Aktuelle Beiträge
S. 46 von 56 · 666 Beiträge
Gepostet 25. Sept.
O'ylab qarasam kechgi sayrlar orqali uyqu rejimimni sekin sekin joyiga tushiryabman ekan yoki kuz effekt beryabdi. Odatda bahordan kuzgacha uyqu rejimim juda rasvo bo'ladi tahminan yangi kunning ilk ikki soatigacha uyqu kelmaydi.Hozir esa sutka tugashiga bir ikki soat qolganda uxlay boshladim qandaydir. Qiziq.Buni boshqa tarafdan olib qaralsa kuz va qish faslida odam immuniteti tushishini kunlar avvalgidek yorug' bo'lmaslikini hamda quyosh ertaroq botishini ham aytishimiz mumkin.Extimol shu sabablarniyam ta'siri bordir)
Gepostet 25. Sept.
Insonlarni seving.Borliqda insonlardek intellektual jonzot boshqa uchramasliki mumkin)
Gepostet 24. Sept.
Menimcha ayrim kitoblarimizga film ishlamagan ma'qul.Chunki ularni ham ishlash me'yorini buzib kitobdan bezdirib qo'yishlari mumkin)
Gepostet 24. Sept.
Aytgancha kitob haqida subyektiv fikrim ajoyib menimcha asaxiy tomonidan tarjima qilingan eng yaxshi kitoblardan biri.Qo'shimchasiga bu kitob inglizlar nomidan yozilgan bo'lib bosqin ishlarini olib borgan inglizlarga insoniy achinish xissini ham uyg'otadi.Nimayam deymiz tarixga tepadan nazar tashlash qiyin)
Gepostet 24. Sept.
Kitobni imkon qadar vaqt ajratib o'qiyabman va shu vaqtgacha qoq yarmiga keldim.Bilganlarim ham bilmaganlarim ham uchrab turibdi.Agarda sizni yo'nalishingiz tarix bo'lsa yoki tarixga qiziqsangiz bu kitob ayni sizbob(va menbob) shaklda sodda tilda yozilgan)
Gepostet 24. Sept.
Yana o'ntacha chang bosa boshlagan kitoblarim bor ularni ham yangi yilgacha o'qib chiqa olishimga kafolat bermaymanu lekin harakat qilaman...
Gepostet 23. Sept.
Topib oldim.O'zimga yoqadi qandaydir shu rasm)
Gepostet 22. Sept.
To'g'risi hali umrimni qoq yarmiga yetmagan bo'lsam ham umrini yarmini bosib o'tgan odamlarni ba'zilaridan ba'zi extimol aqliy jabhalarda ustunman degan fikrdan hali qaytganim yo'q. Dunyoning ko'p jihatlari meni endilikda deyarli xayron qoldirmaydi ham chunki ssenariy uslub va tartib qisman bir xil shakllangandek tuyuladi.Bu holatda esa aktyorlar almashaveradi ssenariy esa o'z yo'nalishi bo'yicha ijro etilishda davom etadi.
Gepostet 22. Sept.
Intellektual yolg‘izlik siz o'ylagandan ancha murakkab narsa, bu shunchaki saviyali suhbatlarni istash emas. Bu murakkablikni anglab yetadigan odamlar naqadar kam ekanligini anglab yetishdir. Odamlarning tushunishga intilish o‘rniga, o‘zlarini haq deb his qilish uchun shoshma-shosharlik bilan javob topishga urinishlarini kuzatishdir. Bu odamlarning sarlavhalar, yuzaki taassurotlar va ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi videolardan butun dunyoqarashlarini shakllantirishlarini ko‘rishdir. Bu sizning fikrlaringiz, qarashlaringiz kimningdir qolipiga sig‘maganda yuzaga keladigan sukunatdir. Bu kibr emas. Bu - sizning fikrlaringizni tushunmaydigan odamlar oldida aytishingiz mumkin bo‘lgan gaplarning ichingizda yig'ilishidan paydo bo'lgan charchoqdir. Fikrlashingiz o'sgach, oddiy suhbatlar sizni zeriktirish u yoqda tursin, begonalashtiradi. Siz shunchaki aqlli odamlarni emas, balki hali ham fikrlashda davom etayotgan insonlarni izlaysiz. ...
Gepostet 21. Sept.
insonga oʻzi qabul qilayotgan qarorlarida atrof-muhitning bosimi qattiq ta’sir qilarkan. Biz deyarli hech qaysi qarorimizni “mustaqil” qabul qilmaymiz, balki qila olmaymiz ham manimcha:(
Gepostet 20. Sept.
Tabiiyki yil bo'yi uyqu rejimim rasvo bo'ladi.Bu sayr esa bu muammoga qisman bo'lsada yechim bera oladimen uchun.
Gepostet 20. Sept.
Odatda sentyabrdan fevralgacha kechgi sayrga chiqaman.Ayni shu mahal eng yaxshi havo bo'ladi bizda sayrbob.Bir ikki soatlik yuruvdan so'ng inson miyasi yaxshigina kislorodga to'yinib tabiiy uyqu kela boshlaydi)