TGINSIGHT CHAT
Kuchsizlar kuchi
@kuchsizlarningkuchi
Humor und UnterhaltungThis is funny world we live in.
Aktuelle Beiträge
S. 5 von 11 · 129 Beiträge
Gepostet 13. Sept.
Tezlik - yangi valyuta. Maykl Lyuisning “Flash Boys” kitobi haqida. Afsuski, kitob hali o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. Rus tilida “Flash Boys: Высокочастотная революция на Уолл-стрит” deb nomlanadi. Haqiqatan ham, asar o‘z nomiga mos. Kitob Uoll-Stritdagi yuqori chastotali savdo (HFT - high-frequency trading) texnologiyalarining rivojlanishi va qanday qilib moliya dunyosida muhim o‘yinchiga aylanganini hikoya qiladi. Voqealar markazida Bred Katsuyama ismli treyder turadi. U AQShning eng yirik bankida ishlayotgan paytida qiziq bir fenomenga duch keladi. 2008-yilgacha AQShda aksiyalar brokerlar (vositachilar) yordamida jonli ravishda yoki telefon orqali sotilgan. 2009-yildan boshlab, Bozordagi narxlar internetga "jonli" ravishda uzatila boshlangan. Shundan so‘ng aksiyalar vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri birjaning sayti orqali sotila boshlangan. Lekin "jonli" uzatish tushunchasida bir kichik "detal" bor edi. Bred shu detalga e'tibor berib qoladi. Aksiya yoki valyutani birja sayti orqali sotib olmoqchi bo‘lgan odam “sotib olish” tugmasini bosgandan keyin tranzaksiya 0.01 sekund davomida amalga oshadi. Juda tez tuyilishi mumkin lekin tugma bosilgan paytda narx $10.14 bo‘lgan bo‘lsa, kichik vaqt oralig‘ida aksiya narxi $10.13 ga tushib qolish holatlari ham kuzatilinadi. Ekranda $10.14 ko‘ringaniga qaramay, sotib olish jarayoni tugaguncha 0.01 soniya ichida asl narxi o‘zgaradigan aksiyalar minglab ekanligini sezib qoladi. Vaqt o'tishi bilan Katsuyama bu operatsiyalarni investitsion banklar o‘zlari amalga oshirayotganini va aksiyalar narxi sotilishdan oldin atayin tushirilayotganini aniqlaydi. Ya'ni, $10.14 qiymatli aksiya narxini 1 tsentga tushirib, shu 1 tsentni FinTech banklar o‘zlariga oladi. Ular bu jarayonni murakkab dasturlar yordamida million martalab takrorlaydi va kun davomida shu firib orqali katta daromad qiladilar. Bred bozorda HFT texnologiyalariga ega banklar nohaq o'yin o'tkazayotganini sezgach, katta banklarga qarshi o'z tizimini yaratishga kirishadi. Biroq, buning natijasida Bred juda ko'p qudratli dushmanlar orttiradi. Shu kabi mikrosoniyaviy firib-chayqovchilik ortidan milliardlab dollar ishlab olganlarni Lyuis hazil tariqasida "Flash Boys", ya'ni "uchar yigitlar" deb nomlaydi. Asar keyinchalik yanada jadal rivojlanib, qahramonning taqdiri qaysi tomonga o‘zgarganini ko‘rsatadi. Katta moliyaviy institutlar qanday qilib ma'lumotlar manipulatsiyasi orqali oddiy odamlarni aldashi va bozorni o‘z manfaatlari yo‘lida boshqarishi yozilgan ajoyib kitob. @req404
Gepostet 11. Sept.
Everything in the universe has a molecular vibration, nothing is at rest, everything moves, vibrates and circulates in different frequencies that communicate with each other. By Tik Tok.
Gepostet 10. Sept.
Cherkovning ratsional fikr yuritishni qabul qilishni istamasligi, bunday qilgan barchani taqib etib, osuvga hukm etishi oxir-oqibat ilm-fan va Cherkovning ikkiga dushman lageriga ajralishiga olib keldi. Nyuton oʻz izlanishlari natijasida sayyoralar harakatini matematik tarzda tasvirladi. Ya'ni u borliqning matematik tenglik va qonuniyatlar orqali ishlashini asoslab berdi. Bu esa oxir-oqibat "Deizm" deb nomlangan juda keng tarqalgan taʼlimotning paydo boʻlishiga asos boʻldi. Deizm Xudo butun borliqni avval paydo qilgan, ammo uning faoliyatini maʼlum qonuniyatlarga qoldirgan, degani. Demak, Xudo emas, balki maʼlum qonuniyatlar borliqni nazorat etib, yurgizib turadi. Shu sabab tarixchilar borliqning mazkur modelini Soat mexanizmi borlig'i deb yuritishadi. Nyutonning oʻzi deist emas edi. U Xudo har kunlik tabiiy faoliyatga aralashishi, doimiy sababiylikning asosi ekaniga eʼtiqod qilardi. Biroq uning borliq haqidagi gʻoyalari Deizmning paydo boʻlishiga misli koʻrilmagan tarzda taʼsir qildi. Deizm Ateizmdan bir qadam uzoqda boʻlgan taʼlimotdir. Ilm-fan vakillari, olimlarning bu taʼlimot asosida borliqni Xudoni qoʻshmasdan oʻrganish mumkinligini, hamma narsani tabiiy ravishda mavjudligi va faoliyat koʻrsatishini ilmiy asos qilib olishi oqibatida Sayntizm meynstrim (asosiy) taʼlimotga aylandi. Mana shundan keyin Ateizm paydo boʻldi, deyish mumkin. Ular borliqdagi hamma narsa nihoyasiz harakatning bir qismi ekani, atom, molekula, kimyoviy reaksiyalar doimiy, toʻxtovsiz jarayon boʻlib, bu hol abadiy davom etishiga qattiq ishonadi. Shu maʼnoda ular amaliy ateistlardir. Ular ilm-fan bilan goʻyoki Xudo mavjud emasdek, shugʻullanadilar. Bu nazariyada, eʼtiqodda Xudoga ishonmaslik degani emas, aslida, koʻpchilik olimlar diniy maʼnoda Xudoda ishonadi. Biroq ular ilmiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlganda, bunday eʼtiqod shunchaki yashirin eʼtiqod koʻrinishiga, botindagi maxfiy ishonchga aylanadi. Ilm-fanga nisbatan bunday yondashuv metodologik naturalizm deb yuritiladi. Naturalistlar borliqqa nisbiy maʼnoda eʼtiqod qilishadi. Atrof-borliqni oʻrganish uchun nimagadir eʼtiqod qilish, muayyan ishoch uslubini asosiy yondashuv qilib olish ularga yotdir. Shu koʻrinishda biz ilm-fanni Xudosiz ravishda oʻrganishga dasturlanamiz. Musulmon dunyosi gʻarbning mazkur ilmiy-falsafiy evrilishidan muayyan saboq chiqarishi kerak. Bunda ikkita jihatga alohida eʼtibor qaratish zarur boʻladi. Birinchidan biz, dinimiz buyurganidek, hamma narsaga ratsonal, mantiqiy yondashishimiz zarur. Zero Qur'oni Karimda insonlarni aqlidan foydalanmaslikka chaqiruvchi biron oyat mavjud emas. Islom toʻliq ratsional taʼlimotdir. Shuning uchun ham oʻrta asrlarda islom yurtlarida ilm-fan rivoji ortidan na din va ilm ajralishi, na ateizm va deizm kabi Xudoni inkor etuvchi taʼlimotlar paydo boʻlmadi. Musulmonlar ilm-fanga kunni tunga aylantiruvchi, homilada embrionni paydo qiluvchi, shamollarni hosil qiluvchi zot Alloh taolo ekaniga ishongan holda yondashadi. Demak Xudo borliqni bilvosita emas, balki bevosita boshqaradi, yurgizadi. (C) Maqola shayx Hamza Karamalining video-lavhasi asosida yozildi. @Tafakkur_chizgilari
Gepostet 10. Sept.
Ilm-fan, borliq va din Aristotel insoniyat tarixida aql va fikr yuritishning rivojiga mislsiz hissa qoʻshgan buyuk dargʻa hisoblanadi. Uning taʼlimoti bugungi kungacha koʻplab jabhalarda hukm surmoqda. U dunyoni ham moddiy, ham maʼnaviy koʻrinishda tasavvur etgan. U xudoga ishongan. Va oʻzi tasavvur etgan Xudoni tabiiy, koʻzga koʻrinib turgan borliq bilan kelishtirishga harakat qilgan. Ya'ni u atrof-tevarakni oʻrganar ekan, barcha kelib chiqishlarning sababchisi Xudo ekanini inkor etmagan. Unga koʻra oʻrganish, ilm-fan bu oʻzgarish, muvaqqatlikni oʻrganish demakdir. Misol uchun, agar siz urugʻni oʻrgansangiz, uning vaqt oʻtib daraxtga aylanishiga guvoh boʻlasiz. Bu — oʻzgarish. Xoʻsh, nima sababdan narsalar oʻzgarishga uchraydi? U buni tushunish uchun asosiy Sababchi kerakligini anglab yetdi. U buni Birinchi Sabab deb atadi. Aristotelga koʻra Xudo boshlanish nuqtasiga ega bo'lmagan, immaterial (material boʻlmagan) mavjudlikdir. Va siz Usiz oʻzgarishni taʼriflay olmaysiz. Shu maʼnoda Xudo insonning ilmiy tafakkurni tushunishi uchun ajralmas ahamiyatga egadir. Xoʻsh, nima uchun bugungi kunda ilm-fan jabhalarida Xudo unuttirildi, uning oʻrni Sayntizm bilan almashtirildi? Bu jarayon ming yillar davom etgan ilmiy rivojlanish sikli asnosida kelib chiqqan boʻlib, uning kashfiyotchisi ilm-fanning soʻnggi merosxoʻri boʻlgan Gʻarb ilmiy falsafasi hisoblanadi. Gʻarb falsafasi haqida gap ketar ekan, birinchi boʻlib Tomas Akvinas haqida gapirish kerak. U xristian faylasufi, ruhoniysi edi. U falsafaga Aristotelni oʻrganish asnosida kirib keldi va buni musulmonlarning ijodi orqali tadqiq etdi. Unga koʻra Aristotelning “Xudo ibtidosiz" degan taʼlimoti xristianlikning haqligiga dalil edi. Shu asosda Xristianlik ratsional tamalga ega boʻldi. Shu ondan falsafa va ratsional fanlar xristianlik taʼlimotlariga singgib bordi. Ratsionallik — ezgulikka teng koʻrildi. Muammo shundaki, deyarli hamma dinkar toʻliq ratsional asoslarda qurilmagan. Ularning bosh tamoyillari ba'zida ratsionallikka zid kelishi, uni inkor etishi mumkin. Akvinasdan soʻng Aristotelianizm va Xristianlik oʻzaro uygʻunlashgach, Aristotel falsafasiga ham xuddi xristianlik dini kabi muqaddas tus berildi. U din qatori koʻrila boshlandi. Demak, Aristotel tafakkuri dinga tenglashtirildiki, alaloqibat uning taʼlimotlarini inkor etish goʻyoki murtadlik bilan teng edi. Ilm-fan bilan shugʻullanish uchun esa kishi ratsional, mantiqiy fikr yuritishi kerak. Bunday fikr yuritish natijasida ega boʻlinadigan xulosalar ba'zida diniy tafakkurga zid kelishi mumkin. Savol shuki, agar shunday boʻlsa, diniy rahnamo va vakillar nima qilishi kerak? Xristianlik tarixi misolida koʻpincha diniy rahnamolar din himoyasida bunday fikrlashni taqiqlab qoʻyganini koʻrish mumkin. Shu zaylda ular ilmiy taraqqiyot yoʻliga gʻov boʻlar edi. Keyin Galileo Galiley dunyoga keldi. Uning davrida teleskoplar ixtiro qilingan edi. U teleskopni olib uni ochiq osmonga qaratdi. Natijada Aristotelning ba'zi taʼlimotlari xato ekanini aniqladi. Aristotel geliosentrik nazariyaga ishonardi: ya'ni Yerni kosmosning markazi, barcha sayyoralar uning atrofida aylanadi, deb bilardi. Galileo teleskop orqali Mushtariy (Yupiter) da Yer singari yoʻldoshlar borligini koʻrdi. Bu barcha katta-kichik jismlar Yer atrofida aylanadi, degan Aristotel falsafasiga zid edi. U Zuhro (Venera)ga boqib, u ham xuddi Oy singari fazalarga ega ekanini payqadi. Mazkur dalillar orqali Galileo Cherkov taʼlimoti xato ekanini anglab yetdi va oʻz asarlarida kashfiyoti haqida zikr qildi. Uning davri Yevropada renessans, ilm-fanning tugʻilishi davri boʻlib, anchagina ilmiy inqiloblar oʻz boʻsagʻasida edi. Galileodan soʻng Ayzek Nyuton dunyoga keldi. Eng nomdor olim hisoblangan Nyuton Xudo va ilm-fanga birdek ishonardi. Biri evaziga birini inkor etmasdi. U Galileoning kashfiyotlarini oʻz ilmiy izlanishlari natijasida toʻkis tasdiqladi. Mana shu tarzda Galileoning ilmiy taʼlimotlari keng yoyila boshladi. Aristotel falsafasi qaysidir maʼnoda oʻldi. Qizigʻi, Cherkov magʻlub etildi. shundan soʻng zamonaviy modern ilm-fan dunyoga keldi.
Gepostet 10. Sept.
Platon va Nitshe o’rtasidagi suhbat.
Gepostet 9. Sept.
Gepostet 4. Sept.
Gepostet 28. Aug.
The individual has always had to struggle to keep from being overwhelmed by the tribe. If you try it, you will be lonely often, and sometimes frightened. But no price is too high to pay for the privilege of owning yourself. Nietzsche
Gepostet 26. Aug.
Insoniyat yaralganda jungli qoidasi bo’yicha qirilib ketish havfi bor edi. Chunki, u boshqa hayvonlarga o’xshagan o’z-o’zini himoyalovchi kuchi, tirnoqlari, o’tkir tishlari yo’q edi. U bo’yi 1,50-2,0 metr, tik yuruvchi oddiy bir sutemizuvchi edi. O’z o’zini himoyalovchi kichik bir kuchi ham bo’lmagan bu jonzotni tirik qolish sababi bu uning ongidir. Shu ong tufayli u eng yaxshi ovlovchi va dunyoga hukmronlik qildi. Hokimiyatning eng asosiy ustuni ham bu aqldir.
Gepostet 25. Aug.
Gepostet 24. Aug.
Nahot sevmaslik mumkin bu go’zallikni.
Gepostet 24. Aug.