TGINSIGHT CHAT
BMB PFC
@bmbpfc
SportBMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev
Kiriman terkini
Kaca 18 saka 85 · 1,018 kiriman
Diterbitake 23 Mar
OLIY LIGA | 9-TURDAN SO‘NG STATISTIKA Ortda qolgan Oliy liga 9-tur uchrashuvlaridan so‘ng jamoamiz darvozabonlarining goldan saqlab qolish boʻyicha ko‘rsatkichlari. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 23 Mar
OLIY LIGA | 9-TURDAN SO‘NG STATISTIKA Ortda qolgan Oliy liga 9-tur uchrashuvlaridan so‘ng jamoamiz futzalchilarining golli uzatmalardagi ko‘rsatkichlarni taqdim etamiz. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 23 Mar
OLIY LIGA | 9-TURDAN SO‘NG STATISTIKA Ortda qolgan Oliy liga 9-tur uchrashuvlaridan so‘ng jamoamiz futzalchilari orasidagi to‘purarlar ko‘rsatkichlarni taqdim etamiz. Ushbu jadvalda futzalchilarimizning mavsum davomida ko‘rsatgan natijalari, samaradorligi va jamoa gʻalabalariga qo‘shgan hissasi aks ettirilgan. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 23 Mar
MASHGʻULOTLAR SAMARASI Jamoamiz murabbiylar shtabi tomonidan puxta reja asosida tashkil etilayotgan mashgʻulotlar jarayonida har safar yangi taktik ishlanmalar ishlab chiqilib, amaliyotda sinovdan oʻtkazilmoqda. Jizzax shahrida boʻlib oʻtgan soʻnggi uchrashuvda aynan shu tayyorgarlik samarasi maydonda yaqqol namoyon boʻldi. Jamoaviy harakatlar va taktik yondashuv oʻz natijasini berdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 21 Mar
ҲУРМАТЛИ ЮРТДОШЛАР! Сизларни янгиланиш, эзгулик ва янги ҳаёт рамзи бўлган улуғ айём - Наврўзи олам билан самимий муборакбод этамиз. Асрлар давомида шаклланган бой анъаналаримизни ўзида мужассам этган ушбу қутлуғ байрам табиат билан уйғунлик, ҳамжиҳатлик ва фаровонликка интилиш рамзидир. Наврўз ҳар биримизга эзгу ниятлар, янги мақсадлар ва юксак марралар сари интилиш учун илҳом бағишлайди. Ушбу улуғ кунларда сизларга мустаҳкам соғлиқ, тинчлик-осойишталик, хотиржамлик ва туганмас бахт тилаймиз. Ҳар бир хонадонга файзу барака, меҳр-оқибат ва тотувлик ёр бўлсин, барча эзгу ниятларингиз амалга ошсин. Наврўз айёми қалбларингизга қувонч, умид ва эртанги кунга бўлган ишонч олиб келсин! Ҳурмат билан, BMB HOLDING жамоаси
Diterbitake 21 Mar
#OKMK_BMB OKMK jamoasiga qarshi uchrashuvda Vitor Silva tomonidan kiritilgan ushbu gol Instagram sahifamizda qariyb 1 mln marotaba tomosha qilindi😊 Keling uni yana bir bor koʻramiz. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 20 Mar
🌙🕌BMB PFC jamoasi barcha muxlislarimizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaydi! Ushbu ulug‘ ayyom qalblaringizni nurga, xonadonlaringizni esa fayzu barakaga to‘ldirsin. Yurtimizda tinchlik, birlik va mehr-oqibat va totuvlii abadiy boʻlsin. Barchangizga sog‘lik, baxt va ulkan zafarlar tilaymiz! Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 18 Mar
Bugungi mashg‘ulot “MDIST SC” maydonida yuqori kayfiyatda o‘tkazildi Mashg‘ulot jarayonida asosiy e’tibor jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qaratildi. Futzalchilar intensiv mashqlar orqali chidamlilik va tezlik ustida ishlashdi. Shu bilan birga, darvozabonlar bilan individual mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularning texnik va reaksiya ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga e’tibor berildi. Jamoamiz navbatdagi uchrashuvlarga puxta tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 17 Mar
#GK Jamoamiz darvozaboni Abbos Elmurodovning “Lokomotiv” jamoasiga qarshi bahsda amalga oshirgan ushbu harakati yodingizdami😍 Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 16 Mar
9-tur laureatlari aniqlandi O’zbekiston futzal federatsiyasi matbuot xizmati Jizzax shahrida bo’lib o’tgan turni atroflicha yoritgan ommaviy axborot vositalari vakillari, Jizzav viloyati futbol akademiyasi sport zaliga tur uchrashuvlarini bevosita kuzatib borgan futzal faxriylari hamda mutaxassislari fikrini umumlashtirib, 9-tur Ramziy terma jamoasini tuzdi. 9-turning RAMZIY TERMA JAMOAsi: Jasurbek Rizbonov(“Nasaf”) Jean Aldemiro Silva de Jesus(“BMB PFC”) Akbar Usmonov(SQB) Leandro Rocha Batista(“Oil Star”) Hebbert Oliveira de Jesus Souza(“BMB PFC”) Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 16 Mar
Diterbitake 16 Mar
Chempion muddatidan oldin aniqlanishi ehtimoli yuqori… Jizzaxdagi turda sermahsullik sezilarli tarzda o’sdi Mamlakat XXIX milliy chempionati — Oliy liga futzal musobaqasining 9-tur uchrashuvlari ham qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy bo’ldi. Amaldagi chempion turni yuz foizlik natija bilan yakunlab, eng yaqin ta’qibchilari bilan farqni yanada oshirib oldi. Jizzaxliklar ushbu o’yin sur`ati hamda bahslarga tayyorgarlik jarayonini susaytirishmasa, katta ehtimol bilan muddatidan avval o’z unvonlarini himoya etishlari kutilmoqda. BMB PFCni ta`qib etib kelayotgan SQB kutilmaganda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi o’yinda ochko yo’qotdi. Bundan esa o’tgan mavsum vitse-chempioni “Oil Star” unumli foydalandi va ikkinchi o’ringa ko’tarilib oldi. Medallar uchun kurashish imkoniyati Toshkent viloyati Olmaliq shahrining OKMK jamoasida ham saqlanib qolmoqda. Qarshining “Nasaf” jamoasi esa bu kurashdan chiqqanga o’xshaydi. Aynan bankchilarga imkoniyatni boy bergan “ajdarlar” endilikda OKMKdan etti ochkoga ortda qolmoqda. Bu turda sermahsullik Andijondagi turga nisbatan sezilarli ravishda o’sdi. Jizzaxlik futzal ishqibozlari to’rt kun mobaynida biri biridan chiroyli gollarning shohidi bo’lishdi. 9-turda jamoalar 10 ta uchrashuvda darvozalarga 72 ta gol kiritishdi. O‘rtacha har bitta o’yinga 7,2 tadan gol to’g’ri keldi. 🔹 Tur doirasida amaldagi chempion — BMB PFC, vitse-chempion – “Oil Star” hamda Farg’onaning “Neftchi” jamoalari yuz foizlik natija ko‘rsatishdi. Shu o’rinda, farg‘onaliklarga bitta o‘yinda texnik g‘alaba yozilganini ham eslatib o’tamiz. 🔹 9-turni yuz foizlik natija qayd etgan uchlikdan tashqari, Toshkentning SQB jamoasi ham mag’lubiyatsiz o’tkazdi. Faqat bankirlar bitta o’yinda g’alaba qozonib, bitta bahsda durang qayd etishdi. 🔹 O’tgan turdan keyin mamlakat milliy chempionatidan chetlatilgan “Surxon” jamoasiga bu turda ham ikkita texnik mag’lubiyat yozildi. 🔹 9-turda bir yo’la to’rtta jamoa faqatgina bittadan ochko bilan kifoyalandi: OKMK, “Dinamo”, “Bunyodkor”, “Maksam-Chirchiq”. 🔹 Turning eng sermahsul jamoasi BMB PFC bo‘ldi – 17 ta gol. Keyingi ko‘rsatkich “Oil Star”ga tegishli – 10 ta gol; 🔹 Turda eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoa “Lokomotiv” bo‘ldi – 13 ta gol. Keyingi natija OKMK ga to‘g‘ri keldi – 10 ta gol; 🔹 Turda eng kam gol o’tkazgan jamoalar SQB va “Nasaf” bo’ldi – 4 tadan gol. BMB PFC va “Oil Star” o’z darvozasidan 5 martadan to’p olib chiqdi; 🔹 Turda eng kam gol urgan jamoalar “Qizilqum” (1 ta o‘yinda 2 ta gol) hamda “Dinamo” (2 ta o‘yinda 2 ta gol) bo‘ldi; 🔹Eng yirik hisob BMB PFC – “Lokomotiv” uchrashuvida qayd etildi – 10:3. “Nasaf” esa “Dinamo” jamoasi darvozasiga javobsiz oltita gol urdi – 6:0; 🔹Eng sermahsul o‘yin: BMB PFC – “Lokomotiv” (10:3) uchrashuvi bo‘ldi. Darvozalarga 13 ta gol kiritildi; 🔹Eng kam gol urilgan o‘yin: SQB – “Dinamo” – 2:2; 🇺🇿BMB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram