TGINSIGHT CHAT
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
@kitobxonlar_d
LibriFacebook ijtimoiy tarmog'idagi "Kitobxonlar davrasi" guruhining telegramdagi rasmiy kanali. Facebookdagi guruhga link: https://m.facebook.com/groups/159059447495836 Bog'lanish uchun : @kitobxonlar_davrasibot
Post recenti
Pag. 34 di 35 · 415 post
Pubblicato 7 mag
#men_tugatgan_kitob Fransuz adiblaridan biri Gi de Mopassanning "Azizim" asarida shunday sòzlar keltiriladi: "U hamma odamlar kabi bir muncha vaqt yashadi, kuldi nimalardandir umidvor bòldi, kimlarnidir sevdi. Endi bólsa hammasi tugadi, butkul barham topdi. Xayot shunday! Yana bir necha kundan keyin uni butkul yòqlik dunyosi òz hukmiga oladi. Olamga kelasan, voyaga yetasan, òzingni baxtiyor sezasan, nimalarnidir ilhaq kutasan, keyin òlib ketasan". Bu jumlalar hayotning achchiq haqiqatlari. Tóğri ayrimlar qaysidir ma'noda lazzatli. Lekin hozir yashab ertaga òlaman deb hech kim hayoliga kelrirmaydi. Bugun borman ertaga yòqman, shuning uchun bugun kimgadir yaxshiligim bilan esda qolay deydiganlar kamchillikni tashkil etsa kerak. Bu asar qaysidir ma'noda òsha davrdagi fransuz jamiyatini kòrsatib bergan asar. Asar tiliga keladigan bòlsak juda ham oddiy hamma tushunadigan. Tòğrisini aytsam jahon adabiyotidagi hamma asarlar ham yoqvermaydi. Bu asar tili soddaligi va voqealar rivoji juda ajoyib tasvirlangan😊😊😊😊.Qisqasi sizlarga ham òqishni tavsiya qilaman😊😊😊😊 Gulandon Abdumurodova
Hashtags
Pubblicato 6 mag
Иккиюзламачилик ва мунофиқликка қулоқ тутиш шарт эмас, ўша вақтни китоб ўқишга бағишланг - тамом! @Oybek_Aliyev
Pubblicato 6 mag
Mushfiq Kozimiy "Qo'rqinchli Tehron" Olti mingyillik tarixga ega Eron davlati o'z holicha , odatdagicha kun kechirmoqda. Xoji eshonlarning gapi sud qarori yoki adliya hukmidan ustun , zamindor boylar aysh-ishrat , boyligini yanada orttirish uchun hamma narsaga , har qanday pastkashlikka tayyor , ruhoniylar ham o'z navbatida xalqdan falon narsaga yordam deb pul yig'ishni va o'sha pulni cho'ntakka urishni qoyillatardi . Shunday sharoitda bizning qahramonlarimiz Mahin va Farrux o'rtasida pok muhabbat shakllanib kelardi . Mahinning otasi boyligini yanada orttirishdan boshqasini o'ylamaydigan , sevgi-muhabbat , insoniylik yot bir kishi , Onasi esa o'qish-yozishni bilmagan , duodan boshqasini bilmaydigan , zamonning odatiy ayoli edi . Farrux o'zining jiyani bo'lsada , Mahinning onasi Maliktoj xonim uni kambag'al deb hisoblar va boshqa xislatlariga e'tiborsiz edi . U eri aytgan narsanigina to'g'ri deb bilar edi . Mahinning otasi deputat bo'lishni xohlar va bu yo'lda mahalliy zodagon shaxzoda K.ga suyangan edi . Unda ko'plab yer-mulk va asoratdagi odamlar bor va u shu odamlarning saylovda ovoz berishga ko'ndirish orqali deputat qilmoqchi edi . Ammo ... bir shart bilan : Ular quda bo'lishi kerak . Shaxzoda ham qudratdan keta boshlagan edi va bo'lg'usi qudasining boyligi evazini tiklab olmoqchi edi . Ammo Mahin Farruxni sevadi . Buni otasi onasiga aytsada , ko'ziga pul va deputatlikdan boshqasi ko'rinmayotgan otasi bu sevgiga kuchi boricha qarshilik qilardi . Bu yo'lda ko'p qing'ir ishlar qildi . Qahramonimiz Farrux ham bo'sh kelmadi . Ammo shunday odamga qarshilik qila olarmidi ??? Asar davomida qahramonimiz boshiga ko'p qiyinchiliklar tushdi , uzoq vaqt qiynaldi . Boshiga shu qiyinchiliklarni solgan odamlardan qasd olish uchun ko'p yil vaqt sarfladi . Muallif Farrux taqdiri bilan o'z xalqini uyg'onishga chorlaydi , qadri buyumga teng bo'lgan ayollariga achinadi , ularning taqdiriga kuyinadi . Toki xalq oqni qoradan ajrata olmas ekan bu hol davom etishini ta'kidlaydi va xalqini uyg'onishga chorlab asarni Farruxning tilidan aytilgan shu so'zlar bilan yakunlaydi : "Farzandimni tarbilyalay olsam , shu muhitda buzilib ketishidan saqlay olsam , zamondoshlariday vatan taqdiriga befarq qarovchi tanbal bo'lib qolishiga yo'l qo'ymasam - qurbim yetganicha o'z burchimni ado etgan bo'laman " . Джейсон Коул https://t.me/kitobxonlar_d
Pubblicato 5 mag
Etakdagi kulba asari haqida. @kitobxonlar_d https://telegra.ph/Etakdagi-kulbataqriz-05-05
Pubblicato 5 mag
#diqqat_tanlov Assalomu alaykum, guruhdoshlar! Ko’pchilik kitobxonlarga ma’lumki, “Asaxiy books” loyihasi ishga tushib, bu loyihada jahon adabiyotining nodir namunalari bilan bizni tanishtirish maqsad qilib qo’yildi. Bugundan shu loyiha bilan hamkorlikda yangi tanlovlarni boshlaymiz. Tanlovlarimiz turli shartlar bilan uzoq vaqt davom etadi. Bu oygi tanlovimiz shartlari bilan tanishing: 1. Ushbu postni o’z sahifangizda ulashing. 2. Asaxiy.uzning Facebookdagi Uzbeklife sahifasiga va telegramdagi https://t.me/asaxiybooks kanaliga a’zo bo’ling 3. Asaxiy.uz internet do’konida sotilgan qaysidir kitob haqida taassurotlaringizni yozing. Asarning yaxshi yoki yomon tomonlarini ko’rsatib bering. (Bu fikrlardan asaxiy.uz o’z saytida foydalanishi mumkin). Tanlovga taassurotlaringizni 31-may soat 22.00 ga qadar #asaxiytanlov heshtagi bilan jo’natishingiz kerak. G’olib guruh boshqaruvchilari tomonidan aniqlanib 1-iyun kuni e’lon qilinadi. G’oliblarga asaxiy.uzning 20 kitobdan iborat bestsellerlari sovg’a qilinadi. Tanlovda birinchi va ikkinchi o’rinni egallagan ishtirokchilarga dastlabki kitoblardan beshtadan, random orqali tanlangan ikki g’olibga esa navbatdagi kitoblardan beshtadan beriladi. Barchani ushbu tanlovga taklif qilamiz. Hammaga omad!
Hashtags
Pubblicato 4 mag
Pubblicato 4 mag
Pubblicato 4 mag
Тара Вестовер-Educated
Pubblicato 4 mag
Eng katta kitob - Hayot. Butun insoniyat yozar kitob Eng og'ir, Eng oddiy, Eng go'zal kitob. Rauf Parfi. 1965-yil.
Pubblicato 3 mag
G.G. Markes - " Yolg'izlikning yuz yili" #tavsiya @kitobxonlar_d https://telegra.ph/Kitobxon-fikri-05-03-2
Hashtags
Pubblicato 3 mag
#tavsiya Anor - "Men, Sen, U va telefon" asari @kitobxonlar_d https://telegra.ph/Kitobxon-fikri-05-03
Hashtags
Pubblicato 3 mag
#tanlov 4-may kuni 21:30da bo'lib o'tadigan viktorinada qatnashing va 11-may kuni Behbudiyning "Padarkush" spektakliga chipta yutib oling! ) @kitobxonlar_d https://telegra.ph/Tanlovga-marhamat-05-03-4
Hashtags