TGINSIGHT CHAT
BMB PFC
@bmbpfc
SportBMB Professional Futzal Clubining rasmiy kanali. Vitse prezidenti va ijrochi direktor : Mavlon Dusqobilov Matbuot kotib : Vaxobjon Abdugʻaniyev
Kiriman terkini
Kaca 8 saka 85 · 1,018 kiriman
Diterbitake 27 Apr
O’zbekiston kubogi – 2026 musobaqasi guruh bosqichi bahslari 28-aprel kuni start oladi Jizzax shahrimamlakatimiz futzalida nufuzi jihatidan ikkinchi o’rinda turuvchi O’zbekiston kubogi musobaqasining 2026-yilgi mavsumi doirasidagi guruh bosqichi bahslariga mezbonlik qiladi. Ushbu turnirda jamoamiz oʻz ishtirokini 29-aprel sanasida boshlaydi. BMB PFCning Oʻzbekiston kubogi guruh bosqichi doirasidagi uchrashuvlar taqvimi bilan surat orqali tanishishingiz mumkin. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 26 Apr
#TRAINING BMB PFC bugundan Oʻzbekiston kubogi guruh bosqichi bahslariga tayyorgarlik mashgʻulotini boshladi. Mashgʻulot davomida tezkorlik, to‘p nazorati va kombinatsion harakatlarga alohida e’tibor qaratildi. Darvozabonlar esa individual tarzda darvozabonlar murabbiyi bilan maxsus mashg‘ulotlar bajarishdi. Jamoamiz Jizzax shahrida boʻlib oʻtadigan uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlikni davom ettiradi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 26 Apr
Diterbitake 26 Apr
Turning "eng yaxshi murabbiysi"ga nomzodlar O‘zbekiston futzal federatsiyasi 2025/2026-yilgi mavsumning har bitta turidan keyin "eng yaxshi murabbiy" nominatsiyasi g’olibini aniqlab kelayotganidan xabaringiz bor. 10-tur yakunlari bo‘yicha e`lon qilgan so’rovnomamizda “Maksam-Chirchiq” bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov 39 foiz ovoj jamg’arib, g’olib bo’lgandi. Keyingi natijalarni Nodir Eliboyev (35%), Konstantin Sviridov (14%) va Fuzuli Xayrulloyev (13%) lar qayd etishdi. 11-turda ham biz e`tiboringizga besh nafar nomzodlarni havola etamiz. Ulardan qay biri samarali mehnat qildi va Sizda yorqin taassurot qoldirdi? Buni, aniqlab berish uchun Telegram kanalimizdagi so’rovnomada faol qatnashing. Quyida nomzodlar эътиборингизга havola etiladi: 1. Ahadjon Yusupov ("Lokomotiv") — 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba (1 tasi texnik g’alaba), to'plar farqi — 7:4. 2. Nodir Eliboyev("BMB PFC") — 3 ta o'yin, 3 ta g'alaba (1 tasi texnik g’alaba), to'plar farqi — 8:3. 3. Aleksand Petrov(OKMK) — 3 ta oyin, 2 ta g’alaba (1 tasi texnik g’alaba), 1 ta durang. to'plar farqi — 6:2. 4. Konstantin Sviridov(SQB) — 3 ta o’yin, 2 ta g’alaba, 1 ta mag’lubiyat, to’plar farqi – 12:7. 5. Fuzuli Xayrulloyev("Oil Star") — 3 ta oyin, 1 ta g’alaba, 2 ta durang, to'plar farqi — 8:6. 🇺🇿BMB | 🥸Orient Ceramic | 7 saber 👉 📝Telegram | 🎞YouTube | 📝Facebook | 💻Instagram
Diterbitake 26 Apr
#BIRTHDAY Jamoamizning fidoyi yordamchi murabbiyi Aziz Mamatov hamda yosh darvozabonimiz Shoxrux Axtamovni tavallud ayyomlari bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat va sport faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Jamoamiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan mehnatlaringiz doimo o‘z samarasini bersin! Maydonda ham, hayotda ham doimo g‘alabalar siz bilan bo‘lsin! Hurmat bilan BMB PFC oilasi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 25 Apr
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA “Qisqasi TV” ijodkorlari jamoamizning toʻrtinchi chempionligi haqida kontent tayyorlashgan va “Oq Yoʻlbarslarni” navbatdagi chempionlik bilan iliq tabriklashdi. Biz esa jamoamiz nomidan tashakkurimiz izhor etamiz. Batafsil videoda tomosha qiling. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 23 Apr
#STAFF Chempion jamoa maydondagi futzalchilardan tashqari ularning ortida ishlaydigan katta tizim bilan ham kuchlidir. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 23 Apr
#CHAMPIONS Jizzaxning BMB PFC jamoasi mamlakat milliy chempionati – Oliy liganingmuddatidan oldin chempioni bo‘ldi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Hashtags
Diterbitake 21 Apr
CHEMPIONLIKKA BIR QADAM QOLDI Futzal bo‘yicha mamlakat Oliy ligasining 11-turiga Qarshi shahri mezbonlik qildi. Ushbu turda jamoamiz ikki uchrashuvda maydonga tushib, har ikkala bahsda ham to‘rttadan gol urdi. Dastlab Navoiyning “Qizilqum” jamoasi 4:1 hisobida mag‘lub etildi. Shundan so‘ng Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi ustidan 4:2 hisobida ishonchli g‘alaba qayd etildi. Taqvimga ko‘ra “Surxon” jamoasiga qarshi uchrashuv ham belgilangan edi, biroq raqib musobaqadan chetlatilgani sabab jamoamiz foydasiga texnik g‘alaba yozilishi belgilandi. Natijada tur yakunida maksimal natija — 9 ochko qo‘lga kiritilmoqda. Bu muvaffaqiyat jamoamizga turnir jadvalidagi yetakchilikni mustahkamlash bilan birga, chempionlikni muddatidan avval rasmiylashtirish imkonini yanada yaqinlashtirdi. Jamoamiz bugun tushda poytaxtga qaytdi va qisqa tanaffusga chiqdi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 20 Apr
Mamlakat milliy chempionati – Oliy liganing 11-turning ikkinchi kungi bahslaridan keyin musobaqa jadvalida yuzaga kelgan vaziyat. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 20 Apr
“Oliy liga” 11-tur. BMB PFC — NEFTCHI jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi: Jean Aldemiro Silva de Jesus Telegram|Facebook|Instagram | Uzum
Diterbitake 20 Apr
“Oliy liga” 11-tur. BMB PFC — NEFTCHI jamoalari o'rtasidagi uchrashuvi yakunlandi. Telegram|Facebook|Instagram | Uzum