TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Qarorlar soyasida avatar

TGINSIGHT CHAT

Qarorlar soyasida

@grdirector

Negotium

💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan 🎓PhD in Economics, Skolkovo School Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu

Subscriptores3,370Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita227Scripta numerata
Attingentia recens11,352Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 5 de 19 · 227 scripta

Editum Nov 18

Premyeradan keyin… Diyoraning tarixini har safar ko‘rganimda, hammasi xuddi yonimda sodir bo‘layotgandek bo‘ladi. Ko‘z yosh emas - refleks tushadi, chunki bu hikoyada bir gramm sun’iylik yo‘q. Bu yerda muzdek haqiqat bor: ko‘krakni teshib kiradigan sovuq, hech kim tushuntirib bera olmaydigan og‘riq va nima uchundir o‘zi kichkina bo‘lsa ham kattalar ham ko‘tara olmaydigan yukni ko‘tarib yurgan Ayol bor. Shu qadar mitti qizning ichida po‘latdek iroda yashashi - bu hali ham aqlimga sig‘maydi. U shunchaki kuchli emas. U sinmaydi. Premyera boshidagi uning so‘zlari - qishni nima uchun yomon ko‘rishini aytgan payti - odamni qoqib yuboradi. Bu bir gap emas, bu tarsaki. Chunki bu ortida butun bir tarix turibdi: hayot hech kimni ayamagan, imkon bermagan, tanlamagan bir tarix. Keyin tun yetmay qoladi. Uyqu kelmaydi. Ko‘zlaringni yumasan ham, Diyoraning yo‘lini ichingdan bosib o‘taverasan: o‘pkangni qisib qo‘yadigan sovuqdan tortib, azob bilan tishlab-tirmab qo‘lga kiritilgan g‘alabalargacha. Sport - bezakli plakat emas. U xarakterlar urushi. U yerda bahona yo‘q, yashirishning iloji yo‘q: qanday odamsan, nimalarga qodirsan, og‘riqni qay darajada yuta olasan - hammasi ochiq. Shuning uchun biz bu yo‘lga chiqqan odamlarga jiddiy qarashimiz shart. Har kuni sovuq, qo‘rquv, og‘riq bilan mashg‘ulotga boradigan bolalarga. Bayroqni ko‘targan sportchilarga - layklar uchun emas, shon uchun emas, balki o‘zlariga: “Men taqdirdan kuchliroqmanki”, deb ayta olish huquqi uchun. Sportni qo‘llab-quvvatlash - xayriya emas. Bu odamlar imkoniyatlar chegarasini qayta belgilayotgan laboratoriya. U yerdagi har bir natija - sarmoya qaytimi. Diyoraning tarixi esa eslatma: kuch baland ovoz bilan kelmaydi. Ba’zan u dunyoni yengishga qaror qilgan kichkina qizaloqning ko‘zida yashirinib turadi. Va u rostdan ham yengadi.

794 views

Editum Nov 14

Biz Diyora Keldiyarova haqida hujjatli film tasvirga oldik U minglab o‘zbek ayollari uchun kuchli bo‘lish bilan birga mehribon qolish va g‘alabaga insoniy yo‘l bilan yetish mumkinligini isbotladi. Bu film sport haqida emas - hayot haqida. Ishonch, og‘riq, iroda va muhabbat haqida. Diyoraning yo‘li - o‘nlab yillar davom etgan mehnat, mashaqqat va o‘zini yengish tarixi. Chunki haqiqiy muvaffaqiyat - bu nafaqat Abe ustidan qozonilgan g‘alaba. Bu yuzlab erta tonglar, minglab mashg‘ulotlar va ichki kurashlardan yaralgan tizimdir. Diyora - o‘zbekistonlik ayollar uchun ilhom manbai. Uning hayoti shuni ko‘rsatadiki, ayol ham kuchli, ham mehribon, ham ona bo‘lib, shu bilan birga chempion bo‘lishi mumkin. Uning muvaffaqiyat formulasi oddiy, ammo chuqur: o‘ziga ishonch, oilaning yelkadoshligi, uni har lahzada qo‘llab-quvvatlaydigan turmush o‘rtog‘i va ilhom manbai bo‘lgan kichkina farzandi. Bizga qahramonlar kerak. Va bu hikoyadagi qahramon - Ayol. U muhabbat, matonat va kuch madaniyatini barpo etayotgan yangi avlod timsoli. 20 noyabrdan Kinopoisk’da. https://www.kinopoisk.ru/film/10087865/?utm_referrer=organic.kinopoisk.ru

988 views

Editum Nov 13

🏆 So‘nggi yillarda Yandex Uzbekistan o‘nlab yirik tashabbuslarni amalga oshirdi, keng ko‘lamli tadbirlarni o‘tkazdi va mamlakatning raqamli iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shuvchi loyihalarni yo‘lga qo‘ydi. Bularning barchasi bizning jamoamiz - har kuni eng murakkab va mas’uliyatli vazifalarni bajara olishini amalda isbotlayotgan professional mutaxassislarimiz tufayli amalga oshmoqda. Bugun quvonch bilan e’lon qilaman: Raximaxon Nug‘manova bizning jamoamizga Government Relations Project Lead sifatida qo‘shildi. Raximaxon - Ecosystem Hero of the Year mukofoti sohibasi, EdTech va innovatsiyalar sohasidagi tan olingan mutaxassis, Illinois Urbana-Champaign universiteti (M.Sc.) hamda Inha universiteti (B.Sc.) bitiruvchisi. Uning kasbiy yo‘li ta’lim ekotizimlarini rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va Markaziy Osiyoda raqamli transformatsiyani ilgari surish bilan chambarchas bog‘liq. Atigi 17 yoshda ijtimoiy loyihalarda faoliyat boshlagan va o‘shandan beri o‘z faoliyatini yoshlar uchun imkoniyatlar yaratish, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish va texnologiyalarga asoslangan ta’limni ilgari surishga bag‘ishlab kelmoqda. Yandexda Raximaxon texnologiyalar, ta’lim va davlat siyosati kesishgan nuqtadagi loyihalarni boshqaradi, hamkorliklarni kengaytirish va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Biz Yandexda texnologiyani ijobiy o‘zgarishlar vositasi deb biladigan mutaxassislarni birlashtirayotganimizdan faxrlanamiz. Jamoamizga xush kelibsiz, Raximaxon!

894 views

Editum Nov 7

🇺🇿 Endi faoliyatimni Strategik rivojlanish bo‘yicha Vitse-Prezidenti lavozimida davom ettiraman. Bu katta mas’uliyat bo‘lishi bilan birga, shu paytgacha faqat muhokama darajasida qolgan g‘oyalarni hayotga tatbiq etish imkoniyatidir. So‘nggi yillarda biz bir necha kishilik jamoadan +1600 dan ortiq mutaxassis ishlaydigan kompaniyaga aylandik. O‘z dasturchilar ofisimizni ochdik, kuchli jamoa to‘pladik, hozirda butun mamlakat bo‘ylab foydalanilayotgan xizmatlarni yo‘lga qo‘ydik. Bugungi kunda Yandex O‘zbekiston - bu transport, fintech, funtech, ta’lim, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, yetkazib berish va marketpleys xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Bu odamlarga har kuni amaliy yordam beradigan xizmatlardir. Biz shunchaki tayyor yechimlarni nusxalashga emas, balki texnologiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish - mamlakatning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, o‘z yondashuvlarimizni ishlab chiqish, jamoa ichida tajribani oshirishga intilamiz. Har yili yangi kamida uchta yangi bizneslarni bozorga chiqarib keganmiz, keskin raqobat sharoitida o‘sishni saqlab qolamiz. Bu nafaqat mening, balki butun jamoamizning mehnati natijasidir. Men uchun strategiya - bu shunchaki hisobotlardagi raqamlar emas, balki boshqalar hali ko‘rmagan imkoniyatlarni ilg‘ay olishdir. Bundan buyon davlat tuzilmalari bilan hamkorlik, biznesni rivojlantirish, yangi yo‘nalishlarni izlash va jamoani o‘stirish masalalariga rahbarlik qilaman. Yonimda bo‘lgan barchangizga minnatdorchilik bildiraman - sizning professionalligingiz va g‘ayratingiz rejalarimizni voqelikka aylantirmoqda. Rahmat!

1,240 views

Editum Nov 4

📣O‘zbekiston banklariga murojaat Yandex Xaritada har kuni minglab foydalanuvchilar bankomatlar joylashuvini izlaydi - bunday so‘rovlar soni esa oy sayin ortib bormoqda. Afsuski, ko‘plab banklarda ma’lumotlar eskirgan: ayrim bankomatlar yopilgan, yangilari esa tizimda yo‘q, ish vaqtlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgan. Natijada foydalanuvchilar kerakli ma’lumotni topa olmaydi, bank esa mijozini yo‘qotadi. Bu masalani birgalikda hal qilishni taklif qilamiz. Agar siz bankomatlaringiz ma’lumotlarini yangilashni istasangiz - pochtaga yozing. [email protected] Mijozlaringiz sizni har doim haqiqatda turgan joyingizda topsin)))

1,330 views

Editum Oct 31

Bepul online intensivga marhamat! Ma’lumotlarni tahlil qilish va ML sohasida eng yaxshi mutaxassislarni tayyorlaydigan «Yandex School of Data Analysis»ning bepul onlayn-intensivga qo‘shiling! Intensiv 10–14 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 5 kun ichida LLM bilan ishlashning asosiy jihatlari bilan tanishasiz: 🔹 zamonaviy LLM qanday tuzilgani 🔹 o‘nlab GPUlarda taqsimlangan ta’limni qanday ishga tushirish va inferensni qanday tezlashtirish mumkin 🔹 qanday muhandislik yechimlari xarajatlarni kamaytirishga va barqaror payplaynlar qurishga yordam beradi Intensivda nafaqat video taqdimotlar, balki rus tilidagi workshoplar ham bo‘lib o‘tadi. Nazariya doirasidan chiqib, sanoat darajasida ML bilan ishlashni xohlovchilar uchun mos keladi. Ro‘yxatdan o‘tish

1,200 views

Editum Oct 29

Bizni mukofotlashdi. “Ijtimoiy taksi” loyihasi Yandeksning inklyuziya mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu mukofot - texnik yechim uchun emas. Bu - har kuni maktabga bora oladigan minglab bolalarning “Men ham boraman” degan huquqi e’tirof etilgani. O’zbekiston bo’ylab nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar Yandex Go orqali ixtisoslashgan maktablarga xavfsiz va izchil yetib boradi. Xarajatlarni davlat qoplaydi (oyiga 1,2 BHM gacha), Yandex esa bu safarlardan komissiya olmaydi - mablag‘ to‘liq haydovchilarga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga - bunday mazmunli loyihalarni birga amalga oshirish imkonini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Hamkorlik tufayli minglab bolalar uchun real imkoniyat paydo bo‘ldi. https://go.yandex/uz_uz/lp/rides/social

1,290 views

Editum Oct 26

🏃‍♂️Marafon - bu energiya, harakat va o‘zini yengish Aynan shu qadriyatlar Yandex Uzbekistan falsafasining asosi - texnologiya, tezlik va uzluksiz rivojlanish. Bugun start chizig‘iga chiqqan barcha ishtirokchilarga - energiya, qo‘llab-quvvatlash va ajoyib muhit uchun katta rahmat! Va eng asosiysi - bu marafon faqat km haqida emas edi. Barcha yig‘ilgan mablag‘lar Teach4Uzbekistan loyihasiga yo‘naltirildi. Bu tashabbus iqtidorli o‘qituvchilarni mamlakatning eng olis maktablariga yuborib, u yerda ta’lim sifatini ko‘tarishga yordam beradi. Shuning uchun agar bugun siz shunchaki yugurdim deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz - biling: 💛 aslida siz kimningdir yorqin kelajagiga umid sovg‘a qildingiz.

957 views

Editum Oct 25

Yandex Uzbekistan “Erta aniqla - Hayotni saqla” forumini hamda “Pushti oktabr” doirasida, bachadon bo‘yni va sut bezi saratonini nazorat qilish dasturiga bag‘ishlangan media kampaniyani qo‘llab-quvvatladi. Biz, Yandex Uzbekistan jamoasi, insonlar hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan va jamiyat uchun muhim bo‘lgan tashabbuslarni chin dildan qo‘llab-quvvatlaymiz. “Erta aniqla - Hayotni saqla” forumi ana shunday tashabbuslardan biri bo‘lib, shifokorlar, ekspertlar, yetakchilar va jamiyat sog‘lig‘iga befarq bo‘lmaganlarni birlashtirmoqda. Reproduktiv saraton turlari - ayollar orasida eng keng tarqalgan kasalliklar. Har sakkizinchi ayol sut bezi yoki bachadon bo‘yni saratoni bilan to‘qnash kelish xavfiga ega. Bachadon bo‘yni saratonini emlash va muntazam skrining orqali butunlay oldini olish mumkin, sut bezi saratoni esa erta bosqichda aniqlansa - tez, oson va arzon davolanadi. Mazkur dastur tufayli mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasida sezilarli o‘zgarishlar, ommaviy tekshiruvlar va profilaktik skrininglar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa erta tashxis qo‘yish madaniyatini shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi. Ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash biz uchun shunchaki ishtirok emas, balki texnologiyalarni jamiyat foydasiga yo‘naltirish haqidagi missiyamizning ifodasidir. Zamonaviy yechimlar, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bugun shifokorlarga kasalliklarni erta aniqlash va inson hayotini saqlab qolishda haqiqiy yordamchi bo‘lmoqda. Biz mamlakatda ayollar salomatligini qadrlaydigan yangi ongli madaniyat shakllanayotganidan xursandmiz. Ochiq va samimiy hamkorlik esa doimiy taraqqiyotning manbai bo‘lishiga ishonamiz. Tashkilotchilarga bildirilgan ishonch va bu muhim hamda ilhomlantiruvchi tashabbusda qatnashish imkoniyati uchun minnatdorchilik bildiramiz. Batafsil: ertaaniqlaforum.uz

1,010 views

Editum Oct 25

views

Editum Oct 25

Kuchli dasturchilar hamjamiyatini yaratish - bu biz chin dildan ishonadigan eng muhim vazifalardan biri! Aynan uchrashuvlar, muloqot va tajriba almashish orqali yosh mutaxassislar o‘sadi, rivojlanadi va o‘z yo‘lini topadi. Bugun menga uchinchi “Yandex Uzbekistan DevCamp” bitiruvchilarini tabriklash va ularga omad tilash baxti nasib etdi. Ular zimmasiga O‘zbekistonning texnologik mustaqilligini rivojlantirish bo‘yicha katta mas’uliyat yuklangan. Yana bir bor takrorlayman: bizning yurtimizning kelajagi bor. Ammo agar bu kelajakni baxtli, farovon va mustaqil qilishni istasak, bizga kuchli dasturchilar, chuqur bilim va zamonaviy texnologiyalar kerak. Davlat mustahkam poydevor yaratdi, endi esa dasturchilar ushbu imkoniyatdan to‘liq foydalanib, uni yuksak natijaga aylantirishi kerak.

887 views

Editum Oct 25

Sinov bosqichi boshlandi. Vazifalarni bajarish mumkin Bugundan boshlab 29-oktabrgacha Yandex Cup'da ro'yxatdan o'ting va o'zingizni sinov bosqichida sinab ko'ring! Sinov bosqichida: Platfforma qanday tuzilganini ko'rishingiz va sinov topshiriqlarini bajarishingiz mumkin. Baholash bosqichi: 2-noyabrni kalendaringizga frontend, backend, analitika, algoritmlash va mobil bo'yicha baholash kuni sifatida belgilab qo'ying! ML yo'nalishida saralash bosqichi allaqachon boshlangan va 5-noyabrgacha davom etadi. O'z yo'nalishida eng zo’rlari Istanbulga yo'l olishadi. Final: CodeCraft - qo'lda kodlash ustasi. Turk va Istanbul hunarmandchiligidan ilhomlangan: xattotlikdan zargarlikkacha. Vazifa esa - ishtirokchilar texnologiyalar va qo'l kodlari yordamida qadimiy san'atni qayta tiklashlari kerak. YandexCup 2025 uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting!

762 views
1234567•••10•••1819