TGINSIGHT CHAT
Kuchsizlar kuchi
@kuchsizlarningkuchi
Humor und UnterhaltungThis is funny world we live in.
Aktuelle Beiträge
S. 10 von 11 · 129 Beiträge
Gepostet 13. Apr.
Musulmon olamida natsionalizm (millatchilik) tarixidan Bugungi kunda musulmon xalqlarining bir ummat sifatida shakllana olish yoʻliga asosiy gʻov boʻlib hisoblanadigan "Millatchilik" uzoq tarixga ega emas. Millatchilik, avvalo, Yevropada XV-XVII asrlarda milliy davlatlar shakllanish jarayoni boshlangan vaqtda ildiz olgan. Yevropada XVII asrdan boshlab davlatlar milliy davlat maqomiga ega boʻlgan. Musulmon olamida esa bu jarayon ancha keyin sodir boʻlgan. Yaqin musulmonlar tarixining paradokslaridan biri shundaki, musulmon dunyosida millatchilikning paydo bo'lishi zamonaviy islomiy islohot (reform) (bizda jadidchilik harakatlari) harakatlarining kuchayishi bilan bog'liq. XIX asr oxirlarida Jamoliddin Afg'oniy (vaf. 1897) Misr bosh muftiysi Muhammad Abduh (vaf. 1905) bilan birgalikda salafiylar oqimiga asos soladi. Afg'oniy va Abduh islomni modernizatsiya qilishni xohlashadi va musulmon dunyosi bo'ylab qabilaviy va milliy chegaralarni kesib, umumislomiy harakat o'rnatish uchun kampaniya tuzishadi. Afg'oniy va Abduhga sodiq bo'lgan, zamonaviylashtirilgan islom haqidagi qarashlaridan ilhomlangan bir qator yozuvchilar jamiyat va davlatni qanday tashkil qilish kerakligi haqida yangi g'oyalarni ilgari surdilar. Ular zamonaviylikni asosan g'arbiy fikrlash usullari va ijtimoiy tashkilot nuqtai nazaridan ko'rdilar. Afg'oniy va Abduhdan keyingi avlodda, 20-asrning boshlarida arablar, xususan, misrliklar, tunisliklar va turklar o'rtasida millatchilik yaqqol namoyon bo'la boshladi. Millatchilik "à la Europe" g'oyasini qabul qilishda, ular unga mahalliy rang berishlari muqarrar edi. Shunday qilib, "diniy millatchilik", "mintaqaviy millatchilik", "madaniy millatchilik" va "etnik millatchilik" e'lon qilindi. Dastlab, bu brendlar o'rtasida aniq bo'linish boʻlmagan va Islom har doim ochiq shaklda bo'lmasa ham, yashirin shaklda bo'lgan. Ammo o'n to'qqizinchi - yigirmanchi asrlarning boshlarida ko'proq lingvistik va irqqa asoslangan millatchilik birinchi o'ringa chiqdi. Turli milliy harakatlar turli chaqiriqlarga javoban vujudga kelgan. Misrda millatchilik, ham Yevropa mustamlakachiligiga, ham qoloq va zulmat sifatida ko'rilgan an'anaviy Islomga, shuningdek, islomdan oldingi Misr tarixining qayta kashf etilishiga munosabat sifatida paydo bo'ldi. - 1922 yilda Tutanxamun maqbarasi kashf etilib, uning ochilishi fir'avnlar tarixi va islomdan avvalgi kimlik Misrga katta qiziqish uyg'otdi. Muhammad Ali davrida saroy shoiri bo'lgan Ahmad Shavqiy Misrning fir'avn o'tmishidan ilhom olgan Misr millatchiligi da'vatchisiga aylandi. Shunday qilib, Misr millatchiligi Britaniya ishg'oliga barham berishga urinish sifatida paydo bo'ldi. - Livanda millatchilik Yevropa kuchlarining himoyasi ostida ko'proq avtonomiya olishga intilgan arab nasroniylari tomonidan joriy qilingan. - Suriya va Falastinda musulmonlar va nasroniylar birga yashab, ularning umumiy "milliy rishtalari"ga e'tibor qaratildi. - Turk millatchiligi davom etayotgan tanazzul va oxir-oqibat xalifalik va Usmonli imperiyasining qulashi, shuningdek, Yevropaning doimiy va kuchayib borayotgan bosimidan kelib chiqdi. Kamol Otaturk va Yosh turklar agressiv ravishda islomga qarshi edilar va Islomni Turkiyani modernizatsiya qilish uchun asosiy to'siq sifatida ko'rdilar. Turk millatchiligining asosi turk bo'lishdan g'ururlanish va Yevropaga to'liq va mukammal taqlid qilish edi. - Aksincha, Hindiston yarimorolidagi musulmon millatchiligi kuchli islomiy ildizlarga ega edi. Hind musulmonlari rahbarlari, shoir va faylasuf Muhammad Iqbol kabi, Hindiston musulmonlarining islomiy kimligi hindlar hukmronlik qiladigan Hindistonda gʻarq boʻlib ketishini his qildilar. - Pokiston harakatining asosiy maqsadi musulmonlar uchun ularning oʻzligi va dinini himoya qiladigan alohida vatanga ega bo'lish edi. Biroq, barcha milliy harakatlar bir maqsad yoʻlida yakdil fikrda edilar: bu Yevropa siyosiy nazariyasi, uning asosi milliy davlat bo'lgan, ular buni oʻzlari uchun andoza qilib olishgan edi. © Asadov Muhammad Dovud Ulashing 👉@Islommerosi
Gepostet 12. Apr.
Tizimdagi hayot(post-totalitar) ikkiyuzlamachilik va yolg’on bilan qorishib ketgan bo’lib, bunda byukrokratik hokimiyat-xalq hokimiyati deyiladi; ishchilar sinfi nomi bilan- ishchilar qul qilinadi; insonni total tahqirlash- inson erkinligi sifatida; axborot izolatsiyasi- uning ochiqligi sifatida; jamoat nazorati, tashkilotlarning manipulyatsiya qilinishi va hukumat o’zboshimchaligi- qonun ustvorligi sifatida; madaniyatni yo’q qilish- uning rivojlanishi sifatida; so’z erkinligi cheklanishi- erkinlikni yuksak ko’rinishi sifatida; saylov soxtakorligi- demokratiyaning eng oliy shakli sifatida; tafakkur qulligi- ilg’or ilmiy dunyoqarash sifatida; okkupatsiya- birodarlik yordami sifatida taqdim etiladi.(Singdiriladi)
Gepostet 11. Apr.
Inson o’lishidam oldin yashab o’tgan umrini bir lahza yodga olar ekan. U qurgan imoratlar-u, farzandlariga meros qilib qoldirib ketayotgan mol-mulklarni emas, hayoti davomida qilgan ezgu amallarini, hayotining oilasi, do’stlari, yaqin insonlari bilan birga o’tkazgan eng bahtiyor onlarini, hayoti davomida qilgan yomonliklariyu, yaqin va boshqalarning ko’ngillariga bergan ozorlarini eslasa kerak. Shuning uchun men hayotimning har bir lahzasini o’zim qilganimdan so’ng afsus qilmaydigan tarzda o’tkazishim lozim. Insonlar bilan bo’ladigan munosabatlardagi bo’ladigan tushunmovchiliklarga kelsak, Bir safar indamasam hech narsa qilmaydi shu sabab ila baxsni to’xtatsam ham menga foydasi bor. Shu bois hayotimni men insonlarga yaxshilim ulashish va insonlarga o’z yordamimni berish orqali dofamin olishim kerak. Chunki insonlarga beradigan yordamingiz ila insonlarning yuzidagi quvonchni ko’rib insoning bahr-u dili yayraydi, bolalarnikini aytmasa ham bo’ladi.
Gepostet 11. Apr.
Sevasan! deysanu, etasan isyod, Bu holing ajoyib, bo’laman hayron. Itoat qilgin-da, sevsang gar albatt, Sevgan suyganiga etar itoat.
Gepostet 11. Apr.
Ne bo’libdi yonimda bo’lmasang, Qalbim sendan iborat emasmi? “Uzoqdan sevmoq mushkul” debsan, Ko’rmay sevmoq ibodat emasmi?
Gepostet 11. Apr.
Generally people's memories arc precious to them. It is no accident that they are coloured by poetry. The most beautiful memories are those of childhood. Of course memory has to be worked upon before it can become the basis of an artistic reconstruction of the past; and here it is important not to lose the particular emotional atmosphere without which a memory evoked in every detail merely gives rise to a bitter feeling of disappointment. There's an enormous difference, after all, between the way you remember the house in which you were born and which you haven't seen for years, and the actual sight of the house after a prolonged absence. Usually the poetry of the memory is destroyed by confrontation with its origin. Andrey Tarkovski
Gepostet 11. Apr.
Depressiya (tibbiyotda) — oʻziga ishonmaslik ruhidagi gʻamginlik, tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, tasavvurlarning bir "qolip"ga tushib qolishi, xohish-istakning kamayishi, harakatlarning chegaralanishi. Koʻpgina ruhiy kasalliklarda kuzatiladi. Surunkali oʻta toliqish, ruhiy ozor yetkazadigan sharoit (holdan toyish depressiyasi), gʻam-gʻussa (reaktiv depressiya) depressiyaga sabab boʻlishi mumkin. Depressiya alomatlari turlicha namoyon boʻladi. Baʼzi turlarida fikrlash, savollarga javob qaytarish, baʼzan hatto harakat qilish qiyinla-shadi. Bemor gʻamgin koʻrinadi, ayni vaqtda ishtahadan qolib, ozib ketadi, yurak urishi va qon bosimi oʻzgaradi, boshi ogʻriydi, qabziyat boʻladi, terisi qurishib qoladi yoki ter bosadi; ayollar hayz koʻrmaydi; uyqusi buziladi; ish qobiliyati pasayadi. Depressiyaning baʼzi turlarida bemor oʻzini irodasizlikda ayblaydi, kasallikka, azobuqubatlarga duchor boʻldim deb oʻylaydi, oilasi uchun keraksiz kishi, gunohkor deb hisoblaydi va hokazo. Depressiya holati moddalar almashinuvining buzilishi va endokrin kasalliklar bilan birga kechadi. Depressiya holati kuzatilgan kishi oʻzini oʻzi oʻldirishga urinishi mumkin, shuning uchun bemorga koʻzquloq boʻlib turish kerak Agar unda AFFEKT yaniy depressiyaning akasi boshlanib ketadi
Gepostet 8. Apr.
Nohaq inson doim, o’zi uchun o’zi haq, Haqiqat esa hayron kim haq-u kim nohaq. Haqlar tursalar bir chekkada nohaq… Nohaqlar esa doim, davralarda haq.
Gepostet 8. Apr.
Gepostet 7. Apr.
Хар ким хам ибтидоси олисларга бориб такалувчи вокеалар ривожидаги бир бўғинга кушилади. Биздаги газаб болалигимиздаги муаммоларимиз, болалигимизда идрокимизга урнашган ота-оналаримизнинг муаммолари ва хоказолардан келиб чикади. Ғазабимиз илдизлари, шунингдек, атрофимиздагилар билан булган муносабатлар, йигилиб колган умидсизлик ва дилсиёхликларга хам бориб такалади. Баьзан бизнинг газабимиз малум бир инсон томон йуналгандек булади, аслида бунинг илдизлари жуда мураккаб, у бизга етказилган озорнинг нечоглик кучлилиги билан боглик булади. Агар кимдир сизга ўз газабини сочса (ва бу сизнинг унга нисбатан харакатингизга мувофик булмаса), унинг газаби айнан сизга каратилмаганини билишингиз керак.
Gepostet 4. Apr.
Makiavellining ta’kidlashiga ko’ra, Rimliklar ham monarxiyani shakllantirishga urinishgan, bu usul quyidagicha edi: “Ular monarxning o’rniga ikkita saylangan konsulni qo’yishdi, lekin aksariyat tartiblar o’zgarmasdan qoldi- Imperatorga 12 liktor(qo’riqchi) xizmat qilar edi, konsulning ixtiyorida shunday qoldi. Monarx har yilgi qurbonlik keltirish marosimini shaxsan o’zi o’tkazar edi, bu juda katta voqea edi, buni ko’rish uchun juda katta olomon to’planardi. Respublika bu udumni saqlab qoldi, rimliklar “Faqat qurbonlik keltirish uchun boshliqni saylashib, uni qurbonlik qiluvchi podshoh deb atashdi.” Monarxiya qayta tiklanishini talab qilgan odamlarni shu va shunga o’xshash usullar qoniqtirardi.”
Gepostet 2. Apr.
Betxoven "Oy nuri" sonatasini taxminan o'sha paytda sevib qolgan 16 yoshli sevgilisi va shogirdi Giulietta Gicciardiga bag'ishlagan. U unga turmush qurishni taklif qildi, lekin otasi unvonsiz bo'lgani uchun unga turmushga chiqishni man qildi. Garchi ularning sevgisi gullab-yashnamagan bo'lsa ham, Julietta “Sonata” unga doimo Betxovenni eslatganini tan oladi.