TGINSIGHT CHAT
Feruz Rahimov
@feruzrahim
PsychologyMening blogimga xush kelibsiz! Ish faoliyatim va hayotimiz davomida hayotiy saboqlarni birga o'rganamiz. https://www.facebook.com/feruz.rahimov.9 https://www.youtube.com/@10Daqiqa Aloqa: @Feruz1
Azken argitalpenak
8/16 orria · 192 argitalpen
Argitaratua ira. 20(a)
Yapon zobiti kitobining mazmuni videosini chiqardik. Video havolasi: https://youtu.be/TLhqRwuFwW8?si=Hg3ZrMaGeQ3ILmFC
Argitaratua ira. 19(a)
Axborot 24 | Muqobil energiya resurslaridan foydalanuvchilar ko‘paymoqda #18sep mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
Hashtags
Argitaratua ira. 19(a)
Energiya tejovchi texnologiyalar bo'yicha o'rganishimiz natijasini TV ga gapirvordik.
Argitaratua ira. 16(a)
📢Ўзбекистонда исломий банкчилик йўлга қўйилмоқда! Олий Мажлис Қонунчилик палатаси исломий банк фаолиятини жорий этишга қаратилган қонун лойиҳасини биринчи ўқишда маъқуллади. ✅ Лойиҳа орқали Солиқ ва Фуқаролик кодекслари ҳамда 8 та қонунга ўзгариш киритилиб, “исломий банк”, “инвестициявий депозит”, “исломий молия операциялари” тушунчалари қонунчиликка киритилмоқда. ✅ Лицензия тизими жорий қилиниб, исломий банклар ва “исломий дарча”лар очиш имконияти яратилади. ✅ Фоизсиз кредитлар, шериклик асосидаги инвестициялар, исломий суғурта (такафул) каби янги хизматлар йўлга қўйилади. ✅ Қонун тижорат банклари учун амалдаги чекловларни бекор қилади ва халқаро стандартларга мос ҳуқуқий база яратади. ✅ Янги тизим орқали аҳолининг кенг қатлами банк хизматларидан фойдаланиши, “яширин иқтисодиёт” қисқариши ва хорижий сармоялар оқими ортиши кутилмоқда. 📊 Мутахассислар ҳисоб-китобига кўра, исломий банклар орқали ҳар йили қўшимча 5 миллиард доллар маблағ иқтисодиётга жалб қилиниши мумкин. @feruzrahim
Argitaratua ira. 14(a)
Ichki Nazorat – Korrupsiyaga Qarshi Yangi Qurol! Kanalimizda yangi https://youtu.be/bH0-JKYMWhI
Argitaratua ira. 11(a)
❄️ Sovuq Shimol, tuganmas yomg‘ir va ikki dunyo to‘qnashuvi… Bir tomonda – intizomli yapon zobiti Yutaro Toda. Ikkinchi tomonda – ozodlik uchun jonini tikkan xalq qo‘zg‘olonchilari! 💥 Kim g‘olib chiqadi? Armiya kuchimi yoki xalqning erki?! Javobini “Yapon zobiti” kitobida bilib oling! 📚 Kitobni hoziroq Asaixy.uz saytidan xarid qilishingiz mumkin.
Argitaratua ira. 11(a)
Video Asaxiy uchun sun'iy intellekt asosida yasaldi.
Argitaratua ira. 10(a)
✈️Хорижда меҳнат қилиб қайтганлар учун сўровнома. 📝 Сўровномада қатнашиб, қайтганлар учун янада яхши шароитлар яратиш учун ўз ҳиссангизни қўшинг. 🔐 Жавоблар аноним (сир сақланади) ва фақат тадқиқот учун ишлатилади. 🔗 Сўровнома ҳаволаси: 👉Кириш
Argitaratua ira. 10(a)
Хориждан меҳнат қилиб қайтганлар учун сўровнома. Натижаларини каналда бўлишамиз. Тўлдиришда, танишларга жўнатишда кўмаклашинг.
Argitaratua ira. 9(a)
Arnasoy tumani hokimi inlgiz tili tanlovi g'olibi bo'lgan o'quvchi, uning ota-onasi, o'qituvchisi, maktab direktorinini Dubayga bepulga jo'natibdi. Ingliz tili bo'yicha o'quvchilar uchun tuman hokimi tanlov e'lon qilgan edi. Tanlov g'olibi bo'lgan o'quvchilar, o'quvchining ota-onasi, ingliz tili o'qituvchisi, maktab direktorini - jami 13 kishini Dubayga sayohatga jo'natibdi. Tuman hokimi bu an’ana har yili davom etishini bildirgan. Kelgusi yilda esa ingliz tili bilan birgalikda matematika fani ham qo'shilar ekan. Eng qizig'i: Mustaqillik bayramida tantanali taqdirlashdan keyin, Arnasoydagi xitoylik investor jo'shqinlanib, keyingi yilgi tanlov uchun homiylikni o'z bo'yniga olib, Xitoyga sayohat yo'llanmasini berishga va'da beribdi. Arnasoy tajribasi qoyil qoldirmoqda. @feruzrahim
Argitaratua ira. 9(a)
Kelasi o‘quv yilidan maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt bo‘yicha maxsus darslar joriy etilar ekan. Buning uchun barcha zarur sharoitlar yaratish rejalashtirilmoqda. Hatto ayrim iqtidorli o‘quvchilar keyinchalik texnik universitetlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2-kursdan qabul qilinishi ham ko‘zda tutilmoqda. Xitoy ham maktab dasturiga sun’iy intellekt fanlarini qo‘shib ulgurgan edi. Qiziq tomoni shundaki, G‘arb davlatlari SI’ni qanday cheklash haqida bosh qotirayotgan bir paytda, Sharq mamlakatlari unga tobora katta e’tibor qaratmoqda. Menimcha, bu juda to'g'ri qaror. Sun'iy intellekt bilan ish samaradorligimiz bir necha barobar oshishi mumkin. Sun’iy intellekt bugungi kun talabi. Uni taqiqlash emas, balki undan to‘g‘ri va samarali foydalanishni o‘rganish kerak. @feruzrahim
Argitaratua ira. 8(a)
Kanadada "Yashirin iqtisodiyot” YAIMning atigi 2.5%ini tashkil qiladi. Nega? Chunki u yerda soliqdan qochgan tadbirkorga osonlikcha qutulib ketishning iloji yo‘q. Ba'zi usullar: - Soliq idorasi 35 ta maxsus “audit guruhi” tuzgan – ular qurilish, restoran, ijara bozori kabi eng ko‘p yashirin pul aylanadigan sohalarni tekshiradi. - “Zapper” – ya’ni savdoni yashirish dasturi o‘rnatgan biznesga 100 ming dollargacha jarima va 5 yilgacha qamoq jazosi bor. - Kanada Soliq agentligi qurilish, kafe, ijara bozori, hatto “naqdga to‘y xizmati”gacha tekshiradi. Oddiy fuqarolar ham maxfiy xabar bera oladi. - “Get It In Writing!” – uy qurdirayotgan odamlar, ustadan rasmiy kvitansiya so‘rashga chaqiruvchi kampaniya. “Naqd berib, arzon qilish” madaniyati yo‘q qilinmoqda. CRA har yili yashirin iqtisoddan qaytarilgan pullarni ochiq e’lon qiladi: milliardlab dollarlar! Soliqdan qochish – jinoyat. Nafaqat jazolanadi, balki jamiyatda qoralanadi. Bularning ko‘pi O‘zbekistonda yo‘q hali. Ammo boshlasak – bo‘ladi! @feruzrahim