TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Bali menyang dhaptar saluran
BMB PFC avatar

TGINSIGHT CHAT

BMB PFC

@bmbpfc

Sport

BMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev

Pelanggan1,880Pelanggan saiki
Kiriman sing dilacak1,018Jumlah kiriman sing diindeks
Jangkauan terkini9,855Total tampilan terkini
Kiriman terkini

Kiriman terkini

Kaca 24 saka 85 · 1,018 kiriman

Diterbitake 11 Mar

1’| - Uchrashuvga start berildi!

479 views

Diterbitake 11 Mar

🔥#MATCHDAY #STARTING Oliy liga. 9-tur. 2-kun OKMK — BMB PFC 📍 | Manzil: Jizzax shahri 🏟 | Majmua: Viloyat futbol akademiyasi sport zali 📆 | Sana: 11-mart | Chorshanba ⏰ | Boshlanish vaqti: 15:00 ⚽️ | Bosh hakam: Anatoliy Rubakov ⚽️ | Yordamchi hakam: Nikita Afinogenov ⚽️ | Zaxira hakami: Jaxongir Allayev 🧭 | Xronometrist: Davron Akmalov ⚽️ | Nazoratchi: Faxriddin Murodov ✍️ | Komissar: Oybek Yunusov 📺 | Efir: “Futbol-TV” | 🖥 | Efir: O’FF YouTube kanali | 🎙 | Sharhlovchi: Dilshodbek To'xtabekov

580 views

Diterbitake 11 Mar

#live “Oq Yoʻlbarslar” Jizzax futbol akademiyasi sport zaliga yetib keldi va uchrashuv oldidan soʻngi tayyorgarlik mashgʻulotini oʻtkazmoqda. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

607 views

Hashtags

Diterbitake 10 Mar

#MATCHDAY| OʻYIN KUNI! OKMK🆚BMB PFC “Oq Yoʻlbarslar” muhim bahsga tayyor! 🗓11-Mart | 15:00 🏟 “JIZZAX FA” 📺JONLI EFIR: FUTBOL TV, OʻFF “YOU TUBE” SAHIFASI Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

758 views

Hashtags

Diterbitake 10 Mar

#TRAINING Bugun jamoamiz Oliy liga 9-turi oldidan rejalashtirilgan navbatdagi tayyorgarlik mashgʻulotini “MDIST SC” sport majmuasida oʻtkazdi. Mashgʻulot jarayonida futzalchilar murabbiylar shtabi boshchiligida asosan taktik ishlanmalar ustida ishlab, bo‘lajak uchrashuvlar uchun zarur bo‘lgan o‘yin tizimlarini amalda sinab ko‘rishdi. Mashgʻulot yakunlangach, jamoamiz navbatdagi tur bahslarida ishtirok etish uchun Jizzax shahri tomon yoʻlga chiqdi. “Oq yoʻlbarslar” manzilga yetib borgach muhtasham “Za’faron Hotel” mehmonxonasiga joylashadi va uchrashuvoldi tayyorgarlikni davom ettiradi. Eslatib oʻtamiz, jamoamiz Oliy liga 9-turidagi ishtirokini ertaga Olmaliqning “OKMK” jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

840 views

Hashtags

Diterbitake 9 Mar

Mashgʻulot jarayonlari davom etmoqda Bugun BMB PFC navbatdagi mashgʻulotlarini oʻtkazdi. Dastlab futzalchilar murabbiylar nazoratida jismoniy tayyorgarlik va qizib olish mashqlarini bajarishdi. Shundan soʻng mashgʻulotning asosiy qismi taktik hamda texnik ishlanmalar ustida ishlashga qaratildi. “Oq Yoʻlbarslar” yuqori kayfiyat va katta ishtiyoq bilan mashgʻulotlarni davom ettirib, bo‘lajak bahslarga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mashgʻulot soʻngida jamoamizning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiyi Maurisiyo Tesheyra Oliy liga musobaqasining navbatdagi turi oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

768 views

Diterbitake 8 Mar

8-MART – XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUBORAK BOʻLSIN! BMB Professional Futsal Club jamoasi barcha ayollarni, mehribon onalarimizni, opa-singillarimizni hamda klubimiz muxlisalarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi. Sizlarning mehr-muhabbatingiz, sabr-toqatingiz va qo‘llab-quvvatlovingiz har birimiz uchun kuch va ilhom manbaidir. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilaviy totuvlik va cheksiz quvonch tilaymiz. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

823 views

Diterbitake 6 Mar

“OQ YOʻLBARSLAR” MASHGʻULOTDA Bugungi mashg‘ulot taktik tayyorgarlik va o‘yin jarayonlariga bag‘ishlandi. Jamoa murabbiylar shtabi ko‘rsatmalari asosida kombinatsiyalar ustida ishlashdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,040 views

Diterbitake 6 Mar

XUSH KELIBSIZ, SHUHRAT TOJIBOYEV! Jamoamiz murabbiylar shtabiga yana bir yordamchi murabbiy qoʻshilganini maʼlum qilamiz. Mutaxassis - jamoaning mashgʻulot jarayonlari, taktik ishlanmalar, oʻyinoldi tayyorgarliklar hamda bevosita uchrashuvlar jarayonlarida murabbiylar shtabi bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Shuhrat Tojiboyev murabbiylik faoliyati mobaynida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi hamda “Surxon” futzal klubi bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,120 views

Diterbitake 4 Mar

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN, AZIZBEK JALOLIDDINOV! Jamoamizning yosh va iqtidorli futzalchisi Azizbek Jaloliddinovni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Azizbek — jamoamizning eng yosh a’zosiligi bilan birgalikda maydonda o‘zining tezligi, texnikasi va cheksiz ishtiyoqi bilan ajralib turadigan futzalchi. Sizga mustahkam sog‘liq, ulkan zafarlar, yorqin gollar va professional faoliyatingizda yanada katta yutuqlar tilaymiz! Orzularingiz doimo ro‘yobga chiqsin, maydonlarda esa omad hamisha hamrohingiz bo‘lsin! Yangi yoshingiz muborak bo‘lsin, Azizbek! Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,180 views

Diterbitake 3 Mar

TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN, MUHAMMADALI XUSANBOYEV! Jamoamizning 2005-yilda tavallud topgan, yosh bo‘lishiga qaramay maydonda katta tajriba va ishonch bilan harakat qilayotgan futzalchisi Muhammadali Xusanboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklaymiz! Muhammadali bugun nafaqat iqtidorli yosh futzalchi, balki o‘yinni chuqur tushunadigan, mas’uliyatni his qiladigan va jamoa manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yadigan futbolchiga aylanib bormoqda. Har bir bahsda uning mehnati, intizomi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi yaqqol sezilib turadi. Muhammadali sizga mustahkam sog‘liq, barqaror o‘sish, yanada boy tajriba va katta g‘alabalar tilaymiz! Maydonlarda ishonchli o‘yin, yorqin lahzalar va muxlislar olqishi hamisha siz bilan bo‘lsin! Yangi yoshingiz muborak bo‘lsin! Telegram|Facebook|Instagram | Uzum

1,160 views
12•••5•••10•••15•••20•••2223242526•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8485