TGTGInsightintelligentia telegramLIVE / telegram public index
Redi ad canales
Qarorlar soyasida avatar

TGINSIGHT CHAT

Qarorlar soyasida

@grdirector

Negotium

💡Vice President for Strategic Development of Yandex Uzbekistan 🎓PhD in Economics, Skolkovo School Bu yerda siz hukumat bilan aloqalar olamiga “orqa eshik”dan kirib borasiz. Tajriba, tavsiyalar, keyslar - va biroz kulgu

Subscriptores3,370Numerus subscriptorum hodiernus
Scripta custodita227Scripta numerata
Attingentia recens25,148Visiones scriptorum recentium
Scripta recentia

Scripta recentia

Pag. 8 de 19 · 227 scripta

Editum Sep 23

4,280 views

Editum Sep 22

📍Taqdimot ertaga! 🚀 23-sentabr, 12:00 - 13:40 Hall 2, CAEx (Yangi O‘zbekiston bog‘i yonidagi ko‘rgazma markazi) Yandex Uzbekistan’ning Global Founders Meet uchrashuvida Sheryar Bawany (Trukkr), Maxim Prokhorov (Platma), Alisher Akbarov (Comfi) va Roman Lavrentiev (Uzum) o‘z tajribasi bilan bo‘lishadi. Bu - eng istiqbolli startap asoschilari bilan bevosita muloqot qilish va ilhom olish imkoniyati. Bahsdan keyin ham qiziqarli voqealar kutilmoqda - yangi venchurning taqdimoti bo‘ladi. ⚡️ Kechqurun, soat 20:00 da yopiq uchrashuv o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish yakunlangan, yozganlarning barchasi ro‘yxatga kiritildi. Qolgan tafsilotlar - o‘sha yerda 😉 Kun sermazmun bo‘lishi aniq.

1,590 views

Editum Sep 22

🔘Last call: Toshkentda dasturchilar uchun Dev Camp! Bugun ariza topshirishning so‘nggi kuni! Backend, sun’iy intellekt va algoritmlar bo‘yicha lektoriyda o‘z bilimlaringni oshir, tajriba to‘pla va imkoniyatni qo‘ldan boy berma. Eng faol ishtirokchilarni Yandex Uzbekistan’da stajirovka kutmoqda! 🚀 Dasturda: • tajribali mutaxassislar bilan texnologik ma’ruzalar • qiziqarli kod-janglar va workshoplar • demo-intervyular va real HR sessiyalari • karyera bo‘yicha maslahatlar va networking 📍 27-sentabr kuni Inha universitetida uchrashamiz! 👉yandex.uz/fordevelopers/dev-camp

1,620 views

Editum Sep 20

Bugun biz o‘zimizning telba darajada ulkan rejamizning birinchi qadamini tashladik - dasturchilar hamjamiyatini shunday darajada kuchaytiramizki, ular haqida rok-yulduzlar kabi gapirishadi. Biz ishonamiz: koderlar - yangi superqahramonlar. Endi payt keldi: maktabdagi bolalar prokuror kreslosini emas, balki xakaton va startaplarni orzu qilishlari kerak. Start shov-shuvli bo‘ldi: 500 kishi qatnashgan tadbir, keyin esa yopiq tusovkali joy. Va bu faqatgina razminka xolos. Oldinda 20 dan ortiq tadbirlar - nonushtalar, mitaplar, xakatonlar. Biz koderlarni mahoratlarni oshiramiz, eski tartiblarni sindiramiz va katta g‘oyalar tug‘iladigan jasur bir jamoani yig‘amiz. Ha, orzu oddiy: dunyoning top kompaniyalarda CEO hindlar emas, bizning qora ko‘zlarimiz o‘tirishi kerak. Bugun bu kichkina odamning ulkan orzu sari qo‘ygan kichkina qadami. Bizga omad tilang! Sizning haqiqiy vatanparvaringiz va uning jamoasi.

1,560 views

Editum Sep 19

♻️Yandex Uzbekistan экологик ташаббусларни қўллаб-қувватлайди Бугун биз “Ҳаёт учун жой ажратинг” шиори остидаги оммавий экоакцияда иштирок этдик. Тадбир Бутунжаҳон тозалик кунига бағишланди. Ушбу акция Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазирлиги ташаббуси билан ўтказилмоқда. Бундай лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш – бу бизнинг мамлакат келажагига қўшган ҳиссамиз: 🌱 экологик маданиятни ривожлантириш, 🌍 атроф-муҳитга ғамхўрлик қилиш, 🤝 тоза ва хавфсиз келажак учун биргаликда ишлаш. Биз ишонамизки, ҳар биримизнинг кичик қадамларимиз катта ўзгаришларга олиб келади.

1,630 views

Editum Sep 18

🚀 Global Founders Meet in Tashkent - ICT Week 2025 doirasida 23-sentyabr kuni Toshkent ilk bor А-Seriya bosqichidagi startap asoschilari va investorlarni birlashtiradigan Global Founders Meet in Tashkent uchrashuviga mezbonlik qiladi. Bu tadbir - ICT Week 2025ning eng asosiy maydonchalaridan biri bo‘lib, xalqaro va mahalliy tadbirkorlar hamda investorlar uchun muloqot, tajriba almashish va yangi g‘oyalar uchun ochiq forumga aylanadi. Tashkilotchi: Yandex Uzbekistan. 🎤 Spikerlar: Sheryar Bawany - Trukkr (Pokiston) Maxim Prokhorov - Platma (Markaziy Osiyo) Alisher Akbarov - Comfi (BAA–Saudiya Arabistoni) Roman Lavrentiev - Uzum (O‘zbekiston) 📌 Moderator: Izzat Shukurov, CEO Yandex Uzbekistan ⏰ 12:00 - 13:40 📍 Hall 2, ICT Week maydonchasi 🌍 Tadbir tili: ingliz tilida 🔥 Maxsus taqdimot Uchrashuv yakunida mahalliy startap ekotizimi va investitsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi venchur taqdimoti o’tadi. 🌙 Networking kechasi Ishtirokchilar uchun maxsus yopiq networking party soat 20:00 da o‘tkaziladi. Taklifnomalar faqat “invite only”. Joylar soni cheklangan. https://forms.yandex.ru/u/68c19bdf49363913bc74d04e/

1,960 views

Editum Sep 17

17–21 sentabr kunlari Toshkentdagi Respublika bolalar kutubxonasida Hamnafas - Inklyuziya va imkoniyatlar festivali bo‘lib o‘tadi. Yandex Kinopoisk ham festival dasturida ishtirok etadi va 21 sentabr kuni «Paddingtonning sarguzashtlari 3» 🐻 filmini subtitrlar (SDX) bilan eshitishida qiyinchiliklari bo‘lganlar uchun namoyish qiladi. Festival dasturi juda boy - bu besh kun davomida faqat shu yerda ko‘rish mumkin bo‘lgan ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi. 🔥 Must have’dan: 20 sentabr, 18:00 — Jhe An (arxitektor, Studio Weave, London) ma’ruzasi: jamoalar ishtiroki loyihalash g‘oyasining o‘zini qanday o‘zgartiradi. 18 sentabr, 18:00 - Moisen Mahjubniya (Kanada) ma’ruzasi: raqamli inklyuziya bo‘yicha ekspert. U AI qanday qilib inklyuziv raqamli muhitni shakllantirayotganini va chinakam inklyuziv dasturlarni yaratish sirlarini tushuntiradi. ✨ Kino namoyishlari: 21 sentabr, 19:00 - «And the Trees Danced Below» (16+). Film Toshkentdagi «Alternativa» kinolaboratoriyasi doirasida o‘smirlar tomonidan suratga olingan. Bu orzular mozaikasi: qo‘rqinchli, ta’sirchan. Namoyishdan oldin o‘smir mualliflar bilan ochiq suhbat o‘tkaziladi. «Choy», Shokir Xolikov filmi - Kann festivalida nogironlar hayotini aks ettiruvchi eng yaxshi filmlar orasida Gran-pri sovrindori. 🎨 To‘liq dastur, ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot - Kutubxona saytida: acdflibrary.uz O‘zingiz keling va do‘stlaringizni ham olib keling 🫶

1,610 views

Editum Sep 16

🚀Yandex Cup 2025 uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! Yandex bu yil sakkizinchi marotaba xalqaro dasturlash musobaqasi Yandex Cup 2025ni o‘tkazadi. Dunyodagi eng kuchli dasturchilar umumiy 140 ming dollar mukofot jamg‘armasi uchun bellashadi. 🏆 Final bosqichi 5–7 dekabr kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda Istanbul dunyoning 180 nafar eng yaxshi dasturchi va ML mutaxassislariga mezbonlik qiladi. 📌 Musobaqa 6 yo‘nalishda tashkil etiladi: Data Analytics, Frontend, Backend, Mobile Development, Machine Learning, Algoritmlar (competitive programming) Machine Learning va Algoritmlar bo‘limlari ingliz tilida o‘tkaziladi, bu esa global ishtirokni ta’minlaydi. 🗓️ Muhim sanalar: 20–29 oktabr: sinov bosqichi (ML’dan tashqari barcha yo‘nalishlar uchun) 2 noyabr: asosiy saralash 15 oktabr – 5 noyabr: ML yo‘nalishi uchun saralash 📍 Ro‘yxatdan o‘tish 29 oktabrgacha (ML yo‘nalishi uchun 5 noyabrgacha) davom etadi. 2011 yildan beri Yandex dasturlash bo‘yicha xalqaro musobaqalarni tashkil etib keladi. O‘tgan yili 90 mamlakatdan 20 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan, final esa Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi. Videoni ko‘rib, qanday bo‘lganini bir eslaylik))) 👉 Rasmiy sayt orqali ro‘yxatdan o‘ting va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! https://yandex.ru/cup/

2,800 views

Editum Sep 16

Yandex Uzbekiston’dagi texnologiyalar va yosh mutaxassislar uchun martaba yo‘llari Yandex texnologiyalari va yosh mutaxassislar uchun imkoniyatlar haqida ko‘proq bilishni xohlaysizmi? Yandexda stajirovkaga qanday kirish mumkin? 📢 Avoz Shokiriy, Yandex Flutter-dasturchisi bilan uchrashuvga tashrif buyuring! 🗓 Sana: 17-sentabr 🕚 Vaqt: 11:30 📍 Auditoriya: A318 Imkoniyatni boy bermang - insaytlarni oling va o‘z savollaringizni bering!

1,590 views

Editum Sep 16

Toshkentdagi Amity Universitetida talabalar uchun navbatdagi qiziqarli va ilhomlantiruvchi uchrashuv tashkil etildi. Bu safar Yandex Uzbekistan vakili universitetga tashrif buyurib, “Frontend Development” mavzusida maxsus ma’ruza o‘tkazdi. Dars jarayonida talabalar dasturlash bo‘yicha eng so‘nggi bilimlar va foydali amaliy ko‘nikmalarni egallashdi. Yakunda esa ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassisdan batafsil javob olish imkoniga ega bo‘lishdi. Shu kabi uchrashuvlar yoshlarni IT olamiga yanada yaqinlashtiradi, nazariy bilimlarini mustahkamlaydi va ularni amaliy tajriba bilan boyitadi. Amity jamoasi esa talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni yetkazishda izchil davom etmoqda.

548 views

Editum Sep 16

Last call: dasturchilar uchun Dev Meetup 🚀 Shanba kuni katta va foydali uchrashuv o‘tkazamiz - dastur ham boshlovchilar, ham tajribali dasturchilar uchun qiziqarli bo‘ladi. Bugun ariza topshirishning oxirgi kuni - imkoniyatni boy berib qo‘ymang! Karyera haqida suhbatlashamiz: stajyorlarning hikoyalari va CV yozish bo‘yicha workshop bo‘ladi. Texnologiyalarni muhokama qilamiz: algoritmlar, vositalar, AI va vibe-coding mavzulari kutmoqda. Eng asosiysi, jonli muloqot va ko‘plab networking! Spikerlar va to‘liq dastur bilan shu yerda tanishing: yandex.uz/fordevelopers/dev-camp ❗Ushbu xabarni qayta ulashganlarga Yandex Plus obunasi sovg‘a qilinadi va albatta plus karmangizga 😉 Olg'a!

2,560 views

Editum Sep 12

🚗⛽Yandex Uzbekistan “Zapravki” - kontaktsiz yoqilg‘i to‘lash xizmati ishga tushdi! Endi haydovchilar Yandex Go ва Yandex Fuel orqali mashinadan tushmasdan yoqilg‘i uchun to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Xizmat АYoQSh lardagi narxlarni solishtirish, eng yaqin stansiyani topish ва qulay yo‘lni qurish imkonini ham beradi. 📍 Hozircha Toshkent, Toshkent viloyati, Samarqand ва Qarshida ishlayapti. 🎁Yandex Plus obunachilari 15 litr va undan ko‘p yoqilg‘i olganda - 8% gacha keshbek. 🚕Yandex Taxi haydovchilari uchun - 5-oktyabrgacha 5% chegirma. Bu - faqat boshlanishi. Ishonchim komilki, “Zapravki” xizmatimiz tez orada har bir haydovchi uchun ajralmas yordamchiga aylanadi. Asosiy navarotlari oldinda 🕹️

3,400 views
12•••678910•••1819