TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
“MUNIS” World Bank Project avatar

TGINSIGHT CHAT

“MUNIS” World Bank Project

@Munis_Project

Education

MUNIS is a unique development project implemented jointly by the World bank and the Ministry of Higher Education, Science and Innovations of the Rupublic of UZB. Website: https://wbgrants.uz

Subscribers683Current channel subscribers
Tracked posts211Indexed post count
Recent reach11,194Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 2 of 18 · 211 posts

Posted Oct 10

🔋INNO WEEK 2025 — мамлакатдаги энг йирик технологик ва инновацион кўргазмалардан бири бўлиб, юзлаб компаниялар ўз ечимларини намойиш этмоқда. Меҳмонлар Growz иловаси имкониятлари, сунъий интеллект асосидаги касаллик ва зараркунандаларни аниқлаш тизими, шунингдек, фермерлар учун молиявий таҳлил модуллари билан танишишлари мумкин. 💡Келинг, биргаликда янги ҳамкорликлар, ғоялар ва рақамли аграр ечимларни яратайлик. ↗️ "Growz" Иловасини Play Market ёки App Store дан юклаб олинг ва ва БЕПУЛ жавоб топинг! 🌳@growzapp Бизнинг ижтимоий тармоқларимизга ўтинг ва обуна бўлинг!

419 views

Posted Oct 2

🏛Fanlar akademiyasida “Oʻzbekiston Fanlar akademiyasini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga koʻmaklashish” mavzusidagi treningga start berildi 🌐Joriy yil 2-oktyabr kuni Fanlar akademiyasida Jahon bankining “MUNIS” (Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish) loyihasi tomonidan moliyalashtirilgan “Oʻzbekiston Fanlar akademiyasini modernizatsiya qilish va rivojlantirishga koʻmaklashish” (“Modernization and fostering of the development of Uzbekistan Academy of Sciences”) mavzusidagi treningga start berildi. 🔹Treningning asosiy maqsadi — ilm-fan va innovatsiyalarni real iqtisodiyot sohalariga integratsiyalash hamda ilmiy faoliyat samaradorligini oshirishdan iborat. 🔺 Mazkur treningda Fanlar akademiyasiga qarashli ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining mas’ul mutaxassislari ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida ularga ilmiy hajmdor mahsulotlarni tijoratlashtirish, yaʼni ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish va bozordagi qiymatini oshirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar berilishi rejalashtirilgan. 🔹Trening 7-oktyabrga qadar davom etadi. ____________ 🏛В Академии наук стартовал тренинг на тему “Содействие модернизации и развитию Академии наук Узбекистана” 🌐2 октября текущего года в Академии наук стартовал тренинг на тему “Содействие модернизации и развитию Академии наук Узбекистана” (“Modernization and fostering of the development of Uzbekistan Academy of Sciences”), финансируемый в рамках проекта Всемирного банка "MUNIS" (Модернизация национальной инновационной системы Узбекистана). 🔹Основная цель тренинга - интеграция науки и инноваций в сферы реальной экономики и повышение эффективности научной деятельности. 🔹В данном тренинге принимают участие ответственные специалисты научно-исследовательских учреждений и организаций Академии наук. В рамках мероприятия им будут предоставлены теоретические и практические знания по коммерциализации наукоемкой продукции, внедрению научных разработок в практику и повышению их рыночной стоимости. 🔹Тренинг продлится до 7 октября. 📱https://t.me/Munis_Project 📱www.youtube.com/@MUNISProject 🌐https://wbgrants.uz

968 views

Posted Sep 19

📣O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar uchun xalqaro trening o'tkazildi. 🌐 Joriy yil 18-sentyabr kuni Jahon bankining “MUNIS” loyihasi PRIM grant dasturi doirasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar uchun 2040-yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan xalqaro trening o'tkazildi. 💠 Mazkur treningda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Sh.Turdikulova, Kimyo-biologiya bo‘limi boshlig‘I J.Tashpulatov, ilmiy tashkilotlari rahbarlari, soha mutaxassislari hamda Jahon bankining mas’ul vakillari ishtirok etishdi. 🔹 Trening doirasida qatnashchilar ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, muvaffaqiyatli xalqaro modellar asosida strategiya ishlab chiqish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. Shuningdek, trening jarayonida ilmiy tashkilotlar faoliyatini samarali rejalashtirish, moliyalashtirish tizimini diversifikatsiya qilish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda fan-texnika sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi yo‘nalishlarda ham muhim fikrlar bildirildi. ✅ Mazkur seminar-trening Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining global ilm-fan maydoniga integratsiyalashuvi, barqaror va uzoq muddatli strategik rivojlanishini ta’minlashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi. ____ 📣Проведен международный тренинг для научных организаций при Академии наук Узбекистана. 🌐 18 сентября текущего года в рамках грантовой программы PRIM проекта Всемирного банка "MUNIS" начал свою работу международный тренинг по разработке стратегии развития до 2040 года для научных организаций, входящих систему Академии наук Узбекистана. 💠В тренинге приняли участие вице-президент Академии наук Узбекистана Ш.Турдикулова, начальник Отдела химии и биологии Ж.Ташпулатов, руководители научных организаций, специалисты отрасли и эксперты Всемирного банка. 🔹В рамках тренинга участники повысили знания и навыки по разработке стратегии на основе успешных международных моделей. Кроме того, в ходе тренинга были рассмотрены вопросы эффективного планирования деятельности научных организаций, диверсификации системы финансирования, поддержки молодых ученых и международного сотрудничества в области науки и техники. ✅Данное мероприятие служит важным этапом в интеграции научных организаций Академии наук в глобальное научное пространство, обеспечении их устойчивого и долгосрочного стратегического развития. 📱https://t.me/Munis_Project 📱www.youtube.com/@MUNISProject 🌐https://wbgrants.uz

1,220 views

Posted Sep 18

#InnoWeek_2025 “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish loyihasi”ga bag‘ishlangan panel sessiyasiga taklif etamiz! “InnoWeek-2025” —innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Jahon Banki ko‘magida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish (MUNIS) loyihasi”ga bag‘ishlangan panel sessiyasi bo‘lib o‘tadi. 🟢 Tadbir davomida ilm-fan va innovatsiyalar sohasining rivojlanish mexanizmlari, barqaror innovatsion tizimni shakllantirishda xalqaro standartlarning o‘rni, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish imkoniyatlari kabi masalalar muhokama qilinadi. 🗣️ Asosiy ma’ruzachilar: ✅Erbol Suleymenov - “MUNIS” loyihasining xalqaro ekspertlar kengashi raisi; ✅Emil Martin - “MUNIS” loyihasining xalqaro ekspertlar kengashi a’zosi; ✅Yerali Beksultan - Jahon bankining xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha katta mutaxassisi; ✅Murod Xusanov - Barqaror rivojlanish, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va yashil iqtisodiyot masalalari bo‘yicha ekspert; ✅Dilfuza Egamberdiyeva - Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti laboratoriya mudiri. 📱Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:www.innoweek.uz Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

478 views

Posted Sep 12

🌱Botanika institutida yosh botanik olimlarining an'anaviy IV xalqaro konferensiyasi o'tkazildi. 🌐 Joriy yilning 11-12-sentyabr kunlari MUNIS loyihasining PRIM grant dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti tomonidan Yosh botanik olimlarining an'anaviy IV-xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 🔰Unda O'zbekistondagi ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari va talabalari bilan bir qatorda, Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va boshqa davlatlardan yosh olimlar ishtirok etishdi. ✅ Konferensiya tabiiy ekotizimlardagi o‘simliklar xilma-xilligi va botanik tadqiqotlarning zamonaviy usullari, o‘simliklarda molekulyar-genetik tadqiqotlar, biotexnologiya, o‘simliklar biokimyosi va strukturaviy botanikaning dolzarb yo‘nalishlari hamda o‘simliklar introduksiyasi va kamyob turlarni saqlab qolishda ex-situ tadqiqotlarining ahamiyati kabi dolzarb mavzularni qamrab oldi. ____________ 🌱В Институте ботаники состоялась IV Международная конференция молодых ученых-ботаников. 🌐11-12 сентября текущего года в рамках грантовой программы PRIM проекта MUNIS Институтом ботаники Академии наук Республики Узбекистан состоялась IV Международная конференция молодых ученых-ботаников. 🔰В мероприятии приняли участие сотрудники научно-исследовательских учреждений, преподаватели и студенты университетов, а также молодые ученые из Китая, Южной Кореи, Российской Федерации, Казахстана, Кыргызстана, Таджикистана и других стран. ✅Конференция охватила такие актуальные темы, как разнообразие растений в природных экосистемах и современные методы ботанических исследований, молекулярно-генетические исследования, актуальные направления биотехнологии, биохимии растений и структурной ботаники, а также значение исследований ex-situ в интродукции растений и сохранении редких видов. 📱https://t.me/Munis_Project 📱www.youtube.com/@MUNISProject 🌐https://wbgrants.uz

1,540 views

Posted Sep 12

#Seminar 🌍 Ilm-fan olamida yangilik! MUNIS loyihasining PRIM grant dasturi doirasida tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti sizni 2025-yil 25-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan xalqaro seminarga taklif etadi. 👤Spiker: Professor Lela Bakanidze 📌 Kasalliklarni nazorat qilish va sog‘liqni saqlash milliy markazi (NCDC), Gruziya 🔬Mavzu: "Laboratoriya amaliyotida bioxavfsizlik, bioximoya va biorisklarni boshqarishga zamonaviy yondashuv" Nega bu seminar muhim? 🔹 Riskga asoslangan yondashuvlar 🔹 ISO 35001: laboratoriya bioxavfsizligi va biorisklarni boshqarish bo‘yicha xalqaro standart 🔹 Samaradorlikka asoslangan modellar va texnologiya integratsiyasi 🏆 Har bir ishtirokchiga xalqaro sertifikat beriladi! 📅Sana: 25-sentabr 2025-yil ⏰Vaqt: 14:00 – 16:00 🆓 Kirish: bepul 📍 Joy: "PANARAMS" mehmonxonasi 👉 Ro‘yxatdan o‘tish: Havola (https://forms.gle/NgecbMANWxjirv9u9) ⏳ Muddat: 15-sentabrgacha! #Семинар 🌍 Новость в мире науки! В рамках грантовой программы PRIM проекта MUNIS Институт микробиологии Академии наук Республики Узбекистан приглашает Вас на Международный семинар, который состоится 25 сентября 2025 года. 👤 Спикер: Профессор Лела Баканидзе 📌 Национальный центр по контролю заболеваний и общественному здравоохранению (NCDC), Грузия 🔬 Тема: «Современный подход к биобезопасности, биозащите и управлению биорисками в лабораторной практике» Почему этот семинар важен? 🔹 Подходы, основанные на оценке рисков 🔹 ISO 35001: международный стандарт лабораторной биобезопасности и управления биорисками 🔹 Модели, основанные на оценке эффективности, и интеграция технологий 🏆 Каждому участнику будет выдан международный сертификат! 📅 Дата: 25 сентября 2025 г. ⏰ Время: 14:00 – 16:00 🆓 Вход: бесплатно 📍 Место: Гостиница «PANARAMS» 👉 Регистрация: Ссылка (https://forms.gle/NgecbMANWxjirv9u9) ⏳ Срок регистрации: до 15 сентября 2025 г. 📱https://t.me/Munis_Project 📱www.youtube.com/@MUNISProject 🌐https://wbgrants.uz

1,070 views

Posted Sep 12

#InnoWeek_2025 📢“InnoWeek–2025” – Ilm-fan va biznes sohasida faoliyat olib borayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlaydi! Haftalik doirasida “Ilm-fan va biznes sohasida faoliyat olib borayotgan ayollar: yutuqlar va muammolar” tahliliga bag‘ishlangan tadbir o‘tkaziladi. Unda:⬇️ – ilm-fan rivojida ayollarning rolini yanada kuchaytirish; – qizlar va ayollar o‘rtasida ilmiy salohiyatni rivojlantirishga ko‘maklashish; – mamlakatimiz xotin-qizlarining ilm-fan va tadbirkorlik sohasidagi huquqlarini ta’minlash; – bu borada samarali milliy mexanizmlarni joriy etish hamda xalqaro tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama etiladi! ℹ️ Ro‘yxatdan o‘ting: ℹ️https://innoweek.uz ✉️Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, mamlakatimizda so‘nggi besh yil ichida ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi ayollar soni 18 foizga oshgan va bugungi kunda O‘zbekistonda olimlarning 48 foizi xotin-qizlardan iborat. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

389 views

Posted Sep 11

#InnoWeek_2025 “Innoweek–2025” innovatsion g‘oyalar haftaligi – yangi innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni taqdim etadi! Haftalikka tashrif buyursangiz: 🔵Hali hech qayerda namoyish etilmagan mahsulotlar bilan tanishasiz! 🔵Ular biznesingiz rivoji uchun foydali bo‘lishi mumkin! 🔵Bularning barchasi – “Innoweek”da! 🟡Barchasi – chegarasiz g‘oyalar mahsuli! ✔️Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://innoweek.uz Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

486 views

Posted Sep 5

#InnoWeek_2025🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Yilning eng yirik innovatsion haftaligi – InnoWeek-2025 sizni kutmoqda! 9–11-oktabr kunlari CAEx ko‘rgazmalar zalida “Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida o‘tadigan ushbu xalqaro haftalik mamlakatimizda ilm-fan va innovatsion faoliyatdagi yutuqlarni namoyish etadi. Ko‘rgazmalar, tanlovlar, forumlar, master-klasslar, startap pitchinglar va boshqa tadbirlar haftalik doirasida tashkil etiladi. InnoWeek — mahalliy va xalqaro kompaniyalar, davlat idoralari, investorlar, olimlar, startaperlar va ekspertlarni birlashtiruvchi platforma. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

626 views

Posted Aug 16

“AI-Enhanced Academic Research and Writing Assistant” loyihasining o'quv mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda. Ushbu o'quv dasturning asosiy maqsadi - Business Finance, Agriculture Enviromental, Medicine & Biology, IT Engineering & Math yo'nalishlari bo'yicha saralab olingan 200 nafar tadqiqotchi olimlarning, sun’iy intellekt texnologiyalari orqali akademik yozuv, adabiyotlar va ma’lumotlar tahlilini tizimlashtirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirgan holda, tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan. Mashg'ulotlar muntazam ravishda joriy yilning 2-avgust sanasidan boshlab haftaning har shanba kuni Innovatsion Rivojlanish agentligi binosida oflayn shaklda amalga oshirilmoqda. Ma'lumot uchun: Loyiha Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy ko‘magi doirasida amalga oshirilmoqda. Batafsil ma’lumotlar: +998933225689 +998951705995 📧:[email protected]

2,680 views

Posted Aug 15

#diqqat_tanlov 🏆🏆🏆 Eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatorlar tanlovida ishtirok eting! 📢Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi va unda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan 16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ixtirochi va ratsionalizatorlar qatnashishi mumkin. ⚠️G‘oliblar “InnoWeek – 2025” – Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida taqdirlanadi. ❤️‍🔥 Tanlovga taqdim etiladigan ishlanmalar ixtirochilik va ratsionalizatorlik ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha elektron platforma (ixtiro.ilmiy.uz) orqali 2025-yil 14-sentabrga qadar (shu kuni ham 23:55gacha) elektron shaklda qabul qilinadi. ☎️ Ma’lumot uchun: +99871 203-32-23 (244 / 416). 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

508 views

Posted Jun 30

Yoshlar kuni bilan tabriklaymiz! Yoshlik — mardonavor g‘oyalar, yorqin his-tuyg‘ular va katta yutuqlar davri. Siz — shahrimiz va mamlakatimiz kelajagi bunyodkorisiz. Sizning shijoatingiz, ishtiyoqingiz, ijodkorligingiz va yaxshilik sari intilishingiz bizni ilhomlantirib, kelajagimiz yanada yorug‘ ekanligiga ishontiradi. Sizning faolligingiz va Vatanimizga cheksiz sadoqatingizdan faxrlanamiz. Bayramingiz muborak! Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

810 views
1234•••10•••1718