TGINSIGHT CHAT
Feruz Rahimov
@feruzrahim
PsychologyMening blogimga xush kelibsiz! Ish faoliyatim va hayotimiz davomida hayotiy saboqlarni birga o'rganamiz. https://www.facebook.com/feruz.rahimov.9 https://www.youtube.com/@10Daqiqa Aloqa: @Feruz1
Azken argitalpenak
9/16 orria · 192 argitalpen
Argitaratua ira. 7(a)
"O'lsang, kim yig'laydi?" kitobining mazmuni videosi. Video havolasi: https://youtu.be/5BRBilis2JI @ondaqiqa
Argitaratua abu. 31(a)
Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin! @feruzrahim
Argitaratua abu. 31(a)
🎩✨Korrupsioner Hoshimjon va Sehrli Qalpoq ✨🎩 Bolalar uchun qiziqarli, kattalar uchun esa saboqli video! Hoshimjon sehrli qalpoq yordamida turli lavozimlarga aylanadi, lekin har safar pul evaziga qilgan ishlarining achchiq oqibatini ko‘radi... 👉 To‘liq videoni bu yerda ko‘ring: https://youtu.be/B3ZrYCn0vjY 📌 Video Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi homiyligida tayyorlandi.
Argitaratua abu. 31(a)
Bolalar uchun multfilmga yaqinroq ibratli video rolik tayyorladim. Bir ko'rib baho bering.
Argitaratua abu. 29(a)
Robert Klitgardning Boliviya tajribasi asosida korrupsiyaga qanday kurashish kerakligi haqidagi "Korrupsiyalashgan shaharlar" kitobining mazmuni. Video havolasi: https://youtu.be/rrG8alpd1TA @ondaqiqa
Argitaratua abu. 29(a)
Youtube kanalimizda yangi video chiqdi. Korrupsiya haqidagi kitob mazmuni. Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz.
Argitaratua abu. 29(a)
Сирдарёда 11 та кластерларнинг барчасида пахта тозалаш қувватлари мавжуд бўлсада, атиги 4 та кластерда ип-калава ишлаб чиқариш мавжуд. Уларда мато тўқиш ва матони бўяш қувватлари мавжуд эмас. Вилоятда етиштирган пахтадан 70 минг тонна ип-калава ишлаб чиқариш имконияти мавжуд бўлсада, кластерлар томонидан пахтанинг 39% (27 минг тонна) қайта ишланмоқда. Кластер дегани, барча ишлаб чиқариш босқичлари бир-бирига уланган битта ягона тизим дегани. Бизнинг кластерларнинг аксариятида бундай тизим йўқ. Уларни кейинги босқичларини йўлга қўйишларига ундаш керак. Ўшанда хом-ашё ўзидан чиқиб, таннарх арзонга айланади. Ҳаммамизга маълумки, ҳозир текстил маҳсулотлари нархи бутун дунёда тушиб кетди. Текстил корхоналаримиз асосан хом-ашё қимматилиги учун маҳсулотни сота олмай қийналишмоқда. @feruzrahim
Argitaratua abu. 28(a)
📚 O'lsangiz, kim yig‘laydi? Robin Sharmaning mashhur usbu kitobi — hayotni ma’noli qilish bo‘yicha 101 ta amaliy saboqdan iborat. Kitob bizga bir narsani eslatadi: vaqt — eng katta boylik, va bugun qilgan odatlarimiz ertangi hayotimizni belgilaydi. 🔑 Asosiy saboqlar: - Har kuni 1% yaxshilanish orqali bir yilda yangi odam bo'lasiz. - Vaqtingizni qadrlang, muhim 3 vazifaga e’tibor qarating. - Ertalabki odatlar — o‘qish, jurnal, mashq, mulohaza. - Shukr va saxiylik — qalbingizni boy qiladi. - Kechirish va mehribonlik — sizni ichki og‘irlikdan ozod qiladi. - Hayotni maqsad va qadriyatlar asosida yashang. ✨ Xulosa: Shunday yashangki, ketganingizdan keyin odamlar sizni yig‘lash uchun emas, minnatdorlik bilan eslashi uchun. 👉 Siz-chi, hayotingizda qanday iz qoldirishni xohlaysiz? @feruzrahim
Argitaratua abu. 27(a)
💡 Kichik biznes uchun IT rivojlanish yo‘li Xalqaro Savdo markazi (ITC) 78 ta davlatda 7 mingta kichik korxonalardan so'rovnoma o'tkazibi. 80% firma IT orqali xarajatlarni kamaytirgan. Yuqori raqamli tayyorgarlikka ega davlatlarda firmalarning 60% «ekspert foydalanuvchilar», past darajali mamlakatlarda esa atigi 20%. O‘zbekistonda YaIM ning 54% kichik biznesga tegishli, 74% bandlik va 33,3% eksport. IT sektori 2023 yilda 3,7% YaIM, 10 551 kompaniya bilan faoliyat yuritdi, eksport esa $140 mln.dan $344 mln. ga ko‘tarildi. Asosiy to‘siqlar: infratuzilma zaifligi, kadrlar yetishmasligi va tartibotlarning murakkabligi. O‘zbekiston Raqamli tayyorgarlik reytingida 81-o‘rin/133. Internetdan foydalanish 83,3%, 4G qamrovi — 97%, 5G — 33%. Tavsiyalar: keng polosali internet va data-markazlarga sarmoya; telefon va noutbuk importiga imtiyozlar; 5G qamrovini kengaytirish; yoshlarni raqamli ko‘nikmalarga o‘qitish; biznes uchun tartiblarni soddalashtirish; xalqaro standartlarga mos tizim yaratish. @feruzrahim
Argitaratua abu. 23(a)
2040-yillar — Buyuk global urush Kitobdagi eng hayratlanarli qism — XXI asr o‘rtalarida urush. Jorj Fridman o'zining "Keyingi 100 yil" kitobida buni Ikkinchi jahon urushiga qiyoslaydi, lekin yangi texnologiyalar bilan: • Yaponiya Osiyoda agressiv rol o‘ynaydi…
Argitaratua abu. 23(a)
Prezidentning 20-avgust uchrashuvidagi tadbirkorlar uchun yangiliklar Moliyaviy imtiyozlar – 10 mlrd so‘mgacha kredit, 500 mln so‘mgacha qarzlar qayta moliyalashtiriladi, foiz 6% gacha tushadi. Soliq va ruxsatlar – 1 yil foyda solig‘idan ozod, 2026 yildan 10 ta litsenziya bekor. Biznesni boshlash – endi 15 daqiqada ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Bog‘chalar – tadbirkorlarga 30 yilgacha yer ijarasi bepul, 5 mlrd so‘mgacha kredit, tarbiyachi maoshi 3 yil davlatdan. Sog‘liqni saqlash – chegara hududlarda tibbiyot klasterlari, 200 mln $ kredit liniyasi. Yoshlar startaplari – 1000 ta startap qo‘llab-quvvatlanadi, 200 tasi xalqaro bozorga, 100 mln $ investitsiya. Turizm – 5 ming gektar yer mehmonxonalar uchun, 150 mln $ infratuzilmaga. Aslida taklif va yangi islohotlar juda ko'p, bu yerda eng muhim deb o'ylaganlarimni keltirdim. @feruzrahim
Argitaratua abu. 22(a)
2040-yillar — Buyuk global urush Kitobdagi eng hayratlanarli qism — XXI asr o‘rtalarida urush. Jorj Fridman o'zining "Keyingi 100 yil" kitobida buni Ikkinchi jahon urushiga qiyoslaydi, lekin yangi texnologiyalar bilan: • Yaponiya Osiyoda agressiv rol o‘ynaydi, resurslarni nazorat qilishga intiladi. • Turkiya Kavkaz, Yaqin Sharq va Bolqonlarda kengayadi. • Polsha va Sharqiy Yevropa Rossiyaga qarshi ittifoq tuzadi. Bu davlatlarning harakati AQShning manfaatlariga zid bo‘lsa, mojaro boshlanishi mumkin. Fridman fikricha, bu urush kutilmagan hujumlar, kosmosdagi janglar va texnologik qurollar bilan olib boriladi. 2007 yilda yozilgan qaysi bashorat haqiqatga o'xshaydi. Jorj Fridmanning "Kelgusi 100 yil" kitobidan. @feruzrahim