Postingan terbaru
Hal. 4 dari 9 · 103 postingan
Diposting 24 Des
Insondan yaxshilik qoladi Rasmdagi yozuvlar eng yaxshi ko'rgan opam bergan kitobga yozilgan edi, salkam 3 yil bo'lib qoldi. Hozir kitoblarni qayta o'qiyotib yozuvlarga ko'zim tushdi, ochig'i rosa xursand bo'lib ketdim, garchi ancha avvalgi sovg'a bo'lsa ham. Ko'nglim ko'tarildi, 3 yil avval ham ko'tarilgan edi, 3 yildan keyin ham xuddi birinchi martadek ko'tarildi. Dildora opa, sizga katta rahmat, ukangizni shaxs sifatida shakllanishiga katta hissa qo'shgansiz, maslahatlaringiz bilan, sovg'alaringiz bilan) Insonlar yaxshilik qilaylik, xuddi men eslaganimdek, sizni ham shunday eslashadi nasib qilsa. @islmbkhtrv
Diposting 22 Des
Inson o‘zining sog‘lig‘iga mas’ul Tasavvur qiling, og‘irroq kasallikka uchrab qoldingiz (O‘zi asrasin), kasallik sizni kechalari uxlatmayapti, azob beryapti sizga. Shunday holatda onangiz, ukangiz, akangiz xullas, eng yaqin insoningiz qanday og‘riq his qilayotganingizni his qila oladimi? Og‘ir dardingizni ko‘tarishga yordamlashib, shundan azobingiz kamayadimi? Yo‘q, albatta. Inson sog‘lom bo‘lishi o‘zining qo‘lida, kasal paytingiz hech kim joningizga oro kirolmaydi, o‘zingiz azobini chekasiz, yolg‘iz o‘zingiz! Bunday holatga tushmaslik uchun mas’uliyatni his qilib, harakat qilish, oldini olish kerak. Sog‘lom hayotda yashash kerak, shu o‘rinda o‘zimga ham sizlarga ham eslatma, sog‘ligimiz Alloh tomonidan bizga berilgan ne’mat, ertaga uning hisobini berishimiz ham bor, bu mas’uliyatni yanada oshiradi... @islmbkhtrv
Diposting 18 Des
Ichki to'lalik Bu nima? Qisqacha tushuntiraman. Agar insonni ichi bo'm-bo'sh bo'lsa, u ko'proq boshqalarni muhokama qiladi, boshqalarni hayotini kuzatadi, ichidagi bo'shliqni ko'rmaslik uchun o'zini tashqi dunyoga otadi. Suhbatlarda boshqalarni hayotini muhokama qilishga moyilroq bo'ladi, nega? Chunki u o'zi haqida, maqsadlari haqida, qiziqishlari haqida, boringki biron mavzu bo'yicha gaplasha olmaydi, sabab: ichi bo'm-bosh uni. Ichki to'lalik bo'lsa, ya'ni kitoblar o'qisa, ustida ishlasa, tolibi ilm bo'lsa, o'zining fikriga ega bo'lsa, suhbatlar mazmunli va manfaatli bo'lishni boshlaydi. Nega? Chunki, ma'lum bir mavzu bo'yicha mazmunli suhbat qura oladigan darajada bilimi bo'ladi, fikri bo'ladi. Vaqtini boshqalarni muhokama qilishga emas, ko'proq o'ziga qaratadi, kitoblar o'qiydi, kamchiliklari ustida ishlaydi. Shunday ekan, ichimizni yaxshiliklar bilan to'ldirishimiz kerak, bo'lmasa bu dunyodan yashamay o'tamiz. @islmbkhtrv
Diposting 18 Des
Insonning yolg'izligi atrofidagi insonlar bilan emas, ichidagi insonlar bilan o'lchanadi Nega? Yon-atrofda insonlar ko'p bo'lishi mumkin, lekin baribir o'zini yolg'iz his qiladi, hattoki oila davrasida bo'lib ham o'zini yolg'iz his qilishi mumkin. Nega? Chunki uning ichida hech kim yo'q, tabassumi ortida nimalar yashirin, jim bo'lib nimalarni o'ylayapti, hech kim bilmaydi. Bunday insonni yolg'iz deb hisoblayman. Insonning yolg'izligi uning ichidagi insonlar bilan o'lchanishining boisi ham shunda, ichidagilarni ayta oladigan insoni bormi, kimdir uni tushuna oladimi, agar javob "ha" bo'lsa, demak u inson yolg'iz emas. @islmbkhtrv
Diposting 27 Nov
Har oy o'zim ko'rgan TOP podkast, kino/serial, intervyu, o'qigan kitobim, eshitgan iqtibosim va insaydlarimni bo'lishib borishga qaror qildim. Bu o'ziga hos rubrika bo'ladi, oktabr oyining TOP'larini tayyorlash jarayonidaman va buni doimiy qilib bormoqchiman.
Diposting 25 Nov
Travmalari bor insonlarni tanlamang! Shunday maslahatlarni koʻp eshitganman, mantiqan olib qaraganda toʻgʻri. Lekin hayotda har doim ham aqlga tayanib yashab boʻlmaydi. Avvalambor, insonning travmalariga o'zi aybdor bo'lmaydi hech qachon, oiladagi moliyaviy…
Diposting 25 Nov
Travmalari bor insonlarni tanlamang! Shunday maslahatlarni koʻp eshitganman, mantiqan olib qaraganda toʻgʻri. Lekin hayotda har doim ham aqlga tayanib yashab boʻlmaydi. Avvalambor, insonning travmalariga o'zi aybdor bo'lmaydi hech qachon, oiladagi moliyaviy holat, muhit, ota-ona munosabati va shunga o'xshash holatlar sabab bo'ladi. O'zi inson sevib qolsa, unisiga qarab o'tirmaydi ham, agar sevgisi chin bo'lsa, juftiga travmalari bilan kurashishda yordam beradi, travmalardan to'liq xalos etadi emas, yordam beroladi faqat. Sog'lom muhitda ulg'ayib, ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lib, so'nggida ma'lum bir darajaga yetib "travmasi bor insonlarni tanlamang" deyish oson. Xo'sh? Ular odammasmi? Ular o'zlari shu hayotni, shu og'riqlarni, shu muhitni, umuman shu travmalarni tanlashganmikan? Otasi bo'la turib, mehrini tuya olmagan qizlar qancha, onasining boshqa farzandlar bilan solishtiraverishidan o'ziga ishonchi singan yigitlar qancha? Ular normal hayotga qaytishlari, birlamchi ehtiyojlarini qondirishlari uchun ozgina yordam kerak. Umuman, bizning jamiyatda travmalarga, psixologik muammolarga ahamiyat berilmaydi, shunga balki baxtsiz insonlarning, baxtli bo'lishga intilayotgan davomchilari bo'lsak... Nima bo'lganda ham zanjirni uzish shart! @islmbkhtrv
Diposting 24 Nov
Haqiqiy sevgi qanday bo'larkin? Men o'zimga doim shu savolni berib kelganman, insonda simpatiya, qiziqish, shunchaki tashqi ko'rinish yoqishi, ma'lum bir obraz yoqib qolishi mumkin. Lekin haqiqiy sevgichi, u qanday bo'ladi? O'ylashimcha, haqiqiy sevgida tinchlik, halovat bor, unda birlik bor, ikki shaxsda bir-birini to'ldiruvchi jihatlar bor. O'z insoningizni topganingizda ichingiz sokin bo'lib, butun tanangiz uzra halovat yoyilsa kerak. Dinimizda ham oila qurishdan asosiy maqsad halovat topish, xotirjam bo'lish deyilgan, shundan kelib chiqib haqiqiy sevgiga yuqorida aytganimdek, izoh berish to'g'ri deb bildim. @islmbkhtrv
Diposting 24 Nov
Faqat g'alaba emas, mag'lubiyat ham muhim Odamlar asosan g'alabari bilan maqtanishadi, ommaga faqat g'alabalarini olib chiqishadi, ammo, lekin, biroq, bu faqat g'alaba muhim degani emas. Aslida o'sha g'alabaga bo'lgan yo'l mag'lubiyatlardan iborat emasmi? Agar mag'lubiyatlar bo'lmasa, g'alaba ham bo'lmaydi. Mag'lubiyatlarni to'g'ri qabul qilishni o'rganish kerak, hayot bir tekkis emas, pastga tushayotganingizda nimadir o'rganasiz, ko'tarilayotganingizda o'sha o'rganganingizni ishlatasiz. Shunday qarash ila yo'limizda davom etsak, yaxshilik bo'ladi. Muhimi, boriga qanoat qilib, yaxshisiga intilish) @islmbkhtrv
Diposting 24 Nov
Yoshligimizda yovuz qahramonlarni yomon ko'ramiz, ulg'ayganimizda ularni tushunamiz Masalan: Tai Lung Kung-Fu Panda multfilmidagi o'sha mashhur yovuz qahramon, yoshligimda yomon ko'rardim, ulg'ayganimdan keyin nega yomon bo'lib qolganini tushundim. Yana Joker bor, Batman'ning dushmani. To'g'ri u yozuv, yomon, lekin u shunday holga kelib qolishiga uni tahqirlashgani, e'tibor berishmagani, ustidan kulishgani va shunga o'xshagan holatlar sabab bo'lgan. Ruschada bir gap bor: "Злодеями не рождаются — ими становятся" Yovuz yuzlarning ortida bitmagan yaralar, hech kim to'ldira olmagan ichki bo'shliqlar bor aslida. Xullas, yetkazmoqchi bo'lgan g'oyam yovuzlarni yonini olish emas, umuman insonlarni tushunishga harakat qilishdir. Insonlarni yomonlashdan oldin, ularni tushunishga harakat qilaylik, INSON bo'laylik do'stlar! @islmbkhtrv
Diposting 19 Nov
Diposting 13 Nov
Har oy o'zim ko'rgan TOP podkast, kino/serial, intervyu, o'qigan kitobim, eshitgan iqtibosim va insaydlarimni bo'lishib borishga qaror qildim. Bu o'ziga hos rubrika bo'ladi, oktabr oyining TOP'larini tayyorlash jarayonidaman va buni doimiy qilib bormoqchiman.