TGINSIGHT CHAT
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
@kitobxonlar_d
LibriFacebook ijtimoiy tarmog'idagi "Kitobxonlar davrasi" guruhining telegramdagi rasmiy kanali. Facebookdagi guruhga link: https://m.facebook.com/groups/159059447495836 Bog'lanish uchun : @kitobxonlar_davrasibot
Post recenti
Pag. 30 di 35 · 415 post
Pubblicato 5 set
'O'tkan kunlar' haqida Avvalo, unutmaslik kerak, asarning maqsadi Otabek ham, Kumush ham va yo Zaynab ham emas. Balki o'sha davrdagi siyosiy johillikni ko'rsatish. Ammo tuyg'u masalasi qiziqarliroq bo'lsa, aytishim mumkinki, asarda biror obraz idealga yaqin kelmaydi. Yaxshilab o'qisangiz ba'zi e'tibor bermagan joylarimiz ko'rinadi. 1. Hammasi Hasanalidan boshlandi. O'zbek Oyim Otabekni Hasanaliga ishonib Marg'ilonga savdo ishiga jo'natadi. U esa, bekasining fe'lini bila turib, Kumushga sovchi bo'lib boradi. Va Kumushning Toshkantga bormasligi shartiga ko'nadi. 2. Kumush onasiga agar Zaynab menga kundoshlik qilaversa, Otabek uning javobini berarkan, agar men Marg'ilonga qaytib ketsam, u hech qachon bunday qilmaydi qabilida so'z aytadi. Demak, Kumush Zaynabning ketishini xohlaydi. 3. Otabek Zaynabni Kumushning ustiga olishiga sabab uning ota-ona rayiga qarshi chiqa olmas darajada tarbiyali ekanligi qilib ko'rsatiladi. Qiziq, ota-ona ruhsatisiz notinch bir vaziyatda Marg'ilondan butun boshli xotin olganda o'sha tarbiya qayerda edi? Bunaqa faktlarni boshqa obrazlar haqida ham ko'p sanash mumkin. U davrda qizda turmush o'rtoq tanlash huquqi bo'lmagan. Ammo turmushni saqlash uchun kurashish majburiyati bo'lgan. Zaynab o'zining fikrlash imkoni qadar kurashdi. Haqlilik masalasiga kelsak, Otabekning muhabbatiga ikkalasi ham haqli edi. Men aybdor bo'lsada faqat Zaynab uchun yig'laganman. Kumushdan arazlaganman. Otabekni esa, ko'rgani ko'zim yo'q... Nima bo'lganda ham fikrlashga undagani uchun asar qimmatli. Chaman Jonuzoqova Kanal: @kitobxonlar_d
Pubblicato 3 set
#taqriz_tanlov Жамиятнинг емирилиши-кишилар ҳаётида Иван Тургеновнинг "Оталар ва болалар" романи хусусида икки оғиз сўз: "Оталар ва болалар " романи ўз давридаёқ довруқ қозонишга улгурди. Адибнинг ютуғи романи ёзишда халқона услубни танлаганидадир, деб ўйлайман. Бу романни ҳамма бирдай ўқиши, тушуниши ва кўп ҳолларда севиб қолиши мумкин. Асарнинг бош қаҳрамони Евгений Базаров табиатига кўра нигилизм (барча нарсаларни инкор қилиш) хос хусусият. У асар давомида махбубаси бўлган Аннага бўлган муҳаббатини ҳам инкор этади (ўлимига қадар). Шеъриятни, адабиётни ва санъатни керак эмас машғулотдек инкор этади. Евгений Базаровнинг ютуғи ўз касбининг устаси эканида. Асарда мени энг таъсирлантирган сахналар ота-бола Николай Петрович Кирсанов ва ўғли Аркадийнинг ўзаро бир-бирига бўлган самимий меҳр-муҳаббати бўлди. Буларга умуман ёд қарашга эга бўлган Павел Пиётр Кирсанов феъли кўпроқ ёш шифокор Базаровникига ўхшаб кетарди. Фақат улар ўртасидаги фарқ бири замон билан ҳамнафас бўлса, иккинчиси замондан анча ортда қолган ва буни тан олишни истамайдиган олифтасифат қария. Асарда шунингдек ўз даврининг ижтимоий, иқтисодий, маданий, ва сиёсий масалалар билан бир қаторда кишиларнинг ички кечинмалари ифода этилган. Кичик ер эгаларининг хўжалик юритиш масалаларида олиб борган амалий ишлари бир оз жўн туюлади. Зодагонлар деҳқонларнинг меҳнати фойдаси ҳисобига ночорликни ҳис қилмай тўқчилликда яшашади. Меҳнаткаш деҳқонлар эса кеча ва кундуз тиним билмай меҳнат қилсаларда, қорни нонга тўймай ўтмоқда эди. Асарда ёшгина хизматкор қиз Федося Николаевнани отаси тенги кишига турмушга чиқишига ҳам ўша даврнинг чирий бошлаган ғоялари ва оғир турмуш шароити мажбур қилгани шубхасиз. Аркадий севгани Катя билан отаси эса Феничка билан никоҳдан ўтиб, бир оила бўлиб бахтли ҳаёт кечиришда давом эттиришсада, келажакда ўзгараётган замон ўчоғида азобланишлари турган гап эди. Базаровни оиласи, айниқса онаси Арина Власевна бехад яхши кўрарди. Аммо ўғил келган куниёқ отаси Василий Ивановичга уни тинч қўйишларини очиқдан-очиқ яъни сурбетларча айтади. Унинг учун иши ва тажрибалари оиласидан муҳимроқ эди. Базаров оғир дардга чалиниб, вафот этади. У осонликча жон беришни истамасди. Базаровни ўша давр жамиятига қиёс қилсак, в атрофига яқинларини йиғиб, анча вақт ўлим билан (йўқ бўлиш билан) курашди. Аммо янги ҳаёт чириган танани мавх этди. Қолганлар уни унутишди. Фақат кексайиб қолган ота-онаси қабридан хабар олгани келарди. Тинимсиз кўз ёш тўакишиб, илтижолар қилишарди. Кекса авлод вакиллари орасида кўнгли бўш инсонлар доимо таназзулга юз бурган жамият учун қайғуришган. Бу ҳолат ҳам адибнинг ўзига хос ўхшатиши бўлса керак. Икки ота ва икки ўғил ҳақида ҳикоя қилинади. Икки ота ҳам бирдек меҳрибон бўлишсада, бир ўғил оқибатли, иккинчи ўғил эса худбин ва нигилист экани талқин этилган. Асардаги ўзаро зиддиятлар кучайиб бораётган жамиятни емирилишини акс эттириб, октябр инқилобига олиб боради. Турли феъл-атрофли кишиларнинг турмуши, ҳиссиётлари ва муаммолари қаламга олинган. Зодагонлар учун яшаш аксар ҳолда бахт ва ўйин-кулгидан иборат бўлса, деҳқонлар ва оддий шароитда яшаётган кишилар учун чинакамига дўзах оловига айланиб бораётганини кўришимиз мумкин. Уст-боши исқирт бўлсада, ҳурфикр бўлган Базаров образи барчани ўзига бирдан ром этиши шубҳасиз. Асардан юксак эстетик завқ олиш билан бир қаторда, кетказган вақтингизга ачинмайсиз. Зебинисо Сапарова
Hashtags
Pubblicato 3 set
#taqriz tanlov Mungli ko‘zlar (Baxtiyor yashadim deyapsizmi, shuning o‘zi oz emas ko‘p yashaganingizdir. Telba Dostoyevskiy) Bu asar yozuvchining boshqa asarlaridek bola tilidan hikoya qilinsada, lekin uning salmog‘i birmuncha og‘irroq va unda dard bor. U siz va biz haqimizdagi ajoyib asar. Sababi menimcha hayotda bir martagina bo‘lsa ham korrupsiya yoki pora bilan bog‘liq holat bilan to‘qnashmagan odam bo‘lmasa kerak. Asarda yagona jismoniy jihatdan ojiz inson bu Akbar. Ammo u jismoniy jihatdan kamchiligi bordir, lekin oilaning qolgan a'zolariga nisbatan ancha sofdil, zehnli va iymonli edi. Balki shu jihati bilan u qolgan oilao a'zolari bilan unchalik chiqishmas huddi Ataullo muallimdek. Haqiqatni qiymati doim yuqori bo‘lgani, uni aytuvchilarni ham, lekin hayotda ular doim ham e'zozlanmasligi mumkin. Ota onasining jinoiy ishlarini biroz bo‘lsa ham tiyib qo‘yish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiladi, ammo natija u kutganidan boshqacha ayanchli tarzda o‘zgarib ketadi. Deyarli bir oy ichida bor budidan va yaqinlaridan ayriladi. Ana shundan so‘ng aslida kim kim ekanligi ko‘rina boshlaydi. Ular ishonib yurgan sudyayu boshqa korchalonlar ularga nafaqat yordam bermaydi, balki ularni talashda bevosita ishtirok etishadi. Og‘ir kuningda kim kim ekanligi bilinganda hatto tug‘ishgan akasi ham bevosita pora evaziga ishni hal qilib berishini aytadi. Ya'ni poraxorga kimdan, qayerda va qay holatda olishni qizig‘i yoq! Asardagi qahramonlarining hayoti misolida insonlarning shakllanishida atrofdagilar asosiy ro‘l o‘ynashini bilib olishimiz mumkin. Said obrazi qishloqdan kelgan oddiy yigit o‘qishga topshirib kira olmaydi va bevosita korrupsiya qurboni bo‘ladi. "Bu shunday yo‘lki u xuddi ajdarhoga o‘xshaydi kirganni butkul kuydirib nobud qiladi. Oxir oqibat shunday bo‘ldi. U qamoqdaligi paytida ham qilgan ishlari barchasi xato ekanini tushunib yetib halol yashayotgan qo‘shnisiga havas qiladi va o‘zi ham chiqqandan keyin qishloqqa qaytib halol yashashga qaror qiladi. Lekin, endi kech so‘nggi pushaymon o‘zingga dushman. Xalqimizda bir gap bor to‘rga doim kichkina hashorotlar tushadi deyishadi. Said va xotini Yoqutxon ana shunday mitti hasharotlar desak adashmaymiz. Sababi ulardan kattaroq nahanglar, qonunni himoya qilishi kerak bo‘lgan Sudya Muhammedov, Sadir Badalovichlar suvdan quruq chiqishdi. Asarda" jinoyat bilan qonun olishadi, shafqatsiz olishadi. Pul goh vositachilik qiladi, goh sudyalik degan gap keltirib o‘tilgan. Bu fikr asar yozilganiga 30 yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham hayotimizda uchrab turibdi. Ushbu asarni o‘qish orqali har bir inson o‘ziga tegishli xulosalarni chiqara olishi mumkin. Sababi asarni o‘qish orqali hayot doim ham biz o‘ylaganimizdek oson emas, sinovlarga doim tayyor turishimiz kerakligini, halollik doim qadrlanishini, har bir inson hayotda ezgulik qilib yashash kerakligiga yana bir bora amin bo‘lamiz! Firdavsiy Shoydullayev
Hashtags
Pubblicato 3 set
#Taqriz_tanlov #Men_tugatgan_kitob Bir kunda boyib ketishni xohlagan, bir yilda osiladi ( Leonardo da Vinci). Inson yaralganidan boshlab ezgulik bilan yovuzlik, yaxshilik bilan yomonlik, haqiqat bilan yolg'on o'rtasida doimiy kurash bo'lib kelgan. Odamzotda u yoki bu yo'lni tanlashi uchun har doim tanlov bo'ladi, qaysi bir yo'lni tanlash esa uning tarbiyasiga, dunyoqarishiga, atrofidagi insonlarni ta'siri kabi bir qator omillarga bog'liq. Bolalar adabiyoti yo'nalishida xalqimizning haqiqiy ma'noda yetakchi adibi hisoblangan Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asari ham yaxshilik va yomonlik o'rtasida dahshatli kurash, qabih illatning bir oila taqdiriga fojeaviy ta'siri haqida bayon qilinadi. Asar o'n olti yoshli Zafar Karimov tilidan hikoya qilinadi. Uning ota-onasi dastlab halol mehnat bilan bolalarini tarbiyalashni boshlagan, lekin ular atrofida yig'ilgan hamma narsani pul bilan o'lchaydigan, inson oliy tuyg'ularidan butkul begona bo'lgan Samadov, Muhammedov kabilar ularning to'kis hayotlariga zomin bo'lishdi. Ishga kirganidan buyon hamma ishni pora berib, pora olib bitirib yurgan Said Karimovning oyog'i yerdan uzilib, hatto gunoh ish qilayotganini ham unutdi, bolalari tarbiyasini ham hayoldan chiqardi, go'yoki bolalarim kelajagi yaxshi bo'lish uchun shu ishlarni amalga oshiryapman deb, amalda farzandlarini mehnatdan uzoqlashtirdi, harom bilan halolni, yaxshi bilan yomonni farqlay olmaydigan qilib qo'ydi. Undagi yaxshi fazilatlar o'rnini ichkilik, maishatbozlik, hiyonat kabi oila ko'zgusini darz ketkazidigan qusurlar egalladi. Mos ravishda, uning ayoli Yoqutxon ham boylik deb atalmish, tubsiz jarlik tomon bolalarimni baxti uchun qilyapman deb qadam qo'ydi. Boylikka shu qadar mehr qo'ydiki, hamma narsasini yo'qotganda, birga ziyofotlar yeb yuradigan, undan sovg'a olib, ishlarini hal qilib yuradigan, topganiga oshno "do'stlari" voz kechganini o'ziga sig'dira olmadi, farzandlarim tirikku deb o'ziga tasalli berish o'rniga, mol-u davlat ko'yida boqiy dunyoga rihlat qildi. Qush uyasida ko'rganini qiladi deganlaridek farzandlar mana shunday muhitda balog'atga yetib, boylikni har narsadan ustun, pul bilan har qanday ishni amalga oshirsa bo'ladi degan hom hayollarga berildi. Shu sababli taqdirning ayovsiz zarbasiga dosh bera olmay, oila batamom parchalanib ketdi. Asar qahramoni ham ancha paytgacha oq-u qorani ajrata olmay, kim do'st, kim dushman ajrata olmadi. Onasi, akasi, ukasini qabrga qo'ygan bo'lsada, ko'zi, qalbi boylik ishqida yondi, pullarini tortib olganlardan qasos olish payida bo'ldi. Bu harakatlari bilan, mavhum turgan kelajagiga ham ma'lum ma'noda bolta urdi. Asar so'nggida ahloq tuzatish maskanida yotgan holda hamma qilgan xatolarini, yomon ishlarini taroziga solib, nohaqligini tan oldi, kelajagini halol turmush bilan o'tkazishni, haqiqat uchun kurashishni maqsad qildi. Poraxo'rlik har doim jamiyat rivoji uchun, odamlarning to'kin turmushi uchun havf soladigan dahshatli kuchdir. U jamiyatning qon-qoniga singib ketgan bo'lsa, bu davlatni tanazzulga yetaklaydi. Kichik do'konchidan, huquqni himoya qiladigan tashkilot boshlig'igacha poraxo'rlik botqog'iga botgan jamiyatda yovuzlikni kuni tug'adi, inson o'z nafsini quliga aylanadi, halollik anqoning urug'iga aylanadi. Asarni o'qish jarayonida har xil vindonli, vijdonsiz qahramonlarga duch kelib, o'quvchi o'ziga kerakli xulosani oladi. Yozuvchining asl maqsadi ham - yomon illatlar: boylikka hirs qo'yish, tamagirlik, odamlar haqqini yeyish, insonga hech qachon mutloq baxt bermasligi, aksincha inson boshga bitmas-tuganmas azob-uqubat olib kelishini tasvirlash bo'lgan bo'lsa ne ajab. Ota-onaning azobda ekanligi, hech bir farzand uchun yoqimli holat emas. Bu holat ularning qalbini armon-alamga, ko'zlarini mungga to'ldiradi... Артиков Рустам
Pubblicato 2 set
Оталар ва болалар 1862 йил 14 апрел.📭 Мактуб. Драматург К. Случевскийга И. С. Тургеневдан: «Менинг бутун ҳикоям илғор синф сифатида зодагонларга қарши қаратилган. Николай Петрович, Павел Петрович, Аркадийнинг юзларига бир қаранг. Заифликми, лоҳаслик ёки кучсизликми бу? Мана шу эстетик туйғу мени мавзуни аниқ исботлаш учун зодагонларнинг яхши вакилларини танлашга мажбур қилди: агар сут ёмон бўлса, қаймоқда нима айб?» 🙈 🔶Дарҳақиқат, «Оталар ва болалар» романида «крестьянская реформа» арафасидаги воқеалар тасвирланган . Асар жиддийлигига қарамай, унинг кўп саҳифалари рус табиатининг нозик ҳазиллари ва чиройли тавсифлари билан тўйинган. Мен ушбу роман муаллифи ва қаҳрамонлари билан жуда кўп ажойиб дақиқаларни такрор бирга ўтказдим ва шу сабаб сизга у ҳақида аниқ айтиб беришга қарор қилдим. https://telegra.ph/SUT-YOMON-B%D0%8ELSA-%D2%9AAJMO%D2%9ADA-NIMA-AJB-09-02-2
Pubblicato 2 set
#taqriz_tanlov "Otalar va bolalar" I.Turgenev. Asar ikki avlod o'rtasidagi muammolar haqida bo'lib, bosh qahramonlar Bazarov va Pavel Petrovich obrazlari orqali ko'rsatib berilgan. Bazarov- talaba, tibbiyot sohasida o'qiydi shu bilan birga negilist( u hech narsaga ishonmaydi, hamma narsani inkor qiladi). Yoshi katta insonlar u uchun eskilik sarqitidek ko'rinadi. She'riyat, ahloq-odob va muhabatni inkor qilib keladi. Pavel Petrovich Kirsanov- sobiq harbiy. U eski avlod vakili. Buni asarni endigini o'qishni boshlagan o'quvchi uning yurish-turishi, o'zini tutushidan ham bilib olsa bo'ladi. Asar boshida uning kiyinishlari bunga misol bo'lishi mumkin. Turgenev Odinsova orqali har qanday mukammal g'oyalar ham kuchli muhabbat oldida asta-sekinlik bilan yemirilishi mumkinligini ko'rsatib bergan. Hamma narsani inkor qilib keluvchi Bazarov, Odinsovani sevib qoladi .Muhabbati tufayli u o'limga mahkum bo'lgandir, ya'ni operatsiya vaqtida Odinsovani o'ylab kasallik yuqtirib oladi. Lekin aslida, Bazarov uchun yashashning qizig'i yoq. O'zini qo'yishga joy topolmay yana Arkadiyning uyiga qaytib boradi va Fenichka tufayli Pavel Petrovich bilan duelga tushadi. Hamma narsani inkor qiluvchi Bazarov, duelni qabul qilishi, ko'nglining tubida hali ham o'tgan asrni butunllay inkor eta olmasligini ko'rsatiladi. Arkadiyning uyida ortiq qola olmasligini sezgan Bazarov yana ota uyiga qaytadi va o'zini o'limga mahkum qiladi. Odinsova- uni ham nigilist deyishimiz mumkin. U juda ham Bazarovga o'xshaydi. Egoist va hammadan o'zini ustun qo'yadi. Anna uchun tinch va o'zi xohlagandek yashash muhim. Bazarov esa bu hayot yo'lining mutloq teskarisi. " Bir qozonda ikki qo'chqor kallasi qaynamaydi" degan maqolga quloq solib, Anna Bazarovni muhabbatini inkor qiladi. Arkadiy- asar boshida Bazarov ta'sirida o'zini nigilist deb biladi. Lekin keyinchalik bu yo'l umuman uniki emasligini tushinadi. Katya unga" men bilan sen- biz qo'lga o'rganamiz, lekin Bazarov yovvoyi, uni hech qachon qo'lga o'rgatib bo'lmaydi" deydi. Shu so'zlar orqali ham Arkadiyni nigilist emasligini bilib olsak bo'ladi. Arkadiy va Bazarov mutloq boshqa toifadagi insonlar. Oddiygina o'z ota-onalariga bo'lgan munosabatdan ham bilsak bo'ladi. Qarama-qarshilik yakuniga yetishi uchun, balki Turgenev Bazarovni o'limi bilan asarni yakunlagandir. Uni o'limidan keyin hamma o'z hayot yo'lida tinch-totuv yashashda davom etdi. Birinchi marta taqriz yozishim. Xato va kamchiliklar uchun uzr. Raxmatova Mashhura
Hashtags
Pubblicato 2 set
Тургенев. "Оталар ва болалар" Суқрот билан Исо пайғамбар. Сенека ва Шопенгауэр. Будда ва Толстой. Мана шу инсонлар яшаган даврлар орасида минг йиллаб, авлодлар ўртасида эса юзлаб фарқ бўлсада, ҳаётда учрашиб қолишганларида бир-бирларини тушуна олар, балким бир маслакка ҳам бирлаша олардилар деб ўйлайман. Савол туғилади. Замон ва авлодлар орасидаги фарқ йирик бўлишига қарамай тафаккурда якдилликка эришиш мумкин экан, қай сабабга кўра ХИХ асрга келиб икки кетма-кет авлод ғоявий қарашлари ўртасида кескин бўшлиқ вужудга келди?! Тургеневнинг “Оталар ва болалар“ асарини унчалик кучли асар сифатида эътироф этолмасамда, биринчилардан бўлиб авлодлар янгиланишидаги ғоявий эврилишларни оддий сюжет орқали очиб бера олгани учун ҳам ҳурматга сазовор деб биламан. Тўлиқ ўқиш👇👇👇 https://telegra.ph/Turgenev-Otalar-va-bolalar-09-02
Pubblicato 2 set
#taqriz_tanlov Assalomu alaykum kitobxon do‘starim. Ko‘plar qatori men xam "Mungli ko‘zlar" asarini o‘qib chiqdim. Asarda poraxo‘rlik qanday yomon oqibatlarga olib kelishi tasvirlanadi. Farzandlarimizga yaxshi bo‘lsin degan maqsadda ota ona haromdan boylik ortirish payiga tushishadi va tubsiz jarlik tomon odimlay boshlashadi. Eng yomoni farzandlari ham o‘zlariga o‘xshab nafsga qul ochko‘z noinsof o‘g‘ri bo‘lib bormoqada edi. To‘ng‘ich majruh o‘g‘il Akbar Ataullo muallim tufayli bu botqoqlikdan chiqa oladi. Oilasi jarlik tomon ketayotganini anglaydi va qanday bo‘lmasin ularni bu yo‘ldan qaytarishga urunadi. Uddalay olmagach militsiyaga to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yinglar lekin qamamanglar deb ariza yozadi va oilasi barbod bo‘ladi. Bu yerda Akbarni ayblash hato. Akbar ota onasini ukalarini jonidan ortiq yaxshi ko‘rardi.Shu yaxshi ko‘rganidan ularni jon jahdi bilan qaytarmoqchi bo‘ladi.Bo‘lgan voqealarning hammasiga poraxo‘r ota onani o‘zi aybdor. CHunki ular tillaga pulga boylikka hirs qo‘ygandilar. CHayqovchi ona boyliklaridan ajralgach jon berdi. Ha tillaridan ayrilganidan so‘ng jon berdi. Shunchalik boylik ko‘zlarini ko‘r qilib qo‘yadi. Menimcha bu kitob har bir honadonda har bir maktabda har bir davlat idorasida bo‘lishi kerak. Toki poraxo‘rlik boylikka ruju qo‘yish yaxshilikka olib kelmasligini puli ko‘p bo‘lsa ham baxtli bo‘lolmasligi mumkinligini har bir inson bilsin. Endi poraxo‘rlarga ikki og‘iz gap: ko‘pchilik qilayotgan harom ishini farzandlarim uchun qilyabman deb oqlaydi. Agar farzandlaringni rostdan baxtli bo‘lishini hohlasang pora olmagin. Pora olaversang sen ham bir kun shunaqa hor bo‘lasan.Sen boylikni ortidan quvib harom yesang o‘sha farzanding ham seni o‘zing bo‘lib ulg‘ayadi. Sen kabi uning u ham poraxo‘r bo‘ladi sen kabi uning ham halovati bo‘lmaydi. U ham sen kabi ochko‘z bo‘ladi. 100 kg oltin qoldirib ketsang ham farzanding baxtli bo‘lmaydi. sendan to‘ymaslikni ochko‘zlikni istamasang ham o‘zlashtirib oladi.Agar rostdan farzanding baxtli bo‘lishini hohlasang halolliknii to‘g‘rilikni qanoatni o‘rgat. Rasul Sobirjanov
Hashtags
Pubblicato 2 set
#tanlovga_taqriz Xech o'ylab ko'rganmisiz bizda nega korrupsiya yani porahorlik oldingi o'rinlarda bormoqda Hudayberdi To'xtoboevning Mungli ko'zlar asarida ushbu savolga ozgina bolsada javob ola bildim. Birinchidan bizda bordi keldichilik va tanish bilishchilik juda maromida mehmondorchilik ham korrupsiyaning ildizlaridan biri usha ziyofatlar tug'ilgan kunlar to'ylar xotinlar sevib o'ynaydigan krugovoy "GAP" lar ham. Xa bu sizga har chan kulguli tuyilmasin bu bor gap bitta do'stim menga bir haqiqat bir gapni aytib bergandi tanish bilishchilikni kuchini ko'rsatib bergandi o'sha paytda u menga savol bilan muroajat qildi Navruz seni oldingga bittasi ish so'rab kelsa (men tadbirkorlik bilan shug'illanaman bozorda yaxna ichimlik va oziq ovqat mahsulotlarini sotaman) lekin sen uni umuman bilmaysan tanimaysan uni ishga olarmiding dedi men yoq deb javob berdim agarda men uni taniyman deb tafsiya qilsamchi dedi men hech ikkilanmasdan ha olardim dedim. U ana ko'rdingmi tanish bilishchilikni kuchini dedi sen menga ishonasan men esa senga KAFOLAT man dedi. Said aka bechorayam o'qishga topshirdi kira olmadi keyingi yil yana topshirdi yana yiqildi negaki uning uni kafolat deb tanishtiruvchi tanishi yo'q edi shuning uchun o'qishga kira olmadi. U hammasini tushunib yetgandi. Yahshi tanishlar orttirishi lozim uning uchun pul kerak pul topish uchun esa yahshigina joyga ishga kirish kerak boladi. Boshida Bazaga oddiy yuk tashuvchi bolib ishga kirdi asta sekin kutarildi ham ha albatta pora tufayli uni hozir tanishlari bisyor savdo majmuasining katta boshlig'i deysizmi sudya deysizmi hammasi bilan qadrdon bordi keldisi bor. Bilasizmi men ularni nimaga o'xshataman yani porahorlarni aytaman ular kabilalarga o'xshataman uzining qatiy qonunlari bor katta davrali qabilalarga. Sizga men Umar Hayyomdan to'rt misra o'qib berishim ham mumkin Uzini dono bilgan uch tortta nodon Eshak tabiyatin qilur nomoyon Bular suhbatida sen ham eshshak bol Bolmasa "kofir" deb qilishar e'lon. Naqadar haq gap a nima deysizlar. Ularning orasidamisan sen ular qilgan ishni qilishga majbursan tamom. Qiziq ushbu Mungli ko'zlarni o'qib o'tirib bir narsaga hayron qoldim bu kitobdan bir narsaga sal o'zgartirish kiritsa hozirgi zamon bolarkan a deganman yani Volganing o'rniga Malibuni qo'ysak boldi deganman ☺ Jinoyat o'z nomi bilan jinoyatda bugun qolga tushmasang ertaga baribir qolga tushasan porahorlikka jazo muqarrar. Jabri kimga tushadi bolalarga ular bunga loyiqmidilar yoq hechqachon ayniqsa men Nigoraga juda achinganman uning ko'zlaridagi mungni ko'z oldimga keltirib yuragim zirqirab ketgan Akbarni kim qanaqa tushinadi bilmadim u lekin men uni qilgan ishini qoralayman Qaysi o'g'il o'z ota onasini yuqoriga yozib beradi bu borib turgan nodonlikku. Uni o'qitgan unga ta'lim bergan usha zaqonkash Ataullani men bu ishlarga bosh sababchi deb bilaman yani aybdor deb atayman. Akbarjonga faqat ezgulikdan halollikdan dars bergan yani dunyoni faqat yorqin ranglarda aks ettirgan natijada bola oz ota onasining qilgan ishlaridan jirkana borgan bu esa shunga borib yetdiki o'z qoli bilan prokuraturaga yozib berdiya galvars nima emish faqat qamamanglar emish. Gapni ochig'i ohirida Zafar nimani anglab yetgani meni quvontirdi u prokuror bolaman der edi keyinchalik bildiki halol yashash uchun yo svarchik bolish kerak yo mol boqish kerak ekanligini tushunib yetdi. Navruz Atajanov
Hashtags
Pubblicato 2 set
#taqriz_tanlov Bugungi kun o'zbek adabiyotida bolalar yozuvchilari haqida gap ketsa, yoshu katta birdek Xudoyberdi To'xtaboyev va uning "Sariq devni minib" asari qahramoni Hoshimjonni yodga olsa kerak. Hoshimjon o'z sarguzashtlarida doim bolalarcha o'yinqaroqlik, qiziquvchanlik, hayolparastlik bilan o'z orzularini ro'yobga chiqarishga, muammolarini hal qilishga uringan bo'lsa, adibning "Mungli ko'zlar" asari qahramonlari bo'lmish Zafar oilasi boshiga tushgan musibatlarni yengishda, Akbar esa nafaqat o'z oilasi, balki imkoni bo'lsa butun bir jamiyatning muammolari bo'lmish yolg'onchlik, adolatsizlik, ochko'zlik, haromdanda hayiqmasdan boylik yig'ish talvasasi kabi illatlariga qarshi bolalarcha ishonuvchan, beg'ubor, soddadil bo'lgani holdagi kurashini o'zida aks ettirgan (ishonuvchan bo'lmasa Zafar Qozi xolasiga tilxatni shunday berib yuborarmidi, yoki Akbar sodda bo'lmay turib o'z ota-onasining jinoyatlarini fosh qilgan holda, ularni qamoqqa olinmasligini so'rarmidi). Asar bosh qahramonlari Zafar hamda Akbar misolida huddi turli yoshdagi kitobxonlarga alohida noma yo'llanganday, ya'ni: -Zafar va uning boshdan kechirganlari misolida o'zi tengqur bolalar, maktab o'quvchilariga hayotda halollik, mehr, muhabbat, do'stlik, oqibat kabilar barcha narsadan ustunligini, bu tuyg'ularga har qancha pul, boylik, mansab, amal bilan ham erishib bo'lmasligi yoki yo'qotganda molu dunyo ularni aslo qaytarib bera olmasligini ta'kidlansa; -Akbar obrazi esa kattalarga, ota-onalarga qarata: "Biz bolalarga dang'illama uy, qator-qator mashinalar, zeb-ziynatlar emas, sizlarning bir og'iz shirin so'zingiz, doimiy e'tiboringiz, mehringiz butun dunyo boyliklaridanda ustunroqdir" deya nola qilayotganday. Bundan tashqari asarni o'qish davomida ba'zi joylarini hisobga olmasa, voqelar huddi bugungi kun hayotiga ham juda mos kelishi, asar voqealarida milliylik, odamgarchilik va boshqa o'zbekona elementlar mohirona qo'llanilgani o'quvchilarni asarni yanada qiziqib o'qishlariga sabab bo'la oladi. Asardan "Akbarning ota-onasini chaqib berishi barcha muammolarga sabab bo'lgan, doim ham rost gapirish kerak emas, yolg'on ham ishlatib turish kerak" degan xulosa chiqarish emas, aksincha Zafar tushunib yetgan haqiqatlar - adolat, halollik, do'stlik, mehr-oqibat - barcha narsadan ustun hamda jamiyatdagi Akbardek bolalar tushib qolishi mumkin bo'lgan muammoli vaziyatlarni ildizi bilan quritishga xizmat qilgan bo'lardi degan xulosa chiqishi mening nazarimda adibning asosiy maqsadi edi. Behzod Xandamov
Hashtags
Pubblicato 2 set
#taqriz_tanlov Olamni ikki ustun boshqaradi deyishadi.Yaxshilik va yomonlik.Yoshligimizda bunga ishonmasdik.Negaki atrofimizdagi insonlar bari bizga faqat yaxshilik istaydilar, bu olamda yomon amaki-yu xolalar yo'q deb ishonardik.Lekin ulg'ayganimiz sari....."Mungli ko'zlar" o'z mushfiq ota-onasini hamma-hammadan yaxshi bo'lishini, halol,pok bo'lishini orzu qilgan va ularni shu tomonga qaytarishga urinib "zo'r chora"sini topa olgan bir bola haqida bitilgan madhiyadir.Inson bolasi uchun ota-onasi yaxshi bulmasa---butun dunyo ham yomondir. U ham bor yug'i shuni istadi.Oddiygina, xotirjamgina oilaviy baxtni qidirdi.Jisman ojiz bulsa-da buyuk qalbi bilan ularni qamoqqa tiqishga bir qadar sababchi bulib qolgan bulsada, ota-onasi yul quygan xatolarni takrorlamadi.Halol yashab ketdi! Fotima Qo‘zimurodova
Hashtags
Pubblicato 2 set
#taqriz_tanlov Inson hayotining ko'p qismida bo'lib o'tgan voqealar uning ko'zlarida zohir bo'ladi deyishadi. Haqiqatdan ham shunday! Hayotdagi quvonch-u tashvishlarni ko'rib, barchasiga emotsiya bildirish inson harakatlari va ayniqsa ko'z qorachiqlari namoyon bo'ladi. Yoshlikda inson ko'zi deyarli quvonchdan porlaydi deymiz, aslida esa hayot bir tekisda ketmaganidek yoshlik quvonchlari ham silliq ketmaskan. Buning isbotini "Mungli ko'zlar"dagi Akbar orqali ko'rishimiz mumkin. To'g'ri, bu badiiy asar deyishimiz mumkin, ammo asarlarda ham hayotiy haqiqat borligi barchaga ayon. Ko'p ko'rganmiz, aksariyat boy oilalarning farzandlari hayotidan mamnun, xayollaridagi barcha istaklari ro'yobga chiqqanidan g'oyatdan sarmast bo'lib yurishadi. Ular uchun imkonsiz narsaning o'zi yo'qdek. "Mungli ko'zlar"da ham yozuvchi shunday bolalar holatini ochishga harakat qilgan. Zafarning maktab direktori bilan munosabatlarida sinfdoshlari orasidagi "boylikdan g'ururlanish" holati, ota-onasining "kazo-kazo"lar bilan yeydigan gaplaridan masrurlik jarayoni, yoki Zufarning militsionerga taklif etgan porasi shu holatga yorqin misoldir. Bolalar bu boyliklarning qay yo'sinda kelganini bilishsa ham, ota-onalariga bo'lgan muhabbatlari hech so'nmaydi. Ammo Akbar bunday emas. U ota-onasini yomon ko'rardi degan fikrdan yiroqman. Shunchaki, u ota-onasining harakatlari xato ekanligini bilardi va ularning ishidan nafratlanardi. Zafar esa, bu holatni oddiy jamiyatning aylanma harakati ekanligiga ishonardi. Ota-onasining qamoqdan chiqishi uchun Zafarning barcha boyliklardan kechishga tayyorligi va aksincha Zufarning Volgadan voz kechmoqchi bo'lmagani aka-ukalar o'rtasidagi oilaviy tushunmovchilikka bir misol. Akbarning ukalaridan boshqacha fikrlashiga esa ustozi Atoulla aka va uning oilasidagi halol muhit, uning o'qigan kitoblari sabab. Oila fojeasiga sabab ko'pincha jamiyat va undagi muhit sabab deymiz , aslida-chi? Manimcha, bu oila fojeasiga sabab jamiyat muhiti emas, er-xotinning boylikka bo'lgan ishtiyoqlari. O'z harakatlarini farzandlarimiz kelajagi uchun deb tinimsiz vaj qilishlari esa shunchaki o'zlarini farzandlar oldidagi "oqlash" bo'lib qolaveradi. Oqibat nima bo'ldi? Bu boyliklardan nafratlangan Akbar taqdiri kimni jumbushga keltirmadi? X.To'xtaboyevni bolalar yozuvchisi deb bilardim shu vaqtgacha. Lekin asarni tugatgach, faqat bolalar emas, kattalar ruhiyatini ham sinchkovlik bilan o'rganganiga guvoh bo'ldim. Asarda bir oila taqdiri misolida qo'ni-qo'shni, aka-uka, opa-singil, aka-singillar va hatto bojalar munosabatlari pul, boylik orqali qay tarzda o'zgarishini guvohi bo'lasiz. Singlisi boshiga tushgan musibatdan o'z manfaati uchun foydalanishi odamning nafratini uyg'otsa, ammasi va uning eri g'amxo'rligi dunyoda yaxshi jigarlar borligini isbotlaydi. Asar yozilganiga necha yil bo'lgan bo'lsa-da, O'sha vaqtda ham, hozirda ham dolzarb bo'lgan korrupsiya, aldov va chayqovchilik, birovlar mulkiga ko'z olaytirish kabi illatlar dolzarbligi-yu, jazo muqarrar ekanligini yo'qotgani yo'q... Halol mehnat va uning ortidan farzandlar quvonchini ko'rib yurishdan hech kimni adashtirmasin. P.s-1. Ba'zi joylari sal bo'rttirilgan, ammo asarning qimmatini bu narsa yo'qqa chiqarolmaydi😊 P.s-2. Bu asarni ancha yillar avval onamlar tavsiya qilgandilar. Tanlov bahona o'qivoldim. 😍 Nigora Xon
Hashtags