TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Torna ai canali
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT CHAT

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

@kitobxonlar_d

Libri

Facebook ijtimoiy tarmog'idagi "Kitobxonlar davrasi" guruhining telegramdagi rasmiy kanali. Facebookdagi guruhga link: https://m.facebook.com/groups/159059447495836 Bog'lanish uchun : @kitobxonlar_davrasibot

Iscritti205Iscritti attuali
Post tracciati415Post indicizzati
Reach recente33,940Visualizzazioni post recenti
Post recenti

Post recenti

Pag. 2 di 35 · 415 post

Pubblicato 15 mar

​​​​Ақлий меҳнат сирлари Ақлий меҳнатнинг мисоллари: қийин китоб ўқиш, мураккаб масала устида ишлаш ва маънили матн ёзиш. Камчилик одамларгина ақлий ишга осонгина шўнғиб, жараёндан лаззат топа оладилар, натижа эса уларга қўшимча мукофотдек бўлади. Кўпчилик эса бунга киришади-ю, қандайдир ички совуқ тўсиққа урилиб, хафсаласини йўқотади. Шу тўсиқларни енгиб ўтишнинг баъзи сирлари билан бўлишмоқчиман. 1. Ақлий иш қилишдан олдин таомингизга аҳамият беринг. Оқсилга бой, енгил ҳазм бўладиган озуқа мияга ҳужайралари тез ва самарали ишлашига омил бўлади. Балиқ, ёғсизроқ гўшт, тухум, творог, бир оз ёнғоқлар, кўтара олсангиз сут – мана шулар каби. Ширинлик, хамир овқатлар ақлий ишни секинлаштиради. Яхшиси уларни мукофот тариқасида, иш битгач еган маъқул, мутлақо воз кечвориш ярамайди. 2. Жисмоний машққа киришиш олдидан аъзоларни қиздириб, чўзиш ҳаракатлари қилинади. Худди шундай, ақлий ишни бошлашдан олдин мия аъзоларини яхшилаб қиздириб олиш керак. Лекин қиздириш ҳаракатлари, биринчидан, ишингиз мазвзуга алоқадор бўлгани яхши; иккинчидан, енгил истеъмол бўладиган визуал контент бўлмасин. Мисол учун, биология бўйича китоб ўқиётганингизда “қизиқишни уйғотиш учун” енгил-елпи мавзуга оид бўлса ҳам, видеоролик кўрманг. Ундан кўра, биологияга оид журналнинг кичик мақолаларини варақланг ёки китобингиздаги ажратиб ёзилган абзацларга кўз югуртириб чиқинг. Асосий нарса миянгизда саволлар туғилсин ва ўзингизча жавобни ўйлаб кўринг, ўқиш жараёнида миянгиз жавобингизни текшириб кўришга уринади. Қизитиш йўлларидан бири бу. Видео контент борасида эса ташқи ҳиссиёт ички ҳиссий иштаҳани бўғиб қўйиши мумкин (ширинликлар каби). 3. Ўпка, қон томирлари ва мия ҳужайралари етарлик кислород билан тўйинишини таъминланг. Билиб қўйинг, мияни зўриқтирадиган ақлий меҳнат - биокимёвий жараён. Биокимёвий жараённи ёниш деса бўлади, кислородсиз ёндириш, куйдириб босиш мумкин эмас. Нафас олиш машқлари жуда кўп, биронтасини танлаб қўлланг. Юриш ҳаракати ҳам кислород билан яхши таъминлайди. Сув ичиш ҳам кислород билан тўйинишга ёрдам беради, умуман биокимёвий жараёнлар сувли муҳитда кечади. 4. Ишга киришишдан олдин чалғимасликка аҳд қилиб 10, 20, 40, 60 минутдан иборат танаффусли муддатлар белгиланг. Самарасиз бўлаётган бўлса ҳам, шу 10 ёки 20 минутлик вақтни охиригача етказиб ўтираверинг. Агар мия ишлаб кетиб, илҳом ёқангиздан тутганини ҳис қилсангиз-у, муддат тугаган бўлса ҳам тўхташ интизомини шакллантиринг. Бир оз танаффус қилиб янги муддатни бошланг. Интернетда “Помодорро” услуби ҳақида қизиқиб кўринг. Ишнинг энг қизиқ жойида узишдан қўрқманг! Бу ҳақда кейинги бандда. 5. Ҳеч қачон чарчаб холсизлангунча, кўнглингизга тегиб кетгунича ишламанг! Шундай қилсангиз вазифангизга бошқа сафар қайтиш жуда оғир кечади. Чарчоқнинг бошқа номи - оғриқ. Мия оғриқни ёмон кўради. Мия оғриқни унутмайди, минг хил баҳона билан ақлий ишга қайтишингизга тўсқинлик қилади. Яхшиси, иштаҳа борида тўхтанг. Эртанги куни учун қайси жойидан давом этишни белгилаб, бошқа ишларингизга равона бўлинг, масалан, ухланг. Вақти келиб, енгилгина шу жойидан давом этиб кетаверасиз. Бу нафақат синалган услуб, балки деярли барча ёзувчилар ва олимларнинг муваффақиятли меҳнати сири! Бундан кучлироқ тавсия топмаганман... Ишонишингиз учун: эсланг, нима учун одамлар узундан узун сериалларни кутиб, севиб кўришади? Ҳар бир серия қизиқ жойидан узилади. Минг бир кеча эртакларидаги Шаҳризода ҳам бу сирни яхши билган. Бу ҳақда яна ёзгим келди-ю, ажратилган тайм тугаб қолди. Жамшид Муслимов 14.03.2021 @subnazar

3,160 views

Pubblicato 15 mar

​Шайх ҳазратлари китоб ўқиш ҳақида

2,570 views

Pubblicato 29 lug

​​Qanday qilib effektiv tarzda kitob o‘qish mumkin? Kitob sizni butun diqqatingizni jamlashingiz uchun qanday bo‘lishi kerak? Qanday qilib o‘qiganingizni uzoq vaqt xotirada saqlab qolish mumkin? 1. Kitoblar ro‘yxati Juda ko‘plab odamlar kitoblarga o‘zgacha tashnalik bilan qaraydi. Biz kitoblarni sotib olaveramiz, ularni javonlarga to‘playveramiz. Lekin ko‘pincha o‘qimaymiz. O‘qilmagan kitoblar ko‘payib borishi insonni o‘qishga bo‘lgan tashnalikni oz bo‘lsa ham susayishiga olib keladi. Kitoblarni ko‘plab sotib olish kerakmas. Bitta yoki ikkita yetarli. Agarda, baribir sotib olish yoqsa, o‘qimoqchi bo‘lgan kitoblaringiz ro‘yxatini tuzing va qat‘iy o‘sha ro‘yxatga amal qiling. 2. 50 sahifa qoidasi. Keraksiz kitoblarni o‘qish uchun hayotimiz juda ham qisqalik qiladi. Zerikarli va foydasiz kitoblardan tezroq uzilishga harakat qiling. Kitob qandayligini bilish uchun uning 50 sahifasini o‘qish yetarli. Agar o‘sha sahifalar davomida sizni o‘ziga torta olmadimi, demak bu kitob sizniki emas. 3. Kim yozgan va nima haqida yozilgan. Kitobni o‘qishdan oldin u haqda tanishib chiqing. Muallif va kitob haqidagi fikrlarni o‘qing. O‘qishdan oldin o‘zingizga savol bering, kitobdan nima o‘rganmoqchiman? Qaysi muammolarimni yechishga yordam beradi bu kitob? Bu savollar kitobni har bir sahifasini diqqat bilan o‘qishingizga, har bir satrdan o‘zingizga nimadir olishga harakat qilishingizga turtki beradi. 4. Qalam bilan o‘qing yoki yozib boring. Kitob o‘qiyotgan vaqtingizda qalam bilan o‘zingziga kerakli joylarni belgilab boring. Kitobga hech nima tekkizishni istamaydigan kitobxonlar ham bor. Ularga esa kerakli gaplarni yon daftarchaga yozib borishni tavsiya etamiz. Kitob - ma‘nolar xazinasi. Undan foydali gaplarni yig‘ib borish ham zavqli mashg‘ulot hisoblanadi. 5. Bir kunda kamida 30 bet. Har bir insonda o‘zining o‘qish ritmi bor. ‘‘Marafonchilar‘‘ bitta kitobni bir oyda tugatishadi. ‘‘Sprinterlar‘‘ esa bitta kitobni bir necha kunda tugatishi mumkin. Ammo hammada vaqt masalasi har xil. Shunday ekan sizga oddiy va qulay qoida yordam beradi. Bir kunda 30 sahifadan kam o‘qimang. Bu sizga kitobni bir haftada tugatish uchun yordam beradi. Bir yilda 60 ga yaqin kitob o‘qib qo‘yasiz. Zo‘r natija! 6. Janrlarni almashtirib turish. Har bir kitobxonda o‘zining sevimli janri bor. Lekin faqat detektivlarga yoki bisnes adabiyotalarga berilib ketish, sizni bitta qolipga tashlab qo‘yadi. Boshqa janrdagi eng zo‘r asarlarga ham qiziqmay qo‘yasiz. Bunday paytda janrlarni almashtirib turish zarur. Masalan, non-fikshndan keyin rus klassikasini o‘qing. Undan keyin esa fantastikani, keyin detektiv. Albatta, ketma-ketlikni o‘z ta‘bingizga qarab tuzib olishingiz ham mumkin. 7. O‘qiganlaringiz haqida yozing. Agarda kitob sizga yoqsa, undagi sitatalar, foydali gaplar, kitob haqidagi fikrlaringiz yig‘ilib qoladi. Bu esa juda qimmatli ma‘lumotlar sanaladi. Uni ‘‘sandiq‘‘da saqlash kerakmas. O‘zingizga kundalik tutib oling. O‘qigan kitobingiz haqida retsenziya yozing, sitatalarni yozing. Bu uchun nafaqat kundalik, balki, feysbuk kabi tarmoqlar ham sizga foydali. Yozganlaringizni barcha bilan ulashing. Siz kitobni analiz qilishingiz uchun aynan adabiyotshunos bo‘lishingiz shartmas, ishoning. Boshqalar bilan ulashishingiz ularga ham bu kitob haqida qiziqish uyg‘otishingizga yordam beradi. 8. O‘qiganlaringizni prezentatsiya (taqdimot) qiling. O‘qilgan kitob yoddan ko‘tarilmasligi uchun uni do‘stlaringizga aytib bering. Kitob haqida oila a‘zolaringizga, do‘stlaringizga ‘‘seminarlar‘‘ o‘tib berishingiz mumkin. PS: post yoqqan bo'lsa, kitobxon do'stlaringizga, kitobxonlar guruhlariga ulashing @marufjonblogi

5,080 views

Pubblicato 15 lug

3,860 views

Pubblicato 13 lug

​#mashhurlardan5savol Assalomu alaykum. Loyihamiz yana davom etadi. Navbatdagi mehmonimiz - Kobul Dusov. Kelayotgan juma, 22:00da bo'lib o'tadigan savol-javobda ishtirok etib mehmonimizdan kitoblarni qo'lga kiriting. Savollar badiiy asarlar bo'yicha bo'ladi. "+" qo'yib, VPNlaringizni "charxlab" turing 🙂 @kitobxonlar_d

3,460 views

Pubblicato 7 lug

👩🏻‍💻@kutubxonachi_qiz - kitob ulashaman!

3,020 views

Pubblicato 7 lug

🔗 Eng zo'r kutubxona - https://t.me/joinchat/AAAAAFVdNw5PKq8c5qVFHQ

2,910 views

Pubblicato 7 lug

⚔️Китобхонлар дуэлининг ярим финал бахсларига старт берамиз. Демак ярим финалга 4 иштирокчи етиб келган. Бу иштирокчиларга қуйидаги асарлар ярим финал учун берилди. 1️⃣ Navro'za Mahamadxo'jayeva ⚔️Mehrigiyoh Bozorova ларга Х.Дўстмуҳаммаднинг "Бозор" асари. 2️⃣Mirzayeva Hilolaxon⚔️Gulinoz Anvarovna ларга Нобел мукофоти соҳиби Нажиб Маҳфузнинг "Ўғри ва кучук" асари қўйилади. Иккала асар ҳам @kitobxonlar_d каналига юкланади. Энди тарқизларни яна аноним тарзда гурухга овозга қўямиз. Ғолиблар финалга, мағлублар эса 3-ўрин учун баҳсга киришади. Мукофотлар 1. Ғолиблар мос тарзда тақдирланади. 1-ўринга 150 000 сўмлик китоблар олиш учун ваучер, 2-ўринга 100 000 сўмлик ва 3-ўринга 50 000 сўмлик ваучерлар тақдим этилади. 2. Шунингдек гурухимизнинг саҳий аъзосидан ғолиблар учлигига 2 тадан турли ажойиб китоблар бериладиган бўлди. Ҳаммага омад!

2,890 views

Pubblicato 21 giu

Demak, bu galgi g‘olibimiz ham aniqlandi! Dildora Karimovani g‘alaba bilan qutlaymiz🥳 Tanlovda ishtirok etgan barchaga tashakkur! Ilm olishdan aslo charchamang 🙂 kitob haqidagi fikr-mulohazalaringizni facebookdagi guruhimizda, yoki botga qoldirishingiz mumkin. manzilimiz: @kitobxonlar_d

2,550 views

Pubblicato 20 giu

🟢 Javoblar quyidagicha : 1. Sport ya’ni futbolning Amerikadagi o‘rni haqida 2. Tungi xabarlar 3. Odamlarning uy oldini yuvib berardi 4. Ta’lim olish 5. Tog‘asining o‘limidan so‘ng 6. O‘lishni o‘rgangan paytda 7. Ohu 8. Ularning raqs tushishiga 9. Hayotdan qoniqmagan paytda 10. Oden Natijalarni ertalab e’lon qilamiz.🤓

2,220 views

Pubblicato 20 giu

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) pinned «📢 Savollar bilan tanishing: 1. Michning diplom mavzusiga nima haqida edi? 2. Talaba ustozining kasal ekanligini qaysi ko‘rsatuv orqali biladi? 3. Morri bolaligida pul ishlash uchun ukasi bilan qanday ish qilardi? 4. Qashshoqlikdan qutulishning yagona chorasi…»

views

Pubblicato 20 giu

📢 Savollar bilan tanishing: 1. Michning diplom mavzusiga nima haqida edi? 2. Talaba ustozining kasal ekanligini qaysi ko‘rsatuv orqali biladi? 3. Morri bolaligida pul ishlash uchun ukasi bilan qanday ish qilardi? 4. Qashshoqlikdan qutulishning yagona chorasi bu - ? 5. Mich qaysi voqeadan keyin o‘zini butunlay ishga bag‘ishladi? 6. Odam qachon yashashni o‘rganadi? 7. Morriga qayta tug‘ilish imkoniyati berilganda, kim bo‘lib tug‘ilishni xohlashini aytadi? 8. Qari professor yoshlardagi qaysi imkoniyatga hasad bilan qarardi? 9. Odamlarda qachon vaqtni orqaga qaytarish istagi paydo bo‘ladi? 10. Morrining sevimli shoiri kim? Javoblarni berilgan 30 daqiqa ichida bitta xabar(!)da @Mehrinur_m ga yo‘llang. Kechikkan va o‘zgartirilgan xabarlar hisobga olinmaydi. Birinchi va to‘g‘ri javoblar soni ko‘p bo‘lgan ishtirokchi g‘olib sanaladi! Barchangizga omadlar! 😉 ⏳ - 23:00 manzilimiz: @kitobxonlar_d

2,220 views
1234•••10•••20•••30•••3435