tashqarida SuperPoD nomli ulkan AI hisoblash klasterini ham namoyish qildi. Bu tizim juda katta sun’iy intellekt modellarini ishlatish uchun kuchli hisoblash quvvatini beradi. 🌍 Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ular hamkorlari bilan birga 80 dan ortiq mamlakatda 170 million odamni internet bilan ta’minlashga yordam bergan. 📱 Ko‘rgazmada yangi smartfonlar, bukiladigan ekranlar, aqlli soatlar, planshetlar va boshqa qurilmalar ham taqdim etildi. Kompaniyaning MWC'dagi bu yilgi shiori esa: “Advancing All Intelligence” — ya’ni sun’iy intellekt davrini tezlashtirish bo'ldi. ➡️#mwc#huawei | Birinchi IT-Blog
Posted Feb 17
✋#Huawei’ga#MWC26 doirasida 2–5 mart kunlari Barselonada qo‘shiling va #AdvanceAllIntelligence g‘oyasi ostida intellektual texnologiyalarni birgalikda ilgari suring. Aloqa texnologiyalari evolyutsiyasi hamda axborot tizimlari intellektualligini o‘rganib, qiymatga yo‘naltirilgan tarmoqlar va intellektual infratuzilmani barpo etish imkoniyatlarini kashf eting. Sun’iy intellekt agentlarining mobil ilovalar, aqlli uylar, intellektual avtomobillar va turli sohalarni transformatsiya qilishdagi rolini ochib bering. 💡 Bu — kelajak bizni nimaga olib borishi haqida fikr yuritish, soha yetakchilari qarashlari bilan tanishish va intellektual texnologiyalar qanday qilib global miqyosda real biznes qiymati yaratayotganini ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat. 👉 To‘liq dastur bilan tanishing va batafsil ma’lumot oling: https://www.huawei.com/eu/events/mwc2026 ➡️#huaweiuzbekistan#huawei | Birinchi IT-Blog
Posted Nov 17
✋ Huawei Mate 80 Pro Max ikki dona periskop teleobyektivga ega to‘rt kamerali tizim bilan chiqadi. ℹ️ Insayder Ice Universe ma’lumotiga ko‘ra, har ikki periskop modulida 1/3,94 dyuymli sensor, 1,0 μm piksel va 10 MP dan ancha yuqori aniqlik bo‘ladi. 📅Mate 80 seriyasi 25-noyabr kuni taqdim etiladi. Shu tadbirda yangilangan Mate X7 bukiladigan modeli ham namoyish etiladi. 📣Ice Universe bundan avval ham iPhone va Samsung sensorlari bo‘yicha juda aniq ma’lumotlar bergani bilan tanilgan. ➡️#huawei | Birinchi IT-Blog
Hashtags
Posted Oct 14
✋#Huawei O‘zbekiston talabalari uchun har yili o‘tkaziladigan ICT Competition 2025–2026 AKT bo‘yicha musobaqasida ishtirok etishga taklif etadi! 👌 Raqamli ko‘nikmalaringizni dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar bilan bir qatorda namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. O‘tgan yili ushbu musobaqa 100 dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 210 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan edi. O‘zbekistonlik talabalar esa Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan mintaqaviy bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Xitoyda o‘tkazilgan Global finalda ilk bor qatnashdilar. 📅 Ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 31-oktabrgacha ochiq. Havola orqali o‘ting va global bosqichda o‘zingizni namoyon etish imkoniyatlari haqida ko‘proq ma’lumot oling: https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2025/huawei-ict-competition-2025-2026-registration-launch👈 ➡️#huaweiuzbekistan | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted Sep 22
🤿 Huawei'dan suv ostiga sho'ng'uvchilar uchun mo‘ljallangan flagman aqlli soat Watch Ultimate 2 💎 Korpus tsirkoniy asosidagi suyuq metal (liquidmetal) qotishmasidan, bezel nanokeramikadan, shisha esa sapfirdan yasalgan. Suvdan himoya 20 atmosferaga (150 metr) va IP69 standartiga ega. 📡 Asosiy yangilik — suv osti aloqasi: o‘rnatilgan sonar 30 metr chuqurlikkacha xabarlar almashish imkonini beradi, SOS rejimida esa yaqin atrofdagi boshqa Watch Ultimate 2 soatlari signal retranslyatorlari sifatida ishlatilgan holda bu masofa 60 metrgacha oshadi. 🌊 Suv ostiga tushishdan oldin soat ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri hisoblashi uchun suv osti suzish uslubi va jihozlar turini tanlash kerak. Shuningdek, soatda o‘rnatilgan Bülmann (ZHL-16C) dekompressiya jadvallari mavjud bo‘lib, chuqurlikni boshqarish bo‘yicha 20 dan ortiq ogohlantirishlar bilan maslahatlar beradi. • Displey: 1.5" 466×466 LTPO AMOLED, 3500 nitgacha yorqinlik • Aloqa: LTE (eSIM), Wi-Fi 6, NFC, Bluetooth 5.2, GPS / GLONASS / Beidou / QZSS • Sensorlar: qadamometr, magnitometr, pulsometr, SpO2, barometr, harorat sensori, EKG, chuqurlik sensori, X-TAP • Korpus himoyasi: IP69, 20 ATM • OS: HarmonyOS 🎨 Soat qora va ko‘k ranglarda taqdim etilgan. Narxlari hali e’lon qilinmagan. ➡️#huawei | Birinchi raqamli IT-Blog
Hashtags
Posted Aug 25
🌱#SeedsForTheFuture2025– talabalarga o‘zini global darajada namoyon qilish va AKT sohasida o’z bilimlarini oshirish uchun ajoyib imkoniyat. 🌱 Ishtirok etish uchun arizalarni 2025-yil 31-avgustga qadar topshiring. Buning uchun rezyume, o‘qishdagi baholar to‘plami, motivatsion xat, o‘zingiz haqingizda ingliz tilida qisqa video tayyorlash, yutuq va mukofotlaringiz (mavjud bo‘lsa) bilan bo‘lishish, shuningdek#Huawei AKT Akademiyasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz zarur. Batafsil talablar va ko‘rsatmalar havola orqali joylashtirilgan. https://www.huawei.com/uz/events/seeds-for-the-future-2025 📧 Barcha materiallar [email protected] elektron pochtasiga yuboriladi. Xalqaro ta’lim loyihasining bir qismi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! ➡️#insta360 | Birinchi raqamli IT-Blog