TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Itzuli kanal zerrendara
Feruz Rahimov avatar

TGINSIGHT CHAT

Feruz Rahimov

@feruzrahim

Psychology

Mening blogimga xush kelibsiz! Ish faoliyatim va hayotimiz davomida hayotiy saboqlarni birga o'rganamiz. https://www.facebook.com/feruz.rahimov.9 https://www.youtube.com/@10Daqiqa Aloqa: @Feruz1

Harpidedunak97Uneko harpidedunak
Jarraitutako argitalpenak192Indexatutako argitalpenen kopurua
Azken irismena880Azken ikusaldien batura
Azken argitalpenak

Azken argitalpenak

5/16 orria · 192 argitalpen

Argitaratua abe. 2(a)

Jizzaxda energiya tejamkorlik yuzasidan o'rganish olib borganimizda ushbu takliflarni bergan edik. Takliflarimiz amaliyotga tadbiq etilibdi. Zero, energiya tejashni faqat tarifni ko'tarish bilan emas, aholining qiziqishlarini orttirish bilan ham amalga oshirish mumkin.

62 views

Argitaratua aza. 30(a)

Mahmudxo'ja Behbudiy - Jadidlar to'plamidan https://youtu.be/F9KLYzxvOEY

76 views

Argitaratua aza. 25(a)

Havo ifloslanishi – ko‘rinmas, lekin eng xavfli dushman O‘zbekistonda PM2.5 tufayli har yili 34 minggacha odam hayotdan ko‘z yumadi. PM2.5 zarralari tufayli: 42% — Surunkali obstruktiv o'pka kasalligi o‘limlari 29% — yurak ishemik kasalliklari 27% — insult 23% — o‘pka saratoni 22% — pastki nafas yo‘llari infeksiyalari 21% — yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limi havo ifloslanishiga bog‘liq. PM2.5ning asosiy manbalari: Energetika – 12.1% Uy xo‘jaliklari – 8.9% Sanoat – 6.9% Antropogen chang – 3.6% Qishloq xo‘jaligi – 3.4% Bu statistikalar bizga bitta haqiqatni aytadi: toza havo – hayot masalasi. Manba

106 views

Argitaratua aza. 24(a)

https://youtu.be/0NSmquPvRkQ

82 views

Argitaratua aza. 24(a)

AQSh bilan qurilish sohasida qanday hamkorlik qilish mumkin? 1. “Aqlli shahar” texnologiyalari Cisco va IBM kabi kompaniyalar bilan transport, xavfsizlik va infratuzilma boshqaruvini raqamlashtirish. Huddi “Smart Astana” kabi. 2. Zilzilabardoshlik va yong‘inga chidamlilik USGS va FEMA bilan birgalikda seysmik xaritalarni yangilash, eski uylarni inventarizatsiya qilish va ularni mustahkamlash. 3. Energoeffektiv uylar Energy Star va LEED standartlari asosida energiya auditi, “passiv uy”, aqlli termostatlar va uylar tomiga quyosh panellari. 4. BIM texnologiyalarini joriy etish Autodesk bilan hamkorlikda 3D emas, to‘liq ma’lumotli raqamli bino modeli yaratadi. 5. Kadrlar tayyorlash MIT, Stanford, Autodesk bilan qo‘shma magistratura va sertifikatlash dasturlari tashkil etish. 6. Uy-joy moliya bozori AQShdagi ipoteka obligatsiyalari, “yashil ipoteka” va ESCO-modellarini o‘rganish. 7. Madaniy merosni tiklash Muzey, teatr va tarixiy obidalarni restavratsiya qilishda AQSh fondlarini jalq qilish.

77 views

Argitaratua aza. 22(a)

Biz teatrga emas, ko'proq konsertga, qiziqchilikka, to'yga ko'proq qiziqamiz. Farzandlarimizni teatrga o'rgataylik. Shunda ko'p muammolardan xalos bo'lamiz. Teatrdagilar maktablarda o'rgatilmaydi. "Romeo va Juletta" spektaklini ko'rdik. Hammaga ma'lum spektakl sevgi haqida. Bugungi kunda oramizdan sevgi ko'tarilmoqda. Bir birimizga, aka ukamizga, oilamizga sevgi kam. Bir qarich yerni deb talashmoqdamiz. Sevishni o'rgatish kerak farzandlarga. Faqat xirsiy sevgi emas, haqiqiy sevgi. Rafiqaga, farzandga, vatanga bo'lgan sevgi. Sevgi hissiyoti ham Allohning ne'mati. Zero sevgi bilan ikki dushman oila, ikki dushman millat yoki davlat birlashishi, tinchlikka sabab ham bo'lishi mumkin.

66 views

Argitaratua aza. 21(a)

Ko‘chaga chiqsangiz, niqob taqib chiqing❗️ So‘nggi marta ommaviy ravishda tibbiy niqoblar taqib yurishni COVID-19 tarqalganda, odamlar uylaridan chiqolmay qolganida qattiq tavsiya qilishgandi ⚠️ Ayni paytdagi havoning ifloslik darajasi N95 / KN95 niqoblarini taqib yurishni talab etadi 😷 O‘zingizni o‘zingiz asrang. Hozircha hamon biror rasmiy munosabat / hisobot / tahlil / chora va harakatlar ketma-ketligi mas’ullar tomonidan ma’lum qilinmadi. O‘zingizni asrang. Boshqa chora qolmayapti. Suratlar generatsiyasi: @sherbek_safariy G‘oya: @mirzodanmaktub #BizgaTozaHavoKerak

67 views

Argitaratua aza. 21(a)

Jizzaxdagi Prezident maktabiga xalqaro maktab darajasi berilibdi. Bunday maqom olgan maktablar dunyoda mingtaga ham bormaydi. CIS - Xalqaro maktablar konsulligi chuqur o'rganishidan so'ng shu qarorga kelishibdi. Albatta bu darajaga chiqishda maktab jamoasi, o'quvchilarning o'rni, bilimi katta. Barcha Jizzaxliklarni tabriklayman. Endi bu maktab tajribasini qolgan davlat maktablariga joriy qilish qoldi.

63 views

Argitaratua aza. 18(a)

Bugun milliy g'ururimiz qabul qilingan kun. Bayrog'imiz eng yuqorisi bo'lsin!

70 views

Argitaratua aza. 16(a)

Kechki mutolaa Amir Temur Ibn Xaldundan Shimoliy Afrika shahrlari haqida so’ragani ma’lum. Amir Temur hozirgi kundagi Tunis, Jazoir, Marokash davlatlari hududiga kiruvchi tarixiy shahrlar bilan qiziqqan. Amir Temur Ibn Xaldunga bu ma’lumotlar meni qoniqtirmaydi.…

73 views

Argitaratua aza. 15(a)

Kechki mutolaa Amir Temur Ibn Xaldundan Shimoliy Afrika shahrlari haqida so’ragani ma’lum. Amir Temur hozirgi kundagi Tunis, Jazoir, Marokash davlatlari hududiga kiruvchi tarixiy shahrlar bilan qiziqqan. Amir Temur Ibn Xaldunga bu ma’lumotlar meni qoniqtirmaydi. Menga mag’rib ulkalarining barchasi – olisi va yaqini, to’g’lari va daryolari, qishoqlari va shaharlari yozilgan bir kitob yozib bering. U shunday kitob bulsinki, uni uqiganda huddi kurib turganday bulsin, degan. Taxmin qilish mumkinki, bu qiziqishlar keying yurishlar rejasi ham bo’lishi mumkin.

74 views

Argitaratua aza. 15(a)

Dubai va Abu Dabi sayohatim — bu shunchaki sayohat emas, balki strategik kuzatuv, rivojlanish modeli, kelajak uchun darslar bo‘ldi. Quyida eng muhim xulosalarim bilan bo'lishaman: 1) BAA – 50 yillik uzoq muddatli strategiya bilan ishlaydi. 2) Dubai va Abu Dabi iqtisodiy mo‘’jizasi 3 yo‘nalishga asoslangan: - Dunyoning eng yaxshi yo‘llari. Bu narxlarni arzonlashtiradi, logistika tezligini oshiradi. - Dubai Airport – jahonda 1-raqamli tranzit tugun. - Metro, tramvay, avtobuslar — aniqlik 1 daqiqada. 3) BAA turizmi 3 asosiy ustunga qurilgan: - Tajriba turizmi (skydiving, cho‘l safari) - Oilaviy turizm (Legoland, Ferrari World) - Biznes turizmi (kongresslar, ko‘rgazmalar) 4) BAA iqtisodiy o‘sishning 70% ini xususiy sektor ishlab chiqadi. Hukumat faqat sharoit yaratadi. 5) Smart City: har bir signal, kamera, yo‘l holati markazdan kuzatiladi; kommunal xizmatlar 24/7 ishlaydi. 6) Dubai – o‘zini dunyoga “Eng xavfsiz, eng zamonaviy, eng qulay shahar” sifatida tanitdi.

64 views
1234567•••10•••1516