TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Back to channels
“MUNIS” World Bank Project avatar

TGINSIGHT CHAT

“MUNIS” World Bank Project

@Munis_Project

Education

MUNIS is a unique development project implemented jointly by the World bank and the Ministry of Higher Education, Science and Innovations of the Rupublic of UZB. Website: https://wbgrants.uz

Subscribers683Current channel subscribers
Tracked posts211Indexed post count
Recent reach6,885Sum of recent post views
Recent posts

Recent posts

Page 6 of 18 · 211 posts

Posted Apr 10

🔹 RCP & BIRD loyiha jamoalari uchun intellektual mulk bo‘yicha seminar 2025-yil 10-aprel kuni Innovatsion rivojlanish agentligida Jahon bankining "O‘zbekiston milliy innovasion tizimini modernizatsiya qilish" (MUNIS) loyihasi doirasida ishga tushirilgan "Research Commercialization Program" va "Business Investments in Research & Development" (RCP&BIRD) grant dasturlari sub-loyihalarining asosiy ishtirokchilari uchun intellektual mulkni boshqarish strategiyasi va patent arizalarini topshirish bo‘yicha vorkshop bo‘lib o‘tdi. 📌 Vorkshop MUNIS loyihasini amalga oshirish guruhi tomonidan ENCOMPAS kompaniyasi ko‘magida tashkil etildi. 📚 Ishtirokchilar quyidagilarni o‘rganishdi: ▪️ Intellektual mulk ob’yektlarini yaratish jarayonini boshqarish modeli ▪️ Ichki hujjatlarni yuritishga yondashuvlar ▪️ Patentlarni izlash va tadqiq etish usullari ▪️ Patent talabnomalarini (milliy va xalqaro) topshirish tartibi 👩‍🏫 Ma’ruzachi: Yekaterina Runova – Intellektual mulk ob’yektlarini boshqarish, patentlarni o‘rganish va ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish bo‘yicha ekspert. 💡 Vorkshop o‘z ichiga amaliy keyslar, metodik materiallar va bilimlarni amaliyotda mustahkamlashga yordam beradigan interaktiv topshiriqlarni qamrab oldi. ✅ Tadbir yakunida ishtirokchilar nafaqat patentlashning asosiy jihatlarini o‘zlashtirdilar, balki o‘zlarining innovasion ishlanmalarini muvaffaqiyatli himoya qilish va tijoratlashtirish vositalariga ham ega bo‘ldilar. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

377 views

Posted Apr 10

#eslatma Bugun muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovga ariza topshirishning so'nggi kuni! ⏺️Eslatib o‘tamiz, tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta): 🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi; 🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari. 🗓 Tanlovga arizalarni yuborish va uni tahrirlash joriy yilning bugun soat 23:59 qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi. 📋 TANLOV NIZOMI Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: 📞 555200808 (357), 900650509. Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning! Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

354 views

Hashtags

Posted Apr 10

#matbuot_anjumani 🟥🟦🟦 Matbuot anjumanini onlayn kuzating! Savollaringizni shu yerda izohda yozib qoldiring. ⬇️ Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

319 views

Posted Apr 9

#seminar 🟥🟦🟦 Bugun 9-aprel va bizda navbatdagi seminar boshlanish arafasida. Mavzu: “Spin-off” korxonalari - Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishning drayveri” Seminarni onlayn kuzating! Savollaringizni shu yerda izohda yozib qoldiring. ⬇️ Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

331 views

Hashtags

Posted Apr 9

9-aprel – Amir Temur tavallud topganiga 689 yil toʻldi Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370-yil) asoschisi sanaladi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

339 views

Posted Apr 8

Joriy yilning 11-aprel sanasida Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida “Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va ilmiy ishlanmalarga biznes-investitsiya” mavzusida biznes-forum o‘tkaziladi. Biznes-forumda MUNIS loyihasi tomonidan xususiy sektor bilan birgalikda moliyalashtirilayotgan yuqori texnologik loyihalarini dastlab natijalari va yaratilgan mahsulotlari potensial xaridor va investorlarga namoyish etiladi. Loyihalar Axborot texnologiyalaridan tortib, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni qamrab oladi. Shu bilan birga, ilmiy ishlanmalarga davlat va xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilishning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashish maqsadida yetakchi xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida plener sessiya ham tashkil etiladi. Tadbir so‘ngida MUNIS loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan eng ilg‘or 10 ta loyihalarning investorlar uchun namoyishi (pitch) o‘tkaziladi. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

342 views

Posted Apr 7

🚀Homila AI “Al-Xorazmiy nomidagi AICA Awards 2025”da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Sog’liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi innovatsiya yo’nalishida “Kinestex” g’alaba qozondi. - Tanlovning final bosqichigacha keldik. Bu ham kichik natija emas aslida,-deydi loyiha mualliflari. ⭐️Katta yutuqlarga kichik qadamlar orqali erishiladi. Jamoaga kelgusi ishlarida omad tilaymiz! Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

520 views

Posted Apr 3

4️⃣4️⃣4️⃣⚖️👨‍💻👩‍💻💬 Tech Horizon 2025: Xalqaro IT va innovatsiyalar konferensiyasi Anjumanda: 🔹IT, ta’lim va raqamli texnologiyalar bo‘yicha global trendlar; 🔹O‘qituvchilar, olimlar, IT mutaxassislar va ish beruvchilar uchun imkoniyat. 👥 Tashkilotchilar: ➡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi; ➡️Raqamli texnologiyalar vazirligi; ➡️Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi; ➡️Toshkent shahridagi INHA universiteti; ➡️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari; ➡️“Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali. 📝Maqolalar qabul muddati: 10-aprel 📧Aloqa uchun:@Science_MMM_journal | [email protected] ⬇️Dastur, namuna va hujjatlar topshirish shakli 📍Manzil: Hilton Tashkent City 📅Sana: 17-aprel, 2025-yil 🕙Vaqt: 10:00 Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

532 views

Posted Apr 3

Biz korrupsiyaga qarshimiz! Sizchi? Innovatsion rivojlanish agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida@innovation_anticorruption_bot rasmiy Telegram boti tashkil etilgan. ❗️Bot orqali Siz Agentlik,uningtizim tashkilotlarida duch kelgan korrupsion holatlar haqida xabar berishingiz mumkin. Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish imkoniyati ham yaratilgan: 📞Ishonch telefon raqami: (71) 203-32-23 (840). 📤[email protected] elektron pochta manzili. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube

446 views

Posted Apr 2

Joriy yilning 11-aprel sanasida Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida “Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va ilmiy ishlanmalarga biznes-investitsiya” mavzusida biznes-forum o‘tkaziladi. Biznes-forumda MUNIS loyihasi tomonidan xususiy sektor bilan birgalikda moliyalashtirilayotgan yuqori texnologik loyihalarini dastlab natijalari va yaratilgan mahsulotlari potensial xaridor va investorlarga namoyish etiladi. Loyihalar Axborot texnologiyalaridan tortib, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni qamrab oladi. Shu bilan birga, ilmiy ishlanmalarga davlat va xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilishning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashish maqsadida yetakchi xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida plener sessiya ham tashkil etiladi. Tadbir so‘ngida MUNIS loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan eng ilg‘or 10 ta loyihalarning investorlar uchun namoyishi (pitch) o‘tkaziladi. *️⃣Biznes-forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook|You Tube

1,390 views

Posted Apr 1

🟢 Jahon bankining MUNIS loyihasi doirasida moliyalashtirilayotgan Homila-AI startap loyihasi Markaziy Osiyoda sunʼiy intellekt assotsiatsiyasi (Central Asian Association for Artificial Intelligence-AICA) tomonidan tashkil etilayotgan AICA-awards tanlovida “Sogʻliqni saqlash sohasida eng yaxshi innovatsiya” nominatsiyasida gʻoliblikka nomzod sifatida ishtirok etmoqda. ✅ Homila-AI loyihasi homiladorlik davomida yuzaga keladigan risklarni baholash va Homilador ayol ekotizimi uchun interaktiv yordamchi vazifasini bajaruvchi sunʼiy intellekt asosida ishlovchi mobil ilova ishlab chiqib ommalashtirishni maqsad qilgan. Loyiha MUNIS loyihasidan 150 000 AQSH dollari va xususiy sektordan 25 000 AQSH dollari miqdorida grant va investitsiya mablagʻlarini jalb qilgan. 📱https://t.me/Munis_Project 📱www.youtube.com/@MUNISProject 🌐https://wbgrants.uz

1,250 views

Posted Mar 24

Joriy yilning 11-aprel sanasida Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan Jahon bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida “Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va ilmiy ishlanmalarga biznes-investitsiya” mavzusida biznes-forum o‘tkaziladi. Biznes-forumda MUNIS loyihasi tomonidan xususiy sektor bilan birgalikda moliyalashtirilayotgan yuqori texnologik loyihalarini dastlab natijalari va yaratilgan mahsulotlari potensial xaridor va investorlarga namoyish etiladi. Loyihalar Axborot texnologiyalaridan tortib, tibbiyot va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarni qamrab oladi. Shu bilan birga, ilmiy ishlanmalarga davlat va xususiy sektor investitsiyalarini jalb qilishning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashish maqsadida yetakchi xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida plener sessiya ham tashkil etiladi. Tadbir so‘ngida MUNIS loyihasi tomonidan amalga oshirilayotgan eng ilg‘or 10 ta loyihalarning investorlar uchun namoyishi (pitch) o‘tkaziladi. *️⃣Biznes-forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook|You Tube

685 views
12•••45678•••10•••1718