TGTGInsightkecerdasan telegramLIVE / telegram public index
Kembali ke saluran
IKAR | FACTOR BOOKS avatar

TGINSIGHT CHAT

IKAR | FACTOR BOOKS

@ikar_factor

Buku

“IKAR” | “FACTOR BOOKS” loyihasi http://myurls.co/ikarfactorbooks

Pelanggan176Jumlah pelanggan saat ini
Postingan terlacak476Jumlah postingan terindeks
Jangkauan terkini15,810Jumlah tampilan postingan terbaru
Postingan terbaru

Postingan terbaru

Hal. 18 dari 40 · 476 postingan

Diposting 30 Jan

#ikarchilargamurojaat ☺️🥰 Hurmatli Ikar kitobxoni! 31-yanvar kuni soat 20.00 da Sizlar bilan audiochatda tanlovga doir barcha savollaringizga javob beramiz! 🤩 Suhbatni mazmunli tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish va Sizning talablaringizga mos tayyorgarlik…

1,270 views

Diposting 28 Jan

#asardan_parcha🥰☺️ *** “Ashur kal eskilik sarqiti sifatida nosdan voz kechib, zamonaviylikka intilib sigaretga oʻtibdi (“Koshki foydasi boʻlsa, telpakni tashlab, shlyapa kiyganida ham baribir hammaga maʼlum: boshi yaltiroq kal!”); oʻzining bobosi koʻknorning kayfida momosi bilan gʻijillashib, ammasining chorbogʻiga koʻchib ketibdi (“Meni boshqa narsa oʻylantiradi. Ukkagʻar boboning bir sandiqchasi bor. Boshining ostiga qoʻyib yotardi doim. Gap koʻp-da unda. Olib ketdi! Oʻshandan umid katta edi”); Esonberdiyev, oʻsha gʻoʻddaygan “Esonberdiyev-hukumat”, Boysun tarixidagi battol milisa, isteʼfoga chiqqach, Qoʻrgʻonchadagi nafasi oʻtkir mulladan bir oy eskicha saboq olib, dastor oʻrab qaytibdi, hozir xatmi Qurʼonu chilyosingacha usiz oʻtmas emish….” 📘 Erkin A’zam, “Anoyining jaydari olmasi” kitobidan 📚 To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,520 views

Diposting 27 Jan

IKAR | FACTOR BOOKS pinned a GIF

views

Diposting 27 Jan

#ikarchilargamurojaat☺️ 🥰Hurmatli Ikar kitobxoni! 31-yanvar kuni soat 20.00 da Sizlar bilan audiochatda tanlovga doir barcha savollaringizga javob beramiz! 🤩Suhbatni mazmunli tashkil etish, vaqtdan unumli foydalanish va Sizning talablaringizga mos tayyorgarlikko’rish maqsadida savollaringizni ‼️29-yanvar kuni 23-59gacha ✅@ikar_infocenter manzilida kutib qolamiz @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

2,600 views

Diposting 27 Jan

#siz_davom_ettiring🤫 *** Bozorga ne solganini bilmaydi, O‘zidan ne qolganini bilmaydi. Xurjun to‘la bu boyligu davlatni – O‘zin sotib, olganini bilmaydi. Bu gaplarda yuragimning sharhi bor, Odamdan odamning nima farqi bor? Birodarim, asli odam bebaho – ... 🤓Oxirgi misrani Siz yozing Esladingizmi? 📚 To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,490 views

Diposting 26 Jan

#asardan_parcha📚 *** ...yaxshi edi, baribir yaxshi edi! Gʻaybarov entikdi, titrab ketdi. Qarshisida yana Anzirat kampirni – Ammaning shirin olmalarini yemagan, tishi ham og‘rimagan Anzirat kampirni ko‘rdi. Anzirat kampir darg‘azab edi. Unga Ammaning muolajasi ham, atiri ham, qutidan chiqarib hadya etadigan olmalari ham – hech narsasi kerak emas! Uningcha, Amma – g‘ar, tamomvassalom! Anzirat kampir istaydiki, yo‘q, istash ham gapmi, imonini kafil qo‘yadiki, Raim oqsoqol hech g‘arg‘ara tortmagan, oson jon bergan. Amma bekorlarni aytibdi. Raim oqsoqolning gunohi ko‘p emasdi. Uning birgina gunohi bor – Anziratni qo‘ygani. Lekin unisini Anzirat allaqachon kechirgan, tepada Xudo turibdi – gunohini kechirgan. 📘Murod Muhammad Do‘st "Galatepaga qaytish" 📚To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,430 views

Diposting 24 Jan

#sizga_savol☺️ 🤓 Toping-chi, qaysi parcha qaysi kitobdan? 1⃣Bir parcha osmon 2⃣ Samarqand xayoli 🅰U rasm chizadi – uning xayoli Olis-olislarga uchib yetadi, Hech qachon ko‘rmaymiz biz bu rasmni Uni ko‘r yomg‘irlar yuvib ketadi... 🅱Yovuz kuchlar zarga o‘chlar – to‘polonlar boylik uchun, Ne yurtlarni qonga bo‘yar qo‘zg‘olonlar boylik uchun. 📚 To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,250 views

Hashtags

Diposting 23 Jan

1,220 views

Diposting 23 Jan

#asardan_parcha📚 *** – Ko‘p yaxshi gaplarning balandparvoz bo‘lib tuyilgani yomon, – dedi Gʻaybarov. – Aslida ular hammamizga daxldor, hammamizning ko‘nglimizda bor. Vatan, sadoqat va fidoyilik qalbda yashagani ma’qul, qonda e’tiqod bo‘lmasa, eng ulug‘ shiorlardan ham zarracha naf yo‘q. Shularni o‘ylab, kamsuqumlik bilan miq etmay yuramiz, qarabsanki, o‘zimiz ham sezmagan holda chekkaga chiqib qolibmiz... – To‘g‘ri, nutq so‘zlashga usta odamlarga ko‘proq ishonishadi, – deya ma’qulladi Samad. – Biror iblis sadoqatdan lof urgan paytda men soqov bo‘lib qolaman. Bu ham tamagir ekanda, deb o‘ylashlaridan qo‘rqaman. O‘sha iblis, so‘zamol ablah, ipirisqi mansabparast mening ko‘nglimda pinhon yashayotgan muqaddas so‘zlarni oshkora sotib kun ko‘radi. Fojia shundaki, unga e’tiroz bildirolmaysan, uning hamma gaplari umuman to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. 📘Murod Muhammad Do‘st "Galatepaga qaytish" 📚To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,260 views

Diposting 22 Jan

#asardan_parcha📚 “Maqsud topilsa yaxshi, yo‘qsa netayin, Boshimni olib qay sori emdi ketayin?.. “Maqsud topilsa yaxshi, – deb pichirlardi Boburning toliqishdan oqargan lablari, – maqsud topilsa yaxshi...” Alam bilan aytilayotgan bu so‘zlar uning ichida kuchli qiynoq jo ekanidan darak berardi. Dilini o‘rtayotgan fojiaga – vatandan “bosh olib ketmoqqa” Bobur mirzo ruhan tayyor edi. Xo‘sh, bosh olib ketish bilan Bobur nimaga erishmoqchi edi? “Gʻarazim bu ediki, – deb yozadi u bosh olib ketishdan ko‘zlagan maqsadi to‘g‘risida, – bu bahona bila oradan chiqsam, Mo‘g‘uliston va Turfonga borg‘onda xud hech mone va dag‘dag‘a qolmas. O‘z jilovim o‘zumning iligimda bo‘lur”. Biroq oradan chiqish va o‘z jilovi o‘z qo‘lida bo‘lish uchun ona yurtdan ayrilish, ochiqrog‘i, undan qochish Bobur mirzo yurak-bag‘rini qattiq o‘rtardi.” Xurshid Davron “Samarqand xayoli” kitobidan

1,240 views

Diposting 21 Jan

#asardan_parcha🤗 *** U hay-huylab o‘tgan-ketganni chaqirar, idishi bo‘lsa idishini, bo‘lmasa – qo‘yni-qo‘njini olmaga to‘latib jo‘natar edi. – Pulini nega olmayapsan? – E, otamga qavm bo‘ladi, noqulay. – Bunisi-chi? – E, ena jamoatimizdan qarindosh... – Olmang ko‘p bo‘lsa, davlatga topshirvormaysanmi bunday qilib o‘tirguncha? – Qarzim bormi? Arzon oladi! – Axir hammaga tekin ulashyapsan-ku? – E, biri xesh, biri tabor. – Senga begonasi bormikan Boysunda? – Bor, – dedi Ramazon tirjayib. – Mana – sen! Musofir, sotqin, shaharlik! 📚Erkin A'zam "Anoyining jaydari olmasi" 🤓Sizning-chi, eng sevib o‘qigan hikoyangiz qaysi va nega? 👇

1,270 views

Diposting 20 Jan

#bir_parcha_osmon👌 *** Tugamaydi Osmon! Osmon tugab qolmasin deb yo‘l yurganim-yurgan, yo‘l yurganim-yurgan, yo‘l tugasa ham, yurganim-yurgan, yo‘l tashlab ketsa ham, yurganim-yurgan oyog‘imda oyoq qolmadi! Beyo‘llikda sahrolardan kechdim, tog‘lardan o‘tdim, toshlar tildi tovonimni yiqilsam, o‘rmaladim, badanim uzunasiga tilka-pora, bag‘rim to‘la tikan... Bir qadam, bir qarich... Faqat ufqqa qarab! Faqat ufqqa qarab! Osmon ufqdan Sirg‘alib chiqsa bo‘ldi. Osmon ado bo‘lmasa bo‘ldi! Men esa ufqqa intilib, o‘lib ketsam kerak bir kuni. Falakka qarang! Tepangizdagi bir parcha osmonni men ham yaratgandirman! 🤓Mana shu she’r esingizdami? Nomini ayting-chi? 📚To’plamga buyurtma berish: @factorbooks_info @ikar_factor – Ilk Katta Adabiy Rezonans! 🥳

1,260 views
12•••10•••1617181920•••30•••3940