TGINSIGHT CHAT
Kuchsizlar kuchi
@kuchsizlarningkuchi
Humor und UnterhaltungThis is funny world we live in.
Aktuelle Beiträge
S. 2 von 11 · 129 Beiträge
Gepostet 15. Okt.
Gepostet 31. Aug.
Tarjima The Economist jurnali tomonidan SI (AI) haqida chop etilgan Sun’iy intellekt iqtisodiy “portlashga” olib keladimi? nomli maqolaning tarjimasi tayyor. O‘qib chiqishingiz mumkin. @req404@economist_martin
Gepostet 19. Aug.
Frommning fikricha, kimnidir sevib turib unga erisha olmagan bo‘lsangiz, demak siz uni chin ma’noda, sevgiga loyiq darajada sevmagan ekansiz. Chunki haqiqiy sevgi shunchaki his emas — u yurakdagi uyqudagi olovni uyg‘otadigan kuchdir. Bu so‘zdan murod shuki, agar siz chin dildan sevgan bo‘lsangiz, sevgingiz o‘sha inson qalbida allaqachon jimjit yotgan tuyg‘ularni uyg‘otishi kerak. Birgina nigohingiz uning yuragida to‘planib qolgan muhabbatni olovdek alangaga aylantirishi, uni o‘zi ham anglamagan hislarga chorlab yuborishi lozim.
Gepostet 14. Aug.
Odamlar gapni yaxshi ko‘radi. Ayniqsa, o‘ziga aloqasi bo‘lmagan, birov haqida bo‘lgan xabarlar. Bir marta kimdir bir odam haqida “u bunaqa” deb aytadi. Gapning aslida qayerdan chiqqani noma’lum shaxsiy adovat bilanmi, emotsionalmi. Ammo u bir zumda quloqlardan quloqlarga virusdek sakrab o‘tadi. Va nihoyat, barchaning ongida “haqiqat”ga aylanadi. Bu — odamzodning eng qadimiy odatlaridan biri. Qadimda salbiy xabarlar asosan hayot-mamot masalasida edi. “Tog‘ ortida yirtqich bor” degan gapni eshitgan odam tekshirishga vaqt sarflamasdi — chunki ehtimol bu uning hayotini saqlab qolardi. Ammo bugun oldindan bilib bo'lmaydigan yirtqichdek hayot mamotni havfga qo'yadigan yo‘q. Endi uning o‘rnida mish-mish bor. Bu safar u odamning jonini emas, obro‘sini yutib yuboradi. Psixologlar bunga negativity bias deydi: yomon xabar miyamizga tezroq kiradi va chuqurroq joylashadi. Yana confirmation bias ham bor: agar gap bizning oldindan shakllangan fikrimizga mos kelsa, uni tekshirishga hojat sezmaymiz. Va horn effect — birgina salbiy taassurot odamning butun obrazini qora rangga bo‘yash odati. Eng achinarlisi shundaki, bu jarayonda “ayblanuvchi” odatda o‘zini oqlash imkoniga ega bo‘lmaydi. Mish-mish tez, haqiqat sekin yuradi. Bir odamni yomon qilish uchun bir og‘iz so‘z yetarli, ammo uni oqlash uchun oylar, hatto yillar kerak bo‘ladi. Bir kuni bir mahallada obro‘li, halol deb tanilgan bir inson haqida gap chiqdi: “U davlatning molini o‘g‘irlagan emish”. Hech kim bu gapni qayerdan chiqqanini so‘ramadi. Bir haftada uning ishi, do‘stlari, obro‘si ketdi. Keyin bilishdiki, bu mish-mishni aytgan odamning shaxsiy adovati bor ekan. Ammo kech bo‘lgandi. Siyoh allaqachon suvga tushib bo‘lgandi. Haqiqat jim bo‘ladi, mish-mish esa Shovqinli. Bizning vazifamiz — jim turgan haqiqatni tinglashga kuch topish. Chunki eshitganimizning hammasi haqiqat emas, lekin tekshirmaganimizning hammasi adolat emas. Shunday ekan, qulog‘imizga kelgan har bir gapga ikki savol beraylik: “Bu qayerdan keldi?” va “Men buni tekshirdimmi?”
Gepostet 14. Aug.
Davlat — Kompaniya emas maqolasining tarjimasi tayyor, oʻqib chiqishingiz mumkin. Oldinroq tarjima qilishimiz haqida yozganimda, buning uchun toʻlashga ham tayyorlar borligini yozishgan edi. Qoʻllab quvvatlashni istaganlar boʻlsa, marhamat: 8600030418967430 (Muxammad Turniyozov) Tirikchilik orqali: https://tirikchilik.uz/martineden @economist_martin@Fan_choyxonasi
Gepostet 3. Aug.
Hayotda biror insonni unutishni juda istaganmiz. Uning ovozini, ko‘zini, u bilan bo‘lgan har bir lahzani o‘chirishni xohlaganmiz. Chunki ayriliq inson qalbini tirnaydi. Muhabbat doim ham baxt bilan tugamaydi. “Eternal Sunshine of the Spotless Mind” filmi ana shu unutish istagi va muhabbatning murakkab tuyg‘ularini o‘rtaga tashlaydi. Va savol beradi: agar yuragingdan uni o‘chira olsang, rostdan ham yengillashasanmi? Unutish: qutulishmi yoki yo‘qotishmi? Film qahramonlari — Joel va Clementine — bir-birini yaxshi ko‘rgan, ammo oxir-oqibat alamli tarzda ajralgan juftlik. Shu darajada og‘riqli ajralishki, Clementine xotirasidan Joelni o‘chirib tashlashga qaror qiladi. Joel esa bu haqda bilib, xuddi shunday yo‘l tutadi. Uxlayotgan paytda, sun’iy usulda xotiralar o‘chirila boshlanadi. Ammo xotiralarning o‘chish jarayonida u o‘zi ham sezmasdan, o‘sha lahzalarni qaytadan his qiladi. Muhabbatning achchiq-yuqimli xotiralari butun borlig‘ini chulg‘ab oladi. Bu yerda film tomoshabinga savol beradi: xotiralar bizning bir parchamizmi yoki ularsiz ham mavjud bo‘la olamizmi? Film metaforasi: inson miyasi va qalbining ziddiyati “Eternal Sunshine” — bu fantastika emas, balki ruhiy ichki kurash haqida film. Joel o‘z xotirasidan Clementine’ni o‘chirishni istaydi, lekin ich-ichidan, qalbi bunga qarshi chiqadi. Filmda ko‘plab sahnalar Joelning xotirasida Clementine’ni qutqarishga urinish tarzida tasvirlanadi. U uni bolalik xotiralariga yashirishga harakat qiladi. Chunki xotiralarni o‘chirish mumkin bo‘lsa ham, sevgi qoldirgan izlar chuqurroq — yurakda. Rejissyor Michel Gondry va ssenariy muallifi Charlie Kaufman bu yerda sun’iy ong (AI) va emotsional ong o‘rtasidagi kurashni ham ko‘rsatadi. Texnologiya xotirani o‘chirishi mumkin, lekin muhabbat — bu nafaqat miyaga, balki butun borliq, tanaga, qalbga singib ketgan tuyg‘u. “Pok ongdagi abadiy quyosh” — nimani anglatadi? She’riyatdan olingan film nomi (Alexander Pope’dan) – “abadiy quyosh”, ya’ni pok aql, hech bir yomon xotirasiz hayot haqida orzu. Bu go‘yo ajoyib tuyuladi: hech qanday afsus yo‘q, og‘riq yo‘q. Lekin bu hayot emas. Chunki hayot — bu sevgi, xato, kechirim va o‘sish. Agar og‘riqni unutib yuborsak, undan o‘rganish imkonidan ham mahrum bo‘lamiz. Joel va Clementine oxirida yana uchrashadilar. Bir-birlarini o‘tmishda sevganlarini eslay olishmasa ham, qalblari tortiladi. Va ular bir-birlariga haqiqatni aytadilar: biz yana ajralamiz, yana urishamiz. Lekin shunga qaramay, yana urinib ko‘rishga arziydi. Bu — muhabbatning asl mohiyati: ideal emas, lekin harakatga loyiq. “Eternal Sunshine of the Spotless Mind” — bu unutish haqida film emas. Bu — eslab qolishga arziydigan insonlar haqida film. Bu — sevgi har doim ham mukammal emasligini, lekin shu nomukammallikni qabul qilish insoniylik ekanini ko‘rsatadi. Agar biz yomon xotiralarni o‘chirib tashlay olsak, ehtimol yengillashamiz. Ammo shunda biz kimligimizni ham yo‘qotamiz. Chunki har bir og‘riq, har bir xato, har bir sevgi — bizni biz qilgan yo‘l bo‘laklari. “Ba’zan xotiralar bizni azoblaydi. Lekin ular bo‘lmasa, muhabbat degan narsa bo‘lmas edi.”
Gepostet 20. Juli
“Adolatga ishonch yo‘q” degan jamiyat: materialistik manizm qanchalik xavfli mafkura? Bugungi jamiyatda sud, prokuratura, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va umuman davlatning adolatni ta’minlovchi institutlariga ishonch yo‘qligi — real fakt. Bu oddiy norozilik emas. Bu — ong darajasidagi sindrom. Fuqarolar qonunga ishonmaydi. Qonunning ishlashiga emas, uning kim qo‘llashiga qaraydi. Sud qaroridan adolat emas, “aloqa” yoki “buyruq” izlaydi. Shuning uchun jamiyatda quyidagi xavfli qarash keng tarqaldi: “Qonun degani yo‘q. Adolat — kuch kimda bo‘lsa, o‘shaniki.” “Huquq — siyosiy niqob. Qonun — kuchli tarafini oqlaydigan hujjat.” “To‘g‘ri gapdan foyda yo‘q. Advokatdan ko‘ra tanish kerak.” Bu fikrlar shunchaki norozilik emas — bu dunyoqarashga aylanmoqda. Yana eng xavflisi — bu dunyoqarash o‘zini “realizm” deb oqlaydi. Nega bu holat yuzaga keldi? Materialistik manizmga ko‘ra — ong tug‘ma emas, tajriba orqali shakllanadi. Jon Lok: “Inson ongi tug‘ilganda bo‘sh. Faqat hayotdagi kuzatuv va hissiyotlar bilan to‘ladi.” Aynan shuning uchun bugun fuqarolar ongida quyidagi “bilim” shakllanmoqda: “Qonun ishlamaydi. Sudlar sotiladi. Adolat kuchga qaraydi.” Sababi? Chunki ular amalda boshqa tajriba ko‘rmagan. Sudda haq topmagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda himoya emas, bosim sezgan. Demak, materialistik manizm asosidagi tajriba — faqat adolatsizlik bo‘lsa, natijada ongda adolat tushunchasi emas, adolatga befarqlik shakllanadi. Ammo bu xavfli. Juda xavfli. Chunki adolat — tajriba emas, ichki talab bo‘lishi kerak. Odamlar qonunni faqat ishlagani uchun emas, ishlashiga ishonch bilan amal qilishi kerak. Qonun — odamlar ongida tug‘ilgan “haqiqat” emas. U — ongni yo‘naltiradigan norma bo‘lishi kerak. Aks holda, har kim o‘z tajribasi asosida o‘z “haqiqatini” yaratadi. Natijada, jamiyatda ming xil adolat, ming xil qonun talqini, ming xil muomala o‘lchovi paydo bo‘ladi. Bu — huquqiy arxitektura emas. Bu — axloqiy anarxiya. Adolat — faqat tajribaga asoslansa, unda kuchlilar adolatni o‘z foydasiga quradi. Qashshoqlar, oddiy fuqarolar esa uni faqat orzu qiladi. Shu sabab, biz materialistik manizmni rad etishimiz kerak. Tajriba — haqiqat mezoni emas. Aksincha, haqiqat — noto‘g‘ri tajribalarni yo‘q qilish uchun mavjud bo‘lishi kerak. Qonun — faqat tajriba orqali isbotlangan instrument emas. Qonun — sodir bo‘lishi lozim bo‘lgan haqiqatning ramzi. Adolat — mavjud tajribadan emas, yuksak tamoyillardan kuch olishi kerak. Aks holda, fuqarolar ongida adolat emas, ochiq ko‘rinmas kinoya yashaydi: “Adolat degan narsa bor. Faqat menga emas.” Bunday jamiyatda qonun yo‘qolmaydi — u faqat masxara bo‘ladi. Ishonch yo‘qolganda, qonunning mavjudligi hech narsani anglatmaydi. Bugungi vazifa — qonun ishlashini emas, unga ishonch shakllanishini ta’minlash. Tajriba asosida shakllangan befarqlikni, adolatsizlikni, norozilikni — ongda yengish mumkin. Ammo buning uchun huquqning o‘zi emas, uning mazmuni, ko‘rinishi, tutumi o‘zgarishi kerak. Qonun ishlamagan jamiyatda ong o‘zini himoyalaydi — u ishonmay qo‘yadi.Shuning uchun qonunni kuchaytirishdan avval — ongni qutqarish kerak. Huquqshunos Javonsher Rustamov @u_generalissimus
Gepostet 9. Juni
🚀 I'm launching a new AI Startup. Graderly is an AI-powered IELTS Writing evaluator and learning platform — built as a Telegram bot, fine-tuned on official Cambridge & British Council materials. 👉Try it now: https://t.me/graderly_bot 🧠 Why Graderly? ✅ Evaluates essays with real IELTS band descriptors. ✅ Detects your weak and strong areas. ✅ Will soon suggest questions based on your weaknesses and strong points. ✅ Tracks your performance and shows progress stats. ✅ Gamified with rewards for check-ins and task completion. ✅ Learns and adapts to your skill level — like Duolingo meets Grammarly. ⚙️ The demo version is live — right now, it focuses on evaluation only. 📈 The full adaptive platform — with smart feedback loops and personalized question generation — is coming soon! Built for serious writers. Designed to make Writing Band 7+ achievable for everyone! I’d love your feedback — and if you have ideas, partnerships, or just want to try it out, feel free to reach out. We learn by sharing. Let’s change the future of test prep, together! #AI#LLM#EdTech#IELTS#Startup#ProductHunt#Uzbekistan
Gepostet 27. Mai
Rosy Retrospection: Nega katta avlod Sovet Ittifoqini sog‘inadi? Ittifoq davrida katta bo‘lgan avlod vakillari bilan suhbatlashganimda, ulardan ko‘pincha Sovet davrida yashash osonroq bo‘lgani, narxlar oyliklarga nisbatan arzonroq ekani va tovarlar hozirgiga qaraganda sifatliroq bo‘lgani haqida ko’p eshitaman. Bu haqda ko‘p o‘ylaganman: rostdan ham shunday bo‘lganmi, deb. Biroq ushbu holatga obyektiv baho berilsa, Sovet davrida yashash hamma tasavvur qilganidek oson bo‘lmagan. Tovarlarda hech qanday xilma-xillik bo‘lmagan, narxlar esa partiya tomonidan nazorat qilinganligi sababli arzon tuyilgan. Biroq bu narx nazorati aslida xalqning daromadidan kesib olingan. Undan tashqari, 'tekin' uy-joy va ta’lim ham aslida xalqdan yig‘ilgan soliqlar hisobidan moliyalashtirilgan. Sifatsiz avtomobillar va xonadonlar uchun odamlar o‘n yillab navbatda turishgan. Tovarlarning sifati juda past bo‘lgani uchun ham Sovet Ittifoqi 1970-yillardan keyin deyarli hech qanday sanoat mahsulotini eksport qila olmagan. Ittifoq so‘nggi yillarda deyarli barcha mahsulotlarni neft va gazdan topilgan mablag‘ evaziga import qila boshlagan. Na rahbariyatda, na oddiy ishchilarda mahsulot va xizmatlarni yaxshilashga ishtiyoq bo‘lmagan, chunki muammolarni hal qilish uchun hech qanday rag‘bat yo‘q edi. Dokonlarda kerakli tovarlar yetishmasdan keraksizlari xandan ziyod ko’p bo’lgan. Hozirgi davr bilan solishtirilganda, o‘rtacha xo‘jalikning yashash sharoiti 80-yillarda og‘irroq bo‘lgan. Biroq, o‘sha paytda hamma deyarli bir xil sharoitda yashagani uchun, odamlar orasida bir birini solishtirish holati bo‘lmagan. Agar hamma birdek kambag‘al bo‘lsa, odamlar o‘zlarini nochor deb hisoblamaydilar. Aynan shu holat Sovet Ittifoqiga xos edi. Menimcha, katta avlodning Sovet davrini sog‘inishining asosiy sababi — nostalgiya va bolalik xotiralari. Ular o‘sha davrda ulg‘ayganliklari sababli ko‘proq ijobiy tomonlarini eslaydilar, salbiy jihatlarini esa unutishga moyil bo‘ladilar. Bu holat psixologiyada Rosy Retrospection — ya’ni "gullangan" o‘tmishni eslash effekti deb ataladi. 📚Manba:Transition Economies: Political Economy in Russia, Eastern Europe, and Central Asia. @req404
Gepostet 8. Mai
Utilitarizmning xavfi: Shaxsiy huquqni poymol qilish ehtimoli Shuningdek, utilitarizm real hayotdagi murakkab muammolarga yechim topishda ancha moslashuvchan. Masalan, sog‘liqni saqlash tizimlarida resurslarni qanday taqsimlash, tabiiy ofatlarda kimni birinchi qutqarish kerakligini aniqlashda utilitar yondashuv amalda qo‘llaniladi. Biroq, bu yondashuvda xavfli jihat ham bor: agar faqat raqam va natijaga asoslansak, ayrim insonlarning shaxsiy huquq va daxlsizligini inkor qilish xavfi tug‘iladi. Misol: AQShda milliy xavfsizlik nomidan ayrim musulmon davlatlardan kelgan fuqarolarga immigratsiya cheklovlari joriy etilgan edi. Utilitar nuqtai nazardan bu “ko‘pchilik xavfsizligini ta’minlash” deb ko‘rilsa-da, bu minglab begunoh insonlarning huquqlarini buzgan. Trolleybus dilemmasida har ikkala yondashuv chuqur axloqiy mulohazalarga asoslanadi. Deontologiya inson sha’ni, niyat va harakatning mohiyatini muhim deb biladi. Utilitarizm esa umumiy natijaga – ko‘proq odamni qutqarish va umumiy baxtni oshirishga urg‘u beradi. Har ikki yondashuv bir-birini to‘ldiradi: biri printsipial pozitsiyani, ikkinchisi esa amaliy ehtiyojni aks ettiradi. Haqiqat esa, hayotdagi murakkab axloqiy qarorlar ko‘pincha bu ikki yondashuvning uyg‘unlashgan, insoniylashtirilgan shaklini talab qiladi. Misol: Sud tizimlarida ko‘pincha deontologik printsiplar (har bir inson begunoh deb hisoblanadi) asos sifatida qo‘llaniladi, lekin ayrim hollarda amaliy ehtiyoj tufayli utilitaristik yechimlar (masalan, aybini tan olib jazoni qisqartirish) ham inobatga olinadi.
Gepostet 8. Mai
Trolleybus axloqiy dilemmasi: Deontologik va Utilitar yondashuvlar taqqosoti Hayotda ba’zida shunday vaziyatlar bo‘ladiki, qanday harakat qilmaylik, biror tomoni bilan noxush oqibatlarga olib keladi. Trolleybus dilemmasi shunday axloqiy muammo: bir vagon rels bo‘ylab harakatlanmoqda, u yo‘lda 5 kishini bosib ketadi. Ammo sizda vagonni boshqa relsga burish imkoniyati bor. Boshqa yo‘lda esa 1 kishi turibdi. Savol: Siz nima qilgan bo‘lardingiz? Misol:Real hayotdagi o‘xshash holat: 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi davrida, ko‘plab mamlakatlar tibbiy ventilyatorlar yetishmovchiligidan aziyat chekdi. Shifokorlar tanlov qilishga majbur bo‘ldi: qaysi bemorga ventilyator beriladi – o‘lim xavfi yuqori bo‘lgan 80 yoshli bemormi, yoki sog‘ayish ehtimoli yuqori bo‘lgan yosh bemormi? Bu dilemmalar aynan trolleybus muammosiga o‘xshash tarzda ahloqiy tanlovni talab qildi. “Double effect” va inson qadriyati “Double effect” tamoyiliga ko‘ra, maqsadda yo‘q bo‘lgan, ammo harakat oqibati sifatida yuz beradigan o‘lim boshqa, qasddan bajarilgan harakat esa mutlaqo boshqa axloqiy bahoga ega. Vagonga tegmay, hech kimni o‘ldirishni tanlamasangiz, bu sizning faol harakatingiz emas, fojiali holat, lekin sizning axloqiy javobgarligingiz yo‘q. Biroq, burish orqali siz bevosita qaror qabul qilib, odam o‘ldirishda ishtirok etasiz. Misol: Xavfsizlik xizmatlari ba’zida bomba joylashtirilgan joyni bilib, uni portlamasligi uchun hech qanday chora ko‘rmaydi — ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat qilmaslik orqali “double effect” printsipiga amal qiladi. Ularga ko‘ra, faol harakat (masalan, gumondorni qiynash) axloqiy jihatdan qabul qilinmaydi, hatto bu orqali yuzlab odamlar hayoti saqlanib qolsa ham. Inson hayotining o‘lchovsiz qadriyati Inson hayoti hech qachon son bilan o‘lchanmasligi kerak. Har bir insonning hayoti o‘z-o‘zicha mutlaq qadriyatga ega. Agar biz “ko‘pchilik foydasi uchun ozchilikni qurbon qilish” prinsipini tan olsak, bu xavfli tendensiyalarni (masalan, siyosiy repressiyalar yoki eugenika) oqlashga olib keladi. Misol: Sovet Ittifoqida 1930-yillarda “davlat manfaatlari uchun” deb yuz minglab begunoh odamlar qamalgani yoki o‘ldirilgani tarixdan ma’lum. Bu utilitar yondashuvni noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida yuzaga kelgan. Deontologik etikaga ko‘ra, hech qaysi inson "davlat foydasi" uchun vosita sifatida qurbon qilinmasligi kerak edi. Utilitar pozitsiya: Oqibatlar muhim – ko‘proq odam, ko‘proq baxt Utilitarizm esa qarorlarni natijalarga qarab baholaydi. Jeremy Bentamning mashhur prinsipi: “Axloqiy jihatdan to‘g‘ri harakat – eng ko‘p odamga eng ko‘p baxt keltiradigan harakatdir.” Bu yondashuvga ko‘ra, vagonni burish – axloqiy jihatdan eng maqbul qaror, chunki 5 kishi tirik qoladi, 1 kishi qurbon bo‘ladi. Misol: Yaponiyada 2011-yilgi Fukushima yadroviy falokatidan keyin hukumat ko‘plab hududlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha tezda qaror chiqardi. Ular bu orqali ko‘plab odamlar sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan radioaktiv ifloslanishni kamaytirish maqsadida ba’zi hududlarni qurbon qilishga majbur bo‘ldi. Bu qaror utilitar asosda qabul qilindi. Millning sifatiy yondashuvi va amaliy moslashuv John Stuart Mill bu fikrni rivojlantirib, baxt tushunchasini faqat jismoniy lazzat emas, balki intellektual va axloqiy qoniqish sifatida ham talqin qilgan. Utilitar qarorlar faqat son emas, sifat jihatidan ham baholanishi mumkin. Misol: Ta’lim sohasida, yuqori darajadagi maktab o‘qituvchilariga ko‘proq mablag‘ ajratish orqali jamiyatga uzoq muddatli sifatli foyda yetkaziladi — bu nafaqat ko‘proq odamga, balki yuqoriroq sifatdagi intellektual baxtni targ‘ib qiladi.
Gepostet 2. Mai
#survey Ushbu so‘rovnoma O‘zbekiston maktablarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya va nepotizm (tanish-bilishchilik) holatlarini aniqlash hamda bartaraf etish yo‘llarini o‘rganish maqsadida tuzilgan. So‘rovnomada bergan javoblaringiz mutlaqo maxfiy saqlanadi va faqat tahlil maqsadlarida qo‘llanadi. Iltimos, to'ldirib beringlar. https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdZUPQ6LDkH-_a0eeuOKhthT7D01raJXVrCv20mTlyvkQyZEg/viewform?usp=header Yaqinlarga tarqatamiz @Fan_choyxonasi
Hashtags