TGINSIGHT CHAT
Kuchsizlar kuchi
@kuchsizlarningkuchi
Humor und UnterhaltungThis is funny world we live in.
Aktuelle Beiträge
S. 3 von 11 · 129 Beiträge
Gepostet 29. Apr.
Labelling Theory — ijtimoiy stigma va jinoyatchilikning psixologik ildizlari Labelling (tamg‘a qo‘yish) nazariyasi XX asr o‘rtalarida sotsiologlar, xususan Howard Becker, Edwin Lemert va Erving Goffman tomonidan rivojlantirilgan. Bu nazariya jinoyatchilik, og‘ish va ijtimoiy stigma tushunchalarini psixologik va ijtimoiy kontekstda tahlil qilishga xizmat qiladi. Asosiy g‘oya shundaki, odamlar jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi — balki ular jamiyat tomonidan qanday ko‘rilsa, o‘zini shunga yarasha tutishga boshlaydi. Nazariyaga ko‘ra, ijtimoiy qoidalarni buzgan shaxslar dastlab “birlamchi og‘ish” (primary deviance) bosqichidan o‘tadi. Bu holatlar ko‘pincha tasodifiy, yengil ko‘rinishdagi qoidabuzarliklar bo‘lishi mumkin — masalan, maktabda qoida buzish, yoshligida do‘kondan biror narsani o‘g‘irlash, janjalga aralashish kabi. Agar bu holat jamiyat tomonidan qattiq baholansa va shaxsga “jinoyatchi”, “muammo tug‘diruvchi” yoki “yo‘ldan ozgan” degan tamg‘alar yopishtirilsa, bu odam o‘zini shunday ko‘ra boshlaydi. Bunday ijtimoiy stigma natijasida shaxs o‘zini jamiyatdan ajratilgan, rad etilgan deb his qiladi va aynan shu holat uni “ikkilamchi og‘ish” (secondary deviance) sari yetaklaydi. Endilikda u o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ijtimoiy tamg‘ani “qabul qiladi” va u bilan yashay boshlaydi. Masalan, doim jinoyatchi deb qaralayotgan bola asta-sekin bu rolni o‘zlashtirib, haqiqiy jinoyatchiga aylanadi. Labelling nazariyasi jinoyatchilikni individual shaxsiy tanlov emas, balki ijtimoiy reaktsiyalarning mahsuli sifatida talqin qiladi. Bu yondashuv, ayniqsa, ta’lim tizimida diskriminatsiya, huquqni muhofaza qilish organlarining kamsituvchi yondashuvi va ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy stereotiplari orqali marginal guruhlarning qanday jinoyatchilik yo‘liga kirishini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, bu nazariya bizga jinoyatchilik faqat qonun buzilishi emas, balki ijtimoiy munosabatlar natijasi ekanini ko‘rsatadi. Shaxsga qanday munosabatda bo‘lishimiz, unga qanday tamg‘a yopishtirishimiz — uning kelajakdagi hayot yo‘nalishini belgilovchi kuchli omillardan biri bo‘lishi mumkin.
Gepostet 17. Apr.
Hammamizga kerakli bo'ladigan narsa haqida bo'lishib ketmoqchiman, Praktikant tanlayotganda uning bu ish uchun mosmi yokida mos emasmi, eplab ketadimi yokida eplab keta olmaydimi, shuni matematik formula bilan aniqlash mumkin ekan: S = (C + P + A + I) × D / 5 / 3 Bu yerda: S — sotuvchi samaradorligi C — kommunikativlik P — prezentatsiya qobiliyati A — aktiv eshitish I — ishga yondashuv (ishtiyoq) D — davomiylik (barqaror ishlash kunlari) Faraz qilib ko'radigan bo'lsak: C = 3 (gapiradi, lekin dovdiraydi) P = 3 (ishontirishda qiynaladi) A = 4 (faol, harakatda) I = 5 (qiziqish yuqori) D = 4 (intizomli) Endi buni hisoblab ko'radigan bo'lsak: S = (3 + 3 + 4 + 5) × 4 / 5 / 3 S = 60 / 5 S = 4.0 shu tartibda chiqgan javobga kora: Natija (S) Baholash 4.5 – 5 Juda mos, darhol ishga olish mumkin 3.5 – 4.4 Yaxshi potentsial, sinov muddati bilan 2.5 – 3.4 Rivojlanish kerak, qisqa muddatli internship tavsiya < 2.5 Hozircha mos emas, boshqa joyga yo‘naltirish mumkin
Gepostet 8. Apr.
The Dark Knight: Qahramonlar niqobi ortidagi falsafa Klassik superqahramon filmlarida biz odatda “yaxshi” va “yomon” o‘rtasidagi kurashni kuzatamiz. Yaxshi yutadi, yomon yengiladi. Lekin Christopher Nolan’ning The Dark Knight filmi bunday soddalikdan butunlay uzoq. Bu filmda "yaxshi" ham, "yomon" ham qat’iy chegaralarga sig‘maydi. Aslida, bu film falsafiy konfliktlar, ichki ziddiyatlar, va axloqiy dilemmalar bilan to‘la. Joker: Xaos falsafasi Joker filmda oddiy yovuz obraz emas — u mutlaq xaosning timsoli. U hech qanday foyda yoki g‘alabaga intilmaydi. Uning yagona maqsadi — insoniyatning qanday zaif ekanligini ko‘rsatish. Joker o‘zini shunday ta’riflaydi: “I’m not a monster, I’m just ahead of the curve.” U odamlarning eng nozik nuqtalarini topadi va ular qanday “buziq” ekanini isbotlashga urinadi. Bu yondashuv Nietzschening axloqiy qadriyatlarga qarshi chiqishiga o‘xshaydi, lekin Joker o‘sha idealistik übermensch emas. U nihilist. Dostoyevskiyning “Iblis” obrazlariga yaqinroq. U nafaqat jinoyat qiladi, balki odamlarni ichidan buzadi. Uning fikricha, odamlar halokat yoqasida turibdi, va ozgina turtki — yetarli. Batman: Printsiplar va abadiy kurash Batman esa Jokerning to‘liq aksi. U printsiplarga tayanadi. O‘zi tanlagan yo‘l og‘ir, yolg‘iz, va ko‘pincha tan olinmaydigan yo‘ldir. U adolat uchun kurashadi, lekin bu kurashda doimiy g‘alaba bo‘lmaydi. Chunki jinoyat qayta-qayta tug‘iladi. Shunday bo‘lsa-da, u taslim bo‘lmaydi. Bu pozitsiya Albert Camusning “Sisyphus” haqidagi esselarini eslatadi. Sisyphus toshni tepalikka chiqaradi, lekin tosh yana pastga tushadi. Va shunday qilib, u yana urinishda davom etadi. Batman ham — kurashning o‘zi ma’noga ega degan g‘oyaning timsoli. Bu — absurd hayotdagi iroda va sabr. Harvey Dent: Inson ichidagi ikki yuz Harvey Dent — film boshida umid timsoli. “Gotham” shahri uchun u qonuniy yo‘l bilan adolat olib keladigan lider. Lekin tragediya uni buzadi. U sevgisini yo‘qotadi, ishonchini yo‘qotadi, va oxir-oqibat “Two-Face”ga aylanadi. U tasodifga ishonadi, tangani qaror qildirishga ruxsat beradi. Bu obraz Dostoyevskiyning Raskolnikoviga o‘xshaydi. Inson o‘z ichida ezgulik va yovuzlikni bir vaqtning o‘zida olib yuradi. Harvey Dent bu paradoksni bardosh bera olmaydi. Adolatga ishongan inson, adolatsizlik qurboniga aylanadi. Bu — fojeaviy iroda. Parom sahnasi: Umid va insoniyat Filmning eng zo‘r falsafiy sahnalaridan biri — ikki paromga bomba o‘rnatilgan vaziyat. Har bir paromdagi yo‘lovchilar boshqasini portlatmasa, ikkalasi ham yo‘q bo‘ladi. Joker sinov qo‘yadi: odamlar o‘z jonini saqlab qolish uchun boshqani o‘ldirishga tayyormi? Hech kim tugmani bosmaydi. Bu — insoniyatda hali ham ezgulik borligini ko‘rsatadi. Nolan bu orqali Thomas Hobbesning “inson — inson uchun yovuz” degan fikriga qarshi chiqadi va Rousseauning odam tabiatan ezgu degan g‘oyasini tasdiqlaydi. Bu Batmanning pozitsiyasi ham — ishonch va umid. The Dark Knight — bu superqahramonlik filmining niqobi ostida yashiringan falsafiy esse. Bu filmda faqat janglar emas, balki chuqur savollar mavjud: printsiplar natijadan muhimmi? Axloqiy tanlov bosim ostida o‘z kuchini yo‘qotadimi? Inson aslida kim? Bu filmni yana bir bor ko‘rishga arziydi. Faqat bu safar — qahramonlar qanday urishayotganini emas, nima uchun urishayotganini ko‘rish uchun.
Gepostet 31. März
Ёлғизлик бу - якка ўзинг бир хонада ўтириш эмас. Ёлғизлик бу - жамиятнинг сенга бўлган эҳтиёжларидан ва сенинг жамиятга бўлган эҳтиёжларингдан кесилишдир. Агар ушбу ёлғизлик сенга боғлиқ бўлмаган холда вужудга келса - азоблайди, беҳаловат бўласан ва типирчилаб "жамиятга" мени қабул қилинглар дейсан ва тирқишлар излайсан. Агар юқорида таърифи келтирилган ёлғизликни ўзинг бошқарсанг, яъни муносабатлар муҳимлигига қараб, қайта тиклаш имконини сақлаган холда - кесиб, ёлғиз қола билсанг - бу ёлғизлик қадриятга айланади. Ёлғизликдан кучли бўлиб чиқиш - муҳим! @Hamid_Sodiq
Gepostet 30. März
#Art #chess Siz ham Napoleonni yenga olasiz San'at inson tasavvuri bilan kengayib boraveradi. Asarlarni yaratishda turli xo'jalik buyumlari, toshlar, yog'och, elektr, qum va boshqa narsalar ishlatilishi mumkin. Shuningdek, shaxmat ham. Aleksandr Petrov (1794–1867) Rossiya shaxmat maktabining asoschilaridan biri bo‘lib, Petrov himoyasi (1.e4 e5 2.Kf3 Kf6) bilan tanilgan. U shaxmat kompozitsiyalarida ham ijod qilib, tarixiy voqealarni shaxmat taxtasida aks ettirishga uringan. Quyidagi partiya 1812-yilgi Napoleonning Rossiyadagi yurishlari ( Patriotic War of 1812) ni ifoda etadi. Napoleon dastlab muvaffaqiyatli yurishlar bilan g'alaba qozona boradi, biroq noqulay ob-havo va boshqa faktorlar sabab Moskva ostonasidan chekinishga majbur bo'ladi. Urushda Aleksandr I ning otliq kazak qo'shinlari katta ustunlik olib keladi. Shaxmat kompozitsiyasida ham Qora qirol (Napoleon) Moskva (b1) dan chekinishni boshlaydi va oq otlar (rus kazaklari) uni qadam-baqadam quvib, oxir-oqibat Parij (h8) da 'mot' qiladi. Uzun oq diagonal - Berezina daryosi bo'lib, fransuzlarning katta yo'qotishlari aynan shu yerda yuz beradi Garchi partiya tarixiy reallikni mutlaq aks ettirmasada, u o'ziga xos san'at durdonasidir. Hozirgi kunda Etnografiya muzeyida saqlanmoqda. Siz ham Napoleonni yutishingiz mumkin - link @Fan_choyxonasi
Gepostet 28. März
Jinoyatchining O‘zini Haqli Deb Bilishi: Raskolnikov Sindromi Jinoyat va jazo o'rtasidagi murakkab bog'liqlik asrlar davomida insoniyat ongini o'ylantirib kelgan. F.M. Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" asaridagi asosiy qahramon Rodion Raskolnikov misolida ko'rish mumkinki, ba'zan jinoyatchilar o'z harakatlarini nafaqat oqlashga, balki o'zlarini haqli deb bilishga ham moyil bo'lishadi. Bu holat psixologiya va falsafada keng muhokama qilinadigan hodisalardan biri hisoblanadi. Jinoyatni Oqlash Mexanizmi Ko'plab jinoyatchilar o'z qilmishlarini oqlash uchun turli mantiqiy va hissiy asoslar keltirishadi. Masalan, Raskolnikov o'z jinoyatini jamiyatning adolatsiz tuzilishi bilan izohlashga harakat qiladi. U o'zini odamlarga nisbatan yuqoriroq turuvchi shaxs deb bilib, "Favqulloda shaxslar" ba'zan qonunni buzishi mumkin degan g'oyaga ishongan. Bu fikr falsafada "maqsad vositani oqlaydi" tamoyiliga yaqin. Haqli Deb Bilishning Sabablari Jinoyatchilar o‘z harakatlarini haqli deb bilishlarining bir necha sabablari bor: 1. Axloqiy Relativizm — Ba'zi insonlar uchun axloq nisbiy tushuncha bo‘lib, ular o‘z harakatlarini "sharoitga qarab to‘g‘ri" deb hisoblashadi. 2. Hissiy o‘zini oqlash — Jinoyatchilar o‘zlarini qurbon sifatida ko‘rsatib, o‘z qilmishlarini adolatli deb bilishi mumkin. 3. Kuchli mafkuraviy asos — Ba'zan ideologik yoki mafkuraviy sabablar jinoyatchiga o‘z harakatlarini "oqlash" imkonini beradi. 4. Psixologik bosim va majburiyat hissi — Ba'zi shaxslar o‘zlarini ijtimoiy sharoit yoki og‘ir hayotiy vaziyatlar tufayli jinoyatga majbur bo‘lgan deb hisoblaydi. Falsafiy Yondashuvlar John Stuart Mill va Immanuel Kant kabi faylasuflar bu masalaga turlicha yondashishgan. Mill utilitarizm nuqtayi nazaridan, harakatlarni natijalariga qarab baholaydi. Kant esa, axloqiy tamoyillar mutlaq bo‘lishi kerak deb hisoblaydi va hech qanday holatda jinoyat oqlanmasligi kerakligini ta'kidlaydi. Raskolnikov esa o‘ziga xos "favqulodda shaxs" nazariyasiga tayanib, jamiyatda adolat o‘rnatish uchun jinoyat qilish mumkin degan xulosaga keladi. Raskolnikov Sindromi va Uning Jamiyatga Ta'siri Raskolnikov sindromi — bu shaxs o‘z jinoyatini yuqori maqsadlar bilan oqlashiga ishora qiladi. Ushbu sindrom real hayotda ham uchrab, ayrim jinoyatchilar o‘z qilmishlarini "zaruriy yovuzlik" deb hisoblaydi. Bu tushuncha siyosiy jinoyatlar, firibgarlik yoki ekstremistik harakatlar bilan bog‘liq holatlarda ko‘p kuzatiladi. Xulosa shundaki: Jinoyatchining o‘zini haqli deb bilishi inson ongi va axloqiy tamoyillar murakkabligidan darak beradi. Ushbu fenomen jamiyat tomonidan chuqur tahlil qilinishi, ta’lim va tarbiya orqali oldi olinishi kerak. "Jinoyat va jazo" asari bizga shuni ko‘rsatadiki, insonning o‘zini oqlashga intilishi ko‘pincha halokatga olib keladi. Axloqiy me'yorlar va qonun oldida hamma teng bo‘lishi, jinoyat har qanday sharoitda ham oqlanmasligi kerakligini unutmasligimiz lozim.
Gepostet 20. März
Jurnalning yangi soni chiqdi. Oʻqing, fiklaringizni yozing va doʻstlaringiz bilan ulashing. “Martin Eden” — iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan jurnal bo‘lib, erkin bozor, shaffof boshqaruv va mantiqiy tahlil tamoyillariga asoslanadi. Tafakkur va g‘oyalar olamidagi muhim asarlarning tarjimalari hamda mustaqil tadqiqotlar orqali ilmiy va falsafiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi degan umiddaman. Jurnalni oʻqib, undagi maqola va tarjima asarlar toʻgʻrisidagi fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozishingiz mumkin. Agar loyiha davom etishiga hissa qoʻshmoqchi boʻlsangiz, quyidagi link orqali donat qiling va jurnal ijodkorlarini qoʻllab quvvatlang! https://tirikchilik.uz/martineden _______________________ @economist_Martin
Gepostet 2. März
O‘zbekiston bozori shafoflashmoqda, lekin hali to‘liqligicha emas. O’zbekiston uchun investitsiya jalb etishdagi eng katta qiyinchilik – mamlakat bozori haqida to‘laqonli ma’lumotlarning yetishmasligi va bozorining to‘liq tsikl kartinasi hali shakllanmaganligi bo’lib kelmoqda. Biroq, so‘nggi yillarda bozor ancha jonlanib, mamlakatdagi kapital muhit chuqurroq o‘rganila boshlanayapti. Misol uchun, BCG va KPMG kabi yirik xalqaro audit va konsalting kompaniyalarining O‘zbekistonda faoliyat yurita boshlashi va investitsion banklar tomonidan yirik operatsiyalarga oid tahlillar olib borilayotgani, juda ham ijobiy signal. Lekin bozordagi yirik tranzaksiyalar hanuz-hamon asosan davlat tashkilotlari yoki davlat ulushi katta bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilinmoqda. Bu esa O‘zbekistonda to‘laqonli xususiylashtirish (privatization) o‘tkazilmaganligiga ishora beradi. Yirik sektorlardagi asosiy kapital hali hamon davlatning qo‘lidaligi, iqtisodiy o’sish tempiga juda salbiy ta’sir qiladi. Sotsialistik elementlar ko‘p bo‘lgan mamlakatlarda, markazlashuv kuchli bo‘lgani sababli resurslar samarasiz boshqarilinadi. Qo‘shimchasiga, davlat ulushining kattaligi korruptsiya uchun imkoniyatlarining ortishiga va davlatda “Tiranik Ruhiyat” yanada ko‘proq shakllanishiga olib keladi. @req404
Gepostet 20. Feb.
Коррупцияга қарши кураш: иқтисодий ёндашув “Мансабдор ер сотди”, “давлат маблағлари талон-торож қилинди” – кунора шунақа хабар ўқиймиз. Лекин бу коррупционерларнинг қўлга тушгани, тушмаганлари қанча? Ҳаммасини аниқлаш қийин, мураккаб. Лекин жиноятчиларнинг хулқ-атворига қандай омиллар таъсир қилишини аввалдан билиш мумкин. 👉https://kun.uz/kr/82652113 Kun.uz расмий канали
Gepostet 19. Feb.
@youtubabot
Gepostet 17. Feb.
Og’ir ish kunidan keyin Soft Jazz eshitmoqlik lozim va lobud!
Gepostet 14. Feb.
Martin Eden N°1_2025_20250213_211257_0000.pdf