TGINSIGHT CHAT
Feruz Rahimov
@feruzrahim
PsychologyMening blogimga xush kelibsiz! Ish faoliyatim va hayotimiz davomida hayotiy saboqlarni birga o'rganamiz. https://www.facebook.com/feruz.rahimov.9 https://www.youtube.com/@10Daqiqa Aloqa: @Feruz1
Azken argitalpenak
7/16 orria · 192 argitalpen
Argitaratua urr. 8(a)
Nobel mukofotlari 2025 2025 yilda Nobel mukofotlari quyidagi yo'nalishlarda berildi: fizika, tibbiyot. Kimyo, adabiyot, tinchlik va iqtisod bo‘yicha mukofotlar endi e’lon qilinadi. Fizika: John Clarke, Michel H. Devoret va John M. Martinis — ular makroskopik kvant tunneling va elektr zanjirda energiya kvantlanishini isbotlash orqali kvant mexanikasi printsiplarini amaldagi elektr qurilmalarda ko‘rsatdilar. Tibbiyot / Fiziologiya: Mary E. Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchi — immun tizimning periferik tolerantlik mexanizmlarini aniqlab, organizmning o‘z hujayralarini hujum qilmasligi uchun nazorat tizimini tushunishga imkon yaratdilar. Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga Donald Trump sazovor bo‘lishi mumkinmi? Nazariy jihatdan — mumkin. Nobel Peace Prize odatda “millatlar o‘rtasidagi do‘stlik”, “qurollarni qisqartirish”, “tinchlik kongresslari” kabi faoliyatlar uchun beriladi. 10 oktabr kuni Tinchlik bo'yicha nobel mukofoti sovrindorlari e'lon qilinishi kutilmoqda. @feruzrahim
Argitaratua urr. 8(a)
"Mutolaa"dan bildirishnomalarning "injiqlari"! Boshlagan kitobingizni tashlab qo'ysangiz, shunday kreativ bildirishnoma-xabarnomalar kelib turadi. Qoyil! Masalan kecha: "Kitobingiz Sizning jamolingizni sog'indi... " deb, bildirishnoma kelibdi. @feruzrahim
Argitaratua urr. 5(a)
"Buyuk shaxmat taxtasi" kitobining mazmuni 10 daqiqa kanalida. Video havolasi: https://youtu.be/D_pUQ3h3iW0"
Argitaratua urr. 5(a)
Kanalimizda yangi video. Siyosiy kitob mazmuni
Argitaratua urr. 3(a)
🌍 Yer osti suvlari – Groundwater levels 🔹 Jahon bo‘yicha: 47 mamlakatdagi 37 ming stansiya ma’lumotiga ko‘ra – 38% yer osti suvlari darajasi normal, 25% past, 37% yuqori. Yevropa, Hindiston va Braziliyada yog‘ingarchilik suvlari orqali yaxshilandi, ammo Janubiy Yevropa, AQSh va Afrikada pasayishdavometmoqda. 🔹 Qozog‘iston va Rossiyadagi yog‘inlar qisman tiklanishga olib kelgan. O‘zbekistonda esa suv tanqisligi sharoitida ortiqcha nasoslarni ko'paytirib yuborish xavfli. 🔹 Jahon bankiga ko‘ra, O‘zbekistonda 18,5 km³ chuchuk suv bor, 7,7 km³/yil foydalanishga ruxsat etilgan, hozirda 0,5 km³/yil ishlatiladi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiyda suv sathi pasaymoqda, sifati yomonlashmoqda. 🔹 Suv talabi: asosan 50,9 km³/yil sirt suvlar hisobidan. Foydalanish tarkibi: 90% qishloq xo‘jaligi, 4,5% kommunal, 1,4% sanoat. 💧 Xulosa: Yer osti suvlari – strategik zaxira, ularni samarali boshqarish va tiklash suv xavfsizligi uchun muhim. @feruzrahim
Argitaratua urr. 1(a)
🎬 Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan o'zbek tilida ko'rsa bo'ladigan filmlar Dam olish kuni tomosha qilish mumkin kinolar: 1. "Super 30" – Kambag‘al bolalarga matematika o‘qitib, ularni katta muvaffaqiyatga yetaklagan ustoz haqida. 2. "Uch savdoyi" (3 Idiots) – Ta’limda yangicha fikrlash va bilimga ishtiyoq bilan yondashish zarurligini ko‘rsatadi. 3. "Yerdagi yulduzchalar" (Taare Zameen Par) – Har bir bola o‘ziga xos iqtidorga egaligini, uni anglash uchun ustoz va ota-onaning mehri muhimligini ta’kidlaydi. 4. "Mo‘jiza" (Wonder) – Jismoniy kamchiligi bor bolaga mehr va insoniy munosabatlar hayotni qanday o‘zgartira olishi haqida. 5. "Iqtidorli" (Gifted) – Iste’dodli bolaning to‘g‘ri yo‘naltirilishi uning taqdiriga qanday ta’sir qilishi haqida hikoya qilinadi. 6. "Murabbiy" (Coach Carter) – Yoshlar tarbiyasida intizom, sabr va mas’uliyatning ahamiyatini yoritadi. 7. "Ustoz" (Chalk n Duster) – O‘qituvchilik mehnati va ilmga sadoqatning qadrini namoyon etadi. @feruzrahim
Argitaratua urr. 1(a)
Aziz ustozlar! Sizlarni bayramingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Mehringiz va sabr-toqatingiz uchun rahmat! @feruzrahim
Argitaratua ira. 29(a)
✈️ Хорижда меҳнат қилиб қайтганлар учун сўровнома. 📝 Сўровномада қатнашиб, қайтганлар учун янада яхши шароитлар яратиш учун ўз ҳиссангизни қўшинг. 🔐 Жавоблар аноним (сир сақланади) ва фақат тадқиқот учун ишлатилади. 🔗 Сўровнома ҳаволаси: 👉 Кириш
Argitaratua ira. 28(a)
Madaniy xordiq. Teatr baribir ajoyib xordiq vositasi. Kecha madaniy xordiq chiqardik. Aktyorlar zo'r. Bir narsani o'ylab qoldim: Kecha teatrda orqaroq o'rindiqda o'tirib qoldik, ovoz ba'zida eshitilmay qolyapti. Ba'zi o'rindiqlar buzilgan. Endi teatrlarga ham pul sarflab, ta'mirlab, yashirincha yoki yoqa mikrofonlari, sifatli ovoz kuchaytirgichlar, turli vizual effektlar, zamonaviy akustik vositalarni joylashtirish vaqti kelmadimikan? Masalan, "Muqimiy" nomli teatr qurilganiga 86 yil bo'lgan. O'z davrida eng zo'ri bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin, endi uni zamonaviy jihozlash payti keldi. Teatr bileti konsertdan ko'ra arzon, aktyorlar gonorari qimmat, menimcha, sof foyda bunday narsalarga yetmaydi. Davlat tomonidan madaniy sohaga ajratilayotgan mablag'lardan teatrlarga ham yo'naltirish kerak. Ham ta'mirlashga, ham aktyorlar xarajatlariga. Shunda, kuchli aktyorlar ko'pi faqat kinoga o'tib ketmaydi. Xalqning madaniy xordiq sifati oshadi. Teatr bu ibratxonadir. @feruzrahim
Argitaratua ira. 26(a)
Korrupsiyaviy atamalarni bilib oling. "Aksilkorrupsiya alifbosi" kitobining mazmuni videosi. Video havolasi: https://youtu.be/v3hL6TFR8RQ #korrupsiya
Hashtags
Argitaratua ira. 24(a)
Lobbizm nima? Lobbizm – bu davlat idoralari va hokimiyat organlariga ma’lum guruhlar yoki korxonalar o‘z manfaatlari yo‘lida bosim o‘tkazishi. Ya’ni ular davlatning qarorlari, qonunlari yoki yordamlarini jamiyat ehtiyoji uchun emas, balki o‘z foydasi uchun ishlatishga harakat qiladi. Masalan, lobbistlar korxonalarga davlat buyurtmalari, kreditlar, imtiyozlar yoki litsenziyalar olishda yordam beradi. Yangi korxona ochishda qulay sharoit yaratadi yoki raqobatchilarni chetlashtirishga intiladi. Aslida, bunday faoliyat ko‘pincha qonuniy ko‘rinishda bo‘lsa-da, natijada ayrim shaxslar yoki guruhlarning manfaatini himoya qiladi. Bu esa adolat tamoyiliga zarar yetkazib, korrupsiyaga yo‘l ochishi mumkin. Shu sababli, lobbizm jamiyatdagi islohotlarga to‘sqinlik qilib, mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. "Aksilkorrupsiya alifbosi" kitobidan.
Argitaratua ira. 22(a)
✈️ Хорижда меҳнат қилиб қайтганлар учун сўровнома. 📝 Сўровномада қатнашиб, қайтганлар учун янада яхши шароитлар яратиш учун ўз ҳиссангизни қўшинг. 🔐 Жавоблар аноним (сир сақланади) ва фақат тадқиқот учун ишлатилади. 🔗 Сўровнома ҳаволаси: 👉 Кириш