TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT CHAT

IKAR | FACTOR BOOKS

@ikar_factor

Buku

“IKAR” | “FACTOR BOOKS” loyihasi http://myurls.co/ikarfactorbooks

Pelanggan176Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak476Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini14,150Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 17 dari 40 · 476 postingan

Diposting 9 Feb

#factor_ijodxonasi🥰 🤓 O‘zingiz ko‘ring, eshiting, baho bering! 📚 To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,980 views

Diposting 8 Feb

#nazm📚🥰 *** Mirza, osmonni tepkilayapmiz, deb xafa bo‘lma. Yurishdan to‘xtama, birodarim. Osmon deganlaring o‘zi poyingda o‘ralashsa, nima ham qilarding? Osmon osmonligini bajarsin-da axir. Uni hech kim yiqitgani yo‘q. O‘zi ag‘nab yotibdi poyingda. Shu osmonda yongan yulduzlarga rahming kelsin faqat. Bosib qo‘yma ularni. Ehtiyot qil. Osmonning ahvoli shu bo‘lsa, yulduzlarda nima ayb? Ularni xor qilma. Ko‘ksingga bekitib qo‘y. Xudo xohlasa, ko‘ksing osmonga aylanganda yulduzsiz bo‘lmaydi osmoning. 🤓Qani turkum nomini ayting-chi? Ushbu turkumda qaysi she’r Sizga eng ko’p yoqdi? 📚 To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,090 views

Hashtags

Diposting 5 Feb

#asardan_parcha📚 “…Mazluma yig‘lab tarmashdi, qo‘ying, dedi, topganim siz o‘zingiz, boshqani boshimga uramanmi, ko‘zingiz o‘rniga ko‘z bo‘lay, qo‘lingiz o‘rniga qo‘l bo‘lay, iloyim, joningiz omon tursin. Qobil andishali yigit edi. Xotiniga o‘ylagani fursat bermoqchi bo‘ldimi yoki rostdan ham ajralmoqchi edimi, tug‘ilgan joyi Nurotaga ketib qoldi. Mazluma Samad bilan birga borib uni olib keldi. Mazluma oqibatli xotin, dedi keyinchalik Samad Gʻaybarovga, vafodor xotin, imonim kafilki, Qobilni hech qachon yolg‘izlatib qo‘ymaydi, fidoyi ayol. Shu gaplarni ayta turib ko‘zlari yoshlandi, Gʻaybarovning yelkasidan quchdi, qanday yaxshi, qadrdon do‘stim, dedi, dunyoda shunday ayollarning borligi qanchalar yaxshi! Qaniydi tentak Shoir mana shunday ayollarni ulug‘lab she’rlar yozsa!..” 📘Murod Muhammad Do’st “Galatepaga qaytish” 📚 To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,270 views

Diposting 4 Feb

#hissiyot😔 GʻUSSA Shivirlagim kelyapti – nimanidir – dunyoga, Tushlar ham ko‘ryapman o‘ngimda. Bilmayman, qaydandir kelib piyoda, Bu harir g‘ussa qo‘ngan ko‘nglimga. Qarigan vujudim og‘rig‘i aralash Og‘ir bir sog‘inchda dunyoga boqaman. Gʻussada o‘sadi hayajon besas... Oqaman yurakda oqaman. Oqaman, ohista ko‘zimni yumib, “Cho‘li iroq”ida yo‘qolganday nay. Oqaman yoshimni tinch suvga yuvib, Hatto sohillar ham kerak emasday. 🥺 “Bir parcha osmon”ingizdan o’zingiz sevgan bir parchani yozing… 📚 To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,190 views

Hashtags

Diposting 3 Feb

#asardan_parcha🙃😌 *** “Kecha kechasi birovning yo‘talidan uyg‘onib ketdim. Qattiq yo‘talardi, beton devorga qoziq qoqqandek bo‘g‘iq yo‘tal. “Qizimmi?!” Uyqu qochdi. Xotinimni uyg‘otib, “Turib qarasangchi!” dedim. Narigi xonaga chiqib, qizimdan xabar olgan xotinim “E, qo‘shnining bolasiku!” dedi. O‘sha zahoti xotirjamgina uyquga ketibman. Nega bunday, Ramazon?” 📘 Erkin A’zam, “Anoyining jaydari olmasi” kitobidan 📚 To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,240 views

Diposting 1 Feb

🥳 31.01.2023 📲Ikar loyihasi doirasida audiochat 🤓 Suhbatda ishtirok eta olmagan kitobxonlar uchun maxsus! 🤲 Barcha kitobxonlarga omad tilaymiz!

1,640 views

Diposting 31 Jan

Live stream finished (1 hour)

views

Diposting 31 Jan

Live stream scheduled for Jan 31, 2023 at 15:00

views

Diposting 31 Jan

Live stream started

views

Diposting 31 Jan

#muhim_eslatma🫡 🕰Hurmatli kitobxon, o’ylaymizki, bugungi kuningizni rejalashtirib, soat 20.00 da audiochatga shay bo’lasiz! Audio suhbat uch qismdan iborat bo’ladi: 1. Savollarga nashriyot mas’ullari javoblari tinglanadi. 2. Namunaviy savollar o’qib eshittiriladi. 3. Qo’shimcha taklif va mulohazalar uchun kitobxonlarga so’z beriladi. ✳️ Suhbatda ishtirok etuvchi nashriyot mas’ullari: 1. Nashriyot ta’sischisi: Mansur Abdunazarov 2. Nashriyot bosh muharriri: Saidjalol Saidmurodov 3. Muharrir: Shavkat Do’stmuhammad 4. Loyiha menejerlari: Ramazon Qahhorov, Sohibjamol Kattayeva, Xurshida Akbarqulova 5. Sotuv bo’limi rahbari: Abdumalik Kattayev 🥰 Ikar loyihasida endi ishtirok etmoqchi bo'lgan yoki loyiha haqida xabardor bo'lmagan do'stlaringizni taklif qilishingiz mumkin, Siz orqali kimgadir manfaat yetsa, bu qanday chiroyli?! https://t.me/ikar_factor?livestream=475de6bf2da04833ce 🤓(Kitobxonlarda suhbat vaqtida profillarida o’z ism-shariflari bilan kirishlarini so’rab qolamiz)

3,120 views

Diposting 31 Jan

https://t.me/ikar_factor?livestream=475de6bf2da04833ce

1,280 views

Diposting 30 Jan

#ikarchilarga_eslatma☺️ 🥰 Hurmatli Ikar kitobxoni! Ertaga – 31-yanvar kuni soat 20.00 da Sizlar bilan audiochatda tanlovga doir barcha savollaringizga javob beramiz! @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,340 views
12•••10•••151617181920•••30•••3940